jus civile (fuqarolik huquqi)ni yaratdi. Bu asar quyidagi qismlardan
iborat:
1) meros huquqi;
2) shaxslar huquqi;
3) majburiyat huquqi.
24
Shuningdek, ushbu asarda ashyoviy huquqlar to‘g‘risida hamda
shu mavzuga oid savol-javoblar ham berilgan.
II asrning mashhur huquqshunoslaridan Florentin o‘z
institutsiyasini 12 ta kitobdan, Selzaning 39 ta kitobdan iborat
digestlari va ularning sharhlarini, shuningdek Yulian esa o‘z
digestlarini 90 ta kitobdan iborat asosda yaratdilar. Shu o‘rinda
aytish joizki, ushbu asarlardan Rim sinfiy davrining mashhur
huquqshunoslari Gay, Pavel, Ulpian, Papinianlar hamda Yus-
tinian kodifikatsiyasini ishlovchi barcha huquqshunoslar bevosita
foydalanganlar.Qolaversa, Marsella 31 ta kitob, Ssevola tomonidan
esa 40 kitobdan iborat digestlar yaratilgan.
Jahon yurisprudensiyasida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan mashhur
huquqshunos Papinian ham bu borada ikkita asar yaratgan bo‘lib,
birinchisi 37 ta kitobdan, ikkinchisi «Responsa» deb ataluvchi 19
ta kitobdan iboratdir. Bu asarlardan Yustinian kodifikatsiyasida keng
foydalanilgan.Huquqshunos Ulpianning o‘quvchisi Modestin ham
«Responsa» degan asar yaratgan bo‘lib, u ham 19 ta kitobdan
iborat edi.
Respublika davrining huquqshunoslari sud amaliyotida muhim
o‘rin tutgan. Shu bois ular sud jarayoni masalalari bo‘yicha
huquqiy javoblarni aniq ifodalab, yuridik hujjatlarni sharhlaganlar,
tuzganlar, ba’zi hollarda esa bevosita sud jarayonida qatnashib,
tomonlardan biriga huquqiy yordam ko‘rsatganlar. Ushbu davrning
huquqshunoslari suvoriylardan ham chiqqan. Ularning ichida eng
mashhurlari Eliya Peta Kata, Mark Maniliy, Alfen Var, Kvint
Mutsiy Ssevola, Publiy Mutsiy Ssevola, Serviy Sulpitsiy, Ruf va
boshq.
Qadimgi Rim quldorlik davlatida yurisprudensiyaning rivojla-
nishi yuqori cho‘qqiga chiqdi. Bu davrda xususiy mulkka bo‘lgan
huquq hamda rim xususiy huquqi nihoyatda takomillashdi.
Mazkur davrning huquqshunoslari huquq nazariyasi va
amaliyotining rivojlanishida katta hissa qo‘shdilar. II asrni bejizga
«oltin asr» deb atashmagan. Chunki II asr jahon tarixida o‘zining
boy huquqiy xazinalari va yodgorliklari bilan o‘chmas iz qoldirgan.
Sivil va pretor huquqlarining sharhlari, shuningdek ularni
umumlashtirishga urinib, turli huquqiy maslahatlar bo‘yicha
25
yozilgan asarlar—bu digestlar katta shuhrat qozongan. Digestlarda
odatda, aynan o‘sha yoki boshqa mualliflarning ancha qadimiy
asarlaridagi («savollar», «javoblar» va boshq.) parchalardan (ko‘-
chirmalardan) foydalanilgan, shu bilan birga, huquqiy material
qat’iy aniq tartibda joylashtirilgan (digesta—tizimga solingan degan
mazmunni anglatishi bejiz emas). Rim huquqshunoslarining
asarlari ichida rim huquqini o‘quv maqsadlarida tizimli bayon
qiluvchi institutsiyalar muhim o‘rin egallagan. Ayniqsa, 143-
yildagi Gay institutsiyalari juda mashhur bo‘lgan. Ularda keng
huquqiy materiallarning qisqacha, lo‘nda va mantiqan izchil
joylashtirilgan bayoni berilgan. Gay institutsiyalari asosan fuqarolik
(sivil) huquqiy munosabatlarini hal qilishga bag‘ishlangan bo‘lib,
boshqa Rim huquqshunoslarining institutsiyalaridan to‘la va aniq
bayon qilinganligi bilan farq qiladi. Chunki ularda fuqarolik
huquqining izchil va mantiqiy bo‘linishi berilgan: «biz foydala-
nadigan barcha huquq shaxslarga, yoki ashyolarga yoxud da’volarga
taalluqli». Garchi, ko‘p olimlar Gay tomonidan foydalanilgan
tizimni original (mustaqil ravishda ishlangan, yuzaga kelgan) deb
hisoblashmasada, lekin bu huquqni tushunishda olg‘a tashlangan
muhim qadamdir. Bu yerda ilk bor moddiy huquq jarayonidan,
individual (alohida) huquqlar ularni himoya qilish vositalaridan
ajratilgan.
Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, huquqshunos Gay o‘zining
institutsiyasi bilan jahonga tanilgan. Hatto uning institutsiyasi asosida
Rim, Konstantinopol, Beyrut universitetlarida dars o‘tilgan.
Yurisprudensiyaning yuqori darajada rivojlanishida huquq-
shunos Gayning beqiyos xizmati borligini hamda uning asarlarini
xalq sevib o‘qishini, shubhasiz rimliklar tan olishgan. Afsuski,
manbalarda Gay haqida, ya’ni uning familiyasi, qayerda tug‘ilga-
nligi, hatto qaysi provinsiyada faoliyat ko‘rsatganligi to‘g‘risida
batafsil ma’lumotlar keltirilmagan.
Rimda imperatorlik boshqaruvining o‘rnatilishi bilan huquq-
shunoslarning amaliy faoliyati—huquqiy maslahatlar berishi
faollashgan. Ya’ni, «javoblar» deb nom olgan bu maslahatxonalar
sudyalarga katta ta’sir o‘tkazgan, chunki sudyalar ko‘pincha obro‘li
huquqshunoslarning fikrlariga amal qilar edi. Imperator Avgust
26
rasmiy ahamiyatga molik (jus respondendi) javoblar berishni faqat
ma’lum doiradagi huquqshunoslarga ruxsat etib, ularning
faoliyatini birmuncha yagona shaklga keltirishga harakat qilgan.
Asarlari va fikrlari avvalgidek huquq manbai sanalgan klassik
huquqshunoslarning soni qisqargan. 426-yildagi «O öèòèðîâàíèè
þðèñòîâ» degan qonunlarga binoan faqat beshta huquqshunos:
Papinian, Pavel, Ulpian, Gay va Modestinning asarlari yuridik
kuchga ega ekanligi tan olingan. Imperator Avgust senatga ko‘proq
chinovnik huquqshunoslarni a’zo qilib, ularga senat a’zolari sifatida
yuqori maosh bergan va ularni davlat xizmatchilari bilan tenglash-
tirgan. Eng mas’uliyatli mansablarga huquqshunoslar qo‘yilar
ekan, ular imperator nomidan sud protsesslarida qarorlar qabul
qilganlar. Ushbu qarorlar asosan yozma ravishda berilib, huquq-
shunoslarning o‘z tamg‘alari bilan tasdiqlangan, hatto bu impe-
rator devonxonasida saqlanuvchi jurnallarga ham yozib qo‘yilgan.
Umuman olganda, imperator Avgust davrida huquqshunoslar
(jus pespondendi) maslahatlar berish, sud protsesslarida ishlarni
olib borish, ya’ni ko‘proq amaliyot bilan shug‘ullanganlar.
Yetuk huquqshunos Ulpian tomonidan bir necha qonunlarga,
odat normalariga va shu jamiyatdagi mavjud qoidalarga sharhlar
yaratildi. Uning yordamchisi Yuliy Pavel esa Rim quldorlik davlatida
oldin o‘tgan huquqshunoslarning asarlariga o‘zining tanqidiy
qarashlari bitilgan asarini yaratdi. Huquqshunos Papinianni
imperator Septimi Sever pretoriya prefekti, ya’ni sud ishlari
bo‘yicha o‘zining o‘rinbosari mansabiga tayinlagan. Ulpian esa voyaga
yetmagan imperator Aleksandr Severning davrida pretoriya prefekti
mansabiga erishib, chinovnik, zodagonlar guruhiga o‘tkazildi.
Sudyalar bu huquqshunoslarning umumiy fikrini aniqlashlari
lozim bo‘lgan. Agar bu huquqshunoslar o‘rtasida turlicha fikr
mavjud bo‘lsa, ko‘pchilikning fikriga qaralgan. Agar ovozlar teng
bo‘lsa, Papinianning fikri hal qiluvchi deb tan olingan. Agar
bunday holda Papinian fikr bildirmasa, sudya mustaqil harakat
qilishi mumkin bo‘lgan.
Qadimgi Rim quldorlik davlatida miloddan avvalgi IV asrning
oxirlariga kelib chuqur o‘zgarishlar yuz berdi, ya’ni shu vaqtga
qadar mavjud tizimning inqirozi munosabati bilan rim huquqining
27
jonlanishi vujudga keldi va kodifikatsiya masalasi kun tartibiga qo‘yildi.
O‘zgarishlar yuz bersa-da, lekin uning asosiy institutlari o‘z
mazmun — mohiyatini o‘zgartirmadi, amalda avvalgi ko‘rinishda
saqlanib qoldi. Bu vaqtda aynan huquq manbalarida bir muncha
o‘zgarishlar bo‘ldi. Bunga sabab imperatorlar qonunlarining
ahamiyati tobora ortib borganligidadir.
Imperatorlar to‘la hokimiyatchiligining o‘rnatilishi munosabati
bilan yangi huquqshunoslar avlodlarining majburiy xarakterdagi
maslahatlar berish huquqlari zaiflashib, vujudga kelgan yangi
huquqiy me’yorlarni ta’riflab berish (sharhlash) imkoniyati ka-
maygan. Huquqshunoslar asarlari va fikrlari avvalgidek, huquq
manbai sifatida ko‘riladigan, klassik huquqshunoslarning soni
tobora qisqarib borgan. Yuqorida ta’kidlanganidek, faqat buyuk
huquqshunoslarning, ya’ni Papinian, Pavel, Ulpian, Gay va
Modestinning asarlari va bergan maslahatlari yuridik kuchga ega
bo‘lgan. Shuningdek mashhur huquqshunoslar Ssevola, Sabin,
Yulian (konsul)—Pomponiy, Marsian, ota-o‘g‘il Selzalarning
qarashlari va ko‘rsatmalari ham e’tiborga olingan bo‘lib, ularning
fikrlari yuqorida ko‘rsatilgan ulug‘ va mashhur huquqshunoslarning
fikrlariga zid kelmasligi lozim bo‘lgan.
Rim huquqining keng qamrovli kodifikatsiyasi G‘arbiy Rim
imperiyasi qulagandan so‘ng Vizantiya imperatori Yustinianning
buyrug‘i bilan 528—534-yillarda o‘tkazilgan. Kodifikatsiya ishlariga
rahbarlikni taniqli huquqshunos professor Tribonian amalga
oshirgan. Rim huquqining qator yirik to‘plamlarini tuzish komissiya
ishlarining natijasi bo‘lgan. Biroq, bu to‘plamlar interpolyat-
siyaga—ancha kechki namunalarning, jumladan, yunon va sharq
huquqi me’yorlarining kiritilishiga uchragan. Huquq tarixining
kechki bosqichida, ya’ni O‘rta asrlarda bu to‘plamlar Yustinianning
yagona qonunlar to‘plami «Corpus juris civilis» sifatida maydonga
chiqqan.
Imperatorning bevosita rahbarligidagi keng kodifikatsiya ishlari
Yustinian kodeksini tuzishdan boshlangan. 528-yil 13-fevralda 10
ta oliy mansabdor shaxslar va huquqshunoslar tarkibida komissiya
tuzilib, unga kodeksni tayyorlash vazifasi yuklatilgan. Komissiya
a’zolari tarkibidagi professor Tribonian va Konstantinopol huquq
28
maktabining professori Teofillar ham rahbarlikda, ham ish
faoliyatida faol ishtirok etgan. Komissiyaga avval qabul qilingan va
chiqarilgan xususiy va rasmiy to‘plamlardan, xususan Grigorian,
Germogenian hamda Feodosiya kodekslaridan foydalanib,
imperatorlik konstitutsiyalarini bir butun qilib to‘plash, ulardagi
mavjud qarama-qarshiliklarni bartaraf etish, eskirib qolgan qonun-
larni chiqarib tashlash vakolatlari berilgan. Yustinian kodeksining
birinchi tahriri hayratlanarli darajada nihoyatda tezlik bilan tuzilgan
va 529-yil 7-aprelda nashr etilgan. Afsuski, bu nashr bizgacha
yetib kelmagan.
Kodeks tuzishdagi shoshma-shosharliklar va undagi bir qancha
kamchiliklarga asosan qarama-qarshi me’yorlar, eskirgan qoida-
larning saqlanib qolishi sabab bo‘lgan. Bular, Yustinian kodifikat-
siyasining boshqa qismlari tuzilayotgan vaqtda ma’lum bo‘lgan.
Yustinian qonunchiligida, ayniqsa «ellikta qaror» to‘plami va 200
dan ortiq eski qabul qilingan qonunlarni o‘zgartirish yoki isloh
qilish to‘g‘risida qonunlar qabul qilinishi, shuningdek yangi bir
qator tartib qoidalar («fuqarolik huquqi» va «xalqlar huquqi»
o‘rtasidagi, kvirit mulki va bonitor mulki o‘rtasidagi farqlarning
bekor qilinishi va boshq.) Yustinian kodeksini yangi tahrirda ishlab
chiqishni taqozo qilgan.
Imperator Yustinian—dehqon oilasidan chiqqan sarkarda
bo‘lib, o‘z oldiga qonunlarni tartibga keltirishni maqsad qilib qo‘yar
ekan, u o‘zining qo‘l ostida faoliyat ko‘rsatayotgan chinovniklar-
ning ham qonunga bo‘ysunishi va intizomli bo‘lishini ta’minlash,
sudlarga ish ko‘rishda, qarorlar chiqarishda qat’iy tartib o‘rnatish
va o‘z imperiyasining huquqiy asoslariga tayanib ish ko‘rishni
ta’minlashni amalga oshirishni ko‘zlagan edi.
Yuridik adabiyotlarni va qonunlarni kodifikatsiya qilish uchun
yana professor Tribonian, Teofil va Berit huquq maktabining
professori Dorofeylar boshchiligida 530-yil 15-dekabrda 17 a’zodan
iborat kodifikatsiyani amalga oshiruvchi komissiya tuzildi.
Komissiyaga 17 kishidan tashqari istagan huquqshunoslarni,
olimlar va ishlab turgan huquqshunos-mutaxassislarni, ama-
liyotchilarni jalb etish huquqi berildi.
Imperator Yustinian komissiya oldiga quyidagi vazifalarni
qo‘ygan:
29
— Rim va Vizantiya fuqarolik huquqini, ya’ni institutsiyalarni
bir to‘plamga keltirish;
— imperatorlar konstitutsiyalarini, ya’ni 117-yildan (Adrian
imperatorlik qilgan davrdan) to shu kunga qadar bo‘lgan huquqiy
normalarni, qoidalarni va boshqa hujjatlarni bir tizimga keltirish;
— shu kunga qadar Rim huquqshunoslari tomonidan yozilgan
va qoldirilgan digestlarni, ya’ni yuridik fikrlarni, asarlarni bir
to‘plamga keltirishni amalga oshirish:
Kodifikatsiya ishlarini tez va puxta asosda amalga oshirish uchun
tuzilgan komissiya quyidagi uch qismga (kichik komissiyalarga)
bo‘lingan.
1) fuqarolik (sivil) huquqlariga taalluqli Rim huquqshunos-
larining asarlarini yig‘ish;
2) pretorlar huquqlariga taalluqli ediktlarni yig‘ish kichik
komissiyasi;
3) Papinian asarlarini yig‘ish kichik komissiyasi.
Ushbu kichik komissiyalar qonunlarni, huquqshunoslar
asarlarini bir tizimga keltirish uchun katta imkoniyatlarni vujudga
keltirdi. 530-yilga kelib yana komissiya tuzilib, uning oldiga sinfiy
huquqshunoslarning asarlarini kodifikatsiya qilish vazifasi yuklatildi.
533-yilda esa Rim davlatining sinfiy davrdagi huquqshunoslarining
asarlaridan olingan digestlar yoki pandektlar tuzildi va ular
yangilanib hayotga tatbiq etila boshlandi.
Digestlar miloddan avvalgi I asrdan IV asrgacha yashab, ijod
qilgan mashhur Rim huquqshunoslarining asarlaridan olingan
3000000 dan ortiq matnlarni o‘z ichiga qamrab olgan. 150 mingga
yaqin misrali noyob huquqiy yodgorlik hisoblangan digestlar yoki
pandektlarda ko‘proq Ulpian, Pavel, Papinian, Yulian, Pom-
poniy, Modestin kabi mashhur huquqshunoslarning asarlaridan
parchalar keltirilgan. Pandektlarda jami 39 ta mashhur huquq-
shunoslarning asarlari o‘z ifodasini topgan.
Ayniqsa, Ulpian matnlari 1/3, Pavel asarlari 1/6, Papinian
asarlari 1/18 qismni tashkil etgan. Digestlarda foydalanilgan
asarlarning mualliflaridan biri Mutsiy Ssevola miloddan avvalgi II
asrda faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, eng kichik huquqshunos Ger-
mogenian esa milodning III asrlarida yashab, o‘z asarlarini, fikr
30
va mulohazalarini qoldirganlar. Bundan ko‘rinib turibdiki, digest-
larni tuzish va bir to‘plamga keltirish nihoyatda katta davrni va
keng qamrovli bosqichni o‘z ichiga olgan.
Digestlar 50 ta kitobdan, titul va paragraflardan iborat bo‘lib,
lotin tilida yozilgan. Digestlar nihoyatda keng davrni qamrab olsada,
lekin eskirib, zamon talablariga javob bera olmagan huquqiy
normalar chiqarib tashlangan. Digestlarga kiritilgan barcha qoidalar,
normalar qonun kuchiga ega bo‘lgan.
Imperator Yustinian digestlarga qonun kuchini berib, ularni
sharhlashni, shuningdek eski qonunlarga va huquqshunoslarning
asarlariga havola qilishni taqiqlagan. Chunki sharhlash kodeks
moddalariga boshqacha ma’no beradi, mohiyatini o‘zgartirib
yuboradi degan fikrga boradi. Bu haqida tarixiy bir misol,
1804-yilda Napoleon Fransiya fuqarolik kodeksiga sharhlar ishlab
chiqilganini bilib qolib «mening kodeksim yo‘q, yo‘q bo‘ldi,
yo‘qoldi (hatto «o‘ldi»)» degan ma’noda afsus qilgan. Yustinian
kodifikatsiyasining o‘ziga xos qismi institutsiyalar—«yoshligida
qonunlarni sevadigan» imperatorga qaratilgan huquqning sodda
darsligi bo‘lgan. Yustinian institutsiyalarining asosiga Gay asarlari
(Institutsiyalari va «Kundalik ishlar»), shuningdek Florentin, Mar-
sian, Ulpian va Pavel institutsiyalari qo‘yilgan edi. Yustinian insti-
tutsiyalari digestlarga qaraganda kamroq bo‘lsa-da, postklassik
(Rim, Vizantiya) huquq belgilarini aks ettirgan.
Digestlar 533-yil 16-dekabrda to‘liq asosda ishlab chiqilib,
Yustinian digestlari yoki pandektlari deb e’lon qilindi va qonun
tusini oldi. O‘sha kundan boshlab eski manbalardan foydalanishlar,
yangi qonun normalariga sharhlar berish taqiqlandi. Agarda
qonunlar bo‘yicha tushunmovchiliklar kelib chiqqan bo‘lsa,
imperator Yustinianning o‘ziga uchrashish lozimligi to‘g‘risidagi
qoidalar ishlab chiqildi.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, digestlar 50 ta kitobdan iborat
bo‘lib, uning asosiy qismini huquqiy munosabatlar tashkil etadi.
Birinchi kitob (asar) hatto huquq tarixiga, manbalar tushun-
chasiga, davlat muassasalarining vazifasi, tuzilishiga qaratilgan
bo‘lsa-da, ammo ularning bu huquqiy munosabatlarda subyekt
sifatida qatnashishi uchun asos bo‘lgan huquqiy va muomala
layoqatiga ko‘proq e’tibor qaratilgan.
31
Ikkinchi va to‘rtinchi kitoblarda, ya’ni qonun to‘plamlarida
sud protsessi va uni amalga oshirish va da’volar haqidagi
ta’limotlarning qo‘llanilishiga to‘xtalgan. E’tiborlisi shundaki,
birinchi va ikkinchi kitoblar professor Dorofeyga taalluqlidir.
Uchinchi va to‘rtinchi kitoblar esa professor Teofil tomonidan
yozilgan.
Digestlarda mulkiy munosabatlarga, ayniqsa vorislik (meros)
munosabatlariga keng o‘rin ajratilgan bo‘lib, bu 6 ta yirik to‘plamdan
iborat. Qolaversa, unda Rim davlatining asosiy shartnomalaridan
biri bo‘lgan oldi-sotdi shartnomasi, uni amalga oshirish,
shuningdek shartnomani fuqarolik huquqiy munosabatlarni vujudga
keltiruvchi, o‘zgartiruvchi va bekor qiluvchi asos sifatida qaralib,
hatto rim fuqarolik huquqining boshqa huquqiy sohalardan
o‘zining nihoyatda oddiy, primitiv asosda ishlab chiqilganligi va
barcha munosabatlar shartnomalar asosida amalga oshirilishi
ta’kidlangan.Rim quldorlik davlatida majburiyatlarning bajarilishini
ta’minlash usullaridan biri garov ekanligini e’tirof etib, unga katta
bir to‘plamni ajratganlar.
Rim huquqida oila kichik davlat sifatida jamiyatning asosi va
jamiyatni harakatlantiruvchi subyekt deb qaralgan. Yakka nikohlilik,
o‘zaro sofdillik, lekin ota hukmronligi institutining mutloq
harakterliligini e’tirof etib, oilaviy huquqiy munosabatlarga uchta
to‘plamni ajratgan hamda uning huquqiy tartibga solinishini yuqori
cho‘qqiga ko‘targanlar. Xuddi shu oilaviy huquqiy munosabatlar
bilan bog‘liq vasiylik va homiylik hamda ularni tartibga solish bo‘yicha
2 ta to‘plam tayyorlangan.
Jahon huquqshunoslari tomonidan tan olingan va e’tirof etib
kelinayotgan Rim huquqshunoslarining yaratgan digestlarining
beshdan bir qismi meros huquqlari, vasiyatnoma, qonun bo‘yicha
vorislik, meros olishdan voz kechish, umuman Rim quldorlik
davlatining iqtisodda hukmron bo‘lgan sinflarining ko‘proq erki,
manfaati va irodasini ko‘zlaydigan meros huquqiy munosabatlariga
bag‘ishlangan.
Rim huquqining asosiy kurashlaridan birini o‘zida mujassam-
lashtirgan qullik instituti, undan ozod bo‘lish holatlari, usullari
va tartiblariga ham alohida 1 ta qonun bag‘ishlangan.
32
Qadimgi rim huquqida shartnomalarning turlari xilma-xil
bo‘lgan va ular konsensual, verbal, litteral, real kabi boshqa xil
shartnomalarga bo‘linib ketgan. Ulardan, ayniqsa verbal shart-
nomalari ko‘p ishlatilgan. Shu bois verbal shartnomalarga ikkita
katta qonunlar to‘plami ajratilgan.
Imperator Yustinian qonunlarni va tartibni nihoyatda hurmat
qilgan huquqshunoslardan hisoblansa-da, lekin digestlarga
kiritilgan ikkita katta to‘plamni «eng qo‘rqinchli» deb atab, jinoyat
va jazoga bag‘ishlanganligini ta’kidlaydi.
Eng oxirgi to‘plamlar harbiy va appelyatsiya masalalariga,
undan keyingi to‘plamda esa titullar mohiyati, manfaati, ularni
tartibga solish hamda qo‘llaniladigan ba’zi tushuncha va umuman
kodifikatsiya, huquq haqida tasavvur va taasurotlardan iborat.
Ishlab chiqilgan digestlarni kompilyatorlar tomonidan
tekshirish vaqtida imperator Yustinian professor Tribonian
rahbarligida Teofil va Dorofeylarga Gay institutsiyasining eskirib
qolganligini e’tiborga olib, yangi institutsiyalar (darsliklar) ishlab
chiqishni buyuradi. Institutsiyalarni ishlab chiqishdan maqsad
asosan huquqiy sohalar bo‘yicha qonunlarning harakatdaligini va
keraklisini aniqlash, qonunlar bo‘yicha fanlarni ajratib olish va
ulardan maqsadga muvofiq ravishda foydalanish masalalarini hal
qilish hamda aniqlik kiritish edi.
Bu institutsiyani ishlab chiqishda asosan Gay institutsiyasidan
foydalanilgan. Shu bois ular huquqshunos Gayni «VI asr Gayi»
yoki «o‘zimizning Gay»imiz deb ataydilar.
Yangi ishlab chiqilgan, ya’ni 533-yil 21-noyabrdagi institutsiya
Gay institutsiyasiga o‘xshasa-da, lekin u harakatdagi qonunchilik,
yangi huquqiy normalarga asoslangan holda ishlab chiqilgan. U
to‘rt qismdan iborat bo‘lgan: kirish qismi; shaxslar, ashyolar va
ashyoviy huquqlar; meros huquqlari va majburiyat huquqlari;
ommaviy huquq.
Digestlarni ishlab chiqish mobaynida bir nechta konstitut-
siyalar, qonunlar qabul qilingan. Ayrim huquqshunoslarning
asarlarini tahlil qilish nuqtai nazaridan kelib chiqib, ushbu
yangiliklarni Yustinian kodifikatsiyasiga kiritish lozim edi va
Yustinian kodeksining yangi tahririni ishlab chiqish uchun
33
professor Tribonian rahbarligida yana besh kishidan iborat komissiya
tuzildi.
Bu komissiya Kodeksni yangi tahrirda 534-yil 16-noyabrda
ikkinchi tuzatilgan nashrini e’lon qildi. U asosan 12 ta kitobdan
iborat bo‘lib, titullarga bo‘lingan va titullar asosida imperatorlar
tomonidan qabul qilingan konstitutsiyalar xronologik tartibda
joylashtirildi. Ushbu Kodeks 534-yil 29-dekabrdan kuchga kiritildi.
Bundan tashqari, imperator Yustinian tomonidan 535—565-
yillarda qabul qilingan konstitutsiyalar ham keng miqyosdagi
qo‘shimchalarni kiritishni taqozo etardi. Bu o‘zgarishlar novellalar
deb atalib, ko‘pchiligi davlat qurilishi, cherkov munosabatlari,
vorislik huquqi va oila huquqi munosabatlarini tartibga solishga
qaratilgan.
Qadimgi Rim quldorlik davlatining imperatori Yustinian o‘z
kodifikatsiyasi bilan rim huquqining o‘tgan tarixini, huquqiy
madaniyatini bir joyga to‘plovchi (tizimga keltiruvchi) yakun
bo‘lib, uning ko‘p asrlardan buyon rivojlanishiga o‘ziga xos tarzda
chegara qo‘ydi.
Shunday qilib, 534-yilning oxirlarida Yustinian kodifikatsiyasi
o‘z mohiyatiga ega bo‘ldi va uni «Fuqarolik qonunlari to‘plami»
deb atadilar.Miloddan avvalgi XII asrga kelib, u to‘liq asosda Corpus
Do'stlaringiz bilan baham: |