Ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a s. Isxakov, V. Topildiyev


I bob RIM  HUQUQI FANINING PREDMETI



Download 1,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/136
Sana30.12.2021
Hajmi1,33 Mb.
#152516
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   136
Bog'liq
Rim huquqi. Isxakov S., Topildiyev V., Raxmanov A. Darslik. (1)

I bob
RIM  HUQUQI FANINING PREDMETI
VA MANBALARI
1-§. Rim huquqi tushunchasi va uning predmeti.
2-§. Rim huquqining tarixiy davrlarga bo‘linishi.
3-§. Rim huquqining ekspluatatsiyaga asoslangan davlatlar
huquqi  rivojlanishidagi  roli.
4-§. Rim huquqini o‘rganishning huquqshunoslar uchun aha-
miyati.
5-§. Rim huquqshunoslarining faoliyati.
6-§. Rim huquqining manbalari.
1-§. Rim huquqi tushunchasi va
uning predmeti
Rim huquqi Rim quldorlik davlatining, alohida shaxslarning,
fuqarolarning mulkiy munosabatlarini va mulk bilan bog‘liq bo‘lgan
shaxsiy nomulkiy tusdagi hamda umuman mulk bilan bog‘liq
bo‘lmagan boshqa shaxslarga o‘tkazib berib bo‘lmaydigan shaxsiy
nomulkiy munosabatlarini hamda oilaviy huquqiy munosabatlarini
tartibga soladi.
Qadimgi Rim jamiyatida dastlab huquq sohalaridan birinchi
bo‘lib, fundamental huquq sohasi sifatida fuqarolik huquqi vujudga
keldi. Dastlab barcha sodir etilgan harakatlar, munosabatlar, odat
normalari, an’analar, ota-bobolar tomonidan qoldirilgan
marosimlar, diniy munosabatlar orqali tartibga solingan bo‘lsa
ham, lekin bu normalar jamiyat rivojlanishining takomillashib
borishi natijasida asta-sekinlik bilan yozma ravishdagi munosabatlarga
o‘ta boshladi.
Ana shunday asosda vujudga kelgan yozma ravishdagi
munosabatlar dastlab fuqarolik huquqiy munosabatlarini keltirib
chiqardi va ularning harakat doirasini nihoyatda keng qilib belgiladi.


6
Darhaqiqat, vujudga kelgan barcha harakatlar, hatto jinoyat
elementlari bilan bog‘liq harakatlar ham dastlab fuqarolik huquqiy
normalari bilan tartibga solinib, fuqarolik huquqining rivojlanishi
uchun katta asos va zamin yaratgan.
Bundan ikki ming besh yuz yil avval quldorlik tizimi asosida
Rim quldorlik jamiyatida buyuk Rim fuqarolik huquqi vujudga kelgan
bo‘lib, u ikki qismga, ya’ni ommaviy   va xususiy   huquqlarga
bo‘lingan. Qadimgi Rimning mashhur tarixchisi Tit Liviy (I asr)
Rimdagi mavjud odat normalaridan kelib chiqqan yozma «XII
jadval» qonuniga ommaviy va xususiy huquqning ham manbasidir,
deb haqiqiy ta’rif bergan edi.
Haqiqatan ham XII jadval qonunlari miloddan avvalgi
451—450- yillarda vujudga kelib, barcha mavjud bo‘lgan og‘zaki
odat normalarini yozma holatga keltirib, mujassamlashtirib qonunga
aylantirgan. Ana shu qonun rim fuqarolik huquqining rivojlanishida
dastlabki  asoslardan bo‘lib hisoblanadi.
Rim davlatida ommaviy (jus publicum) huquq deganda davlat
manfaatlarini, erkini, uning huquqiy holatini himoya qiladigan,
uning statusi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soluvchi
huquqiy normalardan tashkil topgan munosabatlarga aytilgan.
Rim quldorlik davlatining mashhur huquqshunoslaridan biri
Ulpian ommaviy va xususiy huquqning bir-biridan farqini
quyidagicha ta’riflaydi:ommaviy huquq — bu davlatning huquqiy
holati (statusi) bilan belgilanadigan, xususiy huquq esa — alohida
shaxslarning manfaati, foydasi bilan bog‘liq bo‘lgan harakatlardan
tashkil topgan.
Bu ta’rifdan ko‘rinib turibdiki, ommaviy huquq haqiqatan
ham davlat manfaatini ko‘zlovchi, uni himoya qiluvchi huquqiy
normalar majmuasidan iboratdir.
Rim huquqida jus (yus) so‘zi har xil, ya’ni «huquq», «huquq-
dorlik», «vakolat», «huquq normalari» degan tushunchalarda,
mazmunda ishlatilib kelingan. Ommaviy huquqda esa «huquq
normalari» sifatida qo‘llanilib, u davlatni idora etish, davlat organlari
tizimi, ularning vakolati, kompetensiyasi, mansabdor shaxslar
tushunchasi, muassasalar, davlatning irodasini, erkini amalga
oshiruvchi hujjatlar va barcha fuqarolar uchun majburiy va bajarishi


7
shart bo‘lgan hamda shaxslarning kelishishi asosida o‘zgartirilishi
mumkin bo‘lmagan yig‘indisi tushunilgan. Shu boisdan ommaviy
huquq davlat statusi bilan bog‘liqligini,  xususiy huquq esa alohida
fuqarolarning erki, irodasi va manfaatiga doir huquqiy muno-
sabatlarni tartibga solishini e’tiborga olib, ushbu darslikda Rim
davlatining xususiy huquqi jus civili ni (jus sivileni) ko‘rib
chiqamiz.
Xususiy huquq alohida shaxslarning erki, irodasi va man-
faatlarini ko‘zlar ekan, u eng avvalo huquq subyektlarining ix-
tiyoriy ravishda mustaqil, o‘z xohish - irodalarining avtonomiya,
erkin raqobat, fuqaroning o‘z huquqini himoya qilish yoki
qilmasligini o‘zi hal etishini, da’vo qilish yoki rad etish, merosni
qabul qilish, yoki undan voz kechish kabi boshqa bir qator
munosabatlarga kirishish yoki kirishmasligini o‘z ixtiyori, erki
asosida amalga oshirishini ta’minlaydi.
Rim quldorlik davlatida, xususan uning fuqarolik huquqida
jus civile (fuqarolik huquqi) keng qamrovli tushunchalardan iborat
bo‘lgan.

Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish