Hususiy kapital hisobi va auditi


Aksiyadorlik jamiyatlari uchun



Download 226,81 Kb.
bet27/41
Sana29.03.2023
Hajmi226,81 Kb.
#923089
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   41
Bog'liq
Hususiy kapital hisobi va auditi

Aksiyadorlik jamiyatlari uchun

Mas’uliyati cheklangan va qo’shimcha mas’uliyatli jamiyatlar uchun

Jamiyatning ustav fondini ko’paytirish:
Jamiyatning ustav fondi qo’shimcha aksiyalarni joylashtirish yo’li bilan ko’paytirilishi mumkin.
Qo’shimcha aksiyalar faqat jamiyat ustavida belgilangan, e’lon qilingan aksiyalarning soni doirasida jamiyat tomonidan joylashtirilishi mumkin.
Jamiyatning ustav fondini ko’paytirish to’g’risidagi va jamiyat ustaviga tegishli o’zgartishlar kiritish haqidagi qarorlar aksiyadorlarning umumiy yig’ilishi tomonidan yoki, agar jamiyat ustaviga yoxud aksiyadorlar umumiy yig’ilishining qaroriga muvofiq jamiyatning kuzatuv kengashiga shunday qarorlar qabul qilish huquqi berilgan bo’lsa, jamiyatning kuzatuv kengashi tomonidan qabul qilinadi.
Jamiyatning ustav fondini ko’paytirish to’g’risidagi qarorda joylashtiriladigan qo’shimcha oddiy aksiyalarning va imtiyozli aksiyalarning soni, ularni joylashtirish muddatlari hamda shartlari belgilangan bo’lishi kerak.
Jamiyatning ustav fondini ko’paytirish joylashtirilgan qo’shimcha aksiyalarning nominal qiymati miqdorida ro’yxatdan o’tkaziladi. Bunda jamiyat ustavida ko’rsatilgan, e’lon qilingan muayyan turdagi aksiyalarning soni ushbu turdagi joylashtirilgan qo’shimcha aksiyalarning soniga kamaytirilishi kerak.
Jamiyatning ustav fondini ko’paytirish jalb qilingan investitsiyalar, jamiyatning o’z kapitali va hisoblangan dividendlar hisobidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkin.
Jamiyatning ustav fondini uning o’z kapitali hisobidan ko’paytirishda qo’shimcha aksiyalar barcha aksiyadorlar o’rtasida taqsimlanadi. Bunda har bir aksiyadorga qaysi turdagi aksiyalar tegishli bo’lsa, ayni o’sha turdagi aksiyalar unga tegishli aksiyalar soniga mutanosib ravishda taqsimlanadi. Jamiyatning ustav fondi ko’paytirilishi natijasida ko’paytirish summasining bitta aksiyaning nominal qiymatiga muvofiqligi ta’minlanmaydigan bo’lsa, jamiyatning ustav fondini ko’paytirishga yo’l qo’yilmaydi.
Jamiyatning ustav fondini kamaytirish:
Jamiyatning ustav fondi aksiyalarning nominal qiymatini kamaytirish yoki aksiyalarning umumiy sonini qisqartirish yo’li bilan, shu jumladan aksiyalarning bir qismini keyinchalik bekor qilgan holda jamiyat tomonidan aksiyalarni olish yo’li bilan kamaytirilishi mumkin.
Jamiyatning ustav fondini aksiyalarning bir qismini olish va bekor qilish yo’li bilan kamaytirishga, agar bunday imkoniyat jamiyatning ustavida nazarda tutilgan bo’lsa, yo’l qo’yiladi.
Jamiyat ustav fondini kamaytirishga, agar buning natijasida uning miqdori jamiyat ustav fondining jamiyat ustavidagi tegishli o’zgartishlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish sanasida aniqlanadigan belgilangan eng kam miqdor (400 000 AQSH dollari)dan kamayib ketsa, haqli emas.
Jamiyatning ustav fondini kamaytirish to’g’risidagi va jamiyat ustaviga tegishli o’zgartishlar kiritish haqidagi qarorlar aksiyadorlarning umumiy yig’ilishi tomonidan qabul qilinadi.
Jamiyatning ustav fondini kamaytirish to’g’risida qaror qabul qilinayotganda aksiyadorlarning umumiy yig’ilishi ustav fondini kamaytirish sabablarini ko’rsatadi va uni kamaytirish tartibini belgilaydi21.



Jamiyat ustav fondining ko’paytirilishi:
Jamiyatning ustav fondini ko’paytirishga u to’liq to’langanidan keyingina yo’l qo’yiladi.
Jamiyatning ustav fondini ko’paytirish jamiyat ishtirokchilari umumiy yig’ilishining jamiyat ishtirokchilari umumiy ovozlari sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat ko’pchilik ovozi bilan qabul qilingan qaroriga binoan amalga oshiriladi.
Jamiyat ustav fondining ko’paytirilishi jamiyatning mol-mulki hisobiga va (yoki) jamiyat ishtirokchilarining qo’shimcha hissalari hisobiga va (yoki), agar bu jamiyatning ustavi bilan taqiqlangan bo’lmasa, jamiyatga qabul qilinadigan uchinchi shaxslarning hissalari hisobiga amalga oshirilishi mumkin.
Jamiyat ustav fondini kamaytirish:
Jamiyat o’z ustav fondini kamaytirishga haqlidir. Jamiyat o’z ishtirokchilarining jamiyat ustav fondidagi ulushlarining nominal qiymatini kamaytirishi va (yoki) jamiyatga tegishli ulushlarning haqini to’lash orqali ustav fondini kamaytirishi shart.
Jamiyat, agar bunday kamaytirish natijasida ustav fondining miqdori jamiyatning ta’sis hujjatlaridagi tegishli o’zgartishlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun hujjatlarni taqdim etish sanasidagi holatga ko’ra belgilangan ustav fondining minimal miqdori (eng kam oylik ish haqining 40 barobari)dan kam bo’lib qolsa jamiyat o’zining ustav fondini kamaytirishga haqli emas.
Jamiyat barcha ishtirokchilari ulushlarining nominal qiymatini kamaytirish yo’li bilan jamiyatning ustav fondini kamaytirilishi jamiyat barcha ishtirokchilari ulushlarining miqdorlari saqlab qolingan holda amalga oshirilishi zarur.
Jamiyat davlat ro’yxatidan o’tkazilgan paytdan e’tiboran bir yil mobaynida uning ustav fondi to’liq to’lanmagan taqdirda, jamiyat o’zining ustav fondini amalda to’langan miqdorgacha kamaytirishini e’lon qilishi va uning kamaytirilganligini belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tkazishi yoki jamiyatni tugatish to’g’risida qaror qabul qilishi lozim.
Agar ikkinchi va har bir keyingi moliya yili tugaganidan keyin jamiyat sof aktivlarining qiymati uning ustav fondidan kam bo’lib qolsa, jamiyat o’zining ustav fondini o’zining sof aktivlari qiymatidan oshmaydigan miqdorgacha kamaytirilishini e’lon qilishi va bunday kamaytirishni belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tkazishi shart.
Agar ikkinchi va har bir keyingi moliya yili tugaganidan keyin jamiyat sof aktivlarining qiymati jamiyatning davlat ro’yxatidan o’tkazilishi sanasidagi holatga ko’ra ustav fondining minimal miqdoridan kam bo’lib qolsa, jamiyat tugatilishi kerak22.



Auditor 8300 – “Ustav kapitali” schyotining qoldiqlari jamiyatning ta’sis xujjatlarida ko’rsatib o’tilgan qiymatlarga mosligini, jamiyat ustav kapitalining shakllanish jarayoni hamda o’zgarishi, ya’ni ko’payish yoki kamayishi bo’yicha buxgalteriya yozuvlari amalga oshirilayotganligini e’tibor bilan tekshirib chiqishi zarur. Korxona yoki jamiyat davlat ro’yxatidan o’tkazilgandan keyin 8300 – “Ustav kapitali” schyotida ta’sischilarning qo’yilmalari 4600 – “Ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari bo’yicha qarzini hisobga oluvchi schyotlar” schyoti bilan korrespondentsiyalashgan holda aks ettirilishi zarur. Ta’sis xujjatlarida belgilangan ta’sischilar kiritishi rejalashtirilgan ulushlar bo’yicha 8300 – “Ustav kapitali” schyoti kreditlanadi. Ta’sischilarning kiritgan ulushlari esa ularning pul yoki boshqa turdagi aktivlar ko’rinishida kiritilishiga qarab 4600 – “Ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari bo’yicha qarzini hisobga oluvchi schyotlar” schyotining krediti va ta’sischilar kiritgan aktivlarni hisobga oluvchi buxgalteriya hisobi schyotlari debeti bo’yicha aks ettiriladi. Muassislarning ulushlarni kiritishlari bo’yicha analitik hisob 4600 schyoti bo’yicha ochilgan analitik hisob registrlarida ta’sischilar bo’yicha alohida yuritiladi. Aksiyadorlik jamiyatlarida aksiyalarning chiqarishga ruxsat etilgani, obuna bo’lingani va qiymatlari to’langani bo’yicha analitik hisob 8300 – “Ustav kapitali” bo’yicha ochilgan analitik schyotlar registrlarida yuritilishi mumkin. Yuqorida taklif etilganidek, agarda balansdan tashqari biror schyotning ochilishi tarzida analitik hisobni yuritish amalga oshirilsa, aksiyalar bo’yicha to’lik ma’lumotlar aynan shu balansdan tashqari schyotdan olinishi mumkin. Bu 8300 – “Ustav kapitali” schyotining qoldiqlarini o’zgartirmasdan aksiyalar holati bo’yicha ma’lumotlar olinishini ta’minlaydi.


Misol uchun aksiyadorlik jamiyati ta’sis xujjatlari bo’yicha 450 ming AQSH dollari miqdorida ustav kapitalini shakllantirish bo’yicha qaror qabul qildi. Markaziy bankning aksiyalarni chiqarish paytida e’lon qilingan valyuta kursi 1 dollar 8420 so’mga teng. Demak aksiyadorlik jamiyatining ustav kapitali 3 789 000 ming so’mga teng miqdorda tasdiqlangan deb faraz qilaylik. Aksiyadorlik jamiyatida hisob siyosatiga ko’ra ustav kapitalini analitik hisobini yuritish uchun quyidagi schyotlar tasdiqlangan. 8311 – “Obuna bo’lingan aksiyalar qiymati”, 8312 – “Qiymati to’langan aksiyalar”. Aksiyalar nominal qiymati 4000 so’mga teng. CHiqarishga ruxsat etilgan aksiyalar soni 947250 dona. SHu aksiyalardan 863050 donasiga obuna amalga oshirildi deb qarasak u holda ustav kapitalining 3 452 200 ming so’mlik aksiyalarga obuna amalga oshirilgan bo’ladi. SHundan 3 000 000 ming so’mlik qiymat naqd pul shaklida to’landi. (-jadval).
- jadval.
Aksiyalarning analitik hisobining yuritilishi



Xo’jalik jarayonlari mazmuni

Debetlanuvchi schyot

Kreditlanuvchi schyot

Summa


Download 226,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish