Hususiy kapital hisobi va auditi



Download 226,81 Kb.
bet1/41
Sana29.03.2023
Hajmi226,81 Kb.
#923089
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Bog'liq
Hususiy kapital hisobi va auditi




HUSUSIY KAPITAL HISOBI VA AUDITI

МУНДАРИЖА





KIRISH 3
I-BOB. XUSUSIY KAPITAL HISOBINING MOXIYATI, MAQSADI VA VAZIFALARI 5
1.1. Xususiy kapital hisobini tashkil etishning nazariy asoslari 5
1.2. Xususiy kapital hisobini tashkil etishga asos bo’luvchi me’yoriy-huquqiy xujjatlar 17
1.3. Xususiy kapital holati va harakatini buxgalteriya xujjatlarida aks ettirish masalalari 23
1.4. Корхона ва жамиятлар buxgalteriyasida xususiy kapital hisobiga oid jarayonlarni hisobga olish 23
1.5. Korporativ qimmatli qog’ozlar bilan bog’liq xo’jalik jarayonlarining buxgalteriya hisobi 50
2-BOB. XUSUSIY KAPITAL MANBALARI AUDITINING TASHKILIY USLUBIY JIXATLARI 72
2.1. Xususiy kapital manbalari auditini o’tkazish uslubiyotida tekshiruv ob'ekti, elementi va nazorat nuqtalarini asoslash 72
2.2. Auditning xalqaro standartlariga ko’ra auditorlik dalillarining tasnifi va ularni olish usullari 93
2.3. Auditorlik dalillari manbalari sifatida buxgalteriya hisobi va hisobotining axborot-tahliliy imkoniyatlari 108
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI 116

KIRISH


O’zbekistonning tubdan yangi iqtisodiy munosabatlarga o’tishi, iqtisodiyotining ochiqligi va jahon xo’jalik boshqaruv tizimiga integratsiyalashuvi tashkilotlarning amaldagi buxgalteriya hisobi va xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini nazorat qilish tizimini o’zgartirishni talab qildi.
Audit ichki va tashqi foydalanuvchilarning moliyaviy hisobotlarga ishonchini ta’minlash uchun O’zbekiston amaliyotida nisbatan yangi hisoblangan ishonchli, to’liq, o’z vaqtida hamda sifatli ma’lumot olishni ta’minlash maqsadida bugungi kunda katta ahamiyat qaratilayotgan moliyaviy nazorat shakli hisoblanadi.
U menejment samaradorligini oshirishga, tashkilot faoliyatining oqilona prognozlashtirishga, mulk egalari va aksiyadorlar daromadlarini topish imkoniyatlarini aniq baholashga yo'naltirilgan boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish va amalga oshirishga yordam beradi. Auditorlik nazorati tufayli korxonada buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimini tashkil etishdagi kamchiliklar aniqlanishi, xo'jalik yurituvchi sub'ektning moliyaviy ahvoliga oid xolis fikrlar bildirilishi hamda audit predmeti to’g’risidagi to'liq ma’lumotlar qo’lga kiritilishi mumkin.
Hamkorlarni tanlash bilan bog'liq qarorlarni qabul qilish jarayonida ularning moliyaviy mustahkamligi va barqarorligini aniqlash to’g’ri qaror qabul qilish imkonini beradi. Tashkilot aktivlari umumiy miqdori tarkibida xususiy kapitalning ahamiyatli ulushga ega ekanligi uning boshqa bozor ishtirokchilari tomonidan ishonchli va moliyaviy mustaqil xo’jalik sub’yekti sifatida tan olinishiga dalil bo’la oladi. Bundan tashqari, bozor iqtisodiyotining jadal rivojlanishi davrida inflyatsiya jarayonlari va beqaror ishbilarmonlik sharoitlari bilan birga, ayrim hollarda, investorlar va kreditorlarning mablag'larini qaytarilishini qiyinlashtiruvchi oqibatlarga olib keladigan xavflarning mavjudligi sababli tadbirkorlikning chetdan mablag’ jalb qilishlari murakkablashadi. Bu esa o’z navbatida xususiy kapitaldan oqilona foydalanish zarurati yuzaga chiqaradi.
Ushbu monografiyada foyda olish maqsadda faoliyat yuritayotgan tijorat tashkilotlari xususiy kapitalining auditini o’tkazish bo’yicha uslubiy yondashuvlarni taklif qildik. Uslubiy yondashuvlar ob'ektlar, elementlar va nazorat nuqtalarini o’z ichiga oluvchi auditorlik tekshiruvi predmetining dastlabki ishlab chiqilishiga asoslanadi.
Asosiy e’tibor auditorlik tekshiruvi uchun zarur bo'lgan manbalarni aniqlash, buxgalteriya va ichki nazorat tizimlarini o'rganish va baholashda muayyan uslub va amaliyot vositalarni qo'llashning o'ziga xos xususiyatlariga izox berish, shuningdek, axborotning turli manbalaridan olingan ma'lumotlarni muvofiqlashtirishga qaratilgan.
Mazkur monografiyada aksiyadorlik jamiyatlari xususiy kapitalini shakllantirish va undan foydalanish xususiyatlari amaldagi qonunchilik talablariga mosligi ko'rib chiqiladi.
Ular asosan quyidagilar bilan bog'liq:

  • Aksiyadorlik jamiyatlarining ustav kapitali aniq miqdordagi aksiyalardan iborat;

  • Aksiyadorlik jamiyatlarining emissiyon daromadlari qo'shilgan kapitali miqdorini oshiradi;

• Aksiyadorlik jamiyatlari majburiy tarzda zahira kapitalini shakllantiradi va ularning sarflanish yo'nalishlari qonun hujjatlarida aniq belgilangan.
Umid qilamizki, monografiyada yoritilgan ushbu masala, birinchi navbatda, amaliyotchi auditorlar uchun auditorlik tekshiruvi o'tkazilayotgan tashkilotining moliyaviy hisobotlarida jiddiy buzilishlar yo'qligi to'g'risida ishonchli ma'lumot olish uchun foydali bo'ladi.

I-BOB. XUSUSIY KAPITAL HISOBINING MOXIYATI, MAQSADI VA VAZIFALARI


1.1. Xususiy kapital hisobini tashkil etishning nazariy asoslari


Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va diversifikatsiyalash sharoitida mulkchilikning yangi shakllarini yuzaga chiqishi tabiiy holdir. Bu esa o’z navbatida mazkur mulkchilik shakllarining ish faoliyatlarini yo’lga qo’yishlari uchun bir qancha shartlarni yuzaga chiqaradi. Yuridik shaxs maqomiga ega mulkchilik shakllari birinchi galda o’z faoliyatlarini tashkillashlari uchun nizom ishlab chiqishlari va unda ustav kapitalini shakllantirilish masalalarini belgilab olishlari zarur. Bozor iqtisodiyoti sharoitida yuridik shaxs maqomini olmoqchi bo’lgan xo’jalik sub’ektlari o’zlarining faoliyatlari davomida foydalanishni istagan moddiy hamda moliyaviy aktivlarini shaxsiy mablag’lari hisobidan mustaqil ravishda shakllantiradilar.


Korxona xususiy kapitalining buxgalteriya hisobini yuritish maqsadi xo’jalik sub’ektlari ijroiya organing boshqaruv va investitsion qarorlarini to’g’ri qabul qilishlari uchun korxona sof aktivlari hamda moliyaviy ko’rsatkichlari qiymati to’g’risidagi ma’lumotlarni haqqoniy aks ettirish hisoblanadi.
Xo’jalik sub’ektlarining xususiy kapitali tarkibi quyidagi buxgalteriya hisobi balansi moddalaridan tashkil topgan:

  • Ustav kapitali (8300)

  • Qo’shilgan kapital (8400)

  • Rezerv kapitali (8500)

  • Sotib olingan xususiy aksiyalar (8600)

  • Taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar) (8700)

  • Maqsadli tushumlar (8800)

  • Kelgusi davr xarajatlari va to’lovlari uchun zaxiralar (8900)1


Download 226,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish