Hususiy kapital hisobi va auditi



Download 226,81 Kb.
bet9/41
Sana29.03.2023
Hajmi226,81 Kb.
#923089
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   41
Bog'liq
Hususiy kapital hisobi va auditi

Ustav kapitali – bu ta’sis hujjatlarida belgilangan faoliyatni dastlabki ta’minoti uchun xo’jalik yurituvchi sub’ektni tashkil etish chog’ida uning mulkiga muassislar qo’shgan ulushlar yoki aksiyalar nominal qiymati bo’yicha hissalarning pul birligida ifodalangan miqdordir.
O’zbekiston milliy entsiklopediyasida esa ustav kapitaliga quyidagi ta’rif berilgan:
Ustav kapitali — aksiyadorlik jamiyatining ustavida qayd etilgan pul ifodasidagi dastlabki, boshlang’ich kapital. Ustav kapital aksiyalar sotishdan tushumlar, ta’sischilarning xususiy qo’yilmalari va davlat qo’yilmalari hisobidan yuzaga keladi. Ustav kapitalga badallar faqat pul mablag’lari ko’rinishida emas, balki mulk shaklida, masalan, imoratlar, yer, shuningdek, intellektual mulk ob’ektlari: patentlar, litsenziyalar, loyihalar shaklida ham bo’lishi mumkin. Ustav kapitali tuzilgan tashkilot faoliyatining moddiy ashyoviy, pul, ilmiy texnika, axborot asosini tashkil etadi. Ustav kapital balansning passivida qayd etiladi.8
CHet el adabiyotlari va iqtisodiy lug’atlari quyidagicha ta’riflar keltirilgan. Ingliz tilida chop etilgan adabiyotlarda to’g’ridan-to’g’ri bu ma’noni beruvchi atama yo’q. Ustav kapitali (equity) odatda aksiyadorlar kapitali (shareholder`s equity) yoki mulkdorlar kapitali (owner`s equity) iqtisodiy atamalari bilan ishlatiladi. Ushbu adabiyotlarda berilgan ta’rifga ko’ra ustav kapitali bu jamiyat yoki korxonaning barcha tashqi qarslari to’langandan keyingi korxona muassislariga qoladigan qiymatdir9.
Iqtisoidiy adabiyotlarimizda ustav fondiga quyidagicha ta’riflarni uchratishimiz mumkin.
Ustav fondi – davlat mulki asosida tashkil etilgan xo’jalik sub’ektlarida faoliyatni tashkil etish va yuritish uchun davlat tarafidan ajratilgan moddiy va moliyaviy ko’rinishdagi aktivlar qiymati.
O’zbekiston milliy entsiklopediyasida esa ustav fondiga quyidagi ta’rif berilgan:
Ustav fondi — ta’sischilar ishtirokchilarning o’zlari tashkil etgan kompaniya, xo’jalik jamiyatiga dastlabki kiritgan va doimiy ulush hisoblanadigan moddiy va pul mablag’lari majmui. Ustav fondi kompaniyaning xo’jalik faoliyatidan olinadigan foyda hisobiga ko’payib borishi mumkin. Ustav fondi kompaniya yoki jamiyatning asosiy va aylanma mablag’lari qiymatini tashkil etadi10.
Chet el adabiyotlari (ingliz tilidagi iqtisodiy adabiyotlarda) va iqtisodiy lug’atlarda bu atamaning ekvivalenti yo’q.
Bu esa o’z navbatida iqtisodiy adabiyotlarimizda qo’llanilayotgan atamalar to’g’ri qo’llanmoqdami degan savolini yuzaga chiqaradi.
SHu o’rinda fond va kapital so’zlarining ma’nolariga ham to’xtalib o’tish zarur. O’zbekiston milliy entsiklopediyasida kapitalga quyidagicha ta’rif keltirilgan:
Kapital (nem. Kapital; lot. Capitalis — bosh, asosiy), sarmoya — keng ma’noda — o’z egasiga daromad keltirish xususiyatiga ega bo’lgan jami vositalar va mablag’lar; yangi qiymat keltiruvchi, o’zini o’zi ko’paytiruvchi qiymat. Tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish uchun kishilar tomonidan yaratilgan resurslar; tor ma’noda — ishlab chiqarish vositalari ko’rinishidagi ishga qo’yilgan, ishlab turgan daromad manbai (ashyoviy kapital).
Kapitalning paydo bo’lishiga tovar ishlab chiqarish, tovar muomalasi dastlabki sharti hisoblanadi. Bozorda o’ziga xos, alohida tovar — ish kuchining paydo bo’lishi bilan oddiy tovar ishlab chiqarish kapitalistik ishlab chiqarishga aylanadi, tovar ishlab chiqarishning shu davrida tovar muomalasidagi pul Kapitalga aylanadi. Kapital ko’p tsikllar davomida ishlab chiqarishda ishtirok etadigan asosiy kapital va bir tsikl davomida ishtirok etadigan va to’liq sarflanadigan aylanma kapitalga bo’linadi. Pul kapitali (sarmoya) — ashyoviy kapital sotib olish uchun sarflanadigan pul vositalarini ifoda etadi, ya’ni pul kapitalga aylanishi uchun ishlab chiqarishga avanslanadi. Iqtisodiy nazariyada kapital ishlab chiqarish omillaridan biri tarzida izohlanadi. Qiymatning ko’payishi inson mehnati (ish kuchi) va ishlab chiqarish vositalari (xom ashyo, mashina, stanoklar) birlashganda, ya’ni ishlab chiqarish sharoitida yuz beradi. Kapital sanoat kapitali, savdo kapitali, ssuda Kapitali, sudxo’rlik Kapitali (tarixiy) shakllarida faoliyat ko’rsatadi. Rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitlarida Kapitalning korxona, firma, banklar. Kapitali, turli aksiyadorlik jamiyatlariga tegishli aksiyadorlik kapitali, zahira kapitali, ustav kapitali. singari ko’rinishlari mavjud. Tadbirkor jismoniy shaxslarga tegishli kapital dastmoya deyiladi va har gal tovar olib sotishda ishlatiladi.
Fond” atamasiga hech qanday ta’rif berilmagan.
CHet el adabiyotlarida kapital (capital) atamasiga quyidagicha ta’rif berilgan:

  • investitsiya qilish yoki yangi tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun foydalaniladigan pul mablag’i;

  • jamoa yoki yakka tartibda egalik qilinadigan mulk yoki pul qiymati;

  • qaytarilishi talab qilinadigan qarzga olingan yoki berilgan pul;

  • ...

SHu o’rinda fond (fund) atamasiga berilgan ta’riflar:

  • turli maqsadlarda sarflash uchun yig’ilgan va mavjud bo’lgan pul yig’indisi;

  • biror hodisa, faoliyat yoki tashkilotga to’lovni ta’minlash maqsadidagi pul;

  • biror tadbirkorlikni faoliyatini, tashkilotni tashkil etish yoki loyihani amalga oshirish uchun moliyaviy manba;

  • ma’lum maqsadda investitsiyalarni amalga oshirish uchun pullarni yig’uvchi va boshqaruvchi tashkilot;

  • ...

Ta’riflardan ko’rinib turibdiki, fond bu biror faoliyatni moliyalashtirish manbasi sifatida qaralsa, kapital shu faoliyatni amalga oshirish va mulkni orttirish maqsadida foydalaniladigan moddiy va moliyaviy unsurlardir.
SHu nuqtai nazarda buxgalteriya hisobida balansning passivi bu xo’jalik sub’ektining mablag’larini shakllanish manbalarini ko’rsatuvchi elementlar ekanligini inobatga olib, “ustav kapitali” atamasini o’rniga “ustav fondi” atamasini qo’llash maqsadga muvofiq bo’lardi.
Ustav kapitalini shakllantirish tartibi O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va tashkiliy-huquqiy shakliga muvofiq ta’sis hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq har qanday xo’jalik yurituvchi sub’ekt ta’sischilari xo’jalik sub’ekti davlat ro’yxatidan o’tkazilgandan keyin bir yil mobaynida o’z ulushlari bo’yicha qarzlarini to’liq uzishlari shart.
Xo’jalik faoliyatining 3 ta asosiy tashkiliy-huquqiy shakli mavjud: yakka egalik, xo’jalik jamiyatlari va shirkatlari, aksiyadorlik jamiyati (korporatsiya).
Yakka egalikdagi xo’jalik sub’ekti ustav kapitali (ustav kapital) buxgalteriya hisobida quyidagicha qayd etiladi:
Debet 4610 - "Ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari bo’yicha qarzi" scheti;
Kredit 8330 - "Pay va ulushlar" scheti.
Xususiy korxona amaldagi qonun hujjatlariga ko’ra o’z ustavini ustav kapitali miqdorini ma’lum qilmasdan ham ro’yxatdan o’tkazish huquqiga ega.
Ustav kapitaliga ulushlarning kelib tushishi ustav kapitali hisob varag’i ma’lumotlarini o’zgartirmaydi, balki ta’sischilarning yoki ta’sischining qarzini kamaytiradi. Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq ustav kapitaliga badallar daromad ob’ekti hisoblanmaydi va soliqqa tortiladigan bazaga kiritilmaydi.
Muassis ustav kapitaliga ulushlarini turli aktivlar ko’rinishida kiritishi mumkin, biroq ularning turlari korxona ustavida avvaldan ko’rsatib qo’yilishi shart. Masalan, agar korxonaning ustav kapitaliga ulushlar faqatgina pul mablag’lari ko’rinishida kiritilishi ustavda ko’rsatilgan bo’lsa, u holda muassis ustav kapitaliga asosiy vositalarni yoki tovar moddiy qiymatlaiklarni ulush sifatida kirita olmaydi.

Download 226,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish