Hususiy kapital hisobi va auditi



Download 226,81 Kb.
bet2/41
Sana29.03.2023
Hajmi226,81 Kb.
#923089
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Bog'liq
Hususiy kapital hisobi va auditi

Ustav kapitali – faoliyatni tashkil etish uchun korxona muassislari tomonidan ta’sis hujjatlariga muvofiq qo’yilgan hamda korxonaning xo’jalik faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan moddiy va nomoddiy mulklar majmuidir.
Qo’shilgan kapital - aksiyalarni nominal qiymatdan yuqori narxlarda birlamchi sotish chog’ida olingan emissiya daromadi hamda korxonaning ustav sarmoyasini shakllantirish chog’ida ta’sis hujjatlarini ro’yxatga olish sanasi bilan mablag’larni ustav sarmoyasiga haqiqatda kiritish sanasida O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kurslari o’rtasida yuzaga keladigan kurslardagi farq summasi yig’indisi.
Rezerv kapitali - korxona ustaviga ko’ra foyda hisobiga, mol-mulkni qayta baholash chog’ida hosil bo’ladigan inflyatsion zaxiralar, tekinga olingan mol-mulk hisobiga tashkil etilgan zaxiralar summasi.
Sotib olingan xususiy aksiyalar - korxonada mavjud bo’lgan, ularni keyinchalik tarqatish yoki yo’q qilish uchun sotib olingan o’z aksiyalarining qiymati.
Taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar) - hisobot yilining sof foydasi (zarari) va o’tgan yillarning jamg’arilgan foydasi (zarari).
Maqsadli tushumlar - olingan grantlar, subsidiyalar, a’zolik badallari, maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari va boshqa maqsadli tadbirlarni amalga oshirish uchun olingan maqsadli tushumlar summalari.
Kelgusi davr xarajatlari va to’lovlari uchun zaxiralar - korxona tomonidan kelgusidagi xarajatlar va to’lovlari uchun yig’ib boriluvchi, hamda xarajatlarni u tegishli bo’lgan davrlar orasida bir tekisda taqsimlash maqsadida zaxira qilib boriladigan mablag’lar.
Korxona va tashkilotlarning ustav kapitali, rezervlar va taqsimlanmagan foydasini hisobga olish bo’yicha buxgalteriya hisobining vazifalari sifatida quyidagilarni keltirib o’tish mumkin:

  • Ustav kapitalining shakllanishi hamda undan samarali foydalanishni nazorat qilish;

  • Xo’jalik sub’ekti ta’sischilari tomonidan kapitalning shakllantirilish bosqichlari va shakllari bo’yicha ma’lumot to’plash;

  • Ustav kapitalining holati va harakati bo’yicha hisobot tuzish uchun zaruriy ma’lumotlarni yig’ish;

  • Qo’shilgan kapital hamda rezerv kapitalining shakllanishi bilan bog’liq muomalalarni o’z vaqtida hisobda aks ettirish;

  • Korxonaning moliyaviy natijalarini aniqlash hamda uning korxona strategik maqsadlariga ko’ra to’g’ri taqsimlanishini nazorat qilish.

  • Korxonaning moliyaviy ko’rsatkichlarini tahlil qila olish uchun kerakli ma’lumotlarni o’z vaqtida, to’liq va to’g’ri yig’ilishini ta’minlash.

Turli mulkchilik shaklidagi korxonalarda ustav kapitalini shakllantirishning o’ziga xos xususiyatlari mavjud. Masalan, bugungi kunda malakatimizda faoliyat yuritayotgan aksiyadorlik jamiyatlari shaklidagi, mas’uliyati cheklangan jamiyatlar hamda qo’shimcha mas’uliyatli jamiyatlar shaklidagi, qo’shma korxonalar shaklidagi xo’jalik sub’ektlarida ustav kapitalini shakllantirish jarayonlarining buxgalteriya hisobida hisobga olish uchun aloxida yondoshuvlar talab etiladi.
Aksiyadorlik jamiyatlarida ustav kapitalini shakllantirilishi uning emissiya qilgan aksiyalari miqdori va ularning nominal qiymatlari asosida amalga oshiriladi. Aksiyadorlik jamiyatining ustav kapitali miqdori ko’payishi yoki kamayishi mumkin. Ustav kapitalini ko’paytirish qo’shimcha aksiyalar chiqarish asosida amalga oshiriladi. Jamiyat tomonidan qo’shimcha aksiyalar faqat jamiyat ustavida belgilangan e’lon qilingan aksiyalar miqdori doirasida amalga oshirilishi mumkin. Aksiyadorlik jamiyati ustav kapitalini kamaytirilishi aksiyalar nominalini pastlatish yoki ularning umumiy sonini qisqartirish bilan bog’liq bo’ladi. Bu aksiyadorlik jamiyatining o’z aksiyalarini qayta sotib olish hamda ularni keyinchalik bekor qilish asosida amalga oshiriladi.
Aksiyadorlik jamiyatlarida muassislar soni ellik nafardan oshmasa o’z ulushini sotmoqchi bo’lgan aksiyadorning aksiyalarini birinchi galda jamiyatning boshqa aksiyadorlari uchinchi shaxsga taklif qilinayotgan narx va shartlarda sotib olish bo’yicha imtiyozga ega bo’ladi. Agarda jamiyatning aksiyadorlari bu imtiyozdan foydalanmasa jamiyatning o’zi mazkur imtiyozdan foydalanish imkoniyatini qo’lga kiritadi. Jamiyat ham mazkur imtiyozdan foydalanishni istamasa aksiyador o’z ulushini uchinchi shaxsga sotish huquqini qo’lga kiritadi2.
Bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta’sis etilgan, ustav fondi (ustav kapitali) ta’sis hujjatlari bilan belgilangan miqdorlarda ulushlarga bo’lingan xo’jalik jamiyati mas’uliyati cheklangan jamiyat deb hisoblanadi3. Bunday jamiyat ustav kapitalidagi bo’lingan hissalar miqdori ta’sis hujjatlarida belgilab qo’yiladi, uning ishtirokchilari majburiyatlar bo’yicha faqat o’z mulki doirasida javob beradi.
Ma’suliyati cheklangan jamiyatning ustav kapitali faqat ta’sischilarning ulushlari hisobidan tashkil topadi va uning ko’payishi yoki kamayishi hammaning roziligi bilan yuz berishi mumkin.
Jamiyat ishtirokchisi o’z hissasini jamiyat ro’yxatga olingan sanadan keyin bir yil davomida to’lashi lozim.

Download 226,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish