4-MAVZU: SOTIB OLINGAN XUSUSIY AKSIYALAR HISOBI. MAQSADLI TUSHUMLAR HSOBI. KELGUSI XARAJATLAR VA TO’LOVLAR ZAXIRASINI TASHKIL ETISH VA FOYDALANISH HISOBI.
REJA:
1 Sotib olingan xususiy aksiyalar hisobi
2 Maqsadli tushumlar hisobi
3 kelgusi xarajatlar va to’lovlar haqida
Tayanch so’z va iboralar: aksiyalar, xususiy,maqsadli tushumlar, oddiy aksiyalar, imtiyozli aksiyalar, hisobvaraqlar, subsidiya.
Amaldagi qonunchilikka binoan aktsiyadorlik jamiyati keyinchalik qayta sotish, o’z xodimlari orasida qayta taqsimlash yoki bekor qilish maqsadida aktsiya-dorlardan ularga qarashli aktsiyalarni sotib olishga haqli. Bunday aktsiyalar bo’yicha dividendlar hisoblash to’xtatiladi va ular ovoz berish jarayonida qatnashmaydilar. hisobvaraqlar rejasida jamiyatning o’z aktsiyalarini sotib olish muomalalarini hisobga olish uchun quyidagi hisobvaraqlar ochilgan:
«Sotib olingan xususiy oddiy aktsiyalari»;
«Sotib olingan xususiy imtiyozli aktsiyalari»
Bu hisobvaraqlar kontrpassiv hisobvaraqlar bo’lib ulardagi summalar buxgal-teriya balansining kapital qismi bo’yicha summani aniqlash paytida umumiy kapital summasini kamaytiradi.
Misol. Aktsiyadorlik jamiyatining Ustav kapitali nominal qiymati 1000 so’m bo’lgan 7000 ta oddiy va 1000 ta imtiyozli aktsiyalardan iborat. Imtiyozli aktsiyalarning barchasi, oddiy aktsiyalarning 5000 tasi nominal qiymatda, oddiy aktsiyalarning qolgan 2000 tasi esa 1250 so’mdan imtiyozli aktsiya sotildi. Bu xo’jalik muomalasi buxgalteriya balansida quyidagi holda o’z aksini topdi.
Ustav kapitali 8000000
Qo’shilgan kapital 500000
Jami kiritilgan aktsionerlik kapitali 8500000
Faraz qilamiz, jamiyat aktsiyadorlari bir qancha vaqt o’tgach muomalada bo’lgan o’z oddiy aktsiyalarining 1000 tasini keyinchalik qayta sotish maqsadida sotib olishga qaror qildi. Sotib olish sanasida oddiy aktsiyalarning bozor qiymati 1500 so’mni tashkil kilgan. Bu xo’jalik muomalasiga quyidagi buxgalteriya yozuvini rasmiylash-tirish lozim:
Dt «Sotib olingan xususiy oddiy aktsiyalari» 1500000
Kt «Pul mablag’lari» 1 500000
Bu xo’jalik muomalasining ta’siri natijasida aktsionerlik kapitali qiymatida quyidagi o’zgarish ro’y beradi.
Ustav kapitali 800000
Qo’shilgan kapital 500000
Sotib olingan xususiy oddiy aktsiyalari (1500000)
Jami kiritilgan aktsionerlik kapitali 7000000
Jamiyatning sotib olingan xususiy aktsiyalari bekor qilinmagudek bo’lsalar, sotib olingan sanadan boshlab ko’pi bilan bir yil ichida qayta sotilishi lozim. Ular keyinchalik sotib olingan bahoda, undan yuqori bahoda yoki undan past bahoda qayta sotilishi mumkin. Faraz qilamiz, jamiyat sotib olgan xususiy oddiy aktsiyalarining barchasini bir qancha vaqt o’tganidan keyin birinchi holatda 1500000 so’mga, ikkinchi holatda 1600000 so’mga va uchinchi holatda 1300000 so’mga sotdi. Bu xo’jalik muomalalari buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
1) Dt «Pul mablag’lari» 1500000
Kt «Sotib olingan xususiy oddiy aktsiyalari» 1500000
2) Dt «Pul mablag’lari» 1600000
Kt «Sotib olingan xususiy oddiy aktsiyalari» 1500000
Kt «Qo’shilgan kapital» 100000
Sotib olingan xususiy oddiy aktsiyalari sotib olish qiymatidan past bahoda sotilsa, baholar o’rtasidagi farq agar summa mavjud bo’lsa avval «Qo’shilgan kapital» hisobidan, mabodo bu hisobvaraqdagi summa etarli bo’lmasa, unda «Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi» hisobidan qoplanadi.
3) Dt «Pul mablag’lari» 130000
Dt «Qo’shilgan kapital» 100000
Dt «Hisobot davrning taqsimlanmagan foydasi» 100000
Kt «Sotib olingan xususiy oddiy aktsiyalari» 1500000
Maqsadli tushumlar hisobi. Shu nomdagi hisobvaraq korxona tomonidan davlat yoki boshqa moliyaviy tashkilotlardan olingan grantlar, subsidiyalar va jismoniy hamda huquqiy shaxslar tomonidan korxonaga ko’rsatilgan beg’araz yordam bilan bog’liq axborotlarning holati va harakati to’g’risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish uchun mo’ljallangan. Grant (subsidiya) deb, maьlum bir loyihani amalga oshirish uchun davlat yoki milliy va xal-qaro tashkilotlar (jamg’armalar) tomonidan iqtisodiyotning biror bir yo’nalishini rivojlantirish uchun korxonaga ma’lum shartlar asosida ajratilgan pul yoki resurslar ko’rinishidagi yordamga aytiladi. Buxgalteriya hisobining halqaro va milliy standartlariga ko’ra davlat subsidiyalari:
aktivlar tarkibiga kiritiluvchi subsidiyalar
daromadlar tarkibiga kiritiluvchi subsidiyalar
Aktivlar tarkibida hisobga olinuvchi subsidiyalar ikki usulda tan olinadi. Birinchi usulga ko’ra ular maqsadli tushumlar sifatida e’tirof etilib, aktivning xizmat qilish muddati mobaynida eskirish summasi holida xarajatlarni kamaytirib boradi. Ikkinchi usulda, ularning summasi kelib tushayotgan aktivlar qiymatidan ayirib tashlanadi va grant (subsidiya) hisobiga olingan aktivlar korxona balansida sof qiymatda ko’rsatiladi. Bu usullardan foydalanish tartibi o’quv qo’llanmaning «Asosiy vositalar hisobi» bobida keltirilgan. Daromad tarkibiga olib boriladigan subsidiyalar «Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot»ning «Boshqa daromadlar» moddasida hisobga olinadi. Davlat subsidiyalari va beg’araz yordami bilan bog’liq xo’jalik muomalalarini hisobga olish tartibi «Davlat subsidiyalarini hisobga olish va davlat yordamini yoritish» deb nomlangan Buxgalteriya hisobining milliy stan-dartida keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |