-jadval.
Grant va subsidiyalarni hisobga olish o’tkazmalari
Xo’jalik jarayonlarining mazmuni
|
debet
|
kredit
|
Korxona yoki jamiyat uchun ajratilgan grantlar xabarnomasi olinganda
|
4890-«Boshqa debitorlar qarzlari»
|
8810-«Grantlar»
|
Korxona yoki jamiyat uchun ajratilgan subsidiyalar xabarnomasi olinganda
|
8820-«Subsidiyalar»
|
Grant va susbsidiyalar bo’yicha aktivlar kelib tushganda
|
0100-«Asosiy vositalar»; 1000«Materiallar»; 5110-«Hisob-kitob scheti» va b.
|
4890-«Boshqa debitorlar qarzlari»
|
Bu holatni quyidagi misol yordamida ko’rish mumkin: “Inno-ta’lim” nodavlat-notijorat tashkiloti shaxslarning huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida o’qitish dasturini ishlab chiqishdi va unga 9 285 ming so’m miqdorida grant oldi ( -jadval). Grant bo’yicha ishlarni bajarish muddati 3 oy. Grant asosida olingan pul mablag’lari quyidagi maqsadlarda foydalanildi.
-jadval.
“Inno-ta’lim” nodavlat-notijorat tashkiloti o’quv kursi smeta xarajatlari
|
Xarajatlar turlari
|
1 oy
|
2 oy
|
3 oy
|
Jami:
|
1
|
Ish xaqi:
|
|
|
|
|
|
Asosiy
|
1 000 000
|
1 000 000
|
1000000
|
3 000 000
|
|
Soatbay
|
740 000
|
820 000
|
800 000
|
2 360 000
|
|
Jami:
|
1 740 000
|
1 820 000
|
1 800 000
|
5 360 000
|
2
|
Ish xaqidan ajratma
|
435 000
|
455 000
|
450 000
|
1 340 000
|
3
|
O’quv materiallar sarfi
|
550 000
|
250 000
|
150 000
|
950 000
|
4
|
Telefon va internet xizmatlari
|
75 000
|
75 000
|
75 000
|
225 000
|
5
|
Idora o’quv xarajatlari
|
Idora + sertifikat
|
Idora + sertifikat
|
Idora + sertifikat
|
810 000
|
6
|
Xizmat safari xarajatlari
|
|
|
|
600 000
|
|
Jami xarajatlar
|
|
|
|
9 285 000
|
O’quv materiallari sarfi
|
1
|
Qog’oz
|
200 000
|
80 000
|
40 000
|
320 000
|
2
|
Materiallarni chop etish xarajatlari
|
300 000
|
120 000
|
60 000
|
480 000
|
3
|
Boshqa material xarajatlari
|
50 000
|
50 000
|
50 000
|
150 000
|
Jami:
|
550 000
|
250 000
|
150 000
|
950 000
|
“Inno-ta’lim” nodavlat notijorat tashkilotida olingan grant mablag’lari va ularning ishlatilishi quyidagi tartibda buxgalteriya hisobida aks ettiriladi (-jadval):
-jadval.
Grant mablag’larining ishlatilishini hisobga oluvchi schetlar korrespondentsiyasi
t/r
|
Xo’jalik jarayonlarining mazmuni
|
Summa, ming so’m
|
Hisobvaraqlar korrespondentsiyasi
|
debet
|
kredit
|
1
|
Grant ajratilganligi to’g’risida xabarnoma olinganda
|
9 285
|
4890
|
8810
|
2
|
Grant bo’yicha mablag’lar tashkilot hisob raqamiga kelib tushganda
|
9 285
|
5110
|
4890
|
3
|
O’quv materiallari sotib olinganda
|
950
|
1010
|
6010
|
4
|
O’quv materiallari uchun to’lov amalga oshirilganda
|
950
|
6010
|
5110
|
5
|
Xodimlarga ish haqi hisoblab yozildi
|
5 360
|
8810
|
6710
|
6
|
Yagona ijtimoiy to’lov hisoblab yozildi
|
1 340
|
8810
|
6520
|
7
|
Xodimlarga ish haqi to’landi
|
5 360
|
6710
|
5110
|
8
|
Yagona ijtimoiy to’lov bo’yicha qarz to’landi
|
1 340
|
6520
|
5110
|
9
|
O’quv materiallari hisobdan chiqarilganda
|
950
|
8810
|
1010
|
10
|
Telefon va internet xizmatlari uchun schet olindi
|
225
|
8810
|
6010
|
11
|
Telefon va internet xizmatlari uchun schet olindi
|
225
|
6010
|
5110
|
12
|
Xizmat safari uchun avans berildi
|
600
|
4220
|
5110
|
13
|
Xizmat safari xarajatlari hisobdan chiqarildi
|
600
|
8810
|
4220
|
14
|
Idora o’quv xarajatlari hisobdan chiqarildi
|
|
8810
|
6710
6520
6010
5110
|
Maqsadli foydalanadigan soliq imtiyozlari
Yuridik shaxslarga soliqlar, bojxona va majburiy to‘lovlarni budjetga to‘lash bo‘yicha berilgan imtiyozlarni rasmiylashtirish va buxgalteriya hisobida aks ettirish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasining O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 2-aprelda 1463-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan Qaroriga asosan tasdiqlangan “Yuridik shaxslarga soliqlar, bojxona va majburiy to‘lovlarni budjetga to‘lash bo‘yicha berilgan imtiyozlarni rasmiylashtirish va buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi to‘g‘risida” gi Nizom asosida tartibga solinadi.
Ushbu Nizom qoidalari mamlakatda faoliyat yuritilayotgan barcha turdagi korxona va tashkilotlarga tagishli hisoblanadi. Unga ko’ra soliq va bojxona to’lovlari bo’yicha beriladigan imtiyozlar ikki turga bo’linadi:
Imtiyoz natijasida bo‘shayotgan mablag‘larni maqsadli vazifalarni bajarish uchun yo‘naltirish sharti bilan berilgan imtiyozlar;
Imtiyoz natijasida bo‘shayotgan mablag‘larni maqsadli ishlatish nazarda tutilmagan holda beriladigan imtiyozlar.
Bo‘shayotgan mablag‘lar maqsadli vazifalarni bajarish uchun yo‘naltirish sharti bilan berilgan bo’lsa, soliqlar, bojxona va majburiy to‘lovlar bo’yicha majburiyatlarni hisoblash umumbelgilangan tartibda amalga oshiriladi
Bo‘shayotgan mablag‘larni maqsadli ishlatish nazarda tutilmagan soliqlar va bojxona imtiyozlari berilganda budjetga to‘lanadigan soliqlar, bojxona va majburiy to‘lovlar hisoblanmaydi va mahsulot (tovarlar, ishlar, xizmatlar) hamda boshqa xil mol-mulkning sotish (xarid) qiymatiga kiritilmaydi13.
Bo‘shayotgan mablag‘larni maqsadli vazifalarni bajarishga yo‘naltirish sharti bilan soliq va bojxona imtiyozlarini buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi “Yuridik shaxslarga soliqlar, bojxona va majburiy to‘lovlarni budjetga to‘lash bo‘yicha berilgan imtiyozlarni rasmiylashtirish va buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning ikkinchi paragrafida keltirilgan ko’rsatmalar asosida bilgilanadi. Unga ko’ra xo’jalik yurituvchi sub’yektlar berilgan soliq va bojxona to’lovlari bo’yicha imtiyozlarni turlari bo’yicha hisobga olish maqsadida 8840 “Maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari” schyotidan foydalanidilar. Mazkur schyot korrespondensiyalanuvchi quyidagi schyotlar ham xo’jalik yurituvchi sub’yekt ishchi schyotlar rejasiga kiritiladi:
a) 4400 - “Budjetga soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari - soliq va bojxona imtiyozlari (turlari bo‘yicha)” schyoti;
b) 6400 - “Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz - soliq va bojxona imtiyozlari (turlari bo‘yicha)” schyoti;
v) 6500 - “Davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar - soliq imtiyozlari (turlari bo‘yicha)” schyoti;
g) 6900 - “Importda QQS va aksizlar bo‘yicha hisoblangan soliq imtiyozlari (turlari bo‘yicha)” schyoti14.
Soliq va bojxona imtiyozlari buxgalteriya hisobida quyidagi tartibda aks ettiriladi:
qonun hujjatlariga muvofiq umumbelgilangan tartibda hisoblangan soliqlar va bojxona to‘lovlari summasiga:
Debet 0800 – “Kapital qo‘yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar”;
Debet 0700 – “O‘rnatiladigan asbob-uskunalarni hisobga oluvchi schyotlar”;
Debet 1000-2900 – “Tovar-moddiy zaxiralarni hisobga oluvchi schyotlar”;
Kredit 6440 – “Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz - soliq va bojxona imtiyozlari (turlari bo‘yicha)” schyoti.
Qoplashga qabul qilinadigan QQS va aksiz solig‘i summasiga:
Debet 4440 - “Budjetga soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari - soliq va bojxona imtiyozlari (turlari bo‘yicha)” schyoti;
Kredit 6010 – “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar”;
Kredit 6120 – “Sho‘’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlariga to‘lanadigan schyotlar”;
Kredit 6980 – “Turli kreditorlarga bo‘lgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar” yoki boshqa tegishli schyotlar.
Import qilingan tovar-moddiy zaxiralar qiymati bo’yicha qoplashga qabul qilingan QQS va aksiz solig‘i summasiga:
Debet 4440 – “Budjetga soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari - soliq va bojxona imtiyozlari (turlari bo‘yicha)” schyoti;
Kredit 6980 – “Importda QQS va aksiz bo‘yicha hisoblangan soliq imtiyozlari (turlari bo‘yicha)” schyoti;
Tovar-moddiy zaxiralarini importidagi QQS va aksiz solig‘ini to‘lashdan ozod qilinishi natijasida bo‘shayotgan mablag‘lar summasiga:
Debet 6980 – “Importda QQS va aksiz bo‘yicha hisoblangan soliq imtiyozlari (turlari bo‘yicha)” schyoti;
Kredit 8840 – “Maqsadli foydalanadigan soliq imtiyozlari” schyoti;
mahsulotlarni sotganda hisoblangan QQS, aksiz solig‘i summasiga:
Debet 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar”;
Debet 4120 “Sho‘’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlaridan olinadigan schyotlar”;
Kredit 6440 – “Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz - soliq va bojxona imtiyozlari (turlari bo‘yicha)” schyoti;
Do'stlaringiz bilan baham: |