Kelgusi davr xarajatlari va to’lovlari rezervini hisobga olish
8910-«Kelgusi davr xarajatlari va to’lovlar rezervi» scheti bir maromda xarajat va to’lovlarni ishlab chiqarish yoki muomala xarajatlariga kiritish yo’li bilan belgilangan tartibda rezerv qilingan summalar holati va harakati to’g’risidagi ma’lumotlarni jamlash uchun qo’llaniladi.
Xususan, ushbu hisobvaraqda asosiy vositalarni ta’mirlash bo’yicha kelgusi xarajatlar summasini aks ettirish mumkin. Rezervning hosil bo’lishi:
Debet 2010, 2110, 2310, 2510 Ishlab chiqarish xarajatlari hisobvaraqlari
Kredit 8910-«Kelgusi davr xarajatlari va to’lovlar rezervi».
Buxgalteriya hisobi xalqaro standartlariga muvofiq bunday rezervni tashkil qilish tavsiya qilinmaydi, chunki korxona uni tashkil etishda o’z hisobotida amalga oshirilmagan xarajatlarni aks ettiradi va foydani kamaytiradi.
Tijorat korxonalari, agar hisob siyosatida bu aks ettirilgan bo’lsa, faqat sof foyda hisobiga rezerv tashkil etishlari mumkin. Ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun rezervdan foydalanishda soliq solinadigan baza mazkur xarajatlar summasiga kamaytiriladi.
Ishlab chiqarish xarajatlari hisobiga rezerv tashkil qilish O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda, asosan mavsumiy ishlaydigan korxonalar uchun ruxsat etiladi.
Korxonalarda tashkil etilgan ushbu rezervlardan asosiy vositalar ta’mir qilinayotganda va boshqa maqsadlarda foydalanilishi mumkin.
Ilgari tashkil etilgan rezerv hisobidan asosiy vositani kapital ta’mir qilish uchun materiallar sarflansa, quyidagicha provodka beriladi:
Debet 8910-«Kelgusi davr xarajatlari va to’lovlar rezervi»
Kredit 1010-«Xom-ashyo va materiallar».
Ilgari rezerv qilingan summalar bo’yicha hisob-kitob hisobvaraqlaridan xarajatlar to’lansa, quyidagicha yozuv qilinadi:
Debet 8910-«Kelgusi davr xarajatlari va to’lovlar rezervi»
Kredit 5110-«Hisob-kitob schyoti».
1.5. Korporativ qimmatli qog’ozlar bilan bog’liq xo’jalik jarayonlarining buxgalteriya hisobi
Qimmatli qog’ozlar deb ularni chiqargan yuridik shaxs bilan ularning egasi o’rtasidagi mulkiy huquqlarni yoki qarz munosabatlarini tasdiqlaydigan, dividendlar yoki foizlar tarzida daromad to’lashni hamda ushbu hujjatlardan kelib chiqadigan huquqlarni boshqa shaxslarga o’tkazish imkoniyatini nazarda tutadigan hujjatlar tan olinadi15. Qimmatli qog’ozlarning nominal qiymati O’zbekiston Respublikasi milliy valyutasi (so’m, tiyin)da o’rnatiladi.
Aksiya - o’z egasining aksiyadorlik jamiyati foydasining bir qismini dividendlar tarzida olishga, aksiyadorlik jamiyatini boshqarishda ishtirok etishga va u tugatilganidan keyin qoladigan mol-mulkning bir qismiga bo’lgan huquqini tasdiqlovchi, amal qilish muddati belgilanmagan egasining nomi yozilgan qimmatli qog’oz.
Do'stlaringiz bilan baham: |