Hususiy kapital hisobi va auditi


Aksiya bilan bog’liq xo’jalik jarayonlarining jamiyat buxgalteriya hisobida hisobga olinishi



Download 226,81 Kb.
bet19/41
Sana29.03.2023
Hajmi226,81 Kb.
#923089
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   41
Bog'liq
Hususiy kapital hisobi va auditi

Aksiya bilan bog’liq xo’jalik jarayonlarining jamiyat buxgalteriya hisobida hisobga olinishi

Aksiyalarni chiqaruvchi (sotuvchi) emitent - jamiyat aksiyalarni emissiyasi va joylashtirish bilan bog’liq operatsiyalarni quyidagi schyotlardan foydalanib aks ettiradi:

  • 8310 - «Oddiy aksiyalar»;

  • 8320 - «Imtiyozli akdiyalar»;

  • 4610 - «Ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari bo’yicha qarzi».

Aksiyalarni chiqarish va joylashtirish bilan bog’liq xarajatlar moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlar tarkibiga qo’shiladi. Depozitariylarning xizmat haqi boshqa operatsion xarajatlar tarkibiga qo’shiladi.
Aksiya bilan bog’liq operatsiyalar emitent - aksiyadorlik jamiyatining buxgalteriya hisobida quyidagi yozuvlar bilan aks ettiriladi:
a) jamiyat ro’yxatdan o’tganda ta’sischilarning ustav kapitalidagi qarzi aksiyalarning nominal qiymati bo’yicha umumiy miqdorda aks ettiriladi:
Debet 4610 - «Ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari bo’yicha qarzi» schyoti;
Kredit 8310 - «Oddiy aksiyalar» schyoti;
Kredit 8320 «Imtiyozli aksiyalar» schyoti;
b) ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari bo’yicha qarzning qoplanishi:
Debet 5110 - «Hisob-kitob schyoti» schyoti;
Debet 5010 - «Milliy valyutadagi pul mablag’lari» schyoti;
Debet 1000 - materiallarni hisobga oluvchi schyotlar;
Debet 0820 - «Asosiy vositalarni xarid qilish» schyoti;
Debet 0830 - «Nomoddiy aktivlarni xarid qilish» schyoti;
Kredit 4610 - «Ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari bo’yicha qarzi» schyoti.
Emitentning aksiyalarni chiqarish va joylashtirish bilan bog’liq xarajatlari quyidagi buxgalteriya yozuvlari orqali hisob jarayoniga kiritiladi:
Debet 9630 - «Qimmatli qog’ozlarni chiqarish va tarqatish bo’yicha xarajatlar» schyoti;
Kredit 6010 - «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar» schyoti va boshqalar.
Emissiyaviy qimmatli qog’ozlarning chiqarilishini davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun respublika byudjetiga to’langan yig’im quyidagicha aks ettiriladi:
Debet 9430 - «Boshqa operatsion xarajatlar» schyoti;
Kredit 6410 - «Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarz (turlari bo’yicha)» schyoti.
Buxgalteriya hisobida analitik hisobni shunday tashkil qilish kerakki, u jamiyat ta’sischilari bo’yicha kerakli ma’lumotlarni kapitalning shakllanish bosqichlari va aksiyalarning turlari bo’yicha jamlash imkonini yaratib bersin. 8310 - «Oddiy aksiyalar» schyotini ifodalovchi qiymatining analitik hisobini yuritish maqsadida qo’yimcha balansdan tashqari schetning qo’shilishi maqsadga muvofiq bo’ladi:
8310-«Oddiy aksiyalar - e’lon qilingan» — aksiyalarni chiqarish to’g’risidagi qarorga muvofiq joylashtirishga mo’ljallangan aksiyalarning nominal qiymatini aks ettirish uchun;
017-«Oddiy aksiyalarga obuna va ulushning to’lanishi» scheti. Obuna bo’lingan aksiyalarni hisobga olish uchun mazkur schet debetlansa, to’langan kapitalni hisobga olish uchun kreditlanadi. Aksiyadorlar bo’yicha alohida hisob yuritish uchun mazkur schetga qo’shimcha subschetlar ham qo’shilishi mumkin. Masalan, jamiyatning aksiyadorlari uning barcha aksiyalari miqdorida obuna bo’lishdi va ular uch nafar shaxsdan iborat deb faraz qilaylik. Birinchi aksiyador 50%, ikkinchi aksiyador 35% va uchinchi aksiyador 25% ulush bilan qatnashish istagini bildirsa, u holda 017-1 schetining debetida oddiy aksiyalar jami nominal qiymatining 50% qismi, 017-2 schetining debetida 35% qismi va 017-3 schetining debetida 25% qismi qayd etiladi. Aksiyadorlar o’zlariga tegishli ulush bo’yicha kapitalga to’lovlarni amalga oshirganlarida mazkur schetlarning kreditida to’lov miqdorlari aks ettirilib, ularning kapitalga qarzlari mavjud yoki yo’qligini, jami oddiy aksiyalarning qancha qismiga obuna bo’linganligi hamda obuna bo’lgan aksiyadorlar sonini ham bilish imkoniyati yuzaga chiqadi.

-jadval.






Xo’jalik operatsiyalarining mazmuni

Summasi, ming so’m

Schyotlarning
bog’lanishi

debet

kredit

AJning davlat ro’yxatidan o’tgan sanasiga

1

Ta’sis hujjatlariga muvofiq AJning ustav kapitali aks ettiriladi

4 000 000

4610

8310

Aksiyalarni 50 % qiymati to’lanish sanasiga

2

40% ulushga ega birinchi muassisning ustav kapitaliga ulushi bo’yicha to’lovning aks ettirilishi. Aksiya qiymatining 50 % (4 000 000 x 0,4 x 0,5)

800 000

5110

4610

3

35% ulushga ega ikkinchi muassisning ustav kapitaliga ulushi bo’yicha to’lovning aks ettirilishi. Aksiya qiymatining 50 % (4 000 000 x 0,35 x 0,5)

700 000

5110

4610

4

25% ulushga ega uchinchi muassisning ustav kapitaliga ulushi bo’yicha to’lovning aks ettirilishi. Aksiyaning qiymatining 50 % (4 000 000 x 0,25 x 0,5)

500 000

5110

4610

Aksiyalarni birinchi marta (birinchi egalariga sotilishida) nominal qiymatidan yuqori narxda sotilishidan emissiya daromadi yuzaga keladi va uni hisobga olish uchun maxsus 8410 - «Emissiya daromadi» schyoti nazarda tutilgan.


8410 - «Emissiya daromadi» schyotining krediti bo’yicha qimmatli qog’ozlarning birlamchi joylashtirilishida nominal qiymatidan ortiqcha to’langan summa hisobga olinadi. U foyda solig’i, yagona soliq to’lovini hisoblash ob’ekti bo’lib hisoblanmaydi.
8410 - «Emissiya daromadi» schyotining debeti bo’yicha sotib olingan xususiy aksiyalarni bekor qilishda sotib olish qiymati va nominal qiymat o’rtasidagi farqni qoplash uchun ishlatilishi hisobga olinadi.
Aksiyadorlik jamiyatining emissiya daromadii quyidagicha aks ettiriladi:
Debet 5010 - «Milliy valyutadagi pul mablag’lari» schyoti;
Debet 5110 - «Hisob-kitob schyoti»;
Kredit 4610 - «Ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari bo’yicha qarzi» schyoti;
Kredit 8410 - «Emissiya daromadi» schyoti.
Aksiyadorlik jamiyatining ustav kapitali chet el valyutasida shakllangan hollarda ta’sis hujjatlarini ro’yxatdan o’tkazish vaqtidagi valyuta kursi bilan ustav kapitaliga ulushlarning haqiqatda kiritish vaqtidagi valyuta kursining har xil bo’lishi natijasida kurs farqi yuzaga keladi. Bu kurs farqlari 8420 - «Ustav kapitalini shakllantirishdagi kurs farqi» schyotida hisobga olinadi.
Salbiy kurs farqlari 8420 - «Ustav kapitalini shakllantirishdagi kurs farqi» schyotining debetida oldingi ijobiy kurs farqlari miqdorida hisobga olinadi. Ustav kapitalini shakllanishida salbiy kurs farqini ijobiy kurs farqidan oshib ketgan summalari moliyaviy faoliyat bo’yicha zararlarga olib boriladi.
Misol uchun, ta’sis hujjatlariga muvofiq chet el investitsiyasi mavjud bo’lgan AJning ustav kapitali 400 ming AQSH dollarini tashkil etadi. CHet ellik ta’sischining ulushi 50% ga teng. Ulush sifatida qiymati 150 ming AQSH dollari bo’lgan asbob-uskuna va 50 ming AQSH dollari miqdorida pul mablag’i kiritgan. Dollar kursi bo’yicha quyidagi ma’lumotlar mavjud:

  • hujjatlarni ro’yxatdan o’tkazish sanasiga — 8 450 so’m;

  • asbob-uskunalar va pul mablag’lari kiritilgan sanaga —8 465 so’m.






Xo’jalik operatsiyalarining mazmuni

Summasi, ming so’m

Schyotlarning bog’lanishi

debet

kredit

AJning davlat ro’yxatidan o’tkazish sanasiga

1

Ta’sis hujjatlariga muvofiq AJning ustav kapitali aks ettiriladi (400 000 x 8 450)

3 380 000

4610

8310

Aksiyalarning qiymatini to’lash (asbob-uskunalar va pul mablag’lari kiritish) sanasiga

2

Aksiyalarning qiymati ulush sifatida asbob-uskuna bilan to’lash kurs farqi aks ettiriladi [(8 465 - 8 450)x150 000]

1 267 500
2 250

0820
0820

4610
8420

3

Aksiyalarning qiymatini to’lash kurs farqi aks ettiriladi [(8 465-8 450)x50 000]

422 500
750

5210
5210

4610
8420

4

Ustav kapitaliga ulush sifatida kiritilgan asbob-uskunalar foydalanishga kiritilganda

1 269 750

0130

0820

CHet el valyutasida aks ettirilgan ustav kapitali oshirilganda (kamaytirilganda) buxgalteriya hisobi maqsadida ustav kapitalining faqat oshirilgan (kamaytirilgan) qismi ta’sis hujjatlariga tegishli o’zgartirishlar ro’yxatdan o’tkazilgan sanadagi Markaziy bank kursi bo’yicha milliy valyutaga qayta hisoblanadi.




1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish