1-Taqdimot



Download 291 Kb.
Pdf ko'rish
Sana22.11.2022
Hajmi291 Kb.
#870328
Bog'liq
1-Taqdimot



Yer maydonchalarida bolalar mehnatini tashkil
qilish va ularning turlari
REJA.
1.
Ekinzor va gulzorlar tashkil etish.
2.
Poliz ekinlarini parvarishlashda mehnat qurollaridan foydalanish.
3.
Ekinzor va gulzorlarni tashkil etish yo`llari.
4.
Poliz ekinlarining urug‘ va mevalari bilan tanishtirish.


Yer maydonchasini shunday tashkil qilish kerakki, bolalarning kuzatishlari va parvarish qilishlari oson
bo’lsin. Shuning uchun turli yosh guruh bolalari maydonchalari oldida gulzorlar, mevali va manzarali
daraxtlar, sabzavot ekinlari ekilishi kerak, o’tzor bo’lsa yana ham yaxshi bo’ladi. Yer maydonchasini to’g’ri
tashkil etish tarbiyachidan yuksak mahorat talab qiladi. Har bir guruh bolalari bir biridan jonli devor bilan
ajratib qo’yiladi. Bu yer maydonchasini bezaydi, shamoldan, changdan va tashqaridan keladigan
shovqindan bolalarni asraydi. Bularga shox devorlar yaxshi natija beradi. Daraxt va butalarni o’stirib
yetishtirish uchun bir necha yil kerak bo’ladi. Bu bolalarni uzoq muddatli kuzatishga o’rgatib boradi. Yer
maydonchasini chiroyli qilib bezatish uchun o’simliklarni to’g’ri tanlash, manzarali o’simliklardan
o’tqazish va undan estetik zavq olishni o’rgatish kerak bo’ladi. Mevali daraxtlardan zarar
keltirmaydiganlari o’stirib yetishtiriladi. Bularga olma, nok, olcha, olxo’ri daraxtlari misol bo’ladi. Yer
maydonchasining atrofi past, chiroyli o’simliklar bilan o’raladi. Bularga navro’zgul, kapalakgul, yer tuti,
past bo’yli astra kiradi. Ular yer maydonchasini bezatib turadi va shamoldan, changdan, shovqindan
asraydi. Yer maydonchasida daraxt va butalarni o’stirish uchun bir necha yil kerak bo’ladi. Ular bolalarga
estetik zavq, soyasalqin berib turadi.


Ayrim hollarda daraxtlar binoga keragidan ortiq soya solib, zax qilsa yoki kasallikka chalinsagina olib
tashlanadi. Ekinzorlarga shunday joy tanlash kerakki, u shimol tomondan o’ralgan bo’lishi kerak bo’ladi. Yer
maydonchasi yo’lkasining kengligi 1-2 metr bo’lishi kerak, bu o’simliklarni bosib ketishdan saqlaydi. Gullar
uchun ariqchalarning orasi 50-60 sm bo’lishi kerak. Yer maydonchasida mehnat qilish uchun lopatkachalar
temirining qalinligi 1-2 mm, chelakcha yoki chilopchinlar, cho’nqirroq va ichki, ustki tomonlari kraska bilan
bo’yalgan, axlatlarni tashishga esa kichkinagina doskacha yoki chelakcha bo’lishi kerak.
Barcha ishlar qilib bo’linganidan so’ng mehnat qurollarini yaxshilab yuvib, quritib, joyiga osib qo’yish zarur. 
MTTva oilada bolalarning boshlang’ich mehnat malakalarini hosil qilish tarbiyachi va ota-onalar zimmasiga
yuklatiladi. Bunday malakalarni yer maydonchasidagi va tabiat burchagidagi mehnat vaqtida amalga oshirish
mumkin. Yer maydonchasida tashkil etilgan mehnat katta ta’lim tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Bolalarning
yoshiga mos tashkil etilgan jismoniy mehnat bolalar organizmining umumiy rivojlanishiga foydali ta’sir qiladi.


Yer maydonchasida o’simliklarni o’stirish uchun yerni tayyorlash bog’cha xizmatchilariga va ota-onalar
zimmasiga yuklatiladi, ular sabzavot ekinlari va gulzor qilish uchun yerni chopib egat olib beradilar. Bolalar
esa maydonchani tozalashda va o’simliklarni ekib o’stirish ishlarida ishtirok etadilar. Maydonchani tozalash
vaqtida kichik guruh bolalari mayda toshlarni, to’kilgan barglarni terib, chelakka tashlaydilar, tarbiyachi
yordamida piyoz o’tkazadilar, yirik urug’larni ekadilar, suv quyadilar hamda hosilni yig’ib olishda ishtirok
etadilar. O’rta, katta, tayyorlov guruhlarda bolalar ancha faol qatnashishlari mumkin. Ular xaskashlar bilan
axlatlarni hamda to’kilgan barglarni sidiradilar va chelaklarga solishda tarbiyachiga yordam beradilar. Bolalar
tarbiyachi yordamida no’xat, loviya, lavlagi, bodring va boshqa o’simliklarning yirik urug’larini ekadilar.
Gulpushta va egatlarni sug’oradilar, yerni yumshatadilar, pishib yetilgan sabzavotlarni yig’ishtirishda ishtirok
etadilar. «Ilk qadam » davlat o`quv dasturi asosida har bir guruhda bolalarni o’simliklar dunyosi bilan
tanishtiriladi.


Kichik guruhda sabzavot (sabzi, piyoz, karam, pomidor, bodring) va mevalar (olma, uzum, o’rik, olcha va
gilos) nomi, ta’mi, rangi va shaklini bilishga, ularni o’zaro farqlashga o’rgatiladi. O’rta guruhda sabzavotlar
(baqlajon, karam, sholg’om, turp, piyoz) va mevalar (anor, anjir, behi, uzum, o’rik) bilan tanishtirish davom
ettiriladi. Bolalarni sabzavot va mevalarning nomlari, rangi, shakli, ta’mi, ovqatga ishlatilishining
(xomligicha, pishirilgan, tuzlangan va quritilgan holda) xarakterli belgilari, sabzavotlar, polizda va daraxtda
o’sadigan mevalar bilan tanishtiriladi. Bolalarga sabzavotlar har yili ekilishini, mevalar esa ko’p yillik
o’simlik hisoblanishi haqida qisqacha tushuncha beriladi.
O’zbekistonda qovun va tarvuz mevalarining pishib yetilishi ularning navlariga qarab iyul oyining
o’rtasidan to kuz boshlanib birinchi sovuq tushgancha davom etadi. Tarvuz va qovoq sentabr, oktabr
oylarida pishib yetiladi.
Pishib yetilgan qovun yuzasidagi turli tartibdagi va turdagi tekis va uzuq-yuluq chiziq va dog’lar po’stining
rangidan aniq ajraladi. Ayrim navlarda meva yuzasi mayda quyuq kulrang to’r bilan qoplanadi. Qovunlar
pishganda paykal bo’ylab xushbo’y hid taraladi. Xandalaklar va eti yumshoq qovunlar pishib yetilganda
meva bandlari mevalaridan o’z-o’zidan ajrab ketadi yoki juda oson uziladi.


Qovoq mevalarining pishib yetilishi ularning turlariga qarab har xil bo’ladi. Masalan, yirik mevali qovoq (C.
maxima) mevasi pishib yetilganda meva bandi po’kaklashadi, qattiq po’stli qovoq mevalari (C. repo) pishib
yetilganda po’stning rangi qo’ng’ir qizg’ish, sariq ranglarga aylanadi. Muskat qovoqlari (C. moshata) mevalari
pishib yetilganda esa, meva po’sti bir oz yumshaydi.
2. Ekinlarni yetishtirish maqsadiga qarab poliz ekinlari mevalari pishib yetilishi turlicha bo’lgan darajada yig’ib
olinadi. Masalan, poliz mevalarini uzoq masofalarga jo’natish maqsadida ekilgan bo’lsa, mevalar to’liq pishib
yetilishidan 10-15 kun oldin uziladi. Joylarda iste’mol qilish uchun ekilgan bo’lsa, mevalar to’liq pishib
yetilgach uziladi.Qishki qovun va tarvuz navlari mevalari texnik pishib yetilish davrida, ya’ni iste’mol qilish
uchun mumkin bo’lgan davrda, qovoq va xashaki tarvuz mevalari esa, biologik pishib yetilgan davrida yig’ib
olinadi. Poliz ekinlari mevalari pishib yetilishiga qarab bir necha marotaba (4-6 marta) yig’ib olinadi. Kunlar
sovib ketishiga yaqin mevalar bir yo’la hammasi yig’ib olinadi. Birinchi pishib yetilgan mevalarni o’z vaqtida
terib olish o’simlik palagidagi qolgan meva va tuganaklarni tezroq pishib yetilishiga imkon yaratadi,
hosildorlikni birmuncha oshiradi.


Sug’oriladigan yerlarda qovun va tarvuz mevalarini yig’ib olishdan 10-15 kun oldin oxirgi marta sug’oriladi.
Bu esa mevalarni shirin bo’lishiga va qishda yaxshi saqlanishiga sabab bo’ladi va uzoq masofalarga olib
borishda isrofgarchilikni kamaytiradi.
3. Yig’ib olingan poliz ekinlari mevalarini yaqin va uzoq masofalarga olib borishda alohida sharoitlar kerak
bo’ladi. Yaqin masofalarga asosan ertapishar va uzoq saqlanmaydigan navlar jo’natiladi. Uzoq masofalarga
jo’natiladigan navlar yaxshi saqlanish xususiyatiga ega bo’lgan, mexanik turtkilarga chidamli bo’lishi kerak.
Uzoq masofalarga yuboriladigan poliz mevalari imkoniyat boricha meva bandi bilan birga uzilishi kerak.
Uzilgan mevalar 2-4 kun to’plam-to’plam holatda biroz so’lishi uchun dalada qoldiriladi, so’ngra transportga
ortiladi. Bu mevalarning yorilib ketishidan saqlaydi. Pishib o’tib ketgan mevalar uzoq masofalarga
yuborilmaydi. Qovun mevalarini uzoq masofalarga yuborish uchun to’la pishib yetilmasdan uzib olish kerak,
chunki qovun mevalari uzib olingandan so’ng ham pishib yetilish qobiliyatiga ega.


Poliz mevalari uzoq muddat ta’m sifati buzilmay yaxshi saqlanadigan mevalar hisoblanadi. Saqlanish
jarayonida me-valarda biokimyoviy o’zgarishlar sodir bo’lib, bu holat ayniqsa qovunda meva ta’mini
yanada yaxshilaydi, qand miqdori ko’payib, meva eti yumshaydi.
Poliz mevalarini maxsus sabzavot saqlanadigan omborxonalarda, turli tuzilishdagi usti yopiq xonalarda
(erto’la, boloxona, maxsus hujralar) saqlash tarvuzlarni uzoq muddatga saqlash deyiladi. Bunday joylarda
mevalar poxol yoki qipiq, qum yoki somon to’shalgan uch to’rt qavatli so’rilarda saqlanadi. So’rilar oralig’i
40-50
sm
bo’lib,
balandligi
1
m
bo’ladi.
Bunday
so’rilarga
mevalar
bir
qator
qilib
joylashtiriladi.Omborxonalarda havo harorati 1-3 daraja, nisbiy namligi 80-85 % bo’lishi kerak. Qadimdan
qovunlarni eng yaxshi saqlash usuli har birini alohida osib qo’yib saqlash hisoblangan. Hozirgi vaqtda
bunday usul faqatgina shaxsiy xo’jaliklarda qo’llaniladi. Ko’p miqdordagi qovunlar qalin devorli, shamol
kirib turishi uchun tuynukchalari bo’lgan qovunxonalarda saqlanib, bu yerdagi harorat kuzda 10-15 daraja,
qish oylarida esa 4-7 darajani tashkil etishi kerak. So’nggi yillarda qovunlarni qishda saqlash uchun maxsus
sovutgichli xonalar qurilmoqda.


Bu yerlarda qovunlar to’r xaltalarga yoki yashiklarga uncha qalin qilmay joylanadi. Harorat 0-2 daraja
bo’lib, havo namligi 80-85 % ni tashkil etsa, bunday joylarda qovunlar yaxshi saqlanadi. Yuqorida
aytilgan qovunxonalar yoki omborlar yo’q bo’lgan taqdirda qovunlarni maxsus xandaqlarda saqlash
kerak. Bunday xandaqlar qiyalik, nam kam to’planadigan joylarda eni 2-4, uzunligi 6-10 metr qilib
qaziladi. Chuqurligi 1-1,5 m bo’lishi kerak. Qovunlar xandaqlarga 7-8 qator joylanib, ustiga 10-20 sm
tuproq tashlanadi, so’ngra o’simlik qoldiqlari bilan berkitiladi. Havo almashib turishi uchun trubalar
o’rnatiladi.
Poliz ekinlari ichida qovoq juda uzoq saqlanish xususiyatiga ega. Qovoqlarni hamma yerda:
omborxonalarda, shiyponlarda, yerto’la va boloxonalarda saqlash mumkin. O’simliklar
dunyosi.
Bolalarni yangi hona o’simliklari bilan tanishtirish. Ularning xususiyatlari: shakli, hajmi, poyasi,
barglar,
gulining’
rangini
ajratish
va xarakterlashga o’rgatish.
O’simliklariing yorug’likka,
issiqlikka, namga, oziklantiruvchi tuprokka ehtiyojlari haqidagi tasavvurni shakllantirish. Bolalarni
yerug’likni sevuvchi va salqinga chidamli, suvni sevuvchi va suvsizlikka bardosh beruvchi
o’simliklarning tashqi tuzilishiga qarab farqlashga o’rgatish.


Sabzavotlarning (8-9 xili), meva (5 xili)larning va sitrus o’simlik (3-4 xili)larning shakli, rangi, hajmi,
ta’mi, ozikovkat sifatida qo’llanilishi, belgilrg’a qarab qiyoslash va xarakterlay olish ko’nikmasini
shakllantirish, umumlashtirilgan (sabzavotlar, mevalar, gullar) so’zlarni ko’llashga o’rgatish Bolalarda
tabiatdagi
go’zallikdan zavq olishni tarbiyalashni davom ettirish. Ular ongiga tabiatga
zarar
yetkazmaslik, ekologiyani zararlamaslik (tevarakatrofni iflos qilmaslik, o’to’lanlarni bosmaslik,
daraxt shoxlarini sindirmaslik, hayvon va kushlarga ozor bermaslik. uyalarini buzmaslik, gullarni
yulmaslik, bu ning oqibatida gullar, kapalaklar yo’q bo’lib ketishi, chumolilarning inini buzmaslik va
h.k.)ni bolalar ongig a singdirish. Bolalarning
hovlidag’i barcha o’simliklar va xonaki(kishda
vaktincha
utkazilgan) o’simliklarning
yorug’likka, issiqlikka, suvga, (ozuqa) tuproqqa bo’lgan
ehtiyojlari
haqidagi tasavvurlarini aniqlash. O’simliklarning o’sish va usmasligi shart-sharoitlarining’
mavjudligi va ularning turlicha talablarga bog’liqligini belgilashga o’rgatish. Usimliklarning’ o’sishi
uchun havo, suv, quyosh, ozuqali tuproq zarurligini amaliy1iy ishlarorkali tanishtirish. Bolalarning
o’simliklarni
turli
yo’l
bilan
ko’paytirish
haqidagi
bilimlarini
kengaytirish. O’simliklar
qalamchasidan,
piyozidan,
butasini
ajratib
ekishdan
.
nishi
mumkinligini
xonaki o’simliklar
misolida ko’rsatish.


O’simlikning U ishi uchun yorug’lik, suv, issiqlik, ozuqali tuproq zarur ekanligi to’g’risidagi
bilimlarini tajriba, amaliy mashg’ulotlar orqali takomillashtirish.
Bahor haqidagi tasavvurlarini aniqlash, bolalarni ularning rangi, shakli gullari, yaproqlarining xajmi.
Belgilariga qarab qiyoslash asosida xarakterlashga o’rgatish. Erta
gullaydigan o`tsimon, butasimon
o’simliklar va daraxtlar bilan tanishtirishni davom ettirish. Ba’zi daraxtlar(o’rik, bodom) avval
gullab, so’ng barg chiqarishi, ba’zilari esa barg chiqarib(olma,behi) so’ng gullashini tushuntirish. Bolalar
bilan birgalikda maktabgacha ta’lim tashkilotsi hovlisida daraxt
va gul ko’chatlarini ekish, tagini
yumshatish va sug’orishga o’rgatish. Qurigan shox- shabbalarni qirqish, ko’milgan gul, tok va anor
ko’chatlarini ochish va ularni parvarish qilish ko’nikmasini hosil qilish.
Bog’, poliz va gulxonada sabzavot va gul ekinlari yetishtirish xaqidagi bolalar tasavvurlarini
boyitish. O’simliklarning ayrim turlari misolida bolalar ularning urug`dan ko’karib, to urug`bergunigacha
bo’lgan o’sish va rivojlanish davrining izchilligini

Download 291 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish