Sotib olingan o’z aksiyalarini tugatilish jarayonini buxgalteriya hisobida aks ettirish
№
Xo’jalik operatsiyalarining mazmuni
Schyotlarning bog’lanishi
debet
kredit
1
Xususiy oddiy aksiyalarni sotib olish
8610
5110
2
Sotib olingan xususiy aksiyalarni tugatilishi
8310
8610
3
Nominaldan past qism farqi daromadlarga hisobdan chiqariladi
8610
9590
Korporativ obligatsiyalarning chiqarilishi va qoplanishini davlat ro’yxatidan o’tkazish
Obligatsiyalarni chiqarish, ro’yxatdan o’tkazish va sotish «Korporativ obligatsiyalarni chiqarish, davlat ro’yxatidan o’tkazish va ular bo’yicha qarzlarni uzish tartibi to’g’risida»gi Nizomga (2002 yil 10 iyulda 1158-son bilan ro’yxatga olingan) muvofiq amalga oshiriladi.
Obligatsiyalar naqdsiz va naqd shaklda chiqarilishi mumkin. Naqdsiz shakldagi obligatsiyalar operatsiyaga depozitariyning hisobga olish registrlaridagi yozuvlar tarzida, naqd shaklida - qog’oz sertifikat shaklida chiqariladi.
Qimmatli qog’ozlarning chiqarilish shakli qonun hujjatlariga muvofiq qimmatli qog’ozlar chiqarish to’g’risidagi qarorda belgilanadi.
Naqd obligatsiyalar quyidagi majburiy rekvizitlardan iborat bo’lishi shart:
emitentning firma nomi va joylashgan manzili;
qimmatli qog’ozning nomi — «OBLIGATSIYA»;
obligatsiya blankasining tartib raqami va seriyasi;
obligatsiyaning turi (oddiy, yutuqli, foizli va boshqalar);
daromadning foizli stavkasi (agar u chiqarish bo’yicha qarorda ko’zda tutilgan bo’lsa);
emitentning rahbari va bosh buxgalterning imzosi;
yuridik shaxsning firma nomi yoxud obligatsiyalar ushlovchi jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi;
yutuqli obligatsiyalar uchun tirajlarni, o’yinlarni o’tkazish shartlari;
maqsadli obligatsiyalar uchun obligatsiyaga nisbatan chiqarilgan tovarning nomi;
obligatsiyalarning qarzlarini uzish shartlari.
Obligatsiyaga foizlar to’lash uchun kuponli varaq ilova qilinishi mumkin. Foizlar to’lash uchun kupon kuyidagi asosiy rekvizitlardan iborat bo’lishi kerak:
kuponning tartib raqami;
obligatsiyaning tartib raqami va seriyasi;
emitentning nomi;
davlat identifikatsiya tartib raqami;
foizlar to’lashning davriyligi (sanasi);
vakolatli shaxslarning imzolari va emitentning muhri.
Emitent tomonidan obligatsiyalarni birinchi egalariga sotish jarayoni obligatsiyalarni joylashtirish deb ataladi. U fuqarolik huquqiy shartnomaga asosan amalga oshiriladi va obligatsiyalarni to’liq to’lash shartlarini nazarda tutadi.
Obligatsiyalar chegaralanmagan investorlar o’rtasida ochiq obuna bo’lish yo’li bilan va oldindan aniq bo’lgan chegaralgan investorlar o’rtasida yopiq obuna bo’lish yo’li bilan joylashtirilishi mumkin.
Keyinchalik obligatsiyalar sotish, sotib olish, ayirboshlash hamda obligatsiyaning egasini almashishiga olib keladigan boshqa harakatlar ob’ekti bo’lishi mumkin,
Obligatsiyalarni ochiq obuna bo’lish va yopiq obuna bo’lish yo’li orqali joylashtirishda hujjatlarni taqdim qilish sanasiga emissiya hajmi eng kam ish haqi miqdorining 25 ming martasidan ko’p bo’lsa, davlat tomonidan ro’yxatga olish emissiya prospektini ro’yxatga olish yo’li bilan amalga oshiriladi. Boshqa hollarda esa davlat tomonidan ro’yxatga olish chiqarish anketasini ro’yxatga olish orqali amalga oshiriladi.
Obligatsiyalarni chiqarish to’g’risidagi qaror, agar jamiyatning ustavida boshqa holat ko’zda tutilmagan bo’lsa, Kuzatuv kengashi tomonidan qabul qilinadi. Obligatsiyalarni chiqarish to’g’risidagi qarorda emitent tomonidan chiqarilgan obligatsiyalarning shunday ulushi belgilanishi mumkinki, ular joylashtirilmagan holatda obligatsiyalarning chiqarilishi amalga oshirilmagan deb hisoblanadi. Ushbu ulush chiqarilgan obligatsiyalarning umumiy hajmining 60 foizidan kam bo’lmagan miqdorda aniqlanishi mumkin. Bunda obligatsiyalarni chiqarish bo’yicha qarorda, obligatsiyalarni chiqarish amalga oshirilmagan va chiqarilgan obligatsiyalarning belgilangan ulushi joylashtirilmagan hollarda, obligatsiyalar uchun haq to’lash sifatida emitent tomonidan olingan mablag’larni qaytarish tartibi ko’zda tutilishi kerak.
Yopiq obuna bo’lish yo’li orqali joylashtiriladigan obligatsiyalarni chiqarish bo’yicha qabul qilingan qarorda emitent tomonidan joylashtirilishi kerak bo’lgan shaxslar aniqlashtirilishi shart.
Obligatsiyalar emissiyasi quyidagi bosqichlardan iborat:
a) Kuzatuv kengashi tomonidan obligatsiyalar chiqarish bo’yicha qaror qabul qilish;
b) emissiya risolasini yoxud obligatsiyalar chiqarish anketasini tayyorlash va tasdiqlash;
v) obligatsiyalarning chiqarilishini davlat tomonidan ro’yxatga olish;
g) ro’yxatga oluvchi organ tomonidan hisobga qo’yish maqsadida obligatsiyalarning chiqarilishini tasdiqlovchi hujjatlarning asl nusxalarini Markaziy depozitariyga yuborish;
d) naqd obligatsiyalar chiqarilsa obligatsiyalar sertifikatlarini tayyorlash;
e) obligatsiyalarning chiqarilishi to’g’risidagi ma’lumotlarni chop etish yo’li orqali axborotlarni ochish;
j) ro’yxatga oladigan organga obligatsiyalar chiqarilishining yakunlari to’g’risida hisobotni taqdim etish;
z) obligatsiyalar chiqarilishining yakunlari to’g’risidagi axborotlarni ochish.
Obligatsiyalar:
oddiy va yutuqli;
foizli va foizsiz (maqsadli) qilib chiqarilishi mumkin.
Oddiy obligatsiyalardan daromad quyidagilardan tashkil topadi:
a) chiqarish shartlarida belgilangan nominal qiymat bo’yicha belgilangan muddatlarda qarzni uzish va belgilangan foizlarni to’lash hisobidan;
b) nominal qiymati bo’yicha belgilangan muddatda qaytarish hisobiga, bunda foyda obligatsiyalarning nominal qiymati va ularning joylashtirish narxi o’rtasidagi farq sifatida belgilanadi.
Nominal qiymatga diskont yoki foiz ko’rinishida foydaga ko’shimcha ravishda belgilangan yutuqli obligatsiyalar chiqarishda, muntazam ravishda o’tkaziladigan tirajlar bo’yicha yutuq ko’rinishida to’lanadigan daromad belgilanishi kerak. Daromadi faqat muntazam ravishda o’tkaziladigan tirajlar ko’rinishida belgilanadigan obligatsiyalar chiqarish taqiqlanadi.
Maqsadli obligatsiyalar bo’yicha daromad tovar yoki xizmat ko’rinishida belgilanadi. Maqsadli obligatsiyalarning majburiy rekviziti bo’lib qaysi tovarga yoki xizmatga nisbatan chiqarilganligini ko’rsatish zarur.
O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa turdagi obligatsiyalarni muomalaga chiqarishga ruxsat beriladi.
Obligatsiyalarning chiqarilishi davlat tomonidan ro’yxatga olingandan so’ng emitent quyidagi majburiyatlarni oladi:
ikki hafta muddat ichida obligatsiyalarning chiqarilishi to’g’risidagi ma’lumotlarni ommaviy axborot vositalarida chop etish yo’li bilan ochishi;
uch oy muddat ichida ro’yxatga oladigan organ bilan kelishilgan holda namunaga muvofiq obligatsiyalarni tayyorlashi.
Obligatsiyalarning joylashtirish muddati obligatsiyalar emissiyasi risolasida belgilanadi, lekin chiqarilgan obligatsiyalar davlat ro’yxatidan o’tkazilgan sanadan boshlab 1 yil muddatdan oshib ketmasligi kerak.
CHiqarilgan obligatsiyalar emitent tomonidan turli narxlarda joylashtirilishi mumkin.
Emissiya risolasida obligatsiyalarni joylashtirishning raqamlardagi taxminiy narxlari yoxud joylashtirish narxlarini belgilash tartibi ko’rsatiladi.
Joylashtirish narxlarini belgilash tartibi o’zgaruvchan miqdorli formula ko’rinishida ko’rsatilishi mumkin, ya’ni:
aniq xorijiy valyuta kursini o’zgarishidan;
qimmatli qog’ozlar savdosini tashkil qiluvchilarda qimmatli qog’ozlar kotirovkasini o’zgarishidan;
savdo natijalaridan, shuningdek boshqa omillardan.
Obligatsiyalarning emissiya risolasi (chiqarish anketasi)da ularning nominal qiymatidan past narxda joylashtirish ko’zda tutilishi mumkin.
Obligatsiyalarning emissiya risolasiga o’zgartirishlar yoki qo’shimchalar kiritish, u davlat tomonidan ro’yxatga olingandan so’ng ya’ni, ularni chiqarish yakunlari to’g’risidagi hisobotni taqdim qilguncha quyidagi holatlarda ruxsat beriladi:
chiqarish anketasida sezilarli ahamiyatga ega bo’lmagan noaniqliklar yoxud noto’g’ri ma’lumotlar aniqlanganda;
obligatsiyalarning chiqarish shakli o’zgarganda.
Obligatsiyalar bo’yicha qarzlarni to’lash va chiqarish bo’yicha majburiyatlarni bajarish, emitent tomonidan obligatsiyalar emissiya risolasida belgilangan tartibda va muddatlarda amalga oshiriladi.
Emitent qaytadan tashkil qilingan hollarda, uning obligatsiyalar bo’yicha qarzlarini uzish majburiyatlari fuqarolik konun hujjatlariga muvofiq uning huquqiy vorisiga o’tadi.