oldin hisoblangan QQS va qonunchilikka muvofiq qoplashga qabul qilinadigan aksiz solig‘ini qoplashga qabul qilish:
Debet 6440 – “Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz - soliq va bojxona imtiyozlari (turlari bo‘yicha)” schyoti;
Kredit 4440 – “Budjetga soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari - soliq va bojxona imtiyozlari (turlari bo‘yicha)” schyoti;
mahsulotlarni sotishdagi QQS va aksiz solig‘ini to‘lashdan ozod qilinishi natijasida bo‘shayotgan mablag‘lar summasiga:
debet 6440 – “Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz - soliq va bojxona imtiyozlari (turlari bo‘yicha)” schyoti;
Kredit 8840 – “Maqsadli foydalanadigan soliq imtiyozlari” schyoti;
asosiy vositalar va boshqa aktivlarning chiqib ketishida hisoblangan QQS summasiga:
Debet 9210 – “Asosiy vositalar va boshqa aktivlarning chiqib ketishini hisobga oluvchi schyotlar”;
Kredit 6440 – “Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz - soliq va bojxona imtiyozlari (turlari bo‘yicha)” schyoti;
qonunchilikka muvofiq davr xarajatlariga olib boriladigan umumo‘rnatilgan tartibda hisoblangan soliq va budjetga majburiy to‘lovlar summasiga:
Debet 9430 – “Boshqa operatsion xarajatlar” schyoti;
Kredit 6440 – “Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz - soliq va bojxona imtiyozlari (turlari bo‘yicha)” schyoti;
Kredit “Maqsadli davlat jamg‘armalariga to‘lovlar - soliq imtiyozlari (turlari bo‘yicha)” schyoti;
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning foydasi hisobiga olib boriladigan umumo‘rnatilgan tartibda hisoblangan soliq va budjetga majburiy to‘lovlar summasiga:
Debet 9810 – “Soliqlar va yig‘imlarni to‘lash uchun foydaning ishlatilishini hisobga oluvchi schyotlar”;
Kredit 6440 – “Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz - soliq va bojxona imtiyozlari (turlari bo‘yicha)” schyoti;
soliqlar, bojxona va budjetga majburiy to‘lovlarni to‘lashdan ozod qilinishi natijasida bo‘shayotgan mablag‘lar summasiga:
Debet 6440 – “Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz - soliq va bojxona imtiyozlari (turlari bo‘yicha)” schyoti;
Debet 6540 – “Maqsadli davlat jamg‘armalariga to‘lovlar - soliq imtiyozlari (turlari bo‘yicha)” schyoti;
Kredit 8840 – “Maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari” schyoti.
8840 “Maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari” schyotida hisobga olingan soliq va bojxona imtiyozlari natijasida bo‘shayotgan mablag‘larni summasi quyidagi tartibda hisobdan chiqariladi:
a) asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, tovar-moddiy qiymatliklarni sotib olishga, kredit va qarzlarni qoplashga, asosiy vositalarni rekonstruksiya va modernizatsiya qilishga yo‘naltirilganda, imtiyozli davr ko‘rsatilgan hollarda - muddatlarning eng kami bo‘yicha: imtiyozli davr tugaganda yoki haqiqatdan foydalanilganda, imtiyozli davr ko‘rsatilmagan hollarda esa - har yili:
Debet 8840 – “Maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari” schyoti;
Kredit 8530 – “Tekinga olingan mulk” schyoti;
b) joriy majburiyatlarni vujudga kelishiga olib keladigan joriy xarajatlarni qoplashga yo‘naltirilganda:
Debet 8840 – “Maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari” schyoti;
Kredit 6010 – “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar”;
6120 – “Sho‘’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlariga to‘lanadigan schyotlar”;
6710 – “Mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan hisoblashishlar” schyotlari;
6900 – “Turli kreditorlarga bo‘lgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar” yoki boshqa tegishli schyotlar.