Hususiy kapital hisobi va auditi



Download 226,81 Kb.
bet13/41
Sana29.03.2023
Hajmi226,81 Kb.
#923089
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   41
Bog'liq
Hususiy kapital hisobi va auditi

Rezerv kapitali hisobi
Korxona ta’sis hujjatlariga asosan foyda hisobidan shakllantiriladigan rezerv kapitali (fond), mulkni qayta baholashdan natijasida yuzaga keladigan mulk qiymatining ortishi ko’rinishida shakllangan rezervlar, pul mablag’laridan tashqari tekinga olingan mulklar to’g’risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish uchun rezerv kapitali hisobi yuritiladi.
Rezerv kapitali hisobini yuritish uchun buxgalteriya hisobida quyidagi schetlardan foydalaniladi:
8510 “Mulkni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar”;
8520 “Rezerv kapitali (fondi)”;
8530 “Tekinga olingan mulk”.
Mulkni qayta baholash - mulk qiymatini hozirgi bozor narxlari darajasiga moslash maqsadida vaqti-vaqti bilan amalga oshirilib turiladi.
Asosiy vositalar qayta baholash natijasida hisob va hisobotda joriy qiymat bo’yicha aks ettiriladi. Asosiy vositalarning boshlang’ich qiymati qayta baholangan holatlarda qayta baholash o’tkazilgan sanadagi ularning jamlangan amortizatsiyasi asosiy vositalarning boshlang’ich qiymati o’zgarishining tegishli indekslariga tuzatiladi hamda keyingi hisoblanadigan amortizatsiya qayta baholangan qiymat asosida amalga oshiriladi.
Asosiy vositalarni hujjatlar bilan tasdiqlangan bozor narxlarida indeksatsiyalash yoki bevosita qayta hisob-kitob qilish yo’li bilan qayta baholanishi mumkin. 8510 - "Mulkni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar" schyoti qayta baholash natijasida aktivlar qiymatining oshishini hisobga oladi.
Qayta baholash natijasida asosiy vositalar ob’ekti narxining arzonlashgan summasi avvalgi hisobot davrlarda o’tkazilgan ushbu ob’ektni qo’shimcha baholash summalari doirasida 8510 - “Mulkni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar” hisobvarag’iga kreditlanadi. Ob’ekt narxining arzonlashgan summasi uni qo’shimcha baholash summasidan yuqori bo’lgan holatda yuzaga kelgan yo’qotish summasi boshqa operatsion xarajatlar tarkibidan hisobga olinadi.
Mulkni qayta baholash natijalari moliyaviy hisobotda mulklarnini qayta baholash o’tkazilgan joriy davrda aks ettiriladi.
Agar xo’jalik yurituvchi sub’ekt uzoq muddatli investitsiyalarini qayta baholangan qiymati bo’yicha hisobga olsa, u holda qayta baholash natijasidagi qiymatning o’sishi 8520 - “Rezerv kapitali” schyotida aks ettirilishi lozim.
Debet 0610 - "Qimmatli qog’ozlar" scheti;
Kredit 8510 - "Aktivlarni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar" scheti.
Agar kelgusi hisobot davrida ushbu qimmatli qog’ozlarning bozor qiymati pasaysa, unda mazkur qimmatli qog’ozlar bo’yicha avvalgi qayta baholash doirasida rezerv kapitalini kamaytirish hisobiga qoplashnishi mumkin. Bu qimmatli qog’ozlar bo’yicha tashkil etilgan rezerv miqdori narxning pasayish darajasini qoplash uchun yetmasa, yetmagan summa xarajat sifatida tan olinadi.
Asosiy vositalarni (xukumat qaroriga binoan) qayta baholash summasi, shuningdek o’z kapitalining oshishi sifatida aks ettiriladi.
8520 - "Rezerv kapitali" schetidan korxona yoki jamiyatning ustavi va boshqa me’yoriy hujjatlar talablaridan kelib chiqib shakllantirilgan rezervlar hisobga olinadi. Aksiyadorlik jamiyatlari rezerv kapitali ustavda belgilangan miqdorga yetguncha har yili sof foydaning 5 foizidan kam bo’lmagan miqdorda ajratmalar qilish yo’li bilan shakllantiriladi. Ushbu jarayon buxgalteriya hisobida quyidagicha o’tkazmalar bilan rasmiylashtiriladi:
Debet 8710 - "Hisobot davridagi taqsimlanmagan foyda (koplanmagan zarar)" scheti;
Kredit 8510 - "Rezerv kapitali" scheti.
Rezerv kapitali korxona yoki jamiyat zararlarini qoplash, imtiyozli aksiyalar bo’yicha dividentlar to’lash, xususiy aksiyalarni sotib olish, jamiyat obligatsiyalari bo’yicha qarzlarni to’lash hamda boshqa so’ndirish imkoniyati mavjud bo’lmagan majbariyatlarni to’lash maqsadida foydalaniladi.
Hisobot davri yakuniy moliyaviy natijalari zarar bilan aniqlansa, imtiyozli aksiyalar bo’yicha dividendlarning to’lanishi quyidagicha aks ettiriladi:
Debet 8510 - "Rezerv kapitali" scheti;
Kredit 6610 - "To’lov uchun dividendlar" scheti.
Xo’jalik sub’ekti tugatilayotganda turli debitorlarga qarzdorlikning hisobdan chiqarilishi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
Debet 8510 - "Rezerv kapitali" scheti;
Kredit 4010 - "Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar" hisobvaraqlari krediti.

Grantlar va davlat subsidiyalarini hisobga olish


Ushbu maqsadli tushumlarni korxonaning xususiy kapitali sifatida aks ettirish shartlari quyidagilar hisoblanadi:

  • mablag’larning maqsadli yo’nalish bo’yicha ishlatilishi;

  • mablag’larni jalb qilish bilan bog’liq xarajatlarning yo’qligi;

  • belgilangan shartlar bajarilganda qaytarib berilmasligi.


Grant — davlatlar, davlatlarning hukumatlari, xalqaro va chet el hukumatga qarashli tashkilotlar tomonidan, shuningdek O’zbekiston Respublikasi hukumati belgilaydigan ro’yxatga kiritilgan xalqaro va chet el nohukumat tashkilotlari tomonidan O’zbekiston Respublikasiga, O’zbekiston Respublikasi hukumatiga, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlariga, yuridik va jismoniy shaxslarga beg’araz asosda beriladigan mol-mulk, shuningdek chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar tomonidan O’zbekiston Respublikasiga hamda O’zbekiston Respublikasi hukumatiga beg’araz asosda beriladigan mol-mulk12.
Subsidiya — belgilangan shartlarda korxonalarga davlat (hukumat) tomonidan pul yoki natura, shu jumladan maqsadli soliq imtiyozlari ko’rinishida ko’rsatiladigan yordam.
Grant (subsidiya) deganda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga ular belgilangan shartlarni bajarganlarida iqtisodiyotni rivojlantirishni rag’batlantirish maqsadida davlat yoki xalqaro xorijiy tashkilotlar tomonidan ko’rsatiladigan pul yoki natura ko’rinishidagi yordam tushuniladi.
Grantlar, subsidiyalar va beg’araz yordamlarni hisobga olish 1998 yil 3 dekabrda Adliya vazirligi tomonidan 562-raqam bilan tasdiqlangan «Davlat subsidiyalari hisobi va davlat yordamini izohlash» nomli 10-son BHMS bilan tartibga solinadi.
SHu bilan birgalikda subsidiya va grantlar turli nodavlat, xalqaro tashkilotlar va jamg’armalar tomonidan ma’lum dasturlarni amalga oshirish uchun taqdim etilishi mumkin.
Grant va subsidiyalar quyidagi hisobvaraqlarda hisobga olinadi:
8810-«Grantlar»;
8820-«Subsidiyalar».
Mazkur hisobvaraqlarda o’z sarmoyasiga kiritiluvchi hamda korxona faoliyatini moliyalash manbai sifatida ko’rib chiqiladigan ajratilgan grant va subsidiyalarning mavjudligi va harakati to’g’risidagi ma’lumotlar hisobga olinadi.
Pul shaklida olingan grantlar quyidagicha aks ettiriladi:
Debet 5110, 5210-«Pul mablag’lari»hisobvaraqlari
Kredit 8810-«Grantlar».
Grantlar hisobiga ustav kapitalining ortishi quyidagicha aks ettiriladi:
Debet 8810-«Grantlar»
Kredit 8310, 8320, 8330 Ustav kapitalini hisobga olish hisobvaraqlari.
Grant ajratgan tashkilotning grant summasini korxona ustav sarmoyasiga badal sifatida kiritish haqidagi qarori zarur. Ustav kapitalining oshishiga hamda yangi muassis paydo bo’lishiga barcha muassislarning roziligi ham kerak va ta’sis hujjatlarini qayta ro’yxatdan o’tkazish lozim:
Debet 8810-«Grantlar»
Kredit 8530-«Tekinga olingan mol-mulk».
Subsidiyani olish shakli uni hisobda aks ettirish tartibiga ta’sir etmaydi. Aktivlarga tegishli davlat subsidiyalari quyidagicha aks ettiriladi:

  • aktivning foydali xizmat muddati davomida daromad sifatida tan olinadigan maqsadli tushumlar sifatida;

  • kelib tushgan aktivning balans qiymatini kamaytiradi hamda amortizatsiyalanadigan aktivdan foydali foydalanish muddati davomida hisoblanadigan eskirishni qisqartirish yo’li bilan moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotda aks ettiriladi.

Buxgalteriya hisobida maqsadli tushumlarni hisobga olish uchun 8800-«Maqsadli tushumlar» scheti tarkibida quyidagi hisobvaraqlar ochilgan:
8830-«A’zolik badallari»;
8840-«Maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari».
8830-«A’zolik badallari» schetida ta’sis hujjatlari bilan belgilangan jamiyat a’zolarining a’zolik badallari aks ettiriladi. A’zolik badallari bo’yicha tushumlar 8830-«A’zolik badallari» scheti krediti bo’yicha pul mablag’larini hisobga olish hisobvaraqlari bilan korrespondentsiyalashga holda aks ettiriladi.
Soliq solishdan ozod etish natijasida bo’shagan mablag’lar summalarini maqsadli vazifalarni bajarishga yo’naltirishning hisobi 8840-«Maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari» schetida amalga oshiriladi.
Byudjetga to’lovlar bo’yicha (turlari bo’yicha) qarzlarni hisobga olish hisobvaraqlari bo’shagan mablag’lar summasiga debetlanadi, 8840-«Maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari» scheti kreditlanadi. Soliq solishdan ozod etish natijasida bo’shagan mablag’lar summalari imtiyozli davr ko’rsatilgan taqdirda - imtiyozli davr tugagach, qolgan hollarda esa - har yili 8840-«Maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari» scheti debetidan 8530-«Bepul olingan mol-mulk» scheti kreditiga hisobdan chiqariladi.
Korxona va jamiyatlar tarafidan grant va subsidiyalarni buxgalteriya hisobida hisobga olish quyidagi o’tkazmalar bilan tasdiqlanadi (-jadval).


Download 226,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish