Hususiy kapital hisobi va auditi


Ulgurji savdo korxonalari



Download 226,81 Kb.
bet6/41
Sana29.03.2023
Hajmi226,81 Kb.
#923089
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Bog'liq
Hususiy kapital hisobi va auditi

Ulgurji savdo korxonalari

EKIHning kamida 3 500 baravari miqdorida, shundan pul mablag’lari bilan - EKIHning kamida 1 200 baravari miqdorida

Ulgurji savdo faoliyatini litsenziyalash to’g’risidagi nizomning (Vazirlar Mahkamasining 5.11.2005 yildagi 242-son Qarori bilan tasdiqlangan) 9-bandi

10

Turistik tashkilotlar

EKIHning kamida 400 baravari miqdorida

Turistik faoliyatni litsenziyalash to’g’risidagi nizomning (Vazirlar Mahkamasining 11.11.2003 yildagi 497-son Qarori bilan tasdiqlangan) 7-bandi

11

Lotereyalarni tashkil etish korxonalari

kamida 200 mln so’m, shundan kamida 50%i pul mablag’lari bilan shakllantiriladi

Lotereyalarni tashkil etish bo’yicha faoliyatni litsenziyalash to’g’risidagi nizomning (Vazirlar Mahkamasining 16.07.2003 yildagi 314-son Qarori bilan tasdiqlangan) 6-bandi

Ustav kapitalining qonun hujjatlari bilan belgilanganidan kam bo’lmagan aniq miqdorini xo’jalik sub’ekti muassislari belgilaydi va u ta’sis hujjatlarida qayd etiladi


Jamiyat ishtirokchisining ustav kapitalidagi ulushi miqdori foizlarda yoki kasr tarzida belgilanadi. U muassis ulushi va jamiyat ustav fondining nominal qiymati nisbatiga muvofiq bo’lishi zarur.
Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar to’grisidagi Qonunning 2012 yil 1 avgustgacha bo’lgan taxririda 14-moddasining oltinchi qismiga ko’ra MCHJ davlat ro’yxatidan o’tkaziladigan paytga kelib uning har bir ishtirokchisi o’z xissasining kamida 30%ini kiritishi shart deb belgilangan talab bor edi. Biroq 2012 yil 1 avgustdan boshlab Prezidentning 18.07.2012 yildagi PF-4455-son Farmoni bilan davlat ro’yxatidan o’tkazishga qadar ustav kapitalini qisman to’lash to’g’risidagi mazkur talab barcha xo’jalik yurituvchi sub’ektlar uchun, bundan kredit tashkilotlari mustasno, bekor qilingan.
Har bir muassis ustav kapitalidagi o’z ulushini MCHJni ta’sis etish to’g’risidagi shartnoma bilan belgilangan muddat mobaynida, agar u bir shaxs tomonidan ta’sis etilgan takdirda esa - jamiyatni ta’sis etish to’g’risidagi qarori bilan belgilangan muddat mobaynida to’liq to’lashi kerak. Biroq ushbu muddat jamiyat davlat ro’yxatidan o’tkazilgan paytdan boshlab 1 yildan oshishi mumkin emas. Jamiyat ishtirokchisi tomonidan xissaning to’liq kiritilganligi unga beriladigan guvoxnoma bilan tasdiqlanadi.
Jamiyatning ustav fondi belgilangan muddatda to’liq to’lanmagan taqdirda, MCHJ to’g’risidagi Qonunning 19-moddasiga ko’ra muassis o’zining ustav fondini amalda to’langan miqdorgacha kamaytirishini e’lon qilishi va uning kamaytirilganligini ro’yxatdan o’tkazishi yoki MCHJni tugatish to’g’risida qaror qabul qilishi lozim.
Jamiyat ustav fondiga nafaqat pul, balki qimmatli qog’ozlar, boshqa ashyolar yoki mulkiy huquqlar yoxud pul bahosiga ega bo’lgan boshqa begonalashtiriladigan huquqlar hissa bo’lishi mumkin. Jamiyat ustav kapitalidagi ulushlarni to’lash uchun kiritiladigan mol-mulkning puldagi bahosi ishtirokchilar umumiy yig’ilishining qarori bilan tasdiqlanadi, u yakdil ovoz bilan qabul qilinishi kerak.
Ustav kapitalini mol-mulk bilan shakllantirish imkoniyati va uning turlarini korxonaning ustavi yoki ta’sis shartnomasida albatta qayd etish zarur. Masalan, agar ustavda ustav fondi faqat pul mablag’lari hisobiga shakllantirilishi yozilgan bo’lsa, muassislar unga mol-mulkni kiritishga haqli emaslar.
SHuni yodda tutish lozimki, ba’zan hissa sifatida ular bilan operatsiyalar davlat ro’yxatidan o’tkazilishi va notarial tasdiqlanishi kerak bo’lgan mol-mulk kiritiladi. Bunday aktivlarga ko’chmas mulk ob’ektlari, avtotransport vositalari va boshqa asosiy vositalar kiradi. Ularni ustav fondiga qabul qilganda albatta davlat ro’yxatidan o’tish lozim.
Yana bir juda muhim jihat mol-mulkni ustav kapitalidagi ulushni to’lash uchun berish bilan bog’liq. Hissa berilganidan keyin mol-mulkning egasi jamiyat hisoblanadi. Muassislar tarkibidan chiqqanda hissador unga hissani avvalgi shaklda qaytarishni, masalan, bino yoki avtomobil, talab qilishi mumkin. Biroq ob’ektiv sabablarga ko’ra qaytarishning iloji bo’lmagan holatda, masalan, MCHJ faoliyati davomida mazkur mol-mulk sotilib ketgan bo’lsa, ta’sis hujjatida hissani kiritish va uni qaytarishning barcha tafsilotlarini hisobga olish tavsiya qilinadi.
Ko’chmas mulk ob’ektlari, avtotransport vositalarini mol-mulkdan foydalanish huquqlari tarzida kiritilishi maqsadga muvofiq bo’ladi. Bu holatda shuni e’tiborga olish kerakki, jamiyatda unga hissa sifatida berilgan mol-mulkdan foydalanish huquqi u berilgan muddatga qadar tugagan taqdirda MCHJ mol-mulkni bergan ishtirokchidan pulli kompensatsiyani talab qilishiga haqlidir. U qolgan muddat mobaynida xuddi shunday mol-mulkdan bunday shartlarda foydalanganlik uchun to’lovga tenglashtiriladi. Kompensatsiya talab qo’yilgan paytdan boshlab bir oy mobaynida biryo’la beriladi. Biroq jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig’ilishi uni berishning boshqacha tartibini ham qabul qilishi mumkin. Bunday qaror mol-mulkni bergan ishtirokchining ovozini hisobga olmasdan qabul qilinadi.
Intellektual faoliyat natijalari tarzidagi hissalar huquq egasining ixtiro, foydali modellar, sanoat namunalari. selektsiya yutuqlariga doir mutloq huquqlari, tovar belgisi, xizmat ko’rsatish belgisi, tovarlarning kelib chiqish joyi nomi, muallif yoki boshqa huquq egasining kompyuterlar uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalariga mutloq huquqlari va boshqalar bo’lishi mumkin. SHuni yodda tutish lozimki, ushbu nomoddiy aktivlarni hissa sifatida ustav kapitaliga berish yozma shartnoma bilan rasmiylashtirilib, O’zbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligida ro’yxatdan o’tkazilishi kerak.
Tadbirkorlik sub’ektlari muassislari ustav fondini tovar bilan ham shakllantirish mumkin. O’zbekiston Respublikasining "Xususiy korxona to’g’risida"gi Qonuni 12-moddasiga muvofiq pul, qimmatli qog’ozlar, pul bilan baholanadigan boshqa mol-mulk yoki mulkiy huquqlar yoxud boshqa shaxsga beriladigan o’zga huquqlar xususiy korxonaning ustav fondiga qo’shiladigan hissa bo’lishi mumkin. Mulkdor xususiy korxonaning ustav fondiga o’zi kiritadigan mol-mulkni mustaqil baholashi ko’rsatib o’tilgan.
Tovar muassis tomonidan kiritilishi qabul qilish-topshirish dalolatnomasi orqali rasmiylashtiriladi. Mazkur tadbirkorlik sub’ektlari ustav kapitalini shakllantirish maqsadida kirim qilingan tovarlar savdosini amalga oshirishda ba’zi qoidalarga rioya etishi lozim. Xususan, O’zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalarining 14-bandiga muvofiq4:
"Sotuvchi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tovarlar to’g’risidagi quyidagi zarur va ishonchli ma’lumotlarni xaridorning e’tiboriga o’z vaqtida ko’rgazmali va qulay shaklda yetkazishi shart. Masalan, majburiy tartibda sertifikatlanishi shart bo’lgan mahsulotlarga muvofiqlik sertifikati shular jumlasidan hisoblanadi.
Majburiy tartibda sertifikatlanishi shart bo’lgan mahsulotlar ro’yxati Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 28 apreldagi 122-sonli qarori 1-ilovasida keltirilgan. Ushbu ro’yxatda, xususan, quyidagilar mavjud:

  • Plastmassa buyumlari (trubalar, trubkalar, fitinglar, pol uchun qoplama, plitalar, listlar, plyonkalar, sanitariya-texnik buyumlar, oziq-ovqat mahsulotlariga tegib turadigan o’rash-joylash buyumlari, oziq-ovqat mahsulotlari uchun oshxona idish-tovoqlari).

  • Linoleum, to’qimachilik asosida tayyorlangan polga o’rnatiladigan qoplama.

  • Sopol buyumlar (g’ishtlar, bloklar, plitalar, sopol trubalar, pol va pechlar uchun trubalar, laboratoriya uchun sopol idishlar, vannalar, rakovinalar, unitazlar, oshxona idish-tovoqlari).

SHu sababli ko’ra, tovarlarni bozordan xarid qilishda sertifikatlanishi lozim bo’lgan tovarlarga muvofiqlik sertifikatini keyinchalik xaridorlarga taqdim etish maqsadida olish zarur. Sertifikatning haqiqiyligini internet orqali, "O’zstandart" agentligi tomonidan joriy etilgan interaktiv xizmatdan foydalangan holda tekshirish imkoniyati mavjud.

1.2. Xususiy kapital hisobini tashkil etishga asos bo’luvchi me’yoriy-huquqiy xujjatlar


O’zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo’lga kiritganidan so’ng olib borilgan iqtisodiy islohotlar mamlakatning hisob sohasida ham bir qancha ahamiyatli o’zgarishlar bo’lishiga sabab bo’ldi. Bugungi kunga qadar olib borilgan sa’yharakatlar natijasida buxgalteriya hisobining me’yoriy-huquqiy asoslari tubdan xalqaro standartlarga yaqinlashtirilgan holda ishlab chiqildi. Bu harakatlardan ko’zlangan maqsad mamlakat hisob tizimini xalqaro hisob tizimiga integratsiyalash, iqtisodiyotimizga chet el investitsiyalarini ko’proq jalb etish hamda mamlakat iqtisodiyotini rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyoti bilan raqobatlasha oladigan darajaga olib chiqishdan iboratdir. Bu harakatlar bugungi kunda hamdavom etmoqda.


Mamlakatimiz iqtisodiy tizimining bozor iqtisodiyoti qoidalari asosida tashkil etish birinchi galda turli mulkchilik shakllarini yuzaga kelishiga imkon yaratdi. Xususiy mulk shakllarining paydo bo’lishi tadbirkorlik sub’ektlarining o’z faoliyatlarini tashkil etishlari esa hisob jarayonida xususiy kapital hisobini yuritish zaruratini yuzaga chiqardi.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, korxona va tashkilotlar xususiy kapitalining buxgalteriya hisobini yuritish maqsadi xo’jalik sub’ektlari ijroiya organing boshqaruv va investitsion qarorlarni to’g’ri qabul qilishlari uchun korxona sof aktivlari hamda moliyaviy ko’rsatkichlari miqdori to’g’risidagi ma’lumotlarni haqqoniy aks ettirish hisoblanadi.
Uning to’g’ri tashkil etilganligi va o’z oldiga qo’ygan maqsadga erisha olishi esa amaldagi huquqiy hujjatlarda keltirilgan me’yorlarga rioya etilishini nazorat qilish orqali tekshirib boriladi. SHu sababdan xususiy kapital hisobining me’yoriy-huquqiy asoslarini o’rganish va takomillashtirish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir.
Hisob jarayonini tashkil etishning birinchi galdagi huquqiy asosi sifatida 2016 yil 13 aprelda yangi taxrirda tasdiqlangan hamda bugungi kunda amalda bo’lgan O’RQ-404 - sonli O’zbekiston Respulikasi “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi Qonunini keltirib o’tish o’rinlidir. Mazkur qonun 32 moddadan iborat bo’lib, uning maqsadi buxgalteriya hisobini tashkil etish, yuritish va hisobotni tuzish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iboratdir5. Mazkur qonunga asosan xo’jalik sub’ektlarida buxgalteriya hisobi tashkil etiladi, barcha xo’jalik operatsiyalarini yaxlit, uzluksiz, hujjatlar asosida hisobga olish yo’li bilan buxgalteriya axborotini yig’iladi, qayd etish va umumlashtirishning tartibga solingan tizimi asosida moliyaviy va boshqa hisobotlar tuziladi. SHu sababli xususiy kapital hisobini yuritish uchun mazkur qonun asos bo’lib hizmat qiladi.
Bundan tashqari turli mulkchilik shakllarining ustav kapitallarini shakllantirish bo’yicha qabul qilingan qonunlar, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar mahkamasi tomonidan qabul qilingan qarorlar bilan tasdiqlangan quyidagi nizomlar ham xususiy kapital hisobini tashkil etishda me’yoriy asos sanaladi:
1. “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi Qonun;
2. “Mas’uliyati cheklangan hamda qo’shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to’g’risida”gi Qonun;
3. “Xo’jalik shirkatlari to’g’risida”gi Qonun;
4. “Oilaviy tadbirkorlik to’g’risida”gi Qonun;
5. Prezidentning «Sug’urtachilarning moliyaviy barqarorligini yanada oshirishga oid qo’shimcha chora- tadbirlar to’g’risida»gi Qarori;
6. Prezidentning «Baholovchi tashkilotlar faoliyatini yanada takomillashtirish va ko’rsatilayotgan xizmatlar sifati uchun ularning mas’uliyatini oshirish to’g’risida»gi Qarori;
7. Rieltorlik faoliyatini litsenziyalash to’g’risida nizom;
8. Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqini beradigan ruxsat guvoxnomasini berish tartibi to’g’risida nizom;
9. Umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogolli mahsulotlarni sotish huquqi uchun ruxsat guvoxnomasi berish tartibi to’g’risida nizom;
9. Ulgurji savdo faoliyatini litsenziyalash to’g’risidagi nizom;
10. Turistik faoliyatni litsenziyalash to’g’risidagi nizom;
11. Lotereyalarni tashkil etish bo’yicha faoliyatni litsenziyalash to’g’risidagi nizom.
Yuqorida sanab o’tilgan qonun xujjatlari xo’jalik sub’ektlarida ustav kapitalni shakllantirishning eng kam miqdorlarini belgilashga asos bo’ladi.
Korxona, tashkilot va jamiyatlarning xususiy kapitali holati va uning harakati bilan bog’liq bo’lgan jarayonlarni buxgalteriyada hisobga olish uchun O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1181-son bilan 23 oktyabr 2002 yilda ro’yxatga olingan 21-sonli O’zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (BHMS) “Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliya-xo’jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlari rejasi va uni qo’llash bo’yicha yo’riqnoma” asos bo’ladi. U dastlab 2002 yil 2 noyabrdan kuchga kirgan. Mamlakat miqyosida faoliyat olib borayotgan qo’shma korxonalar va auditorlik tashkilotlari 21-sonli BHMS kuchga kirgan sanadan boshlab o’n kun ichida mazkur schetlar rejasini qo’llay boshlagan. Birjalar 2003 yil 1 yanvardan boshlab, mulkchilik shaklidan qat’i nazar boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ektlar esa 2004 yil 1 yanvardan boshlab to’liq 21-sonli BHMS talablari asosida hisob jarayonini yuritishni boshlagan.
Barcha mulkchilik shaklidagi tadbirkorlik sub’ektlari mazkur standart talablari doirasida buxgalteriya hisobini yuritish uchun schetlar rejasini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.
Mazkur BHMSga asosan xususiy kapital holati va harakati quyidagi schetlarda hisobga olinadi (2-jadval). Mazkur schetlar standartning “Xususiy kapital” deb nomlangan to’rtinchi qismida keltirib o’tilgan. Schetlar rejasining ushbu qismi sakkizinchi bo’limni o’z ichiga olib, u “Kapital, taqsimlanmagan foyda va rezervlar” deb nomlanadi. Bu bo’lim 8000-8910 schetlarni o’z ichiga oladi va buxgalteriya balansiga nisbatan passiv tarafda joylashadi.

Download 226,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish