16-mavzu: Tijorat banklarining balansdan tashqari operatsiyalari (2-soat)
Reja:
1.Tijorat banklarining balansdan tashqari operatsiyalarining mazmuni va turlari.
2.Aktivlar bo‘yicha foizlar va vositachilik haqlarining balansdan tashqaridagi hisobining yuritilishi.
3.Hosilaviy instrumentlar bo‘yicha transaksiyalar va balansdan tashqari operatsiyalari.
4.Bank kafolatlari bo‘yicha balansdan tashqari operatsiyalar.
5.Garov sifatidagi qimmatli qog‘ozlar, mulklar va mulkiy huquqlar bo‘yicha talablarning balansdan tashqari operatsiyalari.
Tayanch tushunchalar: balansdan tashqari operatsiyalar, aktivlar, foizlar, vositachilik, hosilaviy instrumentlar, transaksiyalar, bank kafolatlari. Garov, mulk
Amaliy mashg’ulotni maqsadi: Tijorat banklarining balansdan tashqari operatsiyalari to’g’risida tushunchalar berish.
1- topshiriq
Hisobot yilida tijorat bankining operatsion xarajatlari 10400 ming so’mni tashkil etdi, shu jumladan (ming so’mda):
1. Ish xaki, mukofot va xodimlarga kushimcha tulovlar - 800
2. Xonalarni saqlash - kommunal xarajatlar - 8000
3. Pochta-telegraf, kanselyariya xarajatlari - 600
4. Asosiy vositalar eskirishi - 300
5. Boshqa operatsion xarajatlar - 700
Kelgusi yilda xodimlarni va ish haqi fondini 20% ga qisqartish ko’zda tutilgan. Qolgan xodimlarning mehnat haqi 10% ga oshiriladi. Yangi yil boshidan uch shtat birligidan iborat yangi bulim tuzish ko’zda tutilgan. Oylik ish haqi fondi 150 ming so’m qilib belgilangan. Kelgusi yilning 1 iyulidan kommunal xarajatlar 25% ga, pochta-telegraf xarajatlari 20% ga oshiriladi. Kelgusi yilning 1 aprelidan 2000 ming so‘mlik yangi asosiy vositalar kiritiladi, ularning yillik eskirishi 8%. Boshqa operatsion xarajatlar 80 ming so‘mga oshadi.
Kelgusi yil bashorati bo’yicha operatsion xarajatlarning umumiy so’mmasini aniqlang.
2-topshiriq
Foizsiz daromadlar
Tijorat banki hisob-kitob operatsiyalarini amalga oshirgani uchun belgilangan tariflar bo’yicha yillik debet aylanmasi so’mmasi, kassa operatsiyalari bo’yicha pul cheklarini to’lash bo’yicha aylanmadan kelib chiqqan holda komission to’lovlarni oladi. Belgilangan ko’rsatkichlar bo’yicha bank quyidagi maʼlumotlarga ega:
T/r
|
Operatsiya
|
Ta’rif
|
Hisobot yili uchun
|
Kelgusi yilga bashorat
|
1.
|
Mijozlar hisobvaraqlari bo’yicha debet aylanmasi bo’yicha olingan komissiyon to’lovlar differehsiyatsiyasi
|
|
|
|
|
|
|
1mln.so’mgacha
|
0,6
|
15
|
|
11,1
|
|
|
1mln.-10mln.so’m
|
0,5
|
100
|
|
12,0
|
|
|
10mln.-100mln.so’m
|
0,4
|
625
|
|
8,0
|
|
|
100mln. So’m va undan ortiq
|
0,3
|
400
|
|
15,0
|
|
2.
|
Jami to’langan yo’l cheklari
|
0,5
|
400
|
|
10,0
|
|
3. Hisobot yilida depozit hisobvaraqlarini ochish, akkreditiv va boshqalar bo’yicha operatsiyalar 100 birlikni tashkil etdi.
Tarif - har bir operatsiya bo’yicha 4 ming so’m etib belgilangan.
Kelgusi yilda shunday operatsiyalar 10 % ga ko‘payadi.
4. Hisobot yilida boshqa foizsiz daromadlar 2 mln. so’mni tashkil etdi. Kelgusi yilda ular 20 %ga ko‘payadi.
Aniqlang:
Hisobot yili uchun va kelgusi yil prognozi bo’yicha hisob-kitob, kassa va boshqa operatsiyalar uchun komission to’lovlar uchun so’mmasini, foizsiz daromadlarning umumiy so’mmasini aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |