Asosiy vositalar auditi xususiyatlari va undagi audit amallari
Tuzuvchi:To`raxo`jayev Farruxbek
REJA:
Asosiy vositalarning mohiyati.Audit mazmuni
Audit o`tkazish ketma-ketligi
Audit tekshiruvi natijalari
Asosiy vositalar
Asosiy vositalar – ishlab chiqarishning moddiy sharoitlarini ta’minlaydigan vositalar (mehnat qurollari, bino, inshoot, qurilma va boshqalar). Buxgalteriya hisobi va rejalashtirishda Asosiy vositalar tarkibiga xizmat muddati bir yildan ortiq va qiymati eng kam ish haqining 15 barobaridan arzon boʻlmagan vositalar kiritiladi.
Audit
Audit (ing. audit – u eshitadi) – muayyan vakolatlar berilgan shaxslar – auditorlar (auditorlar firmalari) tomonidan xoʻjalik yuritayotgan sub’ektlarning moliyaviy hisobotlari toʻgʻriligini, ular amalga oshirgan moliyaviy va xoʻjalik operatsiyalarining mamlakat qonunlariga muvofiqligini tekshirish maqsadlarida oʻtkaziladigan moliya hujjatlari ekspertizasi va tahlili; taftish.
Audit
o`tkazish ketma-ketligi
Asosiy vositalarning hisob va balans qiymatlarining yil boshidagi qiymatlari aniqlanadi,ular to`g`risidagi ma`luotlarni balansda, bosh kitobda,jurnal orderda, “Asosiy vositalar harakati to`g`risidag hisobot” da bir xil ko`rsatilganligi, ushbu qiymatlarni qayta baholanganligi tekshiriladi
Mavjud asosiy vositalarni 21-sonBHMS ga,amortizatsiyame`yoriga soliqqa tortishga munosabatlariga qarab to`g`ri tasniflanganligi tekshriladi
Asosiy vositalarni inventar hisobining borligi va uni to`g`ri yuritalayotganligi tekshiriladi
Asosiy vositalar harakatini hujjatlar bilan to`g`ri rasmiylashtirilganligi aniqlanadi
Asosiy vositalarni harakatiga doir operatsiyalarni schyotlarda to`g`ri aks ettirilganliggi tekshiriladi
Asosiy vositalarni real mavjudligini bilish yoki qayta baholash maqsadida inventarizatsiyasi o`tkaziladi
Asosiy vositalar bo`yicha eskirish summasini to`g`ri hisoblanganligi tekshiriladi, bunda bitta guruh asosiy vositalarga turli amortizatsiyani hisoblash usullaridan foydalanilmaganligi aniqlanadi
Asosiy vositalarga qilingan kapital investitsiayalar ,ta`mirlash harajatlari , ularni hisobdan chiqarish , tugallanmaganb qurilishlar tekshirilaedi
Asosiy vositalar bo`yicha ijara operatsiyalari, ularning natijalari hisobining to`g`riligi aniqlanadi
Asosiy vositalar harakati to`g`risida hisobotning to`g`ri tuzilganligi va uning ma`lumotlarini hisob ma`lumotlari bilan mosligi aniqlanadi
Audit tekshiruvi natijalari
Asosiy vositalarning qayta baholangan hisob va balans qiymatlarining realligi tasdiqlanadi
Asosiy vositalar bo'yicha hiosb va hisobot ma'lumotlarining uyg'unligi tasdiqlanadi
Asosiy vositalarning mavjudligi va butligi tasdiqlanadi
Asosiy vositalar bo'yicha amortizatsiya hisob kitobini to'g'ri qilinganligi tasdiqlanadi
Asosiy vositalar harakati bo'yicha QQS ning realligi tasdiqlanadi
Asosiy vositalar harakati, amortizatsiyasi ularga qilingan harajatlar hisobida mavjud chetlanishlar aniqlanadi va isbotlanadi
Schyotfakturalarda va boshqa boshlang'ich tasdiqlovchi hujjatlardagi kamchiliklari ochiladi
Bosh kitobidagi noto'g'ri yozuvlar ko'rsatiladi
Chetlanishlar bartaraf etish bo'yicha takliflar beriladi
Mumkin bo`lgan auditorlik xatari
Asosiy vositalarning hisob va balans qiymatlari haqiqiy summasi noto'g'ri bo'lishi mumkin
Schyotfakturalarda va boshqa boshlang'ich tasdiqlovchi hujjatlardagi kamchiliklari to`liq ko`rsatilmay qolishi mumkin
Asosiy vositalar amortizatsiyasi me`yorlari noto'g’ri qo`llanganligi ko`rsatilmay qolishi mumkin
Soliqqa tortish obektiga tortiladigan o`rtacha yillik qiymatini noto'g’ri topganligi aniqlanmay qolishi mumkin
Asosiy vositalarni sotish ,likvidatsiya qilish,bepul berish, ijaraga berish va boshqa hollari bo`yicha daromadlar va harajatlar noto`g`ri topilgan bo`lishi mumkin
Bosh kitobdagi noto`g`ri yozuvlar ko`rsatilmay qolinishi mumkin
Chetlanishlarni bartaraf etish bo`yicha takliflar berilmay qolishi yoki noto`g`ri berilishi mumkin