Harbiy-texnik instituti rasulova nodira sardarovna


-§. Mahalliy davlat hokimiyati va o‘zini o‘zi boshqaruv organlari



Download 4,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/69
Sana16.03.2022
Hajmi4,88 Mb.
#493106
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   69
Bog'liq
Энг янги тарих Укув кулланма 01.03

4-§. Mahalliy davlat hokimiyati va o‘zini o‘zi boshqaruv organlari 
Mahalliy davlat hokimiyati organlari. 
O‘zbekiston demokratik huquqiy 
davlat barpo etish jarayonida ko‘plab vazifalarni belgilab olgan edi. Eng muhim 
vazifalaridan biri, bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotni barpo etishga 
qaratilgan bo‘lsa, ikkinchisi respublikada davlat hokimiyatining vakillik va 
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining yangi sharoitlarga mos 
keladigan tizimini yaratish edi. Hozir amalda bo‘lgan mahalliy vakillik organlari 
xalq deputatlari Sovetlari negizida tashkil qilingan. Ma’lumki, sovet davrida 
amalda bo‘lgan mahalliy xalq deputatlari Sovetlari aniq bir hokimiyatga ega 
bo‘lmay, ular huquqsizligining bosh sababi partiya organlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
ularning ishiga aralashar va ularga saylanadigan deputatlar partiya organlari 
tomonidan tanlanar edi. 
1990–1992-yillarda O‘zbekiston Respublikasining asosiy qonuni – 
Konstitutsiyasining qabul qilinguncha bo‘lgan davrda mahalliy hokimiyat 
organlari tizimini shakllantirish maqsadida bir qancha qonunlar qabul qilindi. 
Bunga quyidagilarni misol qilish mumkin: 
“O‘zbekiston Respublikasi xalq deputatlarining maqomi to‘g‘risida”gi 
qonun (1990-yil 31-oktabr); 
“O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi 
qonun (1991-yil 31-avgust); 
“O‘zbekiston Respublikasi ijroiya hokimiyati – boshqarma idoralarini 
tuzilishini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qonun (1990-yil 3-noyabr); 


103
O‘zbekiston Respublikasi “Toshkent shahar hokimini saylash tartibi 
to‘g‘risida” muvaqqat Nizomni tasdiqlash haqida O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Kengash Rayosatining Qarori(1991-yil 25-noyabr) va boshqalar. 
1992-yil 4-yanvarda “O‘zbekiston Respublikasining mahalliy hokimiyat 
idoralarini qayta tashkil etish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Bu qonun 
asosida mamlakatimizda mahalliy hokimiyatning ikki mustaqil organi – vakillik 
va ijro organlari tizimiga boshchilik qiladigan hokimlik va hokimlar lavozimi 
joriy etildi. 1992-yil 14-yanvarda ushbu qonunga O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Kengashi konstitutsiyaviy qonun maqomini berdi. 1992-yilda Toshkent shahrida 
va 12 ta viloyatda, 163 ta qishloq tumani va 18 ta shahar tumanida hamda 120 ta 
shaharda hokimlar tayinlandi va tasdiqlandi, ularning apparati – hokimliklar 
tuzildi. 
1992-yildan O‘zbekistonda mahalliy hokimiyat organlari tizimini 
shakllantirish sohasida qator meyoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilish borasida 
amaliy ishlar boshlandi. Bu hujjatlar orasida 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan 
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 1993-yil 2-sentabrda qabul 
qilingan “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi va “Fuqarolarning o‘zini 
o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi qonunlar, 1994-yil 5 mayda qabul 
qilingan “Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar kengashlariga saylovlar 
to‘g‘risida”gi qonun va boshqalar muhim o‘rin egallaydi. 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XXI bobi “Mahalliy davlat 
hokimiyati asoslari” deb nomlanib, unda mahalliy davlat hokimiyati 
organlarining tizimi, mavqei, vazifalari, tuzilish tartibi konstitutsiya darajasida 
mustahkamlandi. Konstitutsiyaga ko‘ra, avvalgi mahalliy vakillik organlarining 
nomi Kengashlar deb o‘zgartirildi. Ularning samarali ishlashini ta’minlash 
uchun viloyat, tuman va shahar xalq deputatlari Kengashlari vujudga keltirildi.
Shuni ta’kidlash lozimki, amaldagi O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul 
qilinguncha mahalliy vakillik organlarining uch bo‘g‘inli tizimi mavjud bo‘lib, 
ular: 


104
1) viloyatlar hamda Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlari 
(Sovetlari) – yuqori bo‘g‘in; 
2) tuman, shahar xalq deputatlari Kengashlari – o‘rta bo‘g‘in; 
3) qishloq, posyolka, ovul xalq deputatlari Kengashlari – quyi bo‘g‘in 
hisoblanardi. 
Konstitutsiya mahalliy vakillik organlarining ikki bo‘g‘inli tizimini 
mustahkamladi, ya’ni quyi bo‘g‘in olib tashlandi. Ular o‘rniga fuqarolarning 
o‘zini o‘zi boshqarish organlari tuziladigan bo‘ldi. Bu qoida “Mahalliy davlat 
hokimiyati asoslari to‘g‘risida”gi qonunda o‘z ifodasini topdi. Shunday qilib, 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyada mahalliy davlat hokimiyati organlari 
ikki mustaqil organga – vakillik va ijroiya hokimiyatiga bo‘lindi.
Mahalliy vakillik organlariga – xalq deputatlari Kengashlari kiradi. Ular 
o‘z faoliyatini jamoaviy (kollegial) asosda olib boradi. Xalq deputatlari 
Kengashlari ishining asosiy tashkiliy-huquqiy shakli sessiya hisoblanadi. 
“Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov 
to‘g‘risida”gi qonunga binoan, vakillik organlariga 21 yoshga to‘lgan fuqarolar 
saylanadi. Saylovlar ko‘ppartiyaviylik, muqobillik asosida o‘tadi. Xalq 
deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlariga 60 tadan ko‘p bo‘lmagan, 
tuman va shahar Kengashlariga esa 30 tadan ko‘p bo‘lmagan deputatlar 5 yil 
muddatga saylanadi. 
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 
tomonidan deputatlarning vakolatlarini yanada kengaytirish maqsadida bir qator 
islohotlar amalga oshirildi. Jumladan, 2017-yil 29-avgustda qabul qilingan 
“Toshkent shahar xalq deputatlari tuman Kengashlariga saylov to‘g‘risida”gi 
Qonun poytaxtimiz tumanlarida xalq deputatlari Kengashlarini tuzish uchun 
tashkiliy-huquqiy imkoniyatlar yaratdi.
Toshkent shahar tumanlarida xalq deputatlari Kengashlarini tuzish, 
tumanlar darajasida mahalliy budjetlarni, hududni rivojlantirishning istiqbolga 
mo‘ljallangan dasturlarini ko‘rib chiqish hamda qabul qilish, ularning ijrosini 


105
nazorat qilish, Kengashlar sessiyasida tumanlarda joylashgan mahalliy davlat 
organlari rahbarlarining o‘z faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlari va axborotlarini 
tinglash, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlari bilan bog‘liq masalalarni 
o‘z vakolatlari doirasida hal etish imkonini beradi. 2019-yilda saylovchilarning 
Yagona elektron ro‘yxati axborot tizimi huquqiy eksperiment sifatida amalga 
oshirildi. Mazkur huquqiy hujjatlarga ko‘ra, Toshkent shahar tumanlarida xalq 
deputatlari Kengashlariga saylovlar 2017-yil 24-dekabr kuni bo‘lib o‘tdi. Ushbu 
saylovda mamlakatimizning barcha siyosiy partiyalari va o‘zini o‘zi boshqarish 
organlari nomzodlari Toshkent shahrining 11 tumanida tashkil etilgan 330 ta 
saylov okruglarida ishtirok etdilar. Poytaxtimiz saylovchilari o‘zlari munosib 
deb bilgan nomzodga ovoz berdilar. 
“Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari” siyosiy 
konsepsiyasining amalga oshishida ushbu siyosiy tashkilotlarning ahamiyati 
kattadir. Zero, fuqarolarning huquqiy va siyosiy ongi, huquqiy hamda siyosiy 
madaniyati, ijtimoiy hayotdagi faolliklari yuksalib borishi bilan davlat o‘zining 
muayyan vazifalarini bosqichma-bosqich ravishda nodavlat tuzilmalari va 
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga berib boradi.
Ijroiya hokimiyatiga hokim va uning ijroiya apparati kiradi. Hokim tegishli 
hududda oliy mansabdor shaxs hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasining 101-moddasiga ko‘ra hokimlarning vakolat muddati – besh 
yil. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 102-moddasiga ko‘ra, 
“Vakillik va ijroiya hokimiyatini tegishliligiga qarab viloyat, tuman va shahar 
hokimlari boshqaradi. 
Viloyat va Toshkent shahar hokimi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
tomonidan qonunga muvofiq tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi. 
Tuman va shaharlarning hokimlari tegishli viloyat hokimi tomonidan 
tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda tegishli xalq deputatlari 
Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. 


106
Shaharlardagi tumanlarning hokimlari tegishli shahar hokimi tomonidan 
tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda xalq deputatlari shahar 
Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. 
Tumanlarga bo‘ysunadigan shaharlarning hokimlari tuman hokimi 
tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda xalq deputatlari 
tuman Kengashi tomonidan tasdiqlanadi”. 
Vakillik organlari tuzilmaydigan shahar tarkibidagi tumanlarda va tumanga 
bo‘ysunuvchi shaharlarda ham hokimliklar ta’sis etildi, ularning apparati — 
hokimiyat tashkil etildi. Viloyat hokimlari va Toshkent shahar hokimi 
O‘zbekiston Prezidentining shu joylardagi vakili hisoblanadi. Toshkent shahar 
tumanlari hokimlari esa Toshkent shahar hokimining vakillari hisoblanadi. 
Mahalliy davlat hokimiyat organlarining faoliyati murakkab tuzilishga ega 
bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Mahalliy davlat hokimiyati 
to‘g‘risida”gi Qonun va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari 
bilan tartibga solinadi. Bu organlar sud hokimiyati organlari, prokuratura
nazorat inspektsiyasi, ichki ishlar organlari, adliya idoralari singari huquqni 
muhofaza qilish organlari bilan hamkorlikda ish olib boradi. 
Fuqarolik institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hozirgi kunda 
demokratik qadriyatlar, inson huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarni 
himoya qilishning muhim omiliga aylanmoqda, fuqarolarning o‘z salohiyatlarini 
ro‘yobga chiqarishi, ularning ijtimoiy-iqtisodiy faolligi va huquqiy madaniyatini 
oshirish uchun sharoit yaratmoqda, jamiyatda manfaatlar muvozanatini 
ta’minlashga ko‘maklashmoqda. 
Bunday tashkilotlarning obro‘si oshib, mustahkamlanib borgani sari 
fuqarolik jamiyati institutlarining davlat va hokimiyat tuzilmalari faoliyati 
ustidan 
ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishdagi roli 
jamiyatimizda tobora ortib bormoqda.


107
Mamlakatimizda Ombudsman, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz
“Ijtimoiy fikr” jamoatchilik markazi, Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi 
instituti kabi inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar faoliyat ko‘rsatmoqda. 
“Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi qonuniga 
ma’lum bir o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, ya’ni, mahallani aniq 
yo‘naltirilgan asosda aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, xususiy tadbirkorlik va 
oilaviy biznesni rivojlantirish markaziga aylantirish, shuningdek, uning davlat 
boshqaruv organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati olib borish tizimidagi 
vazifalarni yanada kengaytirish muhim.
2018-yil 12-aprelda O‘zbekiston Respublikasining “Jamoatchilik nazorati 
to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi. Ushbu qonunda jamoatchilik nazoratining 
turlari, shakllari va subyektlarini, nazorat predmetini, uni amalga oshirishning 
huquqiy mexanizmlarini, shuningdek, mazkur sohada amaldagi qonun 
hujjatlarini ijro etmaganligi uchun mansabdor shaxslarning javobgarligi 
shartlarini belgilash zarurligi ko‘rsatildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarning jadal ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga doir ustuvor chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 
qaroriga asosan hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha 
yangicha tizim – sektorlar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Unga ko‘ra, 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hududlari 
tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, viloyatlar va 
Toshkent shahri, tumanlar (shaharlar) hokimlari, prokuratura, ichki ishlar va 
davlat soliq xizmati hududiy organlari rahbarlari boshchilik qiladigan kompleks 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha 4 ta sektorlarga bo‘lindi. Sektorlar 
rahbarlari tomonidan oilalardagi holat o‘rganilib, ularda aniqlangan aksariyat 
muammolar joyida hal etiladi. Hal etilishi murakkab bo‘lgan muammoli 
masalalar “yo‘l xaritalari”ga kiritilib, nazoratga olinadi.

Download 4,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish