Harbiy-texnik instituti rasulova nodira sardarovna


Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqaruv organlari



Download 4,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/69
Sana16.03.2022
Hajmi4,88 Mb.
#493106
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   69
Bog'liq
Энг янги тарих Укув кулланма 01.03

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqaruv organlari
. Fuqarolarning o‘zini o‘zi 
boshqarish masalalari fuqarolik jamiyatini shakllantirishning ajralmas qismidir. 


108
Vatanimiz tarixi shundan guvohlik beradiki, O‘zbekiston jamiyatida jamoa 
bo‘lib yashashning sinalgan shakli mahalladir. “Mahalla” so‘zi arabcha 
“mahallun” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, aholi yashaydigan joy, guzar, uy-joy 
mavzelari degan ma’noni anglatadi. Mahalla shaharlar ichidagi kichik hududiy 
birlik bo‘lib, o‘tmishdan meros bo‘lib kelmoqda. Ma’lum bir mahallada 
istiqomat qiluvchi odamlar faqat qo‘ni-qo‘shnichilik rishtalari bilangina emas, 
balki ichki tartib-qoida, ma’naviy-axloqiy normalar, urf-odatlar, an’analar, 
umumiy manfaatlar va majburiyatlar bilan ham bog‘liqdir.
O‘zbekiston Konstitutsiyasining 105-moddasida “Shaharcha, qishloq va 
ovullarda, shuningdek, ular tarkibidagi mahallalarda hamda shaharlardagi 
mahallalarda fuqarolarning yig‘inlari o‘zini o‘zi boshqarish organlari bo‘lib, ular 
ikki yarim yil muddatga raisni (oqsoqolni) va uning maslahatchilarini saylaydi”, 
deb belgilab qo‘yildi. 
1993-yil 2-sentabrda “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari 
to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilindi. Unga binoan, 
qishloq, posyolka (shaharcha)larda davlat hokimiyati vakillik organlari – 
qishloq, posyolka sovetlari tuzilmaydigan bo‘ldi, ularning o‘rniga o‘zini o‘zi 
boshqarish organlari – mahalla qo‘mitalari tuzildi. Shunday qilib, fuqarolarning 
o‘zini o‘zi boshqarish organlari mahalliy hokimiyat tizimidan ajratildi. Biroq 
ular bir-biridan mutlaqo ajratilgan holda faoliyat ko‘rsatmaydi, ularning o‘zaro 
bog‘liq tomonlari mavjud. Ular o‘rtasidagi munosabatlarning huquqiy asoslari 
“Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunda belgilab qo‘yilgan. Har 
ikkalasi ham mahalliy ahamiyatga molik masalalarni hal qiladi.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini shakllantirishga davlat 
homiylik qilmoqda. Bu borada O‘zbekiston Prezidenti “Respublika “Mahalla” 
xayriya jamg‘armasini tuzish to‘g‘risida” 1992-yil 12-sentabrdagi hamda 
“Mahalla” xayriya jamg‘armasiga mablag‘ ajratish to‘g‘risida” 1992-yil 8-
oktabrda chiqargan farmonlari katta ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘ldi. Davlat 
homiyligida Respublika “Mahalla” jamg‘armasi, viloyat, shahar, tuman 


109
“Mahalla” jamg‘armalari tashkil etildi. Mahallalar faoliyatini yurituvchi 
“Mahalla” gazetasi (1994-yil) ta’sis etildi. Davlatning “Mahalla” jamg‘armalari 
orqali ko‘rsatayotgan homiyligi mahalla qo‘mitalarining o‘z hududlarida 
istiqomat qiluvchi kam ta’minlangan oilalarga, nogironlarga, yolg‘iz keksalarga 
moddiy yordam berish, aholini ijtimoiy muhofaza qilish borasidagi ishlariga 
katta ko‘mak bo‘lmoqda. 
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining vakolatlari, vazifalari 
O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari 
to‘g‘risida”gi qonunda aniq belgilab qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining “Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi 2017-yil 3-fevralda imzolangan Farmonida mahalla institutini 
yanada takomillashtirishning bir qator ustuvor yo‘nalishlari belgilab berildi. 
Farmonni ijro etish doirasida “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari 
to‘g‘risida”gi, “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari 
saylovi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonunlari va bir qator 
boshqa qonun hujjatlariga zarur o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. “Mahalla 
iftixori” ko‘krak nishoni ta’sis etildi.
Shuningdek, mazkur Farmonga muvofiq, fuqarolarning o‘zini o‘zi 
boshqarish organlari zimmasiga yuklatilgan vazifalarning ijrosini samarali 
ta’minlash maqsadida mahalla fuqarolar yig‘ini Kengashi tarkibiga fuqarolar 
yig‘ini raisining o‘rinbosarlarini, hududdagi profilaktika inspektorlarini, ta’lim 
muassasalari va qishloq vrachlik punktlari (oilaviy poliklinikalar) rahbarlarini 
kiritish va ularning o‘z faoliyati yuzasidan yilning har choragida fuqarolar 
yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi)ga hisobot taqdim qilish amaliyoti joriy 
etildi, fuqarolar yig‘ini raisining o‘rinbosari – yoshlar masalalari bo‘yicha 
maslahatchi lavozimi tashkil etildi. 
“Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmalari takomillashtirildi, oilalarni 
mustahkamlash va barqarorligini ta’minlash maqsadida fuqarolar yig‘inlari 
huzurida “Ota-onalar universiteti” jamoatchilik tuzilmasi tashkil etildi.


110
Mamlakatimizda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini 
isloh etish, uni demokratlashtirish, rivojlangan davlatlar va xalqaro huquq 
normalariga muvofiq holda ularning huquqiy asoslarini rivojlantirilishi bu 
organlarni fuqarolik jamiyati instituti sifatida rivojlanishini to‘liq ta’minlaydi. 
Bu sohadagi islohotlar “Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari” 
tamoyilini hayotda o‘z aksini topayotganligini anglatadi.
O‘zbekistonda inson huquqlarini himoya qiluvchi tizimga Oliy Majlisning 
Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) va Inson huquqlari bo‘yicha 
Milliy markaz kiradi. 1995-yil 23-fevralda birinchi chaqiriq Oliy Majlisning I 
sessiyasida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) 
lavozimi ta’sis etildi. Dastlab Ombudsman (shvedcha, ombudsman – biron kishi 
manfaatlarining vakili) xalqaro amaliyotni o‘rganish asosida ishlab chiqilgan va 
Oliy Majlis Rayosati tomonidan tasdiqlangan Nizom asosida faoliyat olib bordi. 
O‘zbekistonda Ombudsman faoliyatining huquqiy asoslari 1997-yil 24-
aprelda Oliy Majlisning VIII sessiyasida qabul qilingan “Oliy Majlisning Inson 
huquqlari vakili (ombudsman) to‘g‘risida”gi qonunda belgilab berildi. Mazkur 
qonunga ko‘ra, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) – 
mansabdor shaxs bo‘lib, unga O‘zbekistonda davlat organlari, fuqarolarning 
o‘zini o‘zi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat 
birlashmalari va mansabdor shaxslar tomonidan inson huquqlari to‘g‘risidagi 
amaldagi qonun hujjatlariga rioya etilishining samaradorligi ustidan parlament 
nazoratini ta’minlash vakolatlari berilgan.
O‘zbekistonda inson huquqlari va erkinliklarini muhofaza qilishning ta’sirli 
vositasini barpo etish, xalqaro va huquqni muhofaza qilish tashkilotlari bilan 
hamkorlikni kengaytirish, davlat muassasalari xodimlari va respublika 
aholisining inson huquqlari bo‘yicha madaniyatini oshirish maqsadida 1996-yil 
31-oktabrda O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 
“Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazini tuzish 


111
to‘g‘risida”gi Farmoni e’lon qilindi. Farmonga binoan O‘zbekiston Respublikasi 
Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markazi tashkil etildi.
Mustaqillik 
yillarida 
mamlakatimizda 
siyosiy 
Download 4,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish