partiyalar,
jamoat
tashkilotlari vujudga kelishi va faoliyat yuritishi uchun huquqiy asoslar yaratildi.
Respublika parlamenti tomonidan qabul qilingan “Jamoat tashkilotlari
to‘g‘risida”, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida” (1998-yil 28-
aprel), “Kasaba uyushmalari, ular faoliyatining huquq va kafolatlari to‘g‘risida”
(1992-yil 2-iyul), “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi Qonunlar shular
jumlasidandir.
Jamoat birlashmalari haqidagi qonun-qoidalar O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining XIII bobida va “O‘zbekiston Respublikasida jamoat
birlashmalari to‘g‘risida”gi (1991-yil 15-fevral) qonunda belgilab berilgan.
Jamoat birlashmalari fuqarolarning qonunda belgilangan tartibda
ro‘yxatdan o‘tkazilgan birlashmalari hisoblanadi. Konstitutsiyaning 56-
moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasida qonunda belgilangan tartibda
ro‘yxatdan o‘tkazilgan kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, olimlarning
jamiyatlari, xotin-qizlar, faxriylar va yoshlar tashkilotlari, ijodiy uyushmalar,
ommaviy harakatlar va fuqarolarning boshqa uyushmalari jamoa birlashmasi
sifatida e’tirof etilgan.
Ma’lumki, mamlakatimiz aholisining 60 foizidan ziyodini 30 yoshgacha
bo‘lgan yoshlar tashkil etadi. O‘zbekiston Prezidentining 1996-yil 17-apreldagi
farmoniga muvofiq respublika yoshlarining “Kamolot” jamg‘armasi nodavlat
xayriya jamoat birlashmasi sifatida tashkil topgan edi. “Kamolot”
jamg‘armasining vazifasi yoshlarning manfaat va ehtiyojlarini o‘rganish, ularni
qondirish yuzasidan dasturlar tuzish va davlat ko‘magida hayotga tatbiq etishdan
iborat edi. Ammo “Kamolot” yoshlar jamg‘armasi bunday vazifalarni bajara
olmadi, yoshlarning haqiqiy ma’nodagi yetakchisiga aylana olmadi.
2001-yil 25-aprel kuni Toshkentda bo‘lgan yoshlar qurultoyida o‘zini o‘zi
boshqaradigan nodavlat, notijorat tashkilot – O‘zbekiston Respublikasi
112
“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tuzildi va uning Dasturi, Nizomi
tasdiqlandi. 2017-yil 30-iyunda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining IV
qurultoyida Prezident Sh.Mirziyoyevning taklifi bilan Yoshlar ittifoqi tashkil
etildi va shu kuni yurtimizda Yoshlar kuni deb e’lon qilindi. Bugungi kunda
Yoshlar Ittifoqining 14 ta hududiy kengashlari va 196 ta tuman (shahar)
kengashlar faoliyat ko‘rsatmoqda. 2016-yil 14-sentabrda “Yoshlarga oid davlat
siyosati to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi, 2017-yil 5-iyulda O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini
oshirish va O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash
to‘g‘risida”gi farmonlar e’lon qilindi.
Yurtimizda 30-iyun – Yoshlar kuni deb e’lon qilindi. Shuningdek,
Sh. Mirziyoyev yurtimizda yoshlarga harbiy ta’lim-tarbiya beradigan kursantlar
maktablariga “Temurbeklar maktabi” deb nom berish, turli soha va tarmoqlarda
katta natijalarga erishib kelayotgan yigitlar uchun “Mard o‘g‘lon” nomli Davlat
mukofotini, yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda, o‘qishda,
mehnatda, jamoat ishlarida har tomonlama faol bo‘lgan yigit-qizlarimizni
taqdirlash maqsadida «Kelajak bunyodkori» medalini ta’sis etish taklifini ham
berdilar.
Bu sohadagi vaziyat va amalga oshirilgan tadbirlar tahlili shuni ko‘rsatdiki,
yoshlarning keng qatlamlariga daxldor bo‘lgan dolzarb masalalar, ayniqsa,
uyushmagan yoshlarning hayotda o‘z o‘rnini topishi uchun munosib sharoit
yaratish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, kasbga yo‘naltirish va
bandligini ta’minlash, tashabbuslarini rag‘batlantirish borasidagi ishlar talab
darajasida tashkil etilmaganligini davrni o‘zi isbotladi.
2019-yil 24-yanvar kuni Adliya vazirligi tomonidan “Yuksalish”
umummilliy harakati davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Ushbu harakatning maqsadi
– xalq va biznes hamjamiyati bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, jamoatchilik
nazoratining samarali tizimini shakllantirish, rejalashtirilgan, shu jumladan,
Davlat dasturida nazarda tutilgan islohotlarning amalga oshirilishi jarayonini
113
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari va xalk deputatlari mahalliy
kengashlarida muhokama qilishda faol ishtirok etish hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |