Ijro hokimiyati.
Mustaqillikka erishilgach, davlat boshqaruv hokimiyati
tubdan isloh qilindi. Avvalo, sobiq Ittifoq davrida faoliyat yuritib kelgan
O‘zbekiston davlat hokimiyatining ijro qiluvchi va boshqaruvchi oliy organi –
Ministrlar Sovetining maqomi tubdan o‘zgartirildi. 1990-yil 24-martda
O‘zbekistonda prezidentlik lavozimi ta’sis etilganidan keyin hayotning o‘zi ijro
etuvchi hokimiyat maqomini o‘zgartirishni talab qildi. 1990-yil 15-noyabrda
O‘zbekiston Prezidentining “O‘zbekiston SSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar
Mahkamasining tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni chiqdi. Unga
muvofiq ravishda O‘zbekiston Prezidenti huzurida Vazirlar Mahkamasi tuzildi,
Prezident uning Raisi bo‘ldi. Respublikada vitse-prezident lavozimi ta’sis etilib,
uning zimmasiga Vazirlar Mahkamasiga rahbarlik qilish va uning ishini
uyushtirish vazifasi yuklandi.
1992-yil 4-yanvarda vitse-prezident lavozimi tugatildi va O‘zbekiston
Respublikasining Bosh vaziri lavozimi ta’sis etildi. Bosh vazir zimmasiga
Vazirlar Mahkamasiga rahbarlik qilish, uning ishini tashkil etish vazifasi
yuklandi. Davlat ijroiya hokimiyatini takomillashtirishda 1992-yil 8-dekabrda
qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi muhim omil
bo‘ldi. Konstitutsiyaning XX bobida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining konstitutsiyaviy-huquqiy maqomi, uning tashkil etilishi,
faoliyatining
asosiy
yo‘nalishlari
va
vakolatlari
belgilab
qo‘yildi.
Konstitutsiyaning 89-moddasiga muvofiq “O‘zbekiston Respublikasining
Prezidenti Vazirlar Mahkamasining Raisi hisoblanadi”, – deb belgilandi.
Vazirlar Mahkamasi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil
6-mayda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
to‘g‘risida”gi (yangi tahriri 2003-yil 29-avgust) Qonuni asosida olib boradi.
1
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлис Қонунчилик
палатасининг биринчи йиғилишидаги нутқи // https://president.uz/uz/lists/view/3303[23.09.2020 11:48:48]
93
Mazkur qonunning 1-moddasiga ko‘ra, “Vazirlar Mahkamasi – O‘zbekiston
Respublikasining Hukumati – iqtisodiyot, ijtimoiy va ma’naviy sohalarning
samarali faoliyat ko‘rsatishiga, qonunlar ijro etilishiga, Oliy Majlisning boshqa
qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va
farmoyishlari
bajarilishiga
rahbarlikni
ta’minlovchi
O‘zbekiston
Respublikasining ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi”.
2003 yil 24–25-aprel kunlari bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining XI sessiyasida qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasiga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunga
muvofiq Vazirlar Mahkamasining tarkibi, uni tuzish va tasdiqlash tartibi
o‘zgartirildi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 89-moddasining
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ayni vaqtda Vazirlar Mahkamasining
Raisi hisoblanadi” degan ikkinchi qismi olib tashlandi. Vazirlar Mahkamasi
tarkibida Rais lavozimi bo‘lmaydigan bo‘ldi.
Hozirda Vazirlar Mahkamasining tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh
vaziri, uning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari, O‘zbekiston Respublikasi
vazirlari,
davlat
qo‘mitalarining
raislari,
(O‘zbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyasining 98-moddasiga muvofiq) Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Vazirlar Kengashining Raisi kiradi.
2010-yil 12-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik
palatasi va Senatining qo‘shma majlisida Mamlakatimizda demokratik
islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish
konsepsiyasi qabul qilindi. Unga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri
nomzodi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga
saylovlarda eng ko‘p deputatlik o‘rnini olgan siyosiy partiya yoki teng
miqdordagi deputatlik o‘rinlarini qo‘lga kiritgan bir necha siyosiy partiyalar
tomonidan taklif etiladigan bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti taqdim
etilgan Bosh vazir lavozimiga nomzodni ko‘rib chiqqanidan keyin o‘n kun
muddat ichida uni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining ko‘rib
94
chiqishi va tasdiqlashi uchun taklif etadigan bo‘ldi. Bosh vazir nomzodi uning
uchun tegishlicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
deputatlari va Senati a’zolari umumiy sonining yarmidan ko‘pi tomonidan ovoz
berilgan taqdirda tasdiqlangan hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining a’zolari Bosh vazir
taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi Qonunchilik palatasi o‘rtasida ziddiyatlar doimiy tus olgan holda
Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida uchdan bir qismi
tomonidan O‘zbekiston Prezidenti nomiga rasman kiritilgan taklif bo‘yicha
O‘zbekiston Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma majlisi muhokamasiga Bosh
vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirish haqidagi masala kiritildi.
2007-yilda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidan mamlakat
prezidenti bir vaqtning o‘zida ijro etuvchi hokimiyat boshlig‘i ekanini
belgilaydigan normaning chiqarilishi ushbu davrdagi muhim siyosiy-huquqiy
voqealardan biri bo‘ldi. Bugungi kunda Konstitutsiyamizning 89-moddasida
“O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti davlat boshlig‘idir va davlat
hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda
hamkorligini ta’minlaydi” degan qoida belgilab qo‘yilgan.
Qabul qilingan qonunlarga muvofiq endilikda Bosh vazir nafaqat Vazirlar
Mahkamasi faoliyatini tashkil etadi, balki unga rahbarlik qiladi va uning ishi
samaradorligi uchun shaxsan javob beradi, Vazirlar Mahkamasi majlislariga
raislik qiladi, hukumat hujjatlarini imzolaydi, davlat va xo‘jalik boshqaruvi
masalalari yuzasidan qarorlar qabul qiladi.
2011-yilda
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilgan
o‘zgarishlar muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vazir nomzodi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga saylovlarda
eng ko‘p deputatlik o‘rnini olgan siyosiy partiya yoki teng miqdordagi
95
deputatlik o‘rinlarini qo‘lga kiritgan bir necha siyosiy partiyalar tomonidan
taklif etiladi.
2015-yil dekabrda shaxs, jamiyat va davlat o‘rtasidagi o‘zaro
munosabatlarni soddalashtirish va bir vaqtning o‘zida rivojlantirish maqsadida
“Elektron hukumat” tizimi tashkil etildi.
2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta
ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq, davlat va xo‘jalik
boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining
tashkiliy-huquqiy tuzilmasi, ularning funksiyalari va vazifalari qayta ko‘rib
chiqila boshlandi. Tegishli sohalarda to‘planib qolgan muammolarni samarali
hal etish maqsadida bir qator yangi vazirlik va idoralar tuzildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 28-dekabrda qabul
qilingan “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini
tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga binoan
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Ishlar boshqarmasining Fuqarolar
qabulxonasi negizida, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va
Toshkent shahrida, shuningdek, har bir tuman va shaharda O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
Xalq
qabulxonalari
hamda
O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi tashkil etildi. Ko‘plab
fuqarolarimiz ushbu qabulxonalar orqali o‘zlarining dolzarb muammolarini hal
qilmoqdalar. Aholining takliflari asosida ko‘plab hayotiy muhim masalalarda 50
dan ortiq farmon va qarorlar qabul qilindi. “Xalq davlat idoralariga emas, balki
davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan g‘oya bu borada
faoliyatimiz mezoniga aylanmoqda. “Fuqarolar emas, hujjatlar harakatlanadi”
tamoyilini joriy etish maqsadida Adliya vazirligi huzurida Davlat xizmatlari
agentligi va uning hududiy bo‘linmalari tashkil etildi.
Sh.Mirziyoyevning
tashabbusi
bilan
hududlarni
ijtimoiy-iqtisodiy
sohalardagi
rivojlanishini
jadallashtirish
maqsadida
Qoraqalpog‘iston
Respublikasi,
viloyatlar,
tumanlar,
shaharlar
hududlari
tegishlicha
96
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, viloyatlar, va Toshkent
shahri, tumanlar (shaharlar) hokimlari, prokuratura, ichki ishlar va davlat soliq
xizmati hududiy organlari rahbarlari boshchilik qiladigan kompleks ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha 4 ta sektorlarga bo‘lindi.
2017-yil 8-sentabrda O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar
konsepsiyasi tasdiqlanib, unga ko‘ra davlat boshqaruvi tizimini tubdan isloh
qilishnig 6 ta ustuvor yo‘nalishi belgilandi va maxsus “Yo‘l xaritasi” asosida
yana 100 dan ortiq davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari faoliyatini qayta
ko‘rib chiqish belgilandi. Shuningdek, mahalliy hokimliklarning moddiy-texnik
ta’minoti va ularning xodimlari mehnatiga haq to‘lash tizimi qayta ko‘rib
chiqilib, hokimlarning kadrlarni joy-joyiga qo‘yishdagi vakolatlari kuchaytirildi.
2018-yil 12-aperlda davlat va jamiyat boshqaruvida jamoatchilik nazoratini
amalga oshirishning ta’sirchan va amaliy mexanizmlarini joriy etishni nazarda
tutuvchi “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi
O‘zbekiston Respublikasi qonuni
qabul qilindi.
Parlament tarixida ilk bor 2019-yildan boshlab, Vazirlar Mahkamasining
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasidan
kelib chiqadigan, tegishli yilga mo‘ljallangan davlat dasturi bajarilishining
borishi to‘g‘risidagi har chorakdagi hisobotini ko‘rib chiqish amaliyoti yo‘lga
qo‘yildi.
“Jamiyat – islohotlar tashabbuskori” degan yangi g‘oyani amalda ro‘yobga
chiqarish, aholining davlat va jamiyat ishlarini boshqarishdagi ishtiroki
ko‘lamini kengaytirish, BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish,
fuqarolar, jamiyat va davlatning o‘zaro yaqin hamkorligini o‘rnatish,
shuningdek, davlat organlari va muassasalari faoliyati ustidan jamoatchilik
nazoratini kuchaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida
Jamoatchilik palatasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va
Toshkent shahar jamoatchilik palatalari tashkil etildi. Jamoatchilik palatasi
jamoatchilik asosida ishlaydigan 50 nafar a’zodan iborat tarkibda shakllantirildi.
97
Do'stlaringiz bilan baham: |