Harbiy-texnik instituti rasulova nodira sardarovna



Download 4,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/69
Sana16.03.2022
Hajmi4,88 Mb.
#493106
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   69
Bog'liq
Энг янги тарих Укув кулланма 01.03

Sud hokimiyati
– O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XXII bob, 
106-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun 
chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa 
jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritadi. 
O‘zbekiston Respublikasining sud tizimi Konstitutsiyaning 107-moddasiga 
binoan 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi, 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha oliy sudlari, 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi xo‘jalik sudidan, fuqarolik va jinoyat ishlari 
bo‘yicha viloyat va Toshkent shahar sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari 
bo‘yicha tumanlararo, tuman, shahar sudlari, harbiy va xo‘jalik sudlaridan 
iborat. Favqulodda sudlar tuzishga yo‘l qo‘yilmaydi. 
“Sudlar to‘g‘risida”gi qonunda sudning vazifalari ham aniq belgilab 
qo‘yilgan. Bunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida sud O‘zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyasi va boshqa qonunlarida, inson huquqlari 
to‘g‘risidagi xalqaro hujjatlarda e’lon qilingan fuqarolarning huquq va 
erkinliklarini, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda 
qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari sud yo‘li bilan himoya qilinadi.
O‘tgan 
yillar 
mobaynida 
mamlakatimizda 
huquqiy 
davlatni 
shakllantirishning muhim tarkibiy qismi bo‘lgan sud-huquq tizimi qurilishining 
mutlaqo yangi Konsepsiyasi amalda joriy qilindi. Sudlarning jinoiy, fuqarolik va 
xo‘jalik ishlari bo‘yicha ixtisoslashuvi amalga oshirildi. Qonunchilikka 
asoslangan holda sud ishlarini apellyatsiya va kassatsiya tarzida ko‘rib chiqish 
institutlari joriy etildi, tergov-surishtiruv va kishilarni qamoqda saqlash 
muddatlari sezilarli darajada qisqartirildi, ishlarni sudlarda ko‘rib chiqishning 
qat’iy muddatlari belgilandi. 
1991–1995-yillarda sud hokimiyati tizimini isloh qilishning milliy 
strategiyasi belgilab olindi va konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari yaratildi, 
shuningdek, jahon tajribasini hisobga olib, birinchi marta mamlakatimizda 


98
Konstitutsiyaviy sud ta’sis etildi. Sud hokimiyatining tarkibiy qismi sifatida 
xo‘jalik sudlari tashkil etildi, O‘zbekiston Respublikasining “Sudlar 
to‘g‘risida”gi qonunlari, Xo‘jalik-protsessual kodeksi (1993), Jinoyat va 
Jinoyat-protsessual, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslar (1994), 
“Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar 
ustidan sudga shikoyat qilish to‘g‘risida”gi, “Konstitutsiyaviy sud to‘g‘risida”gi 
(1995) va boshqa qonunlari qabul qilindi. 
1996-1999-yillarda mavjud tajriba va qonunchilikni tahlil qilish asosida 
sud hokimiyati tizimi islohotlarini chuqurlashtirish, odil sudlov tizimini 
demokratlashtirish, sud jarayonida ayblov va himoyani amalda tengligini 
ta’minlash va buning uchun advokatura mavqeini ko‘tarishga qaratilgan 
tadbirlar amalga oshirildi. 
Bu borada, O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (1996), 
Fuqarolik protsessual, Jinoyat-ijroiya kodekslari, “Advokatura to‘g‘risida”gi 
qonun (1997), yangi Xo‘jalik-protsessual kodeksi, “Advokatlik faoliyatining 
kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to‘g‘risida”gi qonuni (1998), 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi xo‘jalik 
sudlari tarkibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi hamda “Xo‘jalik sudlari 
qarorlari ijrosini ta’minlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi va boshqa bir 
qator farmonlari qabul qilindi. O‘zbekiston Sudyalari assotsiatsiyasi tashkil 
etildi. 
2000-2004-yillarda 
sudlarni 
ixtisoslashtirish, 
jinoiy 
jazolarni 
liberallashtirish, odil sudlov sifatini oshirish, ishlarni ko‘rish muddatlarini 
qisqartirish, fuqarolik va jinoiy ishlarni ko‘rib chiqishning apellatsiya tartibini 
joriy etish, kassatsiya tartibini isloh qilish, sud qarorlari ijrosini ta’minlashni 
takomillashtirishning 
huquqiy 
mexanizmlari 
yaratildi. 
Ushbu 
yillarda 
O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “Sudlar to‘g‘risida”gi (2000), 
“Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi, “Jinoiy 
jazolarning liberallashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining 


99
Jinoyat kodeksi, Jinoyat-protsessual kodeksi hamda Ma’muriy javobgarlik 
to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi (2001) 
qonunlari, 
Prezidentning 
“O‘zbekiston Respublikasining sud tizimini 
takomillashtirish to‘g‘risida”gi va “Sudyalarni tanlash va lavozimlariga tavsiya 
etish bo‘yicha Oliy malaka komissiyasini tuzish to‘g‘risida”gi va boshqa bir 
qator 
farmonlari, 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
“O‘zbekiston Respublikasi umumiy yurisdiktsiya sudlarining moddiy-texnika 
ta’minotini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 
2005-yil 
1-avgustdagi 
“O‘zbekiston Respublikasida o‘lim jazosini bekor qilish to‘g‘risida”gi 
farmoniga ko‘ra 2008-yil 1-yanvardan o‘lim jazosi jinoiy jazo turi sifatida bekor 
qilindi va uning o‘rniga umrbod yoki uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish 
jazosi kiritildi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud-huquq tizimini yanada isloh 
qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini 
kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2016-yil 21-oktabr farmoniga ko‘ra 
jinoyatni sodir etishda gumon qilingan shaxslarni ushlab turish muddati 72 
soatdan 48 soatga, qamoqqa olish va uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot choralarini 
qo‘llashning, shuningdek dastlabki tergovning eng ko‘p muddati 1 yildan 7 
oyga, fuqarolik ishi bo‘yicha sud qarorini nazorat tartibida qayta ko‘rib chiqish 
muddati 3 yildan 1 yilga qisqartirildi, pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlab 
qo‘yish va eksgumatsiya qilish uchun sanksiya berish huquqi sudlarga 
o‘tkazildi, viloyat darajasidagi sudlar tomonidan jinoyat va fuqarolik ishlarini 
nazorat tartibida ko‘rib chiqish instituti tugatilib, tegishli sud raislari va 
prokurorlarning nazorat tartibida protest keltirish bo‘yicha vakolatlari bekor 
qilindi; xo‘jalik sudlari tizimida mintaqaviy apellatsiya sudlari tashkil etildi. 
O‘zbekiston Respublikasida sud ishlarini yuritish o‘zbek tilida, qoraqalpoq 
tilida yoki muayyan joydagi ko‘pchilik aholi so‘zlashadigan tilda olib boriladi. 
Sud ishlari olib borilayotgan tilni bilmaydigan sudda qatnashuvchi shaxslarning 


100
tarjimon orqali ish materiallari bilan to‘la tanishish va sud ishlarida ishtirok etish 
huquqi hamda sudda ona tilida so‘zlash huquqi ta’minlanadi.
2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning besh 
ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining Qonun ustuvorligini 
ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish yo‘nalishlarida belgilangan 
vazifalar doirasida 2017-yilning birinchi yarim yilligining o‘zidayoq keng 
miqyosdagi ishlar amalga oshirildi. 
Avvalo, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish 
kafolatlarini kengaytirish, odil sudlovga erishish darajasini, sud ish yurituvining 
samaradorligi va sifatini yuksaltirish, nomzodlarni tanlash va sudyalar 
lavozimlariga 
tayinlash 
tizimini 
yanada 
takomillashtirish 
maqsadida 
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar 
kiritildi (7-modda). Oliy xo‘jalik sudi va Oliy sud fuqarolik, jinoiy, ma’muriy 
hamda iqtisodiy sud ishi yurituvi sohasidagi sud hokimiyatining yagona oliy 
organiga – O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga birlashtirildi. Mazkur 
konstitutsiyaviy tuzatishlarga muvofiq, sud tizimida iqtisodiy va ma’muriy 
sudlar tuzildi. Asosiy Qonunimizga kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra, sud-huquq 
tizimida yangi institut – O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi 
tashkil etildi hamda uning qonuniy asoslari yaratildi. Bugungi kunda ushbu 
kengash to‘laqonli faoliyat yuritmoqda.
Harakatlar strategiyasi talablarini bajarish maqsadida jinoyat qonunchiligi 
jazo tizimidan “qamoq” jazosi chiqarib tashlandi va majburiy jamoat ishlari jazo 
turi kiritildi. Majburiy jamoat ishlari mahkumni haq to‘lanmaydigan foydali 
jamoat ishlarini bajarishga majburiy tarzda jalb qilishdan iboratdir. Majburiy 
jamoat ishlari bir yuz yigirma soatdan to‘rt yuz sakson soatgacha bo‘lgan 
muddatga tayinlanadi. 
Sudya lavozimida bo‘lishning eng yuqori yoshi, ya’ni tuman va viloyat 
sudlari sudya lavozimlarini 65 yoshgacha, Konstitutsiyaviy, Oliy va Oliy 
xo‘jalik sudlari sudya lavozimlarini – 70 yoshgacha bo‘lishi belgilandi. Sud 


101
hokimiyati nufuziga va odil sudlovni amalga oshirish vazifalariga mos, qulay va 
xavfsizlik, shuningdek, moddiy-texnika jihatidan jihozlanish talablariga javob 
beradigan 2018 – 2021-yillar uchun mo‘ljallangan sudlarning namunaviy 
binolarini qurish dasturi loyihasini ishlab chiqish va kiritish Davlat dasturidan 
o‘rin olganligini ta’kidlash joiz. 
О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Oliy Majlisga 
Murojaatnomasida (2020 yil) qonun ustuvorligini ta’minlash, korrupsiyaga 
qarshi kurashish sohalarida quyidagilar ustuvor vazifalar sifatida belgilab olindi: 
sud mustaqilligini tо‘liq ta’minlash; 
sud-huquq sohasiga doir asosiy qonun va kodekslarni yangidan qabul 
qilish, tergov va sud amaliyotiga inson huquqlari sohasidagi ilg‘or standartlarni 
joriy etish; 
huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish sohasidagi islohotlarni yangi 
bosqichga kо‘tarish; 
korrupsiya illatini oldini olish sohasidagi islohotlarni yangi bosqichga 
kо‘tarish; 
fuqarolik masalalariga oid qonunchilikni takomillashtirish orqali inson 
huquqlarini ta’minlash borasida navbatdagi muhim qadam qо‘yish
1

О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 107-moddasi 1-qismiga 
kiritilgan о‘zgartirishlarga kо‘ra, endilikda О‘zbekiston Respublikasida sud 
tizimi – О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy sudi; О‘zbekiston 
Respublikasi Oliy sudi; harbiy sudlar; Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, 
viloyatlar va Toshkent shahar sudlari; Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy 
sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari; fuqarolik ishlari bо‘yicha 
tumanlararo, tuman, shahar sudlari; jinoyat ishlari bо‘yicha tuman, shahar 
sudlari; tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudlari; tumanlararo ma’muriy 
sudlardan iborat bо‘lishi belgilab qо‘yildi. 
1
www.prezident.uz/uz/pages/infografika 


102
Bungacha sud tizimida tuman ma’muriy sudlari ham mavjud bо‘lgan 
bо‘lsa, endilikda har bir viloyatda bitta tumanlararo ma’muriy sud tashkil 
etiladi. Shuningdek, viloyat miqyosidagi fuqarolik ishlari bо‘yicha sudlar, 
jinoyat ishlari bо‘yicha sudlar hamda iqtisodiy sudlar alohida bо‘lgan bо‘lsa, 
endi ushbu sudlar yagona umumyurisdiksiya sudlariga birlashtiriladi. 

Download 4,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish