Harbiy-texnik instituti rasulova nodira sardarovna



Download 4,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/69
Sana16.03.2022
Hajmi4,88 Mb.
#493106
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   69
Bog'liq
Энг янги тарих Укув кулланма 01.03

Siyosiy partiyalar.
O‘zbekiston mustaqillikni qo‘lga kiritganidan keyin 
mamlakatda yangi demokratik prinsiplarga asoslanib ish yuritadigan siyosiy 
partiyalar tashkil topishi uchun shart-sharoitlar yaratildi. Natijada, mustaqillik 
yillarida respublikada O‘zbekiston “Vatan taraqqiyoti” demokratik partiyasi, 
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi, O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik 
partiyasi, O‘zbekiston Adolat sotsial-demokratik partiyasi, O‘zbekiston 
“Fidokorlar” milliy demokratik partiyasi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar 
harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi faoliyat yuritdi. Har bir 
partiya jamiyatning ma’lum bir tabaqasi manfaatlarini himoya qilishga xizmat 
qildi.
“Partiya” so‘zi lotinchadan olingan bo‘lib, “bo‘laman”, “ajrataman” degan 
ma’nolarni anglatadi. Siyosiy partiya turli tabaqa va guruhlarning siyosiy 
irodasini ifodalaydilar va o‘zlarining demokratik yo‘l bilan saylab qo‘yilgan 
vakillari orqali davlat hokimiyatini tuzishda ishtirok etadilar. 
O‘zbekiston Respublikasining “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi (1996-yil 
25-dekabr) Qonunida siyosiy partiyalar faoliyatining huquqiy asoslari yanada 
rivojlantirildi va mustahkamlandi. Hozirda O‘zbekistonda 5 ta siyosiy partiya 
faoliyat ko‘rsatmoqda.


80
Siyosiy partiyalar yanada faollashuvi uchun, avvalambor, ular xalq 
ishonchini qozonishlari, o‘zlari haqida ijobiy ijtimoiy fikr shakllantirishlari 
zarur. Partiya elektoratsiz, elektorat ortida turuvchi xalqning ko‘magisiz, faqat 
o‘z a’zolariga suyangan holda hech nima qila olmaydi. Hozirgi vaqtda 


81
respublikamizda faoliyat yuritayotgan siyosiy partiyalarning elektorati 
quyidagicha:
 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi elektorati
– davlat va jamiyat 
tomonidan manzilli ijtimoiy himoya hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga 
ehtiyojmand aholi qatlamlari (pensiya va ijtimoiy nafaqalar miqdori turmush 
kechirishi uchun etarli bo‘lmagan pensionerlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, 
nogironligi bo‘lgan bolalarni tarbiyalayotgan ota-onalar, ko‘p bolali ayollar, ota-
ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar, yolg‘iz keksalar va aholining 
boshqa zaif qatlamlari, mehnat bilan band bo‘lmagan mehnatga layoqatli aholi, 
ishga joylashishda qiyinchilikka duch kelayotgan insonlar, jumladan, mehnat 
bozoriga endi kiritib kelayotgan ta’lim muassasalari bitiruvchilari, doimiy ish 
joyi va barqaror daromadga ega bo‘lmagan kishilar, ichki va tashqi mehnat 
migrantlari);
 

O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi elektorati
– malakali 
mutaxassislar, byudjet sohalari xodimlari, pedagoglar, shifokorlar, injener-
texnik va ilm-fan vakillari, xizmat ko‘rsatish sohasi mehnatkashlari;
 

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi elektorati
– 
ziyolilar, shu jumladan, ilm-fan va ta’lim, madaniyat, san’at va axborot sohasi 
xodimlari, kelajagimiz bunyodkorlari bo‘lgan yoshlar, olimlar, tarbiyachi va 
o‘qituvchilar, ijodkor va san’atkorlar, sportchilar, turizm, hunarmandchilik va 
xalq tabobati sohasi vakillari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari 
xodimlari, shuningdek “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari”, degan 
ustuvor g‘oyani qo‘llab-quvvatlovchi vatanparvar va bunyodkor xalqimiz 
vakillari; 
 

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-
demokratik partiyasi elektorati
– mulkdorlar qatlami, kichik biznes vakillari, 
tadbirkor va ishbilarmonlar, fermerlar, jamoat tashkilotlari vakillari, ishlab 
chiqarish sohasidagi mutaxassislar hamda o‘z tadbirkorligi va tashabbuskorligini 


82
rivojlantirish evaziga xalq farovonligiga erishishga harakat qilayotgan ijodkor 
va olimlar;
 

O‘zbekiston ekologik partiyasi elektorati
– ekologlar, biologlar, ximiklar, 
geologlar, irrigatorlar, agrar soha vakillari, tibbiyot xodimlari, atrof muhitni 
muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga, ekologik 
barqarorlikni ta’minlashga befarq bo‘lmagan barcha fuqarolar.

Download 4,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish