Harbiy-texnik instituti rasulova nodira sardarovna



Download 4,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/69
Sana16.03.2022
Hajmi4,88 Mb.
#493106
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   69
Bog'liq
Энг янги тарих Укув кулланма 01.03

Uchinchi bosqich 
– O‘zbekistonda saylov huquqi erkinligini ta’minlash va 
saylov qonunchiligini rivojlantirishning yangi bosqichi 
(2011-yildan to 
bugunga qadar)
dagi islohotlarning g‘oyaviy asosini “Mamlakatimizda 
demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini 
rivojlantirish konsepsiyasi”, Saylov kodeksi tashkil etadi. 
Konsepsiyada ilgari surilgan takliflar asosida 2011-yil 18-aprelda 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasiga “O‘zbekiston 
Respublikasi Bosh vaziri nomzodi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 
Qonunchilik palatasiga saylovda eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini olgan siyosiy 
partiya yoki teng miqdordagi eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini qo‘lga kiritgan bir 
necha siyosiy partiya tomonidan taklif etiladi” deb kiritilgan yangi o‘zgartish 
partiyalararo raqobatni kuchayishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Shuningdek mazkur Kontseptsiyada ilgari surilgan takliflar asosida 2012-
yil 20-dekabrda “Saylov erkinligini yanada ta’minlanishi va saylov qonunchiligi 
yanada rivojlantirilishi munosabati bilan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi hamda “Xalq deputatlari viloyat, tuman va 
shahar 
Kengashlariga 
saylov 
to‘g‘risida”gi 
O‘zbekiston Respublikasi 


72
qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish” haqidagi O‘zbekiston 
Respublikasining qonuni qabul qilindi. 
2012-yilda saylov qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartishlarga muvofiq, 
“qamoqda saqlash joylarida” saqlanayotganlar ham ovoz berish jarayonlarida 
ishtirok etish huquqiga ega bo‘ldi.
2015-yil 29-dekabrda “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi 
to‘g‘risida”gi qonunga muhim o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Unga 
asosan qonunga boshqa davlatlar, xalqaro tashkilotlar va harakatlardan 
kuzatuvchilarga mandatlar berish tartibiga oid, “Qamoqda saqlash joylarida” 
ovoz berishni tartibga soluvchi, saylovchilar ro‘yxatini tuzishga doir, 
“saylovoldi tashviqoti”, uni amalga oshirish shakllari, usullari va turlarini hamda 
muddatlarini aniq belgilaydigan, muddatidan avval ovoz berish tartibini yanada 
soddalashtiradigan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko‘rsatilgan 
nomzodni qo‘llab-quvvatlash maqsadida siyosiy partiyalar tomonidan 
yig‘iladigan imzo varaqalarining sonini qisqartirishga tegishli muhim yangi 
normalar kiritildi. 
2016-yil 2-sentabrda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti 
Islom Abdug‘aniyevich Karimov vafot etganligi munosabati bilan O‘zbekison 
Respublikasida muddatidan oldin (navbatdan tashqari) Prezident saylovini 
o‘tkazishiga to‘g‘ri keldi. Muddatidan oldin Prezident saylovi – bu Prezident 
lavozimini egallab turgan shaxs vakolatlari tugagunga qadar o‘tkaziladigan 
Prezident saylovidir. Muddatidan oldin Prezident saylovi o‘tkazish uchun 
Prezidentning iste’foga chiqishi, uni vazifasidan chetlatish yoki uning vafot 
etishi asos bo‘lishi mumkin
1

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi demokratik huquqiy davlat va 
kuchli fuqarolik jamiyatini barpo qilish yo‘lida izchil rivojlanayotgan 
O‘zbekiston kelajagi uchun tarixiy ahamiyat kasb etadi. 2016-yil 4-dekabr kuni 
1
Саидов А.Х. Президент сайлови: халқаро амалиёт ва Ўзбекистон миллий тажрибаси. – Т., 2016. – 
Б.6. 


73
bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida fuqarolarning 
yuksak huquqiy madaniyati va siyosiy faolligi yaqqol namoyon bo‘ldi.
Bo‘lib o‘tgan saylovda saylovchilar umumiy sonining 87,73 % ovoz 
berishda ishtirok etdi va saylovchilarning 88,61 % Tadbirkorlar va 
ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan 
ko‘rsatilgan nomzod Shavkat Miromonovich Mirziyoyevni yoqlab ovoz berdi. 
Qolgan nomzodlar – X.A.Ketmonov – 3,73 %, N.M.Umarov – 3,46 %, 
S.S.Otamuratov – 2,35 % ovoz to‘pladilar. Saylov natijalariga ko‘ra 
Sh.M.Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi
1

O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidenti 
Sh.M.Mirziyoev 
to‘g‘ri 
ta’kidlaganidek, “saylovda xalqimiz o‘zining xohish irodasini, yuksak siyosiy 
ongi va faol fuqarolik pozitsiyasini yorqin namoyon etdi. Bu, o‘z navbatida, el-
yurtimizning o‘z taqdiri va kelajagiga qanday katta ishonch va mas’uliyat bilan 
qarayotganini yaqqol ifoda etadi”
2

Shunday qilib, bugungi kunda respublikada saylov qonunchiligi izchillik 
bilan takomillashib bormoqda. Bu boradagi asosiy vazifa qabul qilingan 
qonunlarni amaliyotga muvaffaqiyatli tatbiq etishdan iborat. Zero, saylov 
qonunchiligining mukamalligi va ularni amalda samarali qo‘llash saylovlarning 
adolatli o‘tishini ta’minlaydi. Erkin va adolatli saylovlar mamlakatni 
demokratlashtirish va rivojlantirishning muhim shartidir.
1
Хидиров Қ. Ўзбекистон Републикаси Президентлиги сайловининг натижалари эълон қилинди // 
Халқ сўзи. – 2016. – 10 дек. 
2
Мирзиёев Ш.М. Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатини мард ва олижаноб халқимиз 
билан бирга қурамиз // www.gov.uz 


74

Download 4,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish