Harbiy-texnik instituti rasulova nodira sardarovna



Download 4,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/69
Sana16.03.2022
Hajmi4,88 Mb.
#493106
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   69
Bog'liq
Энг янги тарих Укув кулланма 01.03

Birinchi bosqich 
– milliy saylov qonunchiligining ilk shakllanish davri. 
Bu bosqich 
1991–2000-yillarni
o‘z ichiga olib, bu davrda “O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidenti 
saylovi 
to‘g‘risida”gi 
(1991-yil 
18-noyabr), 
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar to‘g‘risida”gi (1993-yil 28-
dekabr), “Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi (1994-yil 5-
may), “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi 
(1998-yil 30-aprel) qonunlar qabul qilindi va O‘zbekiston saylov tizimining 
yangi demokratik huquqiy asoslari tizimi yaratildi. 1992-yil 8-dekabrda 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi va unda saylov 
tizimiga alohida bobning ajratilishi respublikada yangi saylov qonunchiligining 
shakllanishi uchun eng muhim huquqiy asos bo‘ldi. Shuningdek, bu davrda 
O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidentlik saylovi hamda bir palatali 
Oliy Majlisga ko‘ppartiyaviylik asosida saylovlar bo‘lib o‘tdi.
1
Халилов Э. Ҳ. Ўзбекистон Республикасининг қонун чиқарувчи олий органи: сохта вакилликдан 
ҳақиқий парламентаризмга қадар. – Т., 2001. – Б.86.
2
Якубов Ш.У. Ўзбекистон Республикасининг сайлов тизими ва миллий сайлов қонунчилиги. – Т., 
2016. – Б. 16–22.


69
Ikkinchi bosqich – 2001–2010-yillarni
o‘z ichiga olib, milliy saylov 
qonunchiligini, inson huquqlari ustuvorligini ta’minlash, milliy parlamentarizm 
taraqqiyoti hamda ko‘ppartiyaviylik tizimini mustahkamlash asosida yanada 
demokratlashtirish davri bo‘ldi. Bu davrda, shuningdek, parlament saylovlarida 
to‘plangan birinchi amaliy tajribaga muvofiq saylov tizimining demokratik 
asoslarini mustahkamlash va saylovlar to‘g‘risidagi qonunlarga tegishli 
o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirildi. 
“Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda 
mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish 
to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni (2007-yil 11-
aprel) hamda “Saylov to‘g‘risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi 
munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga 
o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” (2008-yil 25-dekabr)gi qonunning 
qabul qilinishini mazkur bosqichning eng muhim jihati sifatida e’tirof etish 
mumkin. 
2004-yilda bo‘lib o‘tgan saylovlar avvalgilardan bir qator o‘ziga xosliklari 
bilan ajralib turdi: 
– siyosiy partiyalar ko‘rsatgan nomzodlari orasida kamida 30 %ni ayollar 
tashkil etishiga oid qonun talabi;
– agar ilgarilari saylovlar haqiqiy deb hisoblanishi uchun saylovchilarning 
eng kamida 50 % ovoz berishi kerak bo‘lgan bo‘lsa, endilikda bu ko‘rsatkich 
33 %ni tashkil etdi;
– avvalgi qonunchilikka ko‘ra sudlangan kishilar deputatlikka nomzod 
bo‘la olmasdilar. Endi esa bu cheklash faqatgina sudlanganligi olib 
tashlanmagan shaxslarga tegishli;


70
– mustaqil nomzodlar manfaatlarini himoya qiluvchi, ularga saylovoldi 
targ‘ibotini tashkil etishda ko‘maklashuvchi Mustaqil nomzodlarni qo‘llab-
quvvatlash markazi tashkil etildi
1
va boshqalar. 
O‘zbekiston Respublikasining “Saylov to‘g‘risidagi qonun hujjatlari 
takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun 
hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonuniga ko‘ra, 
Qonunchilik palatasidagi deputatlik o‘rinlarining soni 120 tadan 150 taga 
ko‘paytirildi, shundan 135 nafar deputat siyosiy partiyalardan saylanadi. Atrof-
muhitni muhofaza qilish masalalari nihoyatda muhim ekanligidan kelib chiqqan 
holda, quyi palatadagi 15 ta deputatlik o‘rni O‘zbekiston Ekologik harakatidan 
saylangan deputatlarga berildi. Bundan tashqari, qonun hujjatlariga saylov 
jarayonining yanada liberallashuvini ta’minlaydigan bir qator normalar kiritildi. 
Jumladan, saylovda ishtirok etadigan siyosiy partiyalarning ro‘yxatdan o‘tishi 
uchun o‘rnatilgan muddat 6 oydan 4 oyga tushirildi. Ayni vaqtda siyosiy 
Download 4,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish