Harbiy-texnik instituti rasulova nodira sardarovna


Davlat ramzlarining qabul qilinishi



Download 4,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/69
Sana16.03.2022
Hajmi4,88 Mb.
#493106
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   69
Bog'liq
Энг янги тарих Укув кулланма 01.03

Davlat ramzlarining qabul qilinishi.
O‘zbekiston davlat mustaqilligiga 
erishgach, xalqaro talablar va me’yorlar doirasidagi qiyofasini ko‘rsatmog‘i, 
buning uchun esa o‘zining butun imkoniyatlarini, o‘ziga xos jihatlarini 
ifodalovchi davlat ramzlariga ega bo‘lmog‘i lozim edi.
Ramzlar shunchaki rang va shakllar yig‘indisidan iborat emas. Ular 
muayyan bir davlatning va shu mamlakat fuqarolarining o‘zligi, tarixidan kelib 


60
chiqmog‘i, qolaversa, davlat siyosatining mazmun-mohiyatini o‘zida mujassam 
etmog‘i kerak. 
Davlat ramzlari – uning tarixan tarkib topgan, milliy suverenitetini 
ifodalaydigan eng muhim belgilaridir. Ular mamlakat xalqi, millatning hayoti, 
an’analari, 
ruhiyati, 
folklori, 
tarixi 
bilan 
chambarchas 
bog‘liq. 
Konstitutsiyamizning 5-moddasida belgilanganidek, “O‘zbekiston Respublikasi 
qonun bilan tasdiqlanadigan o‘z davlat ramzlari – bayrog‘i, gerbi va 
madhiyasiga ega”.
Jumladan, 1990-yil 20-iyunda qabul qilingan Mustaqillik deklaratsiyasida 
ham O‘zbekiston o‘z taraqqiyot yo‘lini, o‘z nomini belgilashi hamda davlat 
ramzlari (gerb, bayroq, madhiya)ni o‘zi ta’sis etishi e’lon qilindi. 1991-yil 15-
fevralda O‘zbekiston Oliy Kengashi “O‘zbekistonning davlat ramzlari 
to‘g‘risida” maxsus qaror qabul qildi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat ramzlarining ishlab chiqilishi va qabul 
qilinishi jarayoni ikki yarim yildan ko‘proq davom etib, bir necha bosqichlarni 
o‘z ichiga oldi: 
Birinchi bosqichda O‘zbekiston Respublikasining ramziy belgilarini ishlab 
chiqishga tayyorgarlik ishlari amalga oshirildi. 1990-yil 30-martda “O‘zbekiston 
Respublikasining davlat madhiyasi to‘g‘risida”gi, 1991-yil 15-fevralda 
“O‘zbekiston davlat bayrog‘i va davlat gerbi emblemalarini ishlab chiqish 
to‘g‘risida”gi Oliy Kengash qarorlari e’lon qilindi.
Davlat ramzlarini qabul qilish bo‘yicha Konstitutsiyaviy komissiya tuzilib, 
Komissiya ekspert guruhining tarkibiga taniqli olimlar: O‘zbekiston Fanlar 
akademiyasining prezidenti M.S.Salohiddinov, O‘zbekiston xalq yozuvchisi 
P.Q.Qodirov, O‘zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi A.A.Asqarov, 
O‘zbekiston Fanlar akademiyasining muxbir a’zosi B.A.Ahmedov kiritildi. 
Davlat bayrog‘i va gerbi timsollarining chizmalariga oid takliflarni tayyorlash 
uchun rassomlar, san’atshunoslar B.Jalolov, R.Ahmedov, J.Umarbekov, 
N.Ahmedova, shuningdek, respublika Konstitutsiyaviy komissiyasining a’zolari, 


61
madaniyat va san’at arboblari, siyosatshunos va huquqshunos mutaxassislardan 
iborat Oliy Kengashning maxsus komissiyasi tuzildi.
Ikkinchi bosqichda O‘zbekiston Respublikasi davlat timsollari va ularning 
musiqaviy ekvivalentini ishlab chiqish bo‘yicha tanlov o‘tkazildi. Tayyorgarlik 
ishlari 1991-yil 11-fevralda boshlab yuborilgan bo‘lsa, iyun oyidayoq Davlat 
bayrog‘i va gerbi loyihalariga dastlabki tanlov e’lon qilindi. Bu ishga 
mutaxassislar bilan birga keng jamoatchilik ham jalb etildi. 
Uchinchi bosqichda O‘zbekiston Respublikasi ramzlari loyihalarining 
umumxalq muhokamasi o‘tkazildi. Bunda fuqarolar va mutaxassislar taklif 
etgan davlat bayrog‘i va gerbining variantlari, davlat madhiyasining matni va 
musiqasi matbuotda yoritilib, umumxalq muhokamasiga qo‘yildi. Muhokama 
davomida davlat ramzlarini ishlab chiqish bo‘yicha maxsus komissiyaga barcha 
viloyatlardan ko‘plab maktublar, xilma-xil loyihalar, taklif va istaklar bitilgan 
xatlar kelib tushdi.
To‘rtinchi bosqichda O‘zbekiston Respublikasi davlat ramzlari bo‘yicha 
tanlov va umumxalq muhokamasining natijalari O‘zbekiston Respublikasining 
parlamenti – Oliy Kengashda umumlashtirildi. O‘zbekiston Respublikasi davlat 
ramzlari tanlovining dastlabki olti oy ichida erishilgan natijalar 1991-yil 31-
avgustda ish boshlagan Oliy Kengashning oltinchi sessiyasida ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil 18-noyabr VIII 
sessiyasida 13 moddadan iborat bo‘lgan “O‘zbekiston Respublikasining Davlat 
bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi. Davlat bayrog‘i mamlakatimiz 
hududida ilgari mavjud bo‘lgan g‘oyat qudratli saltanatlar bayrog‘iga xos 
bo‘lgan eng yaxshi an’analarni davom ettirgan holda respublikaning tabiatiga 
xos xususiyatlarni, xalqimizning milliy va madaniy sohalardagi o‘zligini ham 
aks ettiradi. O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i yurtimizning o‘tmishi, 
bugungi kuni va kelajagining yorqin ramzi bo‘lib qoldi. 
Bayroqdagi havorang – zangori osmon va musaffo suv ramzi. Oq rang – 
tinchlik va poklik timsolidir. Qizil chiziqlar – bu har bir tirik jonning qon tomiri, 


62
unda jo‘sh urib turgan hayotiy kuch, tiriklik ramzi. Yashil rang – 
O‘zbekistonning saxovatli va tabarruk tuprog‘i, go‘zal tabiati timsoli. Yarim oy 
va yulduzlar musaffo osmon va tinchlikning ifodasidir. 12 ta yulduz tasviri – 
qadimdan mukammallik, barkamollik timsoli. 
1992-yil 2-iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X 
sessiyasida 8 ta moddadan iborat bo‘lgan “O‘zbekiston Respublikasining Davlat 
gerbi to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. “Gerb” polyakcha – “herb”, nemischa 
“erbe” – “meros” so‘zidan olingan bo‘lib, biron-bir mamlakat yoki hududning 
siyosiy va tarixiy g‘oyalari majmuini, o‘ziga xos tabiiy va xo‘jalikka oid 
xususiyatlarini, shuningdek, tabaqaviy tafovutlarini, shaxs, urug‘ va 
boshqalarning shajaralarini ifodalovchi alohida ramziy belgi hisoblanadi. 
Davlat gerbi markazidagi xumo qushi – baxt-saodat va erksevarlik ramzi. 
Gerbning yuqori qismidagi sakkiz qirrali yulduz respublikamizning sobit va 
barqarorligi timsoli. Quyosh – davlatimizning yo‘li hamisha nurafshon bo‘lishi 
bildirilgan yaxshi niyat, ayni paytda u O‘zbekistonning noyob iqlimga ega 
mamlakat, serquyosh o‘lka ekanligini bildiradi. Boshoq – rizq-ro‘zimiz timsoli, 
to‘kin-sochinlik ifodasi. Oppoq paxta – O‘zbekiston dong‘ini dunyoga taratgan 
bebaho boyligimiz ramzi. Bug‘doy va paxta chanoqlarini Davlat bayrog‘i lenta 
bo‘lib o‘raganligi O‘zbekistonda yashayotgan xalqlar do‘stligi va yakdilligi 
ifodasi hisoblanadi.
1992-yil 10-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI 
sessiyasida 12 moddadan iborat “O‘zbekiston Respublikasining Davlat 
madhiyasi to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi (madhiya – “gimnos” yunoncha 
so‘zdan olinib, tantanali qo‘shiq ma’nosini anglatadi). Sessiyada shoir Abdulla 
Oripov va bastakor Mutal Burhonov tomonidan tayyorlangan madhiya varianti 
tasdiqlandi. 
Har bir mustaqil davlatning asosiy belgilaridan biri – milliy valutasidir. 
O‘zbekiston davlat mustaqilligini ko‘lga kiritib o‘zining milliy valutasini 
muomalaga kiritishga kirishdi. Biroq bu jarayon uchun ma’lum vaqt, tajriba 


63
kerak edi. Shu boisdan O‘zbekiston 1991–1993-yillarda sovet Itttifoqidan meros 
qolgan rubl zonasida bo‘lib turdi. Ammo sovetlardan keyingi makonda yalpi 
ichki mahsulot ishlab chiqarishning keskin pasayishi natijasida rublning qadri 
ham shunga mos ravishda tushib bordi.
1992-yilning yanvaridan iste’mol bozorini himoyalash va mahsulotlarni 
faqat O‘zbekiston fuqarolariga sotish uchun bir martalik kuponlar bosib 
chiqarilgan. Gazeta qog‘ozida chop etilgan va tashkilotning muhri uriladigan 
kartochkasi qirqib olinuvchi bir martalik kuponlar 1993-yilning 22-
noyabrigacha amal qilgan. 
O‘zbekiston muomalaga yangi milliy valuta kiritish ishiga jiddiy kirishdi. 
1992-yildayoq muomalaga chiqarishga mo‘ljallangan so‘m-kupon nusxalari 
tayyorlanadi. Nihoyat 1993-yil 1-noyabrda O‘zbekistonda so‘m-kupon 
muomalaga kiritildi, uning kursi oldin muomalada bo‘lib kelgan rublga 
tenglashtirilgan edi. 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100, 200, 500, 1000, 5000, 10 000 
so‘mlik pullarning barchasining old qismida O‘zbekiston gerbi va pul nominali, 
orqa qismida esa Samarqanddagi Registon maydonida joylashgan Sherdor 
madrasasining surati tushirilgan edi. So‘m-kupon Angliyadagi «Harrison & 
Sons Ltd» bosmaxonasida chop etilgan. O‘zbekiston rahbariyati so‘m-kuponlar 
asosida zarur tajriba orttirdi, haqiqiy milliy valutani joriy qilish tadbirlarini 
ko‘rdi.
Milliy valuta pul belgilarini muomalaga chiqarish va uning barqarorligini 
ta’minlashni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki amalga oshiradi. 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 122-moddasi va “O‘zbekiston 
Respublikasi Davlat mustaqilligining asoslari to‘g‘risida”gi Qonunning 11-
moddasi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1993-yil 3-
sentabrdagi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 16-iyunda 
e’lon qilingan “O‘zbekiston Respublikasining milliy valutasini muomalaga 
kiritish to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, 1994-yil 1 iyulidan boshlab 
respublika hududida yagona, cheklanmagan va qonuniy to‘lov vositasi sifatida 


64
milliy valuta – So‘m ungacha amalda bo‘lgan so‘m-kuponga 1:1000 nisbatda 
muomalaga chiqarildi. 
So‘mning muomalaga kiritilishi O‘zbekistonda pul muomalasi va hisob-
kitoblar tizimini tashkil etish hamda respublika iqtisodiyotini rivojlantirishda 
muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. 
1994-yilda 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100 so‘mlik qog‘oz banknotlar hamda 1, 3, 
5, 10, 20 va 50 tiyinlik tangalar muomalaga kiritilgan edi. 1997-yilning 1-
martidan 200 so‘mlik banknot hamda 1, 5, 10 so‘mlik tangalar; 2000-yil 1-
iyunidan 500 so‘mlik, 2001-yil 1-sentabrdan 1000 so‘mlik banknotlar joriy 
qilindi. 2005-yilning 1-iyulida valutaning 10 yilligi munosabati bilan 100 
so‘mlik tanga iste’molga kiritildi. 2011-yilning 1-sentabrida esa mustaqillikning 
20 yilligi munosabati bilan 500 so‘mlik tanga zarb qilindi. 2013-yilning 1-
iyulidan 5000 so‘mlik banknot muomalaga kiritildi.
Bundan tashqari, 1999-yil 20-oktabrdan Jaloliddin Manguberdining 800 
yilligi munosabati bilan 25 so‘mlik, 2002-yil 1-noyabrdan Shahrisabz shahrining 
2700 yilligiga bag‘ishlab 50 so‘mlik, 2009-yil 1-sentabrdan Toshkent shahrining 
2200 yilligi munosabati bilan ikki xil ko‘rinishdagi 100 so‘mlik metall tangalar 
muomalaga kiritilgan. 
O‘zbekiston Respublikasi Senati kengashining qarorlariga ko‘ra 2017-
yilning 10-martidan 10 000 so‘mlik, 2017-yilning 22-avgustidan 50 000 
so‘mlik, 2019-yilning 25-fevralidan esa 100 000 so‘mlik banknotlar muomalaga 
kiritildi.
Davlat ramzlari mustaqil davlatning muhim tashqi belgilarini o‘zida 
mujassamlantirib, ularda xalqning azaliy orzusi, ezgu niyatlari, bugungi hayot 
mazmuni aks etadi. Xalqimizning tarixiy an’analari, milliy qadriyatlari, 
madaniy-ma’naviy merosini o‘zida aks ettiruvchi bayroq, madhiya, gerb kabi 
muqaddas ramzlar mamlakatimiz hayoti va taraqqiyotida beqiyos ahamiyatga 
egadir. 


65
Shunday qilib, xalqimizning asriy orzusi, umidlari ushaldi, ro‘yobga 
chiqdi. Mamlakatimiz, xalqimiz siyosiy mutelikdan, asoratdan qutuldi. Dunyo 
xaritasida yana bitta mustaqil davlat – O‘zbekiston Respublikasi paydo bo‘ldi. 
O‘zbek xalqi tarixida, mamlakatimizda yashaydigan barcha xalqlar tarixida 
chinakam tarixiy ahamiyatga molik bo‘lgan voqea sodir bo‘ldi. 

Download 4,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish