partiyasidan I.A.Karimov va “Erk” demokratik partiyasidan S.Madaminov
ishtirok etdi.
Bu siyosiy voqeaning tarixiy ahamiyati shundaki, o‘zbek xalqi 130 yillik
qaramlikdan keyin o‘z tarixida birinchi marta o‘zining davlat rahbarini erkin
tanlov asosida sayladi. Saylovda qatnashgan barcha fuqarolarning 86 %
(8514136 kishi) I. Karimov nomzodini, 12,3 % (1220474 kishi) esa “Erk”
partiyasi rahbari S.Madaminovga ovoz berdi. I.Karimov O‘zbekiston
Respublikasining muqobillik asosida o‘tkazilgan umumxalq saylovida
saylangan birinchi Prezidenti bo‘ldi
1
.
Ma’lumki, umumxalq saylovlari orqali qonun chiqaruvchi organlarni
shakllantirish demokratik huquqiy davlatning eng muhim belgisidir. Saylov –
xalq
o‘z hokimiyati va xohish-irodasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ro‘yobga
chiqarishning oliy ifodasi, davlat hokimiyati organlarini demokratik tarzda
tashkil etishning negizi hisoblanuvchi ulkan ijtimoiy-siyosiy tadbirdir.
Bu voqealardan so‘ng O‘zbekiston o‘zining davlat mustaqilligini
mustahkamlashga yanada dadillik bilan kirishdi. Har bir suveren davlatning
huquqiy asoslaridan biri – uning asosiy Qonuni – Konstitutsiyasi hisoblanadi.
Tarixdan ma’lumki, yurtimiz tarixida bir nechta konstitutsiyalar mavjud
bo‘lgan. Turkistonda inqilobdan keyingi yillarda jahon tajribalariga muvofiq
tarzda Konstitutsiyalar ishlab chiqildi. Jumladan, Turkiston ASSRning 1918,
1920-yillarda, Xorazm va Buxoro Xalq Respublikalarining 1920-1921-yil,
shuningdek, O‘zbekiston SSRning 1927, 1937, 1978-yillarda qabul qilingan
Konstitutsiyalari shaklan respublikaning Asosiy qonunlari edi. Lekin ular
mazmun-mohiyatiga ko‘ra haqiqiy mustaqil davlatning Asosiy Qonuni emas edi.
To‘g‘rirog‘i ular avval RSFSR, keyinchalik SSSR Konstitutsiyalarining milliy
respublikalar sharoitiga muvofiqlashtirib ko‘chirilgan, hayotiy kuchga ega
bo‘lmagan nusxasi edi. Shu nuqtai nazardan ko‘rsatib o‘tilgan Asosiy
1
Халқ сўзи. – 1991. – 31 декабрь.
56
Qonunlarni O‘zbekiston davlati mustaqilligini huquqiy asoslovchi Konstitutsiya,
deb qarab bo‘lmasdi.
Mustaqillik qo‘lga kiritilgach, milliy huquqiy davlat qurish, demokratik
jamiyat barpo etish, bozor munosabatlarini shakllantirish kabi dolzarb vazifalar
mustaqil O‘zbekiston Konstitutsiyasini ishlab chiqishni taqozo etardi.
O‘zbekistonning yangi Konstitutsiyasini yaratish g‘oyasi 1990-yil 20-
iyunda “Mustaqillik deklaratsiyasi”ning qabul qilinishi bilan bevosita bog‘liq.
Mazkur Deklaratsiya qabul qilingan Oliy Kengashning II sessiyasida bu
hujjatdagi muhim tamoyillar asosida davlatning yangi Konstitutsiyasi ishlab
chiqilishi lozim, degan xulosaga kelindi. Sessiya I.A.Karimov raisligida 64
kishidan iborat Konstitutsiya komissiyasini tuzish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Uning tarkibiga deputatlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarning
vakillari, davlat hamda jamoat tashkilotlarining, korxonalar, xo‘jaliklarning
rahbarlari, taniqli huquqshunoslar, olimlar va mutaxassislar kirdi. Oliy
Kengashning X sessiyasida Komissiya tarkibi tuzildi. Konstitutsiyaviy
komissiya O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini ishlab chiqish ustida
2,5 yil ishladi. Konstitutsiya loyihasini ishlab chiqishda konstitutsiyaviy
rivojlanishning jahon tajribasi o‘rganildi, inson huquqlari, demokratiya va
qonunchilik sohasida jahonda qo‘lga kiritilgan yutuqlar hisobga olindi. Milliy
davlatchiligimiz tajribasi, Amir Temur va boshqa davlat arboblari hamda
allomalarimizning
davlatni
idora
qilish
sohasidagi
g‘oyalari yangi
Konstitutsiyaga asos qilib olindi.
Loyihaning dastlabki varianti 1991-yil oktabr-noyabrgacha tayyorlab
bo‘lindi. U muqaddima, olti bo‘limga bo‘lingan 158 moddadan iborat edi. Bu
loyiha hali mukammallik darajasidan ancha yiroq bo‘lib, uning ustida yanada
jiddiyroq va talabchanlik bilan ishlash zarur edi. 1992-yil bahorida esa
loyihaning 149 moddadan iborat ikkinchi varianti ishlab chiqildi. 1992-yil 26-
sentabrda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining loyihasi umumxalq
muhokamasi uchun matbuotda e’lon qilindi. Muhokama ikki oycha davom etdi.
57
Muhokama jarayonida bildirilgan takliflar asosida tuzatishlar kiritilgan loyiha
1992-yil 26-noyabrda matbuotda ikkinchi marta e’lon qilindi. Umumxalq
muhokamasi davrida 6 mingdan ortiq taklif va mulohazalar bildirildi, ular
inobatga olindi.
Oliy Kengashning 1992-yil dekabrda bo‘lgan XI sessiyasi O‘zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasini qabul qilish masalasini muhokama qildi.
Sessiyada deputatlar loyihaga 80 ga yaqin o‘zgartirish, qo‘shimcha va aniqliklar
kiritdilar. Shunday qilib, 1992-yil 8-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasi qabul qilindi.
Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinganligini
nishonlash maqsadida Konstitutsiya qabul qilingan kun – 8-dekabr umumxalq
bayrami – O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi kuni deb e’lon qilindi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 6 bo‘lim, 128 moddadan
iborat. U “Mustaqillik Deklaratsiyasi”, “O‘zbekiston Respublikasining Davlat
mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi Qonunda mustahkamlangan tamoyillar va
g‘oyalarni o‘zida to‘la mujassamlashtirdi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi ijodkor xalqimizning xohish-
irodasi va dono fikr-mulohazalari asosida va jahonda to‘plangan eng ilg‘or
konstitutsiyaviy rivojlanish tajribasini va milliy davlatchiligimiz xususiyatlarini
hisobga olgan holda mustaqil ishlab chiqildi. Ilgarigi konstitutsiyalar esa
markaziy hokimiyat tomonidan tayyorlangan Ittifoq konstitutsiyasi nusxalaridan
ko‘chirib olinar edi. Shu boisdan ham yangi asosiy qonunimiz mustaqil
O‘zbekistonning birinchi Konstitutsiyasi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini o‘rganish jarayonida uning
mohiyatini ochib beruvchi quyidagi asosiy tamoyillarini bilib olishga ahamiyat
berish zarur:
O‘zbekiston Konstitutsiyasining birinchi tamoyili – davlat suvereniteti. 1-
6-moddalarda O‘zbekiston – suveren demokratik respublika, davlat xalq
manfaatlariga xizmat qiladi, mustaqil ichki va tashqi siyosat yuritadi, o‘zbek tili
58
– davlat tilidir, deb belgilab qo‘yilgan. Konstitutsiyada davlatning “O‘zbekiston
Respublikasi” va “O‘zbekiston” degan nomlari bir ma’noni anglatadi, deb
belgilab qo‘yilgan.
Ikkinchi tamoyil – xalq hokimiyatichiligidir. 7–14-moddalarda xalq davlat
hokimiyatining birdan-bir manbaidir, O‘zbekiston xalqini millatidan qat’i nazar
uning fuqarolari tashkil etadi, davlat o‘z faoliyatini inson va jamiyat
farovonligini ko‘zlab amalga oshiradi, deb ko‘rsatilgan.
Uchinchi tamoyil – davlat hokimiyatining uch tarmoqqa bo‘linishi.
O‘zbekiston davlat hokimiyati tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro
etuvchi va sud hokimiyatlariga bo‘linishi qonunlashtirildi.
To‘rtinchi tamoyil – demokratiyaga sodiqlik. Konstitutsiyada demokratiya
va ijtimoiy adolatga sadoqat e’lon qilinadi hamda insonparvar demokratik-
huquqiy davlat barpo etish nazarda tutiladi.
Beshinchi tamoyil – Konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligi.
Konstitutsiyaning 15-moddasida “O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so‘zsiz tan olinadi.
Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar
Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko‘radilar”, deb belgilab qo‘yilgan.
Oltinchi tamoyil – xalqaro andozalar darajasida ifodalangan fuqarolar
huquqlari, erkinliklari va majburiyatlarining tengligi va daxlsizligidir.
O‘zbekiston fuqarolarining huquqlari muhim xalqaro hujjatlar – “Inson
huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi”, “Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar
to‘g‘risidagi xalqaro Pakt”, “Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risida xalqaro
Pakt” va boshqalar asosida bayon etilgan.
Yettinchi tamoyil – qonuniylik. Qonuniylik jamiyatning bir maromda hayot
kechirishini, davlat organlarining maromli faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi.
Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar
Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko‘rgandagina jamiyatda barqarorlik
va taraqqiyot bo‘ladi.
59
Sakkizinchi tamoyil – O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy
qoidalari aniq belgilab qo‘yilganligi. Asosiy Qonunning 17-moddasida
O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosati aks etgan. Konstitutsiyada davlat
xalqning manfaatlari va xavfsizligini ta’minlash maqsadida boshqa davlatlar
bilan ittifoq va do‘stona aloqalar o‘rnatilishi hamda davlatlararo tuzilmalarga
kirishi va ulardan ajralib chiqishi mumkinligi qonunlashtirilgan.
To‘qqizinchi tamoyil – mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish. O‘zbekistonda
o‘zbek davlatchiligi rivojining tarixiy tajribasiga tayangan holda mahalliy
hokimiyat boshlig‘i bo‘lgan hokim instituti joriy etildi. Viloyatlar, tumanlar va
shaharlarda hokimiyatning vakillik organlari xalq deputatlari kengashlari bo‘lib,
ularga viloyat, tuman va shahar hokimlari boshchilik qiladilar. Konstitutsiyaning
99–104-moddalarida mahalliy davlat hokimiyati asoslari, hokimlarni tayinlash
va tasdiqlash tartiblari, ularning vazifalari belgilab berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida, shuningdek, Qoraqalpog‘iston
Respublikasining huquqiy maqomi, O‘zbekiston bilan o‘zaro munosabatlarning
huquqiy asoslari belgilab berilgan.
Shunday qilib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul
qilinishi
mamlakatimiz
hayotida
katta
ahamiyatga
ega
bo‘ldi.
U
mamlakatimizda qonunchilikning rivojlanishi uchun, huquqiy islohotlar uchun
asos bo‘lib qoldi. Yuzlab qonunlar, kodekslar, milliy dasturlar ishlab chiqildi,
umumxalq muhokamasidan o‘tdi, qabul qilindi va hayotimizning barcha
jabhalarida amal qilinmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |