Harbiy-texnik instituti rasulova nodira sardarovna


partiyalar teng kurash olib bordilar



Download 4,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/69
Sana16.03.2022
Hajmi4,88 Mb.
#493106
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   69
Bog'liq
Энг янги тарих Укув кулланма 01.03


partiyalar teng kurash olib bordilar.
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidenti 
Sh.M.Mirziyoyev 
to‘g‘ri 
ta’kidlaganidek, “milliy qonunchiligimizda bo‘lajak saylovlarda deputatlikka 
nomzodlar faqat siyosiy partiyalar tomonidan ilgari surilishi qat’iy belgilab 
qo‘yilgani har bir partiyaga katta huquq va imkoniyat berishi bilan birga yuksak 
ma’suliyat ham yuklaydi”
3
.
Siyosiy partiyalar asosan saylov jarayonining ikki bosqichida, ya’ni 
1
 https://www.norma.uz/uz/nhh_loyihalari/poytahtimizda_halq_deputatlari_tuman_kengashlari_paydo_buladi 
2
Сайлов-2017 натижалари: ЎзЛиДеП етакчиликни сақлаб қолди // 
https://www.xabar.uz/post/saylov-2017-natijalari-ozlidep-etakchilikni-saqlab-qoldi 
3
Мирзиёев Ш.М. Сиёсий партиялар демократик жараёнларнинг фаол иштирокчисига айланиши керак 
(22.08.2019) // www.prezident.uz/uz/lists/view/2819. 


76
nomzodlarni ko‘rsatish va saylovoldi targ‘ibot-tashviqot bosqichlarida faol 
ishtirok etadilar. S.A.Avakyan, M.V.Proxorovlarning fikricha, aynan shu 
bosqichlarda saylov instituti va siyosiy partiyalarning saylov funksiyalari 
to‘laligacha o‘z aksini topadi
1
.
Partiyalar o‘z saflariga imkon qadar faol, bilimli, fidoyi kadrlarni jalb 
qilsalar, partiyalarning o‘z dasturiy maqsadlariga erishish imkoniyatlari yana 
oshib boradi. Shu sababli ham saylovlar davrida deputatlikka nomzodlarni 
ko‘rsatish jarayonida siyosiy partiyalar nomzodlarni tanlash va ko‘rsatish 
jarayonida har bir kadrga alohida mas’uliyat bilan yondashishlari lozim. 
V.N.Danilenko ham “bu jarayonda “davlat mashinasining asosiy richagini” 
qaysi shaxslar egallashi belgilanadi”, deb to‘g‘ri fikr bildirgan
2

2019-yil 22-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati vakillik 
organlariga bo‘lib o‘tgan saylovlar qator o‘ziga xosliklari bilan ajralib turdi. 
Jumladan,

18-kodeks, ya’ni O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi qabul 
qilindi (2019 -yil 25-iyun); 

deputatlikka nomzodlar faqat siyosiy partiyalardan ko‘rsatildi; 

Qonunchilik palatasida deputatlik o‘rinlari uchun O‘zbekiston Ekologik 
harakati vakillariga kvota ajratish instituti chiqarib tashlandi;

saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatini shakllantirish tartibi joriy 
etildi; 

ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan va uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlarni 
sodir etgan shaxslarning saylovda ishtirok etishini cheklovchi normalar chiqarib 
tashlandi; 

ovoz berish jarayonida saylovchilarga bir nechta belgilardan (+, √, X) 
birini qo‘yish imkoniyati berildi. 
Shuningdek, saylov kampaniyasi doirasida O‘zbekiston tarixida birinchi 
1
Авакьян С.А., Прохоров М.В. Ихбирательный процесс и общественные объединения: к выборам 
депутатов Государственный Думы. – М., 1999. – С. 23. 
2
Даниленко В.Н. Политические партии и буржуазное государство. – М., 1984. – С.157. 


77
marta saylovlarga qabul qilingan siyosiy partiyalar mamlakatning ko‘p joylarida 
o‘z tarafdorlari bilan kelishilgan tinch mitinglar va yurishlar o‘tkazishni 
boshladilar. Mitinglar saylovoldi tashviqotiga va ular uchun ovoz berishga 
bag‘ishlandi, ba’zi partiyalar korrupsiya, qalbaki giyohvand moddalarning 
noqonuniy savdosi va boshqalarga qarshi mitinglar o‘tkazdilar. 
2019-yil 22-dekabrda bo‘lib o‘tadigan saylovda fuqarolarimiz tomonidan 
150 nafar Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, 831 nafar viloyat va 
Jo‘qorg‘i Kenges deputatlari, 5738 nafar shahar va tuman deputatlari 
saylandilar.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida siyosiy partiyalarning egallagan o‘rni 
quyidagicha bo‘ldi: O‘zLiDeP – 53 nafar (35,4%), MTDP – 36 nafar (24%), 
ASDP – 24 nafar (16 %), XDP – 22 nafar (14,6%), Ekopartiya – 15 (10%) nafar 
deputat o‘rinlarini egalladilar. Mahalliy kengashlarga bo‘lib o‘tgan saylov 
yakunlariga ko‘ra ham LiDeP etakchi partiya bo‘lib qolgan (35 %), ammo 
parlamentda 4-o‘ringa tushib qolgan XDP bu saylovda 2-o‘rinni (24%) 
egallagan. Qolgan siyosiy partiyalar ketma-ketligi yuqoridagi natijalarga 
o‘xshash (MTDP – 18 %, ASDP – 13 %, Ekopartiya – 10 %)
1

Prezident SH.Mirziyoyev 2021-yilning 8-fevral kuni “Saylov qonunchiligi 
takomillashtirilishi munosabati bilan О‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun 
hujjatlariga о‘zgartish va qо‘shimchalar kiritish tо‘g‘risida”gi 670-sonli qonunni 
imzoladi. Qonun bilan kiritilayotgan о‘zgartishlarga kо‘ra, prezidentlikka, 
parlamentga, mahalliy kengashlarga saylov tegishincha ularning konstitusiyaviy 
vakolat muddati tugaydigan yilda – oktabr oyi uchinchi о‘n kunligining birinchi 
yakshanbasida о‘tkaziladigan bо‘ldi. Bungacha saylovlar dekabr oyida 
о‘tkazilar edi. 
Saylov qonunchiligiga bir qator о‘zgartishlar kiritildi: 

milliy ekspertlar tavsiyalari asosida ishlab chiqilgan takliflari asosida 
xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlariga saylov о‘tkazuvchi okrug saylov 
1
Сайлов – 2019: ютуқлар, муаммолар, таклифлар. – Т.: ЎзР МСК, 2020. – Б. 97. 


78
komissiyalari instituti tugatilmoqda va ularning vakolatlari tuman (shahar) 
saylov komissiyalari zimmasiga yuklanmoqda; 

xorijda istiqomat qilayotgan о‘zbekiston fuqarolarini diplomatik 
vakolatxonalarning konsullik hisobida bо‘lishi yoki bо‘lmasligidan qat’i nazar 
saylovchilar rо‘yxatiga kiritish tartibi, chet davlatlarda yashayotgan yoki 
ishlayotgan joyida kо‘chma qutilarda ovoz berishning huquqiy asoslari 
yaratilmoqda; 

qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida, harbiy 
qismlarda tashkil etilgan saylov uchastkalarini kuzatuvchilar о‘z tashrifi haqida 
kamida 3 kun oldin xabardor qilish tartibi belgilanmoqda. 
Shuningdek, YEXXTning Demokratik institutlar va inson huquqlari 
bо‘yicha byurosining tavsiyalari asosida ham qator о‘zgartishlar kiritilmoqda: 
saylov 
komissiyalarining 
nomzodlarning 
saylovchilar 
bilan 
uvchrashuvlarini tashkil etishga oid vazifasi chiqarib tashlanmoqda; 
saylov natijalarini e’lon qilish muddatlarining asossiz chо‘zilishining oldini 
olish maqsadida saylov komisiyalari qarorlari ustidan shikoyat muddati 10 
kundan 5 kunga qadar qisqartirilmoqda; 
siyosiy partiyalarning saylovoldi tashviqoti uchun ajratilgan mablag‘lardan 
foydalanishning shaffofligini ta’minlash maqsadida ular tomonidan saylovdan 
oldin oraliq va saylovdan sо‘ng yakuniy moliyaviy hisobotlarni, shuningdek, 
Hisob palatasining partiyalar faoliyatini tekshirish natijalarini e’lon qilish tartibi 
joriy etilmoqda
1

Shunday qilib, saylov davrida siyosiy partiyalarning har bir nomzodi 
g‘alaba qozonishga harakat qiladi, hayotga kuchliroq ta’sir ko‘rsatishga, o‘z 
dasturining maqsad va vazifalarini xalqqa etkazishga intiladi, aniq maqsad, 
raqobat muhiti yuzaga keladi. Saylovchi nafaqat o‘zi tanlagan nomzodga, balki 
1
Ўзбекистон Республикасининг Сайлов қонунчилиги такомиллаштирилиши муносабати билан 
Ўзбекистон Республикасининг айрим қонун ҳужжатларига ўзгартиш ва қўшимчалар киритиш 
тўғрисида”ги қонун (2021 йил 8 февраль) // www.lex.uz / Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий 
базаси, 09.02.2021 й.. 03/21/670/0089-сон 


79
o‘sha nomzod a’zo bo‘lgan siyosiy partiyaga ham ovoz beradi, uning 
g‘oyalariga ishonch bildiradi. Shu sababdan ham saylovlar siyosiy partiyalar 
uchun juda muhim siyosiy imtihon vazifasini o‘taydi. Saylov natijalariga ko‘ra 
qaysi partiyaning dasturi, maqsad va vazifalari xalqchil ekanligi, O‘zbekiston 
xalqi qaysi partiyani ko‘proq qo‘llab-quvvatlashi ayon bo‘ladi. Saylovda 
ishtirok etib, yetarli ovoz yig‘a olmagan partiyalar uchun esa o‘z faoliyatining 
ustuvor yo‘nalishlarini qayta ko‘rib chiqib, tegishli xulosalar chiqarish imkoni 
paydo bo‘ladi.

Download 4,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish