Oliy Majlisida parlament ko‘pchiligi va parlament muxolifati
Parlament ko‘pchiligi
Parlament muxolifati
parlamentda ko‘pchilik o‘rinni
egallagan siyosiy partiya yoki
partiyalar fraksiyalari
yangitdan shakllantirilgan
hukumatning tutgan yo‘li va dasturiga
yoki uning ayrim yo‘nalishlariga
qo‘shilmaydigan siyosiy partiyalar
fraksiyalari
2009–2014-yillar
LiDeP, ASDP, MTDP fraksiyalari
“Demokratik blok”i
XDP
2015-2019-yillar
LiDeP, MTDP fraksiyalari
“Demokratik blok”i
XDP, ASDP fraksiyalari
O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik tizimini va parlamentarizm asoslarini
rivojlantirishda 2010-yil noyabrda parlament tomonidan qabul qilingan
“Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik
jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”, shuningdek, 2010–2014-yillarda ushbu
Konsepsiya asosida amalga oshirilgan konstitutsiyaviy va qonunchilik
islohotlari muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
2009-yil 27-dekabr va 2010-yil 10-yanvar kunlari O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Xalq deputatlari viloyat, tuman
89
va shahar Kengashlariga saylovlar bo‘lib o‘tdi. 2010-yil 20-22-yanvarda
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining a’zolari saylandi.
Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab yurtimizda atrof-muhit
muhofazasi, ekologik holatni sog‘lomlashtirish va ekologik barqarorlikni
ta’minlash dolzarb masalaga aylandi. Respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan
O‘zbekiston ekologik harakatini yuridik jihatdan yangi bosqichga olib chiqish
muhim ahamiyat kasb etdi. Shu maqsadda 2008-yil 25-dekabr kuni O‘zbekiston
Respublikasining “Saylov to‘g‘risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi
munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga o‘zgartish va
qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonuni qabul qilindi.
Qonunchilik palatasining 150 nafar deputati bir mandatli hududiy saylov
okruglari bo‘yicha ko‘ppartiyaviylik asosida umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri
saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadi.
2016-yilning 11-aprelida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining
“Parlament nazorati to‘g‘risida”gi qonunining maqsadi parlament nazoratini
tashkil etish va amalga oshirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan
iborat bo‘ldi.
2016-yil 15-dekabrda Sh.Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis
palatalarining Qo‘shma majlisidagi nutqida mamlakatni modernizatsiya qilish,
jamiyatimizni isloh etish va demokratlashtirishni ta’minlashda muhim o‘rin va
javobgarlik Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatga yuklatilganligi alohida
ta’kidlandi. Buning uchun uchta vazifani amalga oshirish zarurligi ko‘rsatildi:
-
parlament va jamoatchilik nazoratining ta’sirchan mexanizmlarini
shakllantirish maqsadida shahar va tumanlarda haqiqiy ahvolni o‘rganib, tegishli
rahbarlarning hisobotini xalq deputatlari kengashlari sessiyasida muhokamaga
kiritish tartibini joriy etish;
90
-
“Parlament nazorati to‘g‘risida”gi qonunning amaldagi ijrosini barcha
sohalarda monitoring qilish, shuningdek, bu borada xorijiy mamlakatlarning
ilg‘or tajribasini o‘rganish va joriy etish;
-
qonun talablarini bajarmaslik bilan bog‘liq har bir holat yuzasidan aniq
huquqiy ta’sir choralari ko‘rish.
Shuningdek, Senat vakillarining asosiy maqsadi va vazifasi – aholining
barcha toifalari bilan doimiy muloqotda bo‘lish, fuqarolarning qonuniy talab va
ehtiyojlarini nafaqat o‘rganish, balki ularni ta’minlashdan iborat bo‘lishi
kerakligi ham ta’kidlandi.
Oliy Majlisning Qonunchilik palatasida mamlakatimizda faoliyat olib
borayotgan 5 ta siyosiy partiyaning fraksiyalari mavjud.
Hokimiyat tizimida Senatning mavjudligi har bir vaziyatda ham
demokratiyaning, xalq hokimiyatining rivojlanish alomatidir, chunki qonun
loyihalarining to‘laroq muhokama etilishini, joylardagi fikr-mulohazalarni
mukammalroq inobatga olish imkonini yaratadi.
2017-yil 7-fevralda qabul qilingan 2017–2021-yillarda O‘zbekiston
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar
strategiyasida mamlakatning oliy vakillik tarmog‘i hisoblangan parlamentni
isloh qilish bo‘yicha ham ustuvor vazifalar belgilab berildi. Birinchi navbatda,
Oliy Majlisning roli oshirilib, uning mamlakat ichki va tashqi siyosatiga oid
muhim vazifalarni hal etish va ijro hokimiyati faoliyati ustidan parlament
nazoratini amalga oshirish bo‘yicha vakolatlari yanada kengaytirildi.
Oliy Majlisning xalq bilan muloqotini takomillashtirish maqsadida
Elektron parlament tizimining joriy etilishi parlamentning hokimiyatlar
bo‘linishi tizimidagi rolini yanada oshiradi, parlamentning saylov okruglaridagi
fuqarolar, mahalliy vakillik organlari bilan o‘zaro muloqoti va aloqalarini
kuchaytiradi, ular bilan elektron hamkorlik tizimining shakllanishiga shart-
sharoitlar yaratadi. Elektron parlament fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy ongi oshib
borishida katta ahamiyat kasb etadi.
91
Fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta’minlash, Yoshlar
hamda Oila va ayollar masalalari bo‘yicha Parlament komissiyalari tashkil
etilib, ular tomonidan milliy va xalqaro hamkorlik doirasidagi dolzarb
masalalarni ochiq muhokama etishda sezilarli darajada faollikka erishildi.
Parlament va ijroiya hokimiyatning hamkorligi kuchaytirilib, uning amaliy
tasdig‘i sifatida Vazirlar Mahkamasining Oliy Majlis palatalaridagi doimiy
vakili lavozimi ta’sis etildi va uning huquqiy maqomi belgilab berildi.
2020-yil 27-fevral kuni Oliy Majlisda O‘zbekiston Respublikasini barqaror
rivojlantirish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarning 2030-yilgacha bo‘lgan
davrda amalga oshirilishini nazorat qilish bo‘yicha Parlament komissiyasi
tuzildi va uning reglament tasdiqlandi.
Yoshlarning qonun ijodkorligi jarayonidagi ishtirokini yanada kengaytirish
maqsadida Oliy Majlis Qonunchilik palatasida “Yoshlar parlamenti” tuzildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida O‘zbekistonning xorijiy
davlatlardagi elchilari hisobotini eshitish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi. Senatning
mahalliy Kengashlar bilan hamkorligini yanada kuchaytirish maqsadida Senatda
doimiy asosda ishlovchi senatorlar hududlardagi mahalliy Kengashlarga mas’ul
etib biriktirilib, mahalliy Kengashlarda “senatorlar xonalari” tashkil etildi.
Shuningdek, 2020-yil martda Senat devoni tarkibida Davlat byudjeti, pul-kredit
siyosati va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalarini tahlil qilish
boshqarmasi tashkil etildi
1
.
Qonun loyihalarini tayyorlash, ularni muhokama qilish, qabul qilingan
qonunlar mohiyatini jamoatchilikka yetkazish maqsadida Oliy Majlis huzurida
Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti tuzilgan. O‘tgan
chaqiriqda quyi palataga kiritilgan har bir qonun loyihasi bo‘yicha joylarda
jamoatchilik muhokamasini o‘tkazish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi. Shundan so‘ng
1
Давлат ва жамият қурилиши тизимини такомиллаштиришнинг устувор йўналишлари //
www.strategy.uz/index.php?news=1071&lang=uz2 (04/09/2020)
92
400 dan ziyod qonun loyihasidagi mingga yaqin qoidalar fuqarolarimiz bildirgan
takliflar asosida takomillashtirildi
1
.
Do'stlaringiz bilan baham: |