Angliyada parlamentning vujudga kelishi. Parlamentning vujudga kelishi va vakolatlarining kengayishi
Reja:
Angliyada parlamentning vujudga kelishi
Parlamentning vakolatli kengashi
Parlamentning qonun tashabbuskorlik huquqi
258-1267 yillardagi baronlar urushi o‘z siyosiy natijasi bo‘yicha juda murakkab va muhim bo‘lgan. Ma’lumki, Ioann Yersiz Er-kinliklarning buyuk Xartiyasini imzolar ekan, haqiqatda uni bajarmoqchi emas edi. Ioann Yersizni o‘zi ichgan qasamiga rioya qilish majburiyatidan xalos etgan pa-pa Innokentiy III ham qirol tomoniga o‘tdi. Ioann baronlar bilan yangi urushga tayyorlana boshladi, bu urush tez orada boshlandi ham, ammo urush harakatlari ayni qizib turgan paytda qirol vafot etdi. Uning vorisi – kichik yoshli o‘g‘li Genrix ІІІ (1216-1272 yillar) baronlar oligarxiyasi qo‘-lida uzoq vaqtgacha qurol bo‘lib qoldi. Lekin u hatto balog‘atga yetgandan keyin ham mamlakatni idora qilishda deyarli o‘zgarish bo‘lmadi. Lapa-shang va beqaror Genrix III papani va yepiskoplarni, shuningdek, fransuz xotini bilan birgalikda Fransiyadan Angliyaga kelgan qarindosh-urug‘lari va ularning do‘stlarini baronlarga qarshi qilib qo‘ymoqchi bo‘ldi. Genrix bu feodallarga saxiylik bilan mansablar va yer-mulklar ulashdi. Bu esa ingliz baronlari o‘rtasida qaxr-g‘azab uyg‘otdi. Shaharlar papa kuriyasiga ketayotgan yuqori to‘lovlardan norozi bo‘ldilar. Ritsarlar va erkin dehqon-lar qirol amaldorlari va sudlarning suiiste’molliklaridan va baronlarning o‘z yerlarida davom ettirayotgan bemaza o‘zboshimchaliklaridan g‘azabla-nardilar. Qirol bundan avvalgi yili mamlakatda hosil yomon bo‘lganligiga va ocharchilik yuz berganiga qaramay, shahzoda Edmund (qirolning kenja o‘g‘li)ning Sitsiliya taxtini57 istilo qilishi uchun 1258 yil bahorda baronlar va ritsarlardan ular oladigan daromadlarning to‘rtdan uch qismini to‘lash-larini talab etdi. Qirolning talabiga javoban, qurollangan va o‘zlariga ko‘p ritsarlarni ergashtirib olgan baronlar saroyga kirib keldilar hamda barcha "fransuzlar"ni idora ishlaridan chetlatib, "qirollikda islohotlar" o‘tkazish uchun alohida komissiya tayin etishni talab qildilar. Shundan so‘ng, tez orada baronlarning Oksfordda to‘plangan "quturgan parlamenti" alohida konstitutsiya -"Oksford proviziyalari"ni ishlab chiqdi. Bu o‘ziga xos konstitutsiya qirolni baronlarning doimiy nazoratiga topshirdi. Unda mam-lakatda butun ijroiya hokimiyat 15 ta baronlardan iborat Kengashga o‘tkazilishi nazarda tutildi. Ijroiya Kengash bilan birga muhim masalalarni hal qilish uchun har yili kamida uch marta 27 ta a’zodan iborat mag-natlarning Katta kengashi yig‘ilib turishi lozim edi. Shunday qilib, bu baronlarning 1215 yilda amalga oshmay qolgan o‘z oligarxiyasini o‘rna-tish uchun yangidan qilgan harakati bo‘ldi.
Dastlabki paytlarda baronlar ritsarlar bilan kelishib harakat qildilar. Ammo baronlar hokimiyatni faqat o‘zlari uchun bosib olishga intilayot-ganliklarini, ritsarlar masalasida noaniq va'dalar berish bilan cheklanayot-ganliklarini ritsarlar tezda payqadilar. Ritsarlar norozilik bildirdilar. Ular-ning talablari boshqa bir hujjatda - 1259 yilgi "Vestminstrlik proviziya-lari" nomli mashhur hujjatda ifodalangan edi. "Vestminstrlik proviziyala-ri" ritsarlarning o‘z senorlari - baronlari bilan bo‘ladigan munosabatlarini tartibga solib turardi, shuningdek, qirol sheriflari, eschitorlari58 va sudya-larining suiiste’molliklarini yo‘qotish to‘g‘risida bir qancha takliflar kirit-di. Biroq, ritsarlarning mamlakatning markaziy boshqaruvida ishtirok etish haqidagi talablari qondirilmadi.
Baronlar va ritsarlar harakatiga keyinchalik shaharliklar va bir qan-cha joylarda dehqonlar, qisman frigolderlar, qisman villanlar kelib qo‘shil-dilar. Baronlar to‘dasi bo‘linib ketdi. Demokratik elementlarning faolligi-dan, xususan, boshlanib ketgan dehqonlar harakatidan qo‘rqib qolgan baronlarning ko‘pchiligi tez orada qirol tomoniga o‘tdi. Ammo Simon de Monfor59 boshchilik qilgan yirik feodallarning bir qismi qirol bilan kurash-ni davom ettirib, ritsarlar va shaharliklar bilan ittifoq tuzdi.
1264 yilda Simon qirolning tarafdorlari bo‘lgan baronlarni yakson qilib, Genrix III ni va uning katta o‘g‘li Eduardni asr qilib oldi. Simon de Monfor bir necha vaqt Angliyaning diktatori bo‘lib oldi va ritsarlarni davlat boshqaruvida ishtirok etish haqidagi talablarini ro‘yobga chiqardi. Fuqarolar urushining eng muhim natijasi 1265 yilning boshida Angliya tarixida birinchi tabaqa-vakillik muassasasi - parlamentning chaqirilishi bo‘lgan. Simon de Monfor bu parlamentni keng tarkibda chaqirdi: parlamentga baronlar va yepiskoplardan tashqari, ritsarlarning (har bir 37 ta graflikdan ikki kishidan) va shaharlarning (har bir shahardan ikki kishidan) vakillari taklif qilindi. Shunday qilib, fransuz General shtatlariga o‘xshash, Angliyada birinchi marta uch toifa vakillaridan iborat parlament chaqirildi.
Parlamentning chaqirilishi Angliyada feodal davlat shaklining o‘zga-rishiga, tabaqa-vakillik monarxiyasining vujudga kelishiga olib keldi.
Simon de Monforga hokimiyat tepasida uzoq vaqt qolish nasib etma-di. Baronlarning ko‘pchilik qismi dushmanlar lageriga o‘ta boshladi. Shah-zoda Eduard asirlikdan qochib, qirollik kuchlarining asosiy tashkilotchisi bo‘lib oldi. 1265 yil avgustda Ivzem yonidagi jangda Monfor mag‘lubiyat-ga uchradi va o‘ldirildi. Uning tarafdorlari jazoga tortildilar. Parlament yana birgina yirik feodallar tarkibida yig‘iladigan bo‘ldi.
Eduard I (1272-1307 yillar) 50-60-yillardagi "g‘alayon"dan katta sa-boq olgan hiyla g‘ayratli qirol edi. Ayni zamonda 1265-1285 yillardagi ba-ronlar urushi mahalida o‘rta va quyi sinflarning harakatidan qo‘rqib qolgan feodallar endi qirollik toj-taxti tevaragida mustahkamroq jipslashdilar. Eduard I o‘z mavqeini yanada kuchaytirish uchun istilochilik urushlari uyushtirdi va 1282 yilda Uelsni bosib oldi, lekin Shotlandiya bilan uzoq va og‘ir urush olib bordi. Urushni davom ettirish uchun yetarlicha mablag‘i bo‘lmagan qirol juda mushkul ahvolga tushdi. Oppozitsiyaning yangidan bosh ko‘tarib chiqishining oldini olish va zarur mablag‘ga ega bo‘lish maqsadida 1295 yili qirolning o‘zi umumtoifaviy parlament chaqirdi. Bu parlamentning tarkibi kelajakda ana shunday yig‘ilishlar uchun namuna bo‘lganligidan uni keyinchalik "namunali parlament" deb atadilar.
Ammo 1265 yilda Monfor parlamenti qanday tarkibda to‘plangan bo‘lsa, bu parlament ham xuddi shunday tarkibda yig‘ildi. Bu parlamentda lordlar, dunyoviy va ruhoniy feodallar, ritsarlar va shaharliklar yig‘ilgan edi. Shu paytdan e’tiboran Angliya parlamenti muntazam suratda yig‘iladi-gan bo‘ldi. XIV asrning o‘rtalarigacha ingliz tabaqalari birgalikda majlis-lar o‘tkazardilar, 1343 yildan e’tiboran esa ikkita palataga ajraldi. Yuqori palata lordlar palatasi deb atalib, u ruhoniy lordlar, arxiyepiskoplar, ye-piskoplar, eng yirik monastirlarning abbatlari va dunyoviy lordlar (baron-lar)dan iborat bo‘lardi. Umum palatasi deb atalmish quyi palata graflik-larning vakillari bo‘lgan ritsarlar va shaharliklardan iborat edi. Dastlab parlamentni tuzishda saylov senzi bo‘lmagan. Keyinchalik 1430 yilgi Statut saylov senzi o‘rnatib, unga ko‘ra, grafliklar majlislarida frigolder-larning ishtirok etib, parlamentga saylanishi uchun yiliga 40 shillingdan kam bo‘lmagan daromad olishlari lozim edi.
Dastlabki vaqtlarda parlamentning qirol hokimiyati siyosatiga ta’sir etish imkoniyati uncha katta bo‘lmadi. Uning funksiyalari harakatdagi mulklarga solinadigan soliqlarning miqdorini belgilash va qirol nomiga jamoaviy petitsiyalar berish bilan chegaralab qo‘yilgan edi. To‘g‘ri, 1297 yilda Eduard I parlamentda Erkinliklarning buyuk xartiyasini tasdiqlaydi va buning natijasida "soliqlarning hal qilinmasligi haqida"gi Statut paydo bo‘ldi. Bunda soliqlar, nafaqalar va yig‘imlar endilikda ruhoniylar, dunyoviy magnatlar, ritsarlar, shaharliklar va qirollikning boshqa erkin kishilari umumiy roziligisiz olinmasligi aytildi. Biroq, Statutda qirolga ilgari mavjud bo‘lgan yig‘imlarni undirish imkoniyatini beruvchi izohlar ham bor edi.
O‘rta asrlar Angliyasining parlamenti asta-sekin quyidagi uchta eng muhim vakolatlarni: qonunlar chiqarishda ishtirok etish, qirol xazinasi foy-dasiga aholidan soliqlar olish haqidagi masalalarni hal etish, oliy mansab-dor shaxslar ustidan nazoratni amalga oshirish hamda ba’zi hollarda maxsus sud ishlarini yuritish huquqlarini qo‘lga kiritib oldi.
Parlamentning qonun tashabbuskorlik huquqi qirolga parlamentning jamoa petitsiyalari berishi amaliyotidan kelib chiqdi. Ular hammadan ko‘proq eski qonunlarning buzilishini taqiqlash va yangilarini chiqarish haqidagi iltimoslarda namoyon bo‘ldi. Qirol parlamentning iltimosini qon-dirishi yoki rad etishi mumkin edi. Biroq, XIV asr mobaynida birorta ham qonun qirol va parlament palatalari roziligisiz qabul qilinishi mumkin emasligi o‘rnatildi. XV asrda o‘rnatilgan qoidaga ko‘ra, parlamentning ilti-mosnomasi "bill" degan nom olgan qonun loyihasi shaklida ifodalanmog‘i lozim edi. Shu tariqa qonun (statut) tushunchasi qirol, lordlar palatasi va umum palatadan kelib chiqadigan hujjat sifatida rasmiylashtirildi.
XIV asr mobaynida asta-sekin parlamentning moliyaviy masala-lardagi vakolatlari mustahkamlandi. 1340 yilgi Statut parlamentning roziligisiz to‘g‘ri soliqlar undirilishiga mutlaqo yo‘l qo‘yilmasligini e’lon qildi. 1362 yilgi va 1371 yilgi statutlar esa bu qoidani qo‘shimcha soliqlar uchun ham joriy etdi. XV asrda parlament o‘zi tomonidan taqdim etilgan subsidiyalarning maqsadini ko‘rsata boshladi va ularning xarajat qilinishi ustidan nazorat qilishga erishdi.
Parlament davlat boshqaruvini o‘ziga bo‘ysundirishga harakat qilib, XIV asrning oxiridan asta-sekin impichment protsedurasini joriy etdi. U umum palataning lordlar palatasi oldida mamlakatning oliy sud organi sifatida u yoki bu qirol mansabdor shaxsiga qarshi hokimiyatni suiiste’mol qilganlikda ayblov qo‘zg‘atishdan iborat edi. Bundan tashqari, parlament-ning u yoki bu suiiste’molliklarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri jinoiy deb e’lon qilish huquqi o‘rnatildi. Bunda qirol tomonidan tasdiqlanadigan maxsus hujjat chiqarilib, u "podsho g‘azabi haqidagi hujjat" degan nom oldi.
XIII asr davomida, shuningdek, yangi ijroiya organ - Qirollik kengashining rivojlanishi sodir bo‘ldi. U qirolning yaqin maslahat-chilaridan iborat tor doiradagi organ bo‘lib qoldi va o‘z qo‘lida oliy ijro etish va sud hokimiyatini to‘pladi. Uning tarkibiga odatda kansler, xazinachi, sudyalar, qirolga ancha yaqin bo‘lgan, asosan ritsarlar taba-qasidan chiqqan ministrlar kirardi. Qirolning eng yirik vassallari yig‘ini - Katta kengashi o‘z funksiyalarini yo‘qotdi. Bu funksiyalar parlamentga o‘tdi.