Puni urushlari
Reja:
1. Urushning sabablari.
2. Birinchi Puni urushi.
3. Ikkinchi Puni urushi.
4.Rimning Sharqiy O`rta yer dengizidagi istilolari.
Rimliklar yollanma qo`shinga yordamga kelib, Karfagenga urush e`lon qiladilar. Rim-Karfagen urushi miloddan avvalgi 264-241 yillarda bo`lib o`tadi. Har ikki tomon ham dengizda, ham quruqlikda urush olib boradi. Rim qo`shinlari Sitsiliyaga tushib tez orada Messanani ishg`ol qiladilar. Ular quruqlikdagi janglarda birmuncha g`olib keladilar. Ammo Karfagen floti dengizda rimliklarni mag`lubiyatga uchratadi. Miloddan avvalgi 241 yilda Birinchi Puni urushi sulh shartnomasi bilan yakunlanadi. Sulhga ko`ra Karfagen Rimga katta tovon to`lab, Sitsiliyadagi o`z mulklarini ham Rim hokimiyatiga topshiradi. Birinchi Puni urushidan keyin Karfagenda ahvol og`irlashgan. Iqtisodiy qiyinchilik yollanma qo`shin, Liviya qishloq ahli va qullarning borlashib qo`zg`olon ko`tarishlariga olib keladi. Gamilkar Barka boshliq qo`shin qo`zg`olonni bostirib, qo`zg`olonchilarni qirib tashlaydi.
Rim askarlari jangda
Rim bilan Karfagen o`rtasidagi Ikkinchi Puni urushi miloddan avvalgi 218–201 yillarda bo`lib o`tadi. Karfagen qo`shinlarining yangi sarkardasi Gannibal miloddan avvalgi 219 yili Rim bilan ittifoqda bo`lgan Iberiyaning Sagnut shahrini qilib, uni tor-mor keltirgan, shahar aholisini qo`l qilib sotib yuborgan. Bundan norozi bo`lgan Rim Yangi Karfagenga elchilar yuborib, Gannibalni Rim qo`liga topshirishni talab qiladi. Miloddan avvalgi 217 yilda Rimliklar Etruriyadagi Arritsiy shahri yonida Gannibalning yo`lini to`sganlar. Lekin Gannibal qo`shinlari rimliklar kutmagan botqoqlikdan kun davomida kechib o`tib, ularning orqa tomonida paydo bo`lganlar. Kechib o`tish vaqtida Gannibal ko`zidan ajralagan, u minib yurgan yagona fil ham halok bo`lgan. Gannibal qo`shinlari Rim qo`shinlariga orqa tomonidan hujum qilib, Traziman ko`li yonida Rim qo`shinlarining ko`p qismini qirib tashlaganlar.
O‘q otish quroli –
katapulta
Miloddan avvalgi 216 yili Gannibal qo`shinlari Italiya janubidagi Kanna qishlog`iga kirib kelganida uning 40 ming piyoda jangchisi va 10 mingga yaqin otliq askarlari bor edi. Rim qo`shinida esa 80 ming piyoda va 6 ming otliq jangchi bo`lgan. Gannibal qo`shinlari 70 ming Rim piyoda askarlarni qurshab olib, ularning ko`p qismini qirib tashlaganlar, bir qismini esa asir olganlar. Jangda Rim sarkardalaridan Emiliy Pavel halok bo`lgan, ularning ikkinchi sarkardasi Varron qolgan-qutgan qo`shin bilan Rimga qarab qochgan. Kanna yonidagi mag`lubiyat Rimni og`ir ahvolga solib qo`ygan. Jangda butun Rim qo`shinlarining uchdan bir qismi halok bo`lgan. Karfagenliklarining bu g`alabasi Italiya markazi va janubida yashab, Rim tobe bo`lgan samnit, lukan va apul qabilalarining Gannibal tomoniga o`tishi uchun imkon beradi. Shu vaqtda kapuyaliklar ham karfagenliklarga kelib qo`shiladilar. Ammo Gannibalning Rimni olish uchun qilgan harakati zoye ketadi. Ikkinchi Puni urushi natijasida Rim o`zining eng kuchli raqibi Karfagenni mag`lubiyatga uchratgan edi. Italiyaning bosib olinishi, Karfagen ustidan erishilgan g`alaba Rimni O`rta yer dengizi xavzasidagi eng qudratli quldorlik davlatiga aylantirgan. Rimdan sharq tomonida Makedoniya, Yunoniston, Epir, Salavkiylar podsholigi va Misr kabi juda boy mamlakatlar joylashgan edi. Bu mamlakatning boyliklari Rim quldorlari va harbiylarini doimo o`ziga jalb qilib kelardi. Miloddan avvalgi 153 yilda Karfagenga kelgan Rim senatori va yozuvchisi Mark Katon shaharning iqtisodiy faravonligini ko`rib, hayratga tushgan edi. U karfagenliklarning ashaddiy dushmani bo`lib, senatda o`z nutqini «Karfagenni vayron qilish kerak», degan so`zlar bilan tugatardi. Rimliklar Karfagen bilan yangidan urush chiqarishga bahonalar izlar edilar. Karfagen bilan Numidiya o`rtasidagi janjallar urush boshlanishiga sabab bo`ladi.
Puni urushi
Miloddan avvalgi 149-146 yillarda bo`lib o`tgan urushlar natijasida Karfagen yana vayron qilinib, aholi qul qilib sotib yuborilgan. Uning o`rnida Rimning Afrika viloyati tuzilgan. Sharkiy O`rta yer dengizi bo`ylari itoat ettirilib, Rimga qo`shib olingandan so`ng endi navbat Ispaniyani bosib olishga yetgan. Bunday harakatlar miloddan avvalgi 206 yildayoq boshlangan edi, biroq Rimliklar mahalliy iberlarning qarshiligiga duch kelgan edi. Puni urushlaridan keyin Italiya sarhadidan ancha uzoqda bo‘lgan katta-katta hududlar ham Rim hokimyati tasarrufiga o’tdi.
Gannibal jangchilari
Miloddan avvalgi 154 yilda Iberiya, miloddan avvalgi 150 yilda Luzitaniya aholisi Rimga qarshi qo`zg`olon ko`tardi. Natijasida qo`zg`olon boshlig`i Virnat Luzitaniya podshosi deb tan olindi. Miloddan avvalgi 139 yilda Virnat sotqin ayol tomonidan o`ldirilgan bo`lsa ham tog`lik numansiya aholisi kurashni davom ettirgan. Miloddan avvalgi 133 yilda Rim qo`shinlari Numansiya shahrini qamal qilib, uni ishg`ol qilinganlar. Natijada Ispaniya va Luzitaniya ham bo`ysundirilib, Rim hududlari Iberiyadan Kichik Osiyogacha, Makedoniyadan Misrgacha cho`zilgan.
E’tiboringiz uchun rahmat.
Do'stlaringiz bilan baham: |