69
Ikkinchi bosqich – 2001–2010-yillarni
o‘z ichiga olib, milliy saylov
qonunchiligini, inson huquqlari ustuvorligini ta’minlash, milliy parlamentarizm
taraqqiyoti hamda ko‘ppartiyaviylik tizimini mustahkamlash
asosida yanada
demokratlashtirish davri bo‘ldi. Bu davrda, shuningdek, parlament saylovlarida
to‘plangan birinchi amaliy tajribaga muvofiq saylov tizimining demokratik
asoslarini mustahkamlash va saylovlar to‘g‘risidagi qonunlarga tegishli
o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirildi.
“Davlat boshqaruvini yangilash va yanada
demokratlashtirish hamda
mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish
to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni (2007-yil 11-
aprel) hamda “Saylov to‘g‘risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi
munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining
ayrim qonun hujjatlariga
o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” (2008-yil 25-dekabr)gi qonunning
qabul qilinishini mazkur bosqichning eng muhim jihati sifatida e’tirof etish
mumkin.
2004-yilda bo‘lib o‘tgan saylovlar avvalgilardan bir qator o‘ziga xosliklari
bilan ajralib turdi:
– siyosiy partiyalar ko‘rsatgan nomzodlari orasida kamida 30 %ni ayollar
tashkil etishiga oid qonun talabi;
– agar ilgarilari saylovlar haqiqiy deb hisoblanishi uchun saylovchilarning
eng kamida 50 % ovoz berishi kerak bo‘lgan bo‘lsa, endilikda bu ko‘rsatkich
33 %ni tashkil etdi;
– avvalgi qonunchilikka ko‘ra sudlangan kishilar deputatlikka nomzod
bo‘la olmasdilar. Endi esa bu cheklash faqatgina
sudlanganligi olib
tashlanmagan shaxslarga tegishli;
70
– mustaqil nomzodlar manfaatlarini himoya qiluvchi, ularga saylovoldi
targ‘ibotini tashkil etishda ko‘maklashuvchi Mustaqil nomzodlarni qo‘llab-
quvvatlash markazi tashkil etildi
1
va boshqalar.
O‘zbekiston Respublikasining “Saylov to‘g‘risidagi
qonun hujjatlari
takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun
hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonuniga ko‘ra,
Qonunchilik palatasidagi deputatlik o‘rinlarining soni 120 tadan 150 taga
ko‘paytirildi, shundan 135 nafar deputat siyosiy partiyalardan saylanadi. Atrof-
muhitni muhofaza qilish masalalari nihoyatda muhim ekanligidan kelib chiqqan
holda, quyi palatadagi 15 ta deputatlik o‘rni O‘zbekiston Ekologik harakatidan
saylangan deputatlarga berildi. Bundan tashqari,
qonun hujjatlariga saylov
jarayonining yanada liberallashuvini ta’minlaydigan bir qator normalar kiritildi.
Jumladan, saylovda ishtirok etadigan siyosiy partiyalarning ro‘yxatdan o‘tishi
uchun o‘rnatilgan muddat 6 oydan 4 oyga tushirildi. Ayni vaqtda siyosiy
Do'stlaringiz bilan baham: