Uchinchi bosqich
– O‘zbekistonda saylov huquqi erkinligini ta’minlash va
saylov qonunchiligini rivojlantirishning yangi bosqichi
(2011-yildan to
bugunga qadar)
dagi islohotlarning g‘oyaviy asosini “Mamlakatimizda
demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini
rivojlantirish konsepsiyasi”, Saylov kodeksi tashkil etadi.
Konsepsiyada ilgari surilgan takliflar asosida 2011-yil 18-aprelda
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasiga “O‘zbekiston
Respublikasi Bosh vaziri nomzodi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qonunchilik palatasiga saylovda eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini olgan siyosiy
partiya yoki teng miqdordagi eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini qo‘lga kiritgan bir
necha siyosiy partiya tomonidan taklif etiladi” deb kiritilgan yangi o‘zgartish
partiyalararo raqobatni kuchayishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Shuningdek mazkur Kontseptsiyada ilgari surilgan takliflar asosida 2012-
yil 20-dekabrda “Saylov erkinligini yanada ta’minlanishi va saylov qonunchiligi
yanada rivojlantirilishi munosabati bilan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi hamda “Xalq deputatlari viloyat, tuman va
shahar
Kengashlariga
saylov
to‘g‘risida”gi
O‘zbekiston Respublikasi
72
qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish” haqidagi O‘zbekiston
Respublikasining qonuni qabul qilindi.
2012-yilda saylov qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartishlarga muvofiq,
“qamoqda saqlash joylarida” saqlanayotganlar ham ovoz berish jarayonlarida
ishtirok etish huquqiga ega bo‘ldi.
2015-yil 29-dekabrda “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi
to‘g‘risida”gi qonunga muhim o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Unga
asosan qonunga boshqa davlatlar, xalqaro tashkilotlar va harakatlardan
kuzatuvchilarga mandatlar berish tartibiga oid, “Qamoqda saqlash joylarida”
ovoz berishni tartibga soluvchi, saylovchilar ro‘yxatini tuzishga doir,
“saylovoldi tashviqoti”, uni amalga oshirish shakllari, usullari va turlarini hamda
muddatlarini aniq belgilaydigan, muddatidan avval ovoz berish tartibini yanada
soddalashtiradigan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko‘rsatilgan
nomzodni qo‘llab-quvvatlash maqsadida siyosiy partiyalar tomonidan
yig‘iladigan imzo varaqalarining sonini qisqartirishga tegishli muhim yangi
normalar kiritildi.
2016-yil 2-sentabrda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti
Islom Abdug‘aniyevich Karimov vafot etganligi munosabati bilan O‘zbekison
Respublikasida muddatidan oldin (navbatdan tashqari) Prezident saylovini
o‘tkazishiga to‘g‘ri keldi. Muddatidan oldin Prezident saylovi – bu Prezident
lavozimini egallab turgan shaxs vakolatlari tugagunga qadar o‘tkaziladigan
Prezident saylovidir. Muddatidan oldin Prezident saylovi o‘tkazish uchun
Prezidentning iste’foga chiqishi, uni vazifasidan chetlatish yoki uning vafot
etishi asos bo‘lishi mumkin
1
.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi demokratik huquqiy davlat va
kuchli fuqarolik jamiyatini barpo qilish yo‘lida izchil rivojlanayotgan
O‘zbekiston kelajagi uchun tarixiy ahamiyat kasb etadi. 2016-yil 4-dekabr kuni
1
Саидов А.Х. Президент сайлови: халқаро амалиёт ва Ўзбекистон миллий тажрибаси. – Т., 2016. –
Б.6.
73
bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida fuqarolarning
yuksak huquqiy madaniyati va siyosiy faolligi yaqqol namoyon bo‘ldi.
Bo‘lib o‘tgan saylovda saylovchilar umumiy sonining 87,73 % ovoz
berishda ishtirok etdi va saylovchilarning 88,61 % Tadbirkorlar va
ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan
ko‘rsatilgan nomzod Shavkat Miromonovich Mirziyoyevni yoqlab ovoz berdi.
Qolgan nomzodlar – X.A.Ketmonov – 3,73 %, N.M.Umarov – 3,46 %,
S.S.Otamuratov – 2,35 % ovoz to‘pladilar. Saylov natijalariga ko‘ra
Sh.M.Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi
1
.
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidenti
Sh.M.Mirziyoev
to‘g‘ri
ta’kidlaganidek, “saylovda xalqimiz o‘zining xohish irodasini, yuksak siyosiy
ongi va faol fuqarolik pozitsiyasini yorqin namoyon etdi. Bu, o‘z navbatida, el-
yurtimizning o‘z taqdiri va kelajagiga qanday katta ishonch va mas’uliyat bilan
qarayotganini yaqqol ifoda etadi”
2
.
Shunday qilib, bugungi kunda respublikada saylov qonunchiligi izchillik
bilan takomillashib bormoqda. Bu boradagi asosiy vazifa qabul qilingan
qonunlarni amaliyotga muvaffaqiyatli tatbiq etishdan iborat. Zero, saylov
qonunchiligining mukamalligi va ularni amalda samarali qo‘llash saylovlarning
adolatli o‘tishini ta’minlaydi. Erkin va adolatli saylovlar mamlakatni
demokratlashtirish va rivojlantirishning muhim shartidir.
1
Хидиров Қ. Ўзбекистон Републикаси Президентлиги сайловининг натижалари эълон қилинди //
Халқ сўзи. – 2016. – 10 дек.
2
Мирзиёев Ш.М. Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатини мард ва олижаноб халқимиз
билан бирга қурамиз // www.gov.uz
74
Do'stlaringiz bilan baham: |