6- seminar: Yuksak ma’naviyat va daxldorlik hissi – fuqarolik jamiyati a’zolarining muhim fazilati. Demokratik institutlarni rivojlanttirishda siyosiy partiyalarning o’rni va ahamiyati



Download 37,27 Kb.
bet1/5
Sana01.02.2022
Hajmi37,27 Kb.
#424082
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Yakubova 6- seminar


6- seminar: Yuksak ma’naviyat va daxldorlik hissi – fuqarolik jamiyati a’zolarining muhim fazilati. Demokratik institutlarni rivojlanttirishda siyosiy partiyalarning o’rni va ahamiyati. Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari


Ma’naviyat va daxldorlik hissi fuqarolik jamiyati rivojining muhim omili

Ma’naviyat va daxldorlik hissiinson va jamiyat hayotida, uning yangilanish hamda demokratik fuqarolik jamiyati maqsad va vazifalarini amalga oshirishda muhim omil hisoblanadi. Mustaqillik O’zbekiston jamiyati yangilanishida yangi davrni boshlab berdi. Jamiyat rivojlanishini bir tomonlama tushunishya’ni moddiy omilni mutloqlashtirishga barham berildi. Jamiyat hayotida “ma’naviy va moddiy hayot” uyg’unligi (I.Karimov) nuqtai nazardan yondoshish o’ziga xos qonuniyatdir. Bu moddiy ehtiyojlariniinsonning ruhiy olamiga qarama-qarshi qo’yishlarga barham berdi.


Jamiyat rivojida ma’naviy va moddiy omillarning o’zaro bog’liqligiga asoslanadi. Bu fuqarolik jamiyatining ijtimoiy, iqtisodiy asoslarini, bozor iqtisodi qonunlarini to’g’ri tushunishga imkoniyat beradi. CHunki hamma narsa davlat mulki bo’lgan eski tuzumda xususiy mulkka ega bo’lish, tadbirkorlik va kichik biznes bilan shug’ullanish bizga begona bo’lgan tushunchalar sifatida baholangan edi. Bugungi kunda esa xususiy mulk tushunchasiga nisbatan munosabat qanday o’zgarib, hayotimizdan qanchalar chuqur joy olib bormoqda.

Ma’naviyat insonni ulg’ayish va kuch quvvat manbaidir. Bu insonning ruhiy poklanish va qalban ulg’ayishi bilan bog’liq. Hayotda har xil odamlar uchraydi. Ularning ma’nan halol, pok yashaydigan odamlarga hamda aksincha ma’nan zaif, halol va pok yashamaydigan odamlar ham mavjud. Ammo ma’naviyatni barqarorligi ham ana shunday halol-pok niyatli insonlarning borligi tufaylidir. Fuqarolik jamiyatini qurish va rivojlantirish ezgu maqsad. Ufuqarolarning davlat va jamiyat hayotida faol ishtiroki bilan uzviy bog’liq. Fuqarolik jamiyati ana shunday odamlarning yuksak ma’naviyati, daxldorlik hissiga, oliy maqsadlariga tayanadi.

Bunday odamlar o’zlarining ezgu g’oya va amallari bilan fuqarolik jamiyati institutlarida faol ishtirok etadi. Bu institutlar: 1) NNT, 2) jamoat birlashmalari; 3) turli xil jamg’armalar; 4) mahalla; 5) oila; 6) OAV; 7) turli xil ijtimoiy harakatlar va b. Fuqarolik jamiyati institutlari manfaatlar muvozanatini ta’minlashga ko’maklashadi, unga xizmat qiladi. Bu bilan bog’liq turli xil qonunlarning ijrosini ta’minlaydi.

Bunga yuksak ma’naviyat, ta’lim-tarbiya va chuqur daxldorlik hissi orqali erishish mumkin. Ilm-fan, adabiyot, san’at, xalqimizning boy ma’naviy merosi, qadriyatlarini o’rganish va hurmatqilishorqali fuqarolik jamiyati milliy-ma’naviy va umuminsoniy negizlarining o’zaro mushtarak xolda rivojlanishini ta’minlash mumkin. Bu yuksak ma’naviyat va daxldorlik hissini shakllantirishda oilaning o’rni beqiyosdir. Oila esa fuqarolik jamiyatining muhim bo’g’inidir Mustaqillik yillarida “Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari” kontseptsiyasi amalga oshirildi. Kuchli fuqarolik jamiyati: 1) inson manfaatlarining ustuvorligiga; 2) insonlarning yuksak ma’naviyatiga; 3) qonun ustuvorligiga; 4) davlatning bosh islohotchilik roliga; 5) siyosiy plyuralizmga; 6) mafkuraviy plyuralizmga; 7) fikrlar xilma-xilligiga; 8) demokratik saylov printsiplariga va boshqalarga asoslanadi. Bu fuqarolardan yuksak mas’uliyat, daxldorlik hissi, demokratik ong va tafakkur talab etadi. Globallashuv davrida ma’naviy tahdidlarning oldini olish mamlakatimizda belgilangan fuqarolik jamiyatini rivojlantirish maqsadalariga to’g’ri keladi. Bunda fuqarolarning yuksak ma’naviyatini shakllantirish orqali ularning milliy-ma’naviy qadriyatlariga, tarixiy merosimizga, demokratik qadriyatlarga bo’lgan ishonch va e’tiqodini mustahkamlash orqali zararli g’oyalarning oldini olish mumkin.

Xulosa o’rnida aytish mumkinki, yuksak ma’naviyat va daxldorlik hissi ma’naviyatni inson va jamiyat hayotida, fuqarolik jamiyati qurilishi maqsad va vazifalarini tushunishda muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Yuksak ma’naviyat va fuqarolik jamiyatining o’zaro bog’liqligini quyidagi yo’nalishlar orqali ko’rish mumkin:


  1. Ma’naviyat insonga xos xususiyat, ma’naviyatni tushunish uchun insonni bilish zarur;


  2. Insonning ma’naviyat darajasi uning daxldorlik hissini belgilaydi. Insonning ma’naviyati hamda daxldorlik hissi qancha yuqori bo’lsa, uning fuqarolik jamiyati mas’uliyatini, maqsad va vazifalarini tushunishi hamda ishtiroki shuncha yuqori bo’ladi;


  3. Inson ma’naviyatli va daxldorlik hissi yuqori bo’lsa, milliy-ma’naviy meros va qadriyatlarni hurmat qiladi, unga sodiq bo’ladi. Bu fuqarolik jamiyati uchun muhim negizdir;


  4. Insonning qonunlarni hurmat qilishi, amal qilib, uning ijrosini ta’minlashi ham yuksak ma’naviyatihamda daxldorlik hissimezonidir;


  5. Milliy g’oya maqsadlari bilan fuqarolik jamiyati maqsadlari mushtarak;


  6. Yuksak ma’naviyatli shaxs ozod va erkin shaxs ma’naviyatidir. Ozod va erkin shaxs esa fuqarolik jamiyatiningfaol ishtirokchidir, bunyodkordir;


  7. Ma’naviy tahdidlar – insonning o’zligiga, ma’naviyatiga tahdiddir. SHuning uchun ham insonni uning har qanday ko’rinishidan himoya qilish fuqarolik jamiyati rivojlanishining ustuvor maqsadlariga to’g’ri keladi. Daxldorlik hissining yuqori bo’lishi insonlarga xos muhim fazilatdir.


3.
Saylov huquqi erkinligi – fuqarolik jamiyatining muhim mezoni


Saylov - demokratik, fuqarolik jamiyatining asosiy belgisi sifatida. Fuqarolarning siyosiy-ijtimoiy jihatdan yetukligi uning ijtimoy hayotida faol ishtirok etishi bilan belgilanishi. Saylov – ovoz berish yordamida davlat hokimiyatining vakillik organlarini yoki mansabdor shaxsni, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarini, jamoat birlashmalarini va boshqalarni bevosita xalqning xohish- irodasiga asoslangan holda, ular tomonidan yoki boshqa organ tomonidan shakllantirish mezoni. Saylovlarning turlari. Saylov printsiplari: umumiy saylov huquqi; teng saylov huquqi; to’g’ridan-to’g’ri (bevosita) saylash huquqi; yashirin ovoz berish huquqi. Insonning o’z xohish-irodasini erkin bildirishi hamda uni amalga oshirishi, ozchilikning ko’pchilikka bo’ysunishi, barcha fuqarolarning teng huquqliligi, davlat va jamiyat boshqaruvida qonun ustuvorligi, davlatning asosiy organlari saylanishi, ularning saylovchilar oldida hisob berishi, tayinlash yo’li bilan shakllanadigan davlat organlarining saylovchi tashkilotlar oldidagi javobgarligi.
Jahon tajribasida fuqarolik jamiyati institutlari faoliyati
XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab AQSH va Yevropa mamlakatlarida fuqarolar o’z salohiyatlarini ro’yobga chiqarishi, ularning ijtimoiy, ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy madaniyatini oshirish uchun shart-sharoitlar yaratuvchi fuqarolik institutlarining faoliyati rivojlanishi. XX asr oxiri – XXI asr boshida dunyo miqyosida globallashuv jarayonlari chuqurlashishi, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi rivojlanishi, ma’naviy-axloqiy inqiroz kuchayishi sharoitida AQSH va Yevropaning qator mamlakatlari nohukumat sektori bilan hamkorlikka oid yagona davlat siyosatini ishlab chiqish bo’yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirilishi. Hozirgi davrda AQSH, Frantsiya va Germaniyada NNTning faoliyati. AQSH va SHvetsiyada NNTlarning ro’yxatdan o’tish shartlari.
Ijtimoiy va texnologik innovatsiyalarning fuqarolik jamiyati shakllanishi va rivojlanishiga ta’siri
Texnologik innovatsiyalar zamonaviy taraqqiyotning kafolati sifatida. Fuqarolik jamiyati ana’anaviy tushunchalarining texnologik rviojlanish natijasidagi o’zgarishlar va yangi qirralarning ochilishi. Ijtimoiy innovatsiya tushunchasi. Ijtimoiy innovatsilarning qo’llanilishi. Ijtimoiy tarmoqlar zamonaviy fuqarolik jamiyatining bo’g’ini sifatida. Innovatsion faoliyatining boshqarish mexanizmlari va fuqarolik jamiyati.
Fuqaroviylik, fuqaro faolligi
Fuqaroviylik tushunchasi. Fuqaroviylikning asosiy belgilari va me’zonlari. Fuqaroviylik vatanparvarlikning namoyon bo’lishi. Fuqaroning o’z haq-huquqlarini tushuniish va uni amaliyotda qo’llash ko’nikmasi va boshqa fuqarolarning haq-huquqlarini hurmat qilishi. Fuqaroning o’z hatti-harakati uchun shaxsiy javobgarligi. Fuqaroning davlat va jamiyat oldida o’z huquqiy va ahloqiy mas’uliyatini anglashi. Fuqaroviy o’zlikni anglash fuqaroviylikni ifoda etuvchi muhim jihat. Fuqaroviylikni faollik nuqtaiy nazaridan shartli ravishda darajalarga bo’lish. Fuqaroviy ong. Demokratik qadriyatlar, ideallar, huquq va erkinliklar nuqtaiy nazaridan shaxs, jamiyat va davlat o’rtasidagi munosabatlarni anglash. Fuqarolik ongi – jamiyat taraqqiyotining mezoni. Fuqarolik ongining asosiy vazifalari. Fuqarolik ongining jamiyat hayotida turli shakllarda namoyon bo’lishi. Fuqarolik ongining o’ziga xos xususiyatlari. Fuqaroviy ong jamiyatni birlashtiruvchi kuch sifatida. Fuqaroviy faollikka ta’sir ko’rsatuvchi omillar.
Taraqqiyotning o’zbek modeli va fuqarolik jamiyatini barpo etishning ilmiy-metodologik asoslari
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan mamlakatimizda yangi huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo qilishning kontseptual zaminlari asoslab berilishi. Rivojlangan mamlakatlaring taraqqiyot modellari. Taraqqiyotning “O’zbek modeli”ni yaratilishining siyosiy-ijtimoiy, tarixiy asoslari. Taraqqiyotning “O’zbek modeli”ning asosiy tamoyillari, mohiyati va o’ziga xos xususiyatlari. Taraqqiyotning “O’zbek modeli” jamiyatimizda huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etishning yetakchi asosi ekanligi.
Fuqarolik jamiyatini tadqiq etishning metodologik asoslari. Demokratik taraqqiyot fuqarolik jamiyatini shaklantirishning asosi sifatida. Davlat fuqarolik jamiyatini shakllantirishda bosh islohotchi sifatida. O’zbekistonda “Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyili asosida jamiyatni yangilash jarayonlari. O’zbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllantirishning ijtimoiy-iqtisodiy asoslari. Demokratik islohotlarning zamonaviy sifat bosqichida fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning strategik yo’nalishlari.
Mamlakatni yangilash va modernizatsiya qilish – fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning ustuvor sharti
Modernizatsiya tushunchasining mazmuni va mohiyati. Ijtimoiy-gumanitar fanlardagi modernizatsiya kontseptsiyalari. Modernizatsiyaning nazariy-metodologik modellari. Modernizatsiya nazariyalarining evolyutsiyasi. Modernizatsiya turlari, mexanizmlari va asosiy bosqichlari. Modernizatsiya jarayonlarining maqsad va vazifalari.
Demokratik taraqqiyot modernizatsiya jarayonlarini yetakchi asosi. Mamlakatimizdagi yangilanish va modernizatsiya jarayonlarining asosiy yo’nalishlari va o’ziga xos jihatlari. Mamlakatimizni isloh etish va modernizatsiya qilish jarayonlarining izchilligi va bosqichma-bosqichligi. “Yangi uy qurmay turib, eskisini buzmang”, “Islohot islohot uchun emas, avvalo, inson uchun” degan qoida va tamoyillarning ahamiyati va dolzarbligi.Mamlakatimizda modernizatsiya jarayonlarining kontseptual zaminlarining asoslanishi va rivojlantirilishi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan o’zgarishlarning qonunchilik, huquqiy va normativ bazasi chuqurlashtirilishi va kengaytirilishi. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasida “davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish” ustuvor vazifa etib belgilanishi. Davlat boshqaruvini modernizatsiyalash sharoitida davlat hokimiyati tarmoqlarining “bir-birini tiyib turish va muvozanatda saqlash” tamoyilining mohiyati va hokimiyatlar taqsimlanish amaliyotidagi ifodasi. Mamlakatimizdagi demokratik islohotlar va yangilanishlarning Konstitutsiya va qonunlarimizda izchil ravishda aks etishi.
Yurt tinchligi, Vatan ravnaqi va xalq farovonligi – fuqarolik jamiyati barpo etishning eng muhim sharti
Yurt tinchligi – bebaho ne’mat, ulug’ saodatdir. Bashariyatning o’z taraqiyotning barcha bosqichlarida tinchlik-totuvlikka intilishi. Yurt tinchligi – barqaror taraqqiyot garovi. Fuqarolarning Vatanga sadoqati. Vatanparvarlik. Fidoiylik. Sarhadlar dahlsizligi. Zamonaviy qurolli kuchlar. Vatan tushunchasi. Vatan ravnaqi g’oyasi v uni ta’minlashning asosiy omillari. Ijtimoiy omillar. Siyosiy-huquqiy omillar. Iqtisodiy omillar. Ma’naviy omillar. Halq farovonligi g’oyasi va uning ta’minlovchi kursatkichlar. Farovon turmush daraja. Insonga munosib farovon, moddiy va ma’naviy hayt tarzi. Kuchli ijtimoiy himoya. Inson omilining yuksak mavqeiga erishganligi. Isloxot islohot uchun emas, inosn uchun, uning farovon xayoti uchun xizmat qili zarurligi.
Yuksak ma’naviyat va daxldorlik hissi – fuqarolik jamiyati a’zolarining muhim fazilati
Fuqarolik jamiyatining madaniy-ma’naviy asoslari. Madaniyat va ma’naviyat. Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda ma’naviy qadriyatlar. Milliy va umuminsoniy qadriyatlar. Milliy g’oya va ma’naviyat. Moddiy va ma’naviy madaniyatning uyg’unligi. Ma’naviy tahdidlarga qarshi kurash mexanizmlari. “Ma’naviy tiklanish” va “ma’naviy yangilanish” tushunchalari. Demokratiya – milliy va umuminsoniy qadriyat ekanligi. Fuqarolarning huquq va manfaatlarining ustuvorligi oliy demokratik qadriyat ekanligi. “Hamma narsa inson uchun, uning kelajagi uchun” tamoyili.
Demokratik institutlarni rivojlanttirishda siyosiy partiyalarning o’rni va ahamiyati

Ko’ppartiyaviylik – fuqarolik jamiyat barpo etishning muhim sharti. Mamlakatimizdagi mavjud siyosiy partiya va harakatlar faoliyatini jonlantirish. O’zbekiston Xalq demokratik partiyasi, O’zbekiston Adolat sotsial-demokratik partiyasi, O’zbekiston Milliy Tiklanish demokratik partiyasi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi. Partiyalarning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidaga o’rni. “Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to’g’risida” (2007)gi qonun va uning saylovlarda g’olib partiyaning Bosh vazir nomzodini ko’rsatish huquqi hamda uning mohiyati.


Endi bevosita fuqaroviy ongning mazmun mohiyatiga e’tibor qaratish o’rinlidir. Fuqarolik ongi demokratik qadriyatlar, ideallar, huquq va erkinliklar nuqtai nazaridan shaxs, jamiyat va davlat o’rtasidagi munosabatlarni anglashdan iborat. Albatta har bir davlat va jamiyatda demokratik qadriyatlar o’ziga xos tamoyillir va me’yorlar asosida qabul qilinadi. Fuqarolik ongi jamiyat taraqqiyotining shunday bosqichidagi ruhiy holatini anglatadiki, bu davrda demokratik me’yorlar va qadriyatlar hayotning asosiga aylanadi.

Download 37,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish