Kasb psixologiyasi alohida predmet sifatida XIX asrning boshlarida vujudga kelgan bo‘lishiga qaramay, uning mustaqil fan sifatida rivojlanishi va qaror topish yo‘li ancha murakkab kechgandir. Mazkur ilmning rivojlanishiga turli dunyoqarashlar o‘rtasida olib borilgan doimiy kurash katta ta’sir ko‘rsatgan. Jamiyat tarixiy taraqqiyotining u yoki bu bosqichida qanday dunyoqarash ustuvorligiga qarab, tekshirishlar darajasi va sifati, olingan natijalarni qanday izohlash zarurligi belgilab berilgan.
Kasbiy maslaxat (konsultatsiya) - yoshlarga asoslangan kasb tanlashga yordam berishga ularning qobiliyatlarini atroflicha baholashga qaratilgan, psixologik, pedagogik va tibbiy tadbir choralar tizimidan iboratdir. Kasbiy maslaxatning maqsadi - shaxs qobiliyatlarini o‘rganishdir. Kasbiy maslaxatni uyushtirish jarayonida kuzatish, suxbat, tarjimai xol, faoliyat maxsulini va xarakat nuksonini taxlil qilish, test, eksperiment, mustaqil tavsiflar (maktab, yoshlar uyushmasi, ota-onalar, maxalla, ishlab chikarish) umumlashmasi metodlari qo‘llaniladi.
Kasbiy saralash - yoshlarni u yoki bu kasb hunar, ixtisos buyicha o‘qishga layoqatliligi (yaroqliligi)ni aniklashdan iborat bulib ularni tanlash va kabul qilish maqsadida amalga oshiriladigan jarayondir. Saralash quyidagi bosqichlardan tashkil topadi: a) tibbiy komissiya ularning salomatligini tekshiradi; b) kabul komissiyasi tanlagan mutaxassislik buyicha da’vogarlarning yoshi, jinsi, ma’lumoti, ishchanligi, xoxishi yuzasidan ma’lumot olishga muljallangandir; v) o‘qituvchilar va murabbiylar ularning u yoki bu ixtisosga psixologik jixatdan mutanosibligiga ta’lim jarayonida qobiliyati, mayli, intilishi yordamida namyon bo‘lishiga kafolat berishligi kabilar. Qobiliyati past, xoxishi yuzaki, intilishi sust shaxslar bilan uddalay olmay kolib ketmasligi uchun individual yondashuvni amalga oshirish maqsadga muvofiq.
Kasbga moslashish (adaptatsiya qilish) - lavozimi buyicha emas, balki shaxsning psixologik kiyofasiga binoan uning talabalik (o‘quvchilik) davridan yuqori malakali kasb egasiga aylanishi, ya’ni kasbiy mehnat shart - sharoitlariga asta-sekin kirib kelishidir.
O‘zida biologik elementlarni kamrab olgan organizmning ishlab chikarish (mehnat qilish) muxitiga, kun tartibiga moslashishi aslida ijtimoiy moslashishning asosiy ko‘rinishi xisoblanadi.
Kasbiy moslashish davri odatda uch o‘ziga xos xususiyatli bosqichni bosib o‘tadi, uning xar qaysisi o‘qituvchining kasbiy ma’lumot olishining muxim kirralari bilan tavsiflanadi. Moslashishning birinchi bosqichi tanishuv deb nomlanib, atrof muxitdagi uzining yangi rolini tushinib yetishi bilan yakunlanadi. Kasbiy moslashishning ikkinchi bosqichi tayyorlov deb atalib, ixtisosni egallash mutaxassislikka oid bilimlar (ko‘nikmalar), umumtexnik, gumanitar fan asoslarini chukur o‘rganishni takozo etadi. Kasbiy moslashishning uchinchi bosqichi asosiy xisoblanib, yosh mutaxassisni muassasa muxitiga aralashib ketish bilan tavsiflanadi. Amaliet uning bosh mezoni sifatida xizmat qiladi.
Kasbga moslashishning muvaffakiyatliligi ko‘p jixatdan quyidagilarga boglik:
a) o‘qituvchilar va murabbiylar kay yusinda yosh mutaxassislarni ishlab chiqarishga xamda xizmatning boshqa soxasiga tayyorlashiga;
b) ishlab chikarishda va ta’lim muassasalarida shaxslararo munosabat kay xolatda kechishiga;
v) yosh kadrlar qaysi shakl va tuzilishdagi jamoaga tushib kolishiga va boshqalar.
Shunga qaramasdan, shaxsning faolligi, kasbiy extiyoji, layoqati, motivatsiyasi, qiziqishi, hayotiy rejasi singari psixologik jabxalarini xisobga olish, bu soxani jonlanishiga ijodiy xizmat qiladi.
Kasb tanlashga yo‘llanma berishining va uni tashvikot qilishining usullaridan biri - kurgazmali vositalar, fotostendlar, kitoblar kurgazmasi, yosh rassom va tabiatshunoslar ijodiy faoliyatining maxsulotini namoyish qilish, nakkoshlar va texnika tugaragi ishlarini kurgazmaga quyishdir. Bundan tashqari, muzeylarga ekskursiya uyushtirish orkali u yoki bu kasbga nisbatan qiziqishini vujudga keltirish mumkin. O‘spirinlarda xosil bo‘ladigan praksik (lazzatlanish, roxatlanish) xislar kasbga mexrini oshiradi va unga nisbatan mustaxkamlaydi.
Mehnat psixologiyasi namoyondalari kasb tanlashni uzgacha usullarini tavsiya kilmokdalar. Jumladan, barcha fanlarni o‘qitishga politexnik xususiyati va xossasini chukurlashtirish; tabiiy - matematik soxadagi fanlarda atrofdagi ishlab chikarishdan ob’ekt sifatida foydalanish; ijtimoiy turkumdagi fanlar o‘qitishda ulkashunoslik materiallarini kullagan xolda faoliyat uyushtirish o‘quvchilarning kasbga nisbatan qiziqishini orttirish va mehnat qilishga ularni axlokan tayyorlash; fan asoslarini egallashda kasb haqida axborotlar berib borish; mehnat soxalari to‘g‘risida kasb tanlovchiga mustaqil tanishish sharoitini yaratishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |