67
saylovlarning inson huquqi sifatidagi o‘rni quyidagicha ta’riflanadi: “Har bir
inson bevosita yoki erkin saylangan vakillari orqali o‘z mamlakati boshqaruv
ishida qatnashish huquqiga egadir. Xalq irodasi hukumat
hokimiyatining asosi
bo‘lishi kerak; bu iroda yashirin ovoz berish yoki ovoz berish erkinligini
ta’minlovchi boshqa shunga teng ahamiyatga ega bo‘lgan umumiy va teng
saylov huquqi asosida ifodalanishi lozim”
1
.
Saylovlarning demokratik kechishi ko‘p jihatdan saylov tizimiga bog‘liq.
O‘zbekistonda avvalgi nodemokratik tizimdan demokratik
saylovlar tizimiga
o‘tish oson bo‘lmadi. Bu jarayon ma’lum vaqt o‘tishinigina emas, balki jiddiy
tayyorgarlikni ham taqozo etdi. Maqsadga erishish uchun avvalo, mutlaqo yangi
qonunchilik bazasi talab etilardi. Sovet davrida esa bunday shart-sharoitlarni
yaratishning iloji yo‘q edi. O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan keyin
ko‘ppartiyaviylik asosida haqiqiy demokratik saylovlar o‘tkazish
uchun qulay
shart-sharoitlar yaratildi
2
.
O‘zbekiston Respublikasida Prezident, Oliy
Majlis Qonunchilik palatasi,
xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari xalq tomonidan bevosita
umumxalq saylovi orqali shakllantiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 23-bobi
saylov tizimiga
bag‘ishlangan bo‘lib, 117-moddasida: “O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari
davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash va saylanish huquqiga egadirlar.
Har bir saylovchi bir ovozga ega. Ovoz berish huquqi, o‘z xohish-irodasini
bildirish tengligi va erkinligi qonun bilan kafolatlanadi”, –
deb belgilab
qo‘yilgan.
O‘zbekistonda
saylovlar
umumiy,
teng,
to‘g‘ridan-to‘g‘ri
va
ko‘ppartiyaviylik asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bu
demokratik davlatning asosiy shartlaridan biridir. Saylovlarning demokratik
kechishi ko‘p jihatdan saylov tizimiga bog‘liq. O‘zbekistonda avvalgi
1
Инсон ҳуқуқлари умумжаҳон Декларацияси // www.constitution.uz/uz/pages/humanrights
2
Халилов Э. Ҳ. Ўзбекистон Республикасининг қонун чиқарувчи олий органи:
сохта вакилликдан
ҳақиқий парламентаризмга қадар. – Тошкент: Ўзбекистон, 2001. – Б. 86.
68
nodemokratik tizimdan demokratik saylovlar tizimiga o‘tish oson bo‘lmadi. Bu
jarayon ma’lum vaqt o‘tishinigina emas, balki jiddiy tayyorgarlikni ham taqozo
etdi. Maqsadga erishish uchun avvalo, mutlaqo yangi qonunchilik bazasi talab
etilardi. Sovet davrida esa bunday shart-sharoitlarni yaratishning iloji yo‘q edi.
O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan keyin ko‘ppartiyaviylik asosida haqiqiy
demokratik saylovlar o‘tkazish uchun qulay sharoitlar yaratildi
1
.
O‘zbekiston Respublikasida demokratik tamoyillarga asoslanib o‘tkazilgan
Prezident saylovlari 1991, 1999, 2007, 2015, 2016-yillarda,
parlament va
mahalliy Kengashlarga saylovlar esa 1994, 1999, 2004, 2009, 2014, 2019-
yillarda bo‘lib o‘tdi.
Sh.Yakubov O‘zbekistonda milliy saylov qonunchiligi tizimining
rivojlanishi va takomillashib borishini quyidagi asosiy bosqichlarga ajratib
ko‘rsatishni taklif etadi
2
:
Do'stlaringiz bilan baham: