Harbiy-texnik instituti rasulova nodira sardarovna



Download 4,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/69
Sana16.03.2022
Hajmi4,88 Mb.
#493106
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   69
Bog'liq
Энг янги тарих Укув кулланма 01.03

 
 
25-noyabr
 
 
1990-yil
18-fevral 
 
24-mart 
 
30-aprel 
 
20-iyun 
 
17-oktabr 
 
15-noyabr 
 
1991-yil 
15-fevral 
 
1-mart 
 
22-iyul 
 
19-21-avgust 
 
19-avgust 
 
21-avgust 
 
25-avgust 
 


47
3-topshiriq 
Quyida keltirilgan rasmlar va tarixiy manbalardan foydalanib 1989-yildagi 
ijtimoiy-siyosiy vaziyat hamda Fargʻona fojiasi haqida ma’lumot bering, 
jadvalni toʻldiring. 
 
FARGʻONA 
FOJIASI 
Sabablari 
Qonli 
toʻqnashuvlar 
Oqibatlari 


48
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


49
 
4-topshiriq 
 
Quyida keltirilgan jadvalni toʻldiring. 
Mustaqillikka 
erishish arafasida 
Oʻzbekiston 
 
Siyosiy 
hayot 
 
Iqtisodiy 
hayot 
 
Ijtimoiy 
hayot 
 
Madaniy 
hayot 
 
 
5-topshiriq 
Quyida keltirilgan rasmlar va tarixiy adabiyotlardan foydalanib 1991-
yilda vatanimizning mustaqilligi yoʻlida qoʻyilgan qadamlar haqida 
ma’lumotlar bering va tarixiy shaxslarni ta’riflang. 
 


50


51
II-BOB. O‘ZBEKISTONDA DAVLAT MUSTAQILLIGINING QO‘LGA 
KIRITILISHI. HUQUQIY-DEMOKRATIK DAVLAT QURISH VA 
FUQAROLIK JAMIYATI ASOSLARINI SHAKLLANTIRISH 
1-§. O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining e’lon qilinishi va 
uning tarixiy ahamiyati 
SSSR inqirozga uchragach, O‘zbekiston rahbariyati davlat mustaqilligini 
to‘la o‘z qo‘liga olishga kirishdi. 1991-yil 25-avgustda O‘zbekiston 
Prezidentining farmoni e’lon qilindi. Farmonga binoan Respublika Ichki ishlar 
vazirligi va Davlat xavfsizligi qo‘mitasi O‘zbekiston SSRning qonuniy 
tasarrufiga olindi. Respublika hududida joylashgan SSSR Ichki ishlar 
vazirligining ichki qo‘shinlari bevosita O‘zbekiston Prezidentiga bo‘ysundirildi. 
Respublika Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik qo‘mitasi, prokuraturasi va 
adliya organlari, shuningdek, respublika hududida joylashgan ichki qo‘shinlar, 
Turkiston harbiy okrugi qismlari va qo‘shilmalari partiyadan butunlay xalos 
qilindi. 
Markaz va respublikalar o‘rtasidagi munosabatlar tobora taranglashib, 
markaz boshqaruv qobiliyatini yo‘qotgan, har bir mintaqa, har bir respublika o‘z 
holiga tashlab qo‘yilgan bir sharoitda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi 
Prezidenti Islom Karimov Oliy Kengash Rayosatiga juda qisqa muddatda 
respublikaning davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi qonun loyihasini tayyorlash va 
uni Oliy Kengashning navbatdan tashqari sessiyasi muhokamasiga taqdim 
etishni taklif qildi. Oliy Kengash 1991-yil 26-avgust kuni O‘zbekistonning 
davlat mustaqilligi to‘g‘risida qonun loyihasini tayyorlash haqida va 31-
avgustda Oliy Kengashning navbatdan tashqari VI sessiyasini chaqirishga qaror 
qildi. 
O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasi va Markaziy nazorat 
qo‘mitasining 
28-avgustda 
bo‘lgan 
qo‘shma 
Plenumi 
Respublika 
Kompartiyasining KPSS MQ bilan har qanday aloqasini to‘xtatishga, KPSSning 


52
barcha tashkilotlaridan chiqishga, uning Markaziy organlaridagi o‘z vakillarini 
chaqirib olishga qaror qildi. 
1991-yil 31-avgustda XII chaqiriq O‘zbekiston Oliy Kengashining 
navbatdan tashqari VI sessiyasi o‘z ishini boshladi. O‘zbekistonning mustaqil 
davlat deb e’lon qilinishida mazkur sessiya katta tarixiy ahamiyat kasb etdi. 
Unda “O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risida” hamda 
“O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi masalalar kun 
tartibiga qo‘yilib, qizg‘in muhokama qilindi. Sessiyada O‘zbekiston Prezidenti 
Islom Karimov nutq so‘zlab, Ittifoqda so‘ngi paytlarda yuz bergan ijtimoiy-
siyosiy voqealarni, davlat to‘ntarishiga urinish oqibatlarini tahlil qilib, ular 
O‘zbekiston taqdiriga, xalqimiz tarixiga bevosita daxldor ekanligini har 
tomonlama asoslab berdi. Vaziyatdan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston 
Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qildi va uni mustaqillik 
to‘g‘risidagi qonun bilan mustahkamlashni taklif qildi.
Oliy Kengash deputatlari moddama-modda muhokamadan so‘ng 
“O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi 
qonunni qabul qildilar.
So‘ngra “O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi 
Oliy Kengash Bayonoti” qabul qilindi. Oliy Kengash sessiyasi “O‘zbekiston 
Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qilish to‘g‘risida” qaror qabul 
qilindi. Mazkur qarorda:
1) Respublikaning davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi Oliy Kengash bayonoti 
tasdiqlansin va respublika bundan buyon O‘zbekiston Respublikasi deb atalsin;
2) 1-sentabr O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni deb 
belgilansin va 1991-yildan boshlab bu kun bayram va dam olish kuni deb e’lon 
qilinsin, deb qat’iy belgilab qo‘yildi. 
“O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi 
qonun g‘oyat katta ahamiyatga ega bo‘lib, o‘z mohiyatiga ko‘ra bu hujjat 
respublika uchun vaqtincha konstitutsiya rolini ham o‘ynadi. 


53
Bu Qonun 17 moddadan iborat bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining 
Davlat mustaqilligini huquqiy jihatdan mustahkamlab berdi. Qonunda: 
O‘zbekiston Respublikasi o‘z tarkibidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
bilan birga, mustaqil, demokratik davlatdir; 
O‘zbekiston Respublikasining xalqi suverendir va respublikada davlat 
hokimiyatining birdan-bir sohibidir. U o‘z hokimiyatini ham bevosita, ham 
vakillik idoralari tizimi orqali amalga oshiradi; 
O‘zbekiston Respublikasi to‘la davlat hokimiyatiga ega, o‘zining milliy 
davlat va ma’muriy-hududiy tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv idoralari 
tizimini mustaqil belgilaydi, davlat chegaralari, hududi daxlsiz va bo‘linmas 
bo‘lib, uning xalqi o‘z xohish-irodasini erkin bildirmasdan turib o‘zgartirilishi 
mumkin emas; 
Respublika hududidagi yer, yer osti boyliklari, suv va o‘rmonlar, o‘simlik 
va hayvonot dunyosi, tabiiy va boshqa resurslar, Respublikaning ma’naviy 
boyliklari O‘zbekiston Respublikasining milliy boyligi, mulki hisoblanadi, deb 
qonunlashtirilib, belgilab qo‘yildi. 
Mazkur Qonunga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil 
30-sentabrda bo‘lib o‘tgan VII sessiyasida qabul qilingan qarori bilan 
Konstitutsiyaviy Qonun maqomi berildi. Jumladan, unda shunday deyiladi: 
1. “O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida” 
1991-yil 31-avgustda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga 
konstitutsiyaviy maqom berilsin. 
2. O‘zbekiston Respublikasining amaldagi Konstitutsiyasi moddalariga 
“O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi 
Qonunning moddalariga zid kelgan hollarda mazkur Qonunga amal qilinsin”, – 
deb belgilab qo‘yildi.
Shu tariqa, xalqimizning asriy orzusi, umidlari ushaldi, ro‘yobga chiqdi. 
Uzoq yillar davom etgan kurash natijasida mamlakatimiz, xalqimiz siyosiy 
mutelikdan, asoratdan qutuldi. Dunyo xaritasida yana bitta mustaqil davlat – 


54
O‘zbekiston Respublikasi paydo bo‘ldi. O‘zbekiston tarixida yangi davr – milliy 
istiqlol davri boshlandi. O‘zbekiston uchun mustaqil ichki va tashqi siyosat 
yuritish, xalqimiz uchun o‘z taqdirini o‘zi belgilash, o‘zlari uchun munosib 
turmush yaratish imkoniyati vujudga keldi. 
O‘zbekistonda mustaqillikka erishilgach, siyosiy va iqtisodiy qayta 
qurishlar amalga oshirila boshlandi, birinchi navbatda, mustaqil davlatning 
huquqiy asoslari yaratildi. 
Shu maqsadda 1991-yilning 18-noyabrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Kengashining VIII sessiyasi “O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazish 
to‘g‘risida” qaror qabul qildi. Qarorda quyidagilar belgilandi: 
1. 1991-yil 29-dekabr, yakshanba kuni O‘zbekiston Respublikasining 
Davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi masala bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining 
referendumi o‘tkazilsin. 
2. Referendumda ovoz berish byulleteniga masala quyidagi ta’rifda 
kiritilsin: “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan e’lon qilingan 
O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini ma’qullaysizmi?” 
1991-yil 29-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan referendumda 9 million 898 ming 
707 kishi yoki saylov ro‘yxatiga kiritilganlarning 94,1 % qatnashdi. Ularning 
98,2 % referendumda qo‘yilgan savolni ma’qullab ovoz berdi. Shuni ta’kidlash 
lozimki, referendum butun respublika hududida qonun asosida tashkiliy jihatdan 
uyushqoqlik, fuqarolarning yuksak siyosiy faolligi bilan o‘tdi. Buni 
referendumda turli mamlakatlardan kelgan mustaqil kuzatuvchilar ham 
tasdiqladilar.
Shuningdek, 1991-yilning 18-noyabrida O‘zbekiston Oliy Kengashining 
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi Qonun ham qabul 
qilingan bo‘lib, unga ko‘ra O‘zbekiston xalqi ilk bor 1991-yil 29-dekabrda 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini demokratik prinsiplar asosida sayladi. 
Ushbu saylovda mavjud ikkita siyosiy partiyadan nomzodlar – Xalq demokratik 


55
Download 4,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish