Harbiy-texnik instituti rasulova nodira sardarovna


partiyasidan I.A.Karimov va “Erk” demokratik partiyasidan S.Madaminov



Download 4,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/69
Sana16.03.2022
Hajmi4,88 Mb.
#493106
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   69
Bog'liq
Энг янги тарих Укув кулланма 01.03


partiyasidan I.A.Karimov va “Erk” demokratik partiyasidan S.Madaminov 
ishtirok etdi. 
Bu siyosiy voqeaning tarixiy ahamiyati shundaki, o‘zbek xalqi 130 yillik 
qaramlikdan keyin o‘z tarixida birinchi marta o‘zining davlat rahbarini erkin 
tanlov asosida sayladi. Saylovda qatnashgan barcha fuqarolarning 86 % 
(8514136 kishi) I. Karimov nomzodini, 12,3 % (1220474 kishi) esa “Erk” 
partiyasi rahbari S.Madaminovga ovoz berdi. I.Karimov O‘zbekiston 
Respublikasining muqobillik asosida o‘tkazilgan umumxalq saylovida 
saylangan birinchi Prezidenti bo‘ldi
1

Ma’lumki, umumxalq saylovlari orqali qonun chiqaruvchi organlarni 
shakllantirish demokratik huquqiy davlatning eng muhim belgisidir. Saylov – 
xalq 
o‘z hokimiyati va xohish-irodasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ro‘yobga 
chiqarishning oliy ifodasi, davlat hokimiyati organlarini demokratik tarzda 
tashkil etishning negizi hisoblanuvchi ulkan ijtimoiy-siyosiy tadbirdir.
Bu voqealardan so‘ng O‘zbekiston o‘zining davlat mustaqilligini 
mustahkamlashga yanada dadillik bilan kirishdi. Har bir suveren davlatning 
huquqiy asoslaridan biri – uning asosiy Qonuni – Konstitutsiyasi hisoblanadi. 
Tarixdan ma’lumki, yurtimiz tarixida bir nechta konstitutsiyalar mavjud 
bo‘lgan. Turkistonda inqilobdan keyingi yillarda jahon tajribalariga muvofiq 
tarzda Konstitutsiyalar ishlab chiqildi. Jumladan, Turkiston ASSRning 1918, 
1920-yillarda, Xorazm va Buxoro Xalq Respublikalarining 1920-1921-yil, 
shuningdek, O‘zbekiston SSRning 1927, 1937, 1978-yillarda qabul qilingan 
Konstitutsiyalari shaklan respublikaning Asosiy qonunlari edi. Lekin ular 
mazmun-mohiyatiga ko‘ra haqiqiy mustaqil davlatning Asosiy Qonuni emas edi. 
To‘g‘rirog‘i ular avval RSFSR, keyinchalik SSSR Konstitutsiyalarining milliy 
respublikalar sharoitiga muvofiqlashtirib ko‘chirilgan, hayotiy kuchga ega 
bo‘lmagan nusxasi edi. Shu nuqtai nazardan ko‘rsatib o‘tilgan Asosiy 
1
Халқ сўзи. – 1991. – 31 декабрь.


56
Qonunlarni O‘zbekiston davlati mustaqilligini huquqiy asoslovchi Konstitutsiya, 
deb qarab bo‘lmasdi. 
Mustaqillik qo‘lga kiritilgach, milliy huquqiy davlat qurish, demokratik 
jamiyat barpo etish, bozor munosabatlarini shakllantirish kabi dolzarb vazifalar 
mustaqil O‘zbekiston Konstitutsiyasini ishlab chiqishni taqozo etardi. 
O‘zbekistonning yangi Konstitutsiyasini yaratish g‘oyasi 1990-yil 20-
iyunda “Mustaqillik deklaratsiyasi”ning qabul qilinishi bilan bevosita bog‘liq. 
Mazkur Deklaratsiya qabul qilingan Oliy Kengashning II sessiyasida bu 
hujjatdagi muhim tamoyillar asosida davlatning yangi Konstitutsiyasi ishlab 
chiqilishi lozim, degan xulosaga kelindi. Sessiya I.A.Karimov raisligida 64 
kishidan iborat Konstitutsiya komissiyasini tuzish to‘g‘risida qaror qabul qildi. 
Uning tarkibiga deputatlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarning 
vakillari, davlat hamda jamoat tashkilotlarining, korxonalar, xo‘jaliklarning 
rahbarlari, taniqli huquqshunoslar, olimlar va mutaxassislar kirdi. Oliy 
Kengashning X sessiyasida Komissiya tarkibi tuzildi. Konstitutsiyaviy 
komissiya O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini ishlab chiqish ustida 
2,5 yil ishladi. Konstitutsiya loyihasini ishlab chiqishda konstitutsiyaviy 
rivojlanishning jahon tajribasi o‘rganildi, inson huquqlari, demokratiya va 
qonunchilik sohasida jahonda qo‘lga kiritilgan yutuqlar hisobga olindi. Milliy 
davlatchiligimiz tajribasi, Amir Temur va boshqa davlat arboblari hamda 
allomalarimizning 
davlatni 
idora 
qilish 
sohasidagi 
g‘oyalari yangi 
Konstitutsiyaga asos qilib olindi. 
Loyihaning dastlabki varianti 1991-yil oktabr-noyabrgacha tayyorlab 
bo‘lindi. U muqaddima, olti bo‘limga bo‘lingan 158 moddadan iborat edi. Bu 
loyiha hali mukammallik darajasidan ancha yiroq bo‘lib, uning ustida yanada 
jiddiyroq va talabchanlik bilan ishlash zarur edi. 1992-yil bahorida esa 
loyihaning 149 moddadan iborat ikkinchi varianti ishlab chiqildi. 1992-yil 26-
sentabrda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining loyihasi umumxalq 
muhokamasi uchun matbuotda e’lon qilindi. Muhokama ikki oycha davom etdi. 


57
Muhokama jarayonida bildirilgan takliflar asosida tuzatishlar kiritilgan loyiha 
1992-yil 26-noyabrda matbuotda ikkinchi marta e’lon qilindi. Umumxalq 
muhokamasi davrida 6 mingdan ortiq taklif va mulohazalar bildirildi, ular 
inobatga olindi. 
Oliy Kengashning 1992-yil dekabrda bo‘lgan XI sessiyasi O‘zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyasini qabul qilish masalasini muhokama qildi. 
Sessiyada deputatlar loyihaga 80 ga yaqin o‘zgartirish, qo‘shimcha va aniqliklar 
kiritdilar. Shunday qilib, 1992-yil 8-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasi qabul qilindi. 
Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinganligini 
nishonlash maqsadida Konstitutsiya qabul qilingan kun – 8-dekabr umumxalq 
bayrami – O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi kuni deb e’lon qilindi. 
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 6 bo‘lim, 128 moddadan 
iborat. U “Mustaqillik Deklaratsiyasi”, “O‘zbekiston Respublikasining Davlat 
mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi Qonunda mustahkamlangan tamoyillar va 
g‘oyalarni o‘zida to‘la mujassamlashtirdi. 
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi ijodkor xalqimizning xohish-
irodasi va dono fikr-mulohazalari asosida va jahonda to‘plangan eng ilg‘or 
konstitutsiyaviy rivojlanish tajribasini va milliy davlatchiligimiz xususiyatlarini 
hisobga olgan holda mustaqil ishlab chiqildi. Ilgarigi konstitutsiyalar esa 
markaziy hokimiyat tomonidan tayyorlangan Ittifoq konstitutsiyasi nusxalaridan 
ko‘chirib olinar edi. Shu boisdan ham yangi asosiy qonunimiz mustaqil 
O‘zbekistonning birinchi Konstitutsiyasi hisoblanadi. 
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini o‘rganish jarayonida uning 
mohiyatini ochib beruvchi quyidagi asosiy tamoyillarini bilib olishga ahamiyat 
berish zarur:
O‘zbekiston Konstitutsiyasining birinchi tamoyili – davlat suvereniteti. 1-
6-moddalarda O‘zbekiston – suveren demokratik respublika, davlat xalq 
manfaatlariga xizmat qiladi, mustaqil ichki va tashqi siyosat yuritadi, o‘zbek tili 


58
– davlat tilidir, deb belgilab qo‘yilgan. Konstitutsiyada davlatning “O‘zbekiston 
Respublikasi” va “O‘zbekiston” degan nomlari bir ma’noni anglatadi, deb 
belgilab qo‘yilgan. 
Ikkinchi tamoyil – xalq hokimiyatichiligidir. 7–14-moddalarda xalq davlat 
hokimiyatining birdan-bir manbaidir, O‘zbekiston xalqini millatidan qat’i nazar 
uning fuqarolari tashkil etadi, davlat o‘z faoliyatini inson va jamiyat 
farovonligini ko‘zlab amalga oshiradi, deb ko‘rsatilgan. 
Uchinchi tamoyil – davlat hokimiyatining uch tarmoqqa bo‘linishi. 
O‘zbekiston davlat hokimiyati tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro 
etuvchi va sud hokimiyatlariga bo‘linishi qonunlashtirildi.
To‘rtinchi tamoyil – demokratiyaga sodiqlik. Konstitutsiyada demokratiya 
va ijtimoiy adolatga sadoqat e’lon qilinadi hamda insonparvar demokratik-
huquqiy davlat barpo etish nazarda tutiladi. 
Beshinchi tamoyil – Konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligi. 
Konstitutsiyaning 15-moddasida “O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so‘zsiz tan olinadi. 
Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar 
Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko‘radilar”, deb belgilab qo‘yilgan. 
Oltinchi tamoyil – xalqaro andozalar darajasida ifodalangan fuqarolar 
huquqlari, erkinliklari va majburiyatlarining tengligi va daxlsizligidir. 
O‘zbekiston fuqarolarining huquqlari muhim xalqaro hujjatlar – “Inson 
huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi”, “Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar 
to‘g‘risidagi xalqaro Pakt”, “Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risida xalqaro 
Pakt” va boshqalar asosida bayon etilgan. 
Yettinchi tamoyil – qonuniylik. Qonuniylik jamiyatning bir maromda hayot 
kechirishini, davlat organlarining maromli faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi. 
Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar 
Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko‘rgandagina jamiyatda barqarorlik 
va taraqqiyot bo‘ladi. 


59
Sakkizinchi tamoyil – O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy 
qoidalari aniq belgilab qo‘yilganligi. Asosiy Qonunning 17-moddasida 
O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosati aks etgan. Konstitutsiyada davlat 
xalqning manfaatlari va xavfsizligini ta’minlash maqsadida boshqa davlatlar 
bilan ittifoq va do‘stona aloqalar o‘rnatilishi hamda davlatlararo tuzilmalarga 
kirishi va ulardan ajralib chiqishi mumkinligi qonunlashtirilgan. 
To‘qqizinchi tamoyil – mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish. O‘zbekistonda 
o‘zbek davlatchiligi rivojining tarixiy tajribasiga tayangan holda mahalliy 
hokimiyat boshlig‘i bo‘lgan hokim instituti joriy etildi. Viloyatlar, tumanlar va 
shaharlarda hokimiyatning vakillik organlari xalq deputatlari kengashlari bo‘lib, 
ularga viloyat, tuman va shahar hokimlari boshchilik qiladilar. Konstitutsiyaning 
99–104-moddalarida mahalliy davlat hokimiyati asoslari, hokimlarni tayinlash 
va tasdiqlash tartiblari, ularning vazifalari belgilab berilgan. 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida, shuningdek, Qoraqalpog‘iston 
Respublikasining huquqiy maqomi, O‘zbekiston bilan o‘zaro munosabatlarning 
huquqiy asoslari belgilab berilgan. 
Shunday qilib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul 
qilinishi 
mamlakatimiz 
hayotida 
katta 
ahamiyatga 
ega 
bo‘ldi. 

mamlakatimizda qonunchilikning rivojlanishi uchun, huquqiy islohotlar uchun 
asos bo‘lib qoldi. Yuzlab qonunlar, kodekslar, milliy dasturlar ishlab chiqildi, 
umumxalq muhokamasidan o‘tdi, qabul qilindi va hayotimizning barcha 
jabhalarida amal qilinmoqda. 

Download 4,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish