Joriy yilning 31 may kuni Xalqaro press-klubda «Ekologik haftalik 2017» tadbiriga start berildi



Download 24,64 Kb.
bet1/3
Sana29.12.2021
Hajmi24,64 Kb.
#86143
  1   2   3
Bog'liq
nntatrofmuhit


Joriy yilning 31 may kuni Xalqaro press-klubda «Ekologik haftalik – 2017» tadbiriga start berildi. Unda, O‘zbekiston Respublikasi Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari O‘ktam O‘tayev, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari Boriy Alixonov, BMT Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakili Farid Qoraxonov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, bir qator vaziriklar, idoralar, NNT, xorij va mahalliy OAV vakillari ishtirok etdilar.

Xalqaro hamjamiyatning e’tiborini atrof-muhitni muhofaza qilishga hamda global ekologik inqirozning oldini olishga qaratish va bu borada aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish maqsadida, 1972 yili 5 iyunda Stokgolm shahrida BMTning ekologik masalalarga bag‘ishlangan konferensiyasida Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kunini nishonlash to‘g‘risida qaror qabul qilingan edi. Shundan buyon ushbu sana munosabati bilan turli tadbirlar, ko‘rik-tanlovlar, bog‘ yaratish, obodonlashtirish aksiyalarini o‘tkazib kelinadi. Bu yil o‘tkaziladigan Butunjahon atrof-muhit muhofazasi kuniga bag‘ishlangan shior «Men tabiat bilan birgaman» deb nomlandi.

An’anaga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi BMT Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda mazkur ekologik sanaga bag‘ishlab «Ekologik haftalik» tadbiri tashkil qilindi. Bu yil o‘tkaziladigan haftalik dasturi o‘z ichiga uchrashuvlar, “yashil” konsertlar, ko‘rik-tanlovlar, hududlarni tozalash bo‘yicha ekologik aksiyalar, yurtimiz tuman va viloyatlari, Toshkent shahrida yirik ko‘rinishga ega turli tadbirlarni olgan. Bularning barchasi aholi, ayniqsa yosh avlodning atrof-muhit muhofazasi, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, chiqindilarni boshqarish sohasi borasidagi xabardorligini oshirishga qaratilgan.

Ta’kidlandiki, O‘zbekiston atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida butunjahon deklaratsiyalari, konvensiyalari va BMTning boshqa bitimlarida aks etgan vazifalarni amaliyotga tatbiq etish bilan bir qatorda, global tabiat muhofazasi siyosatining ham faol ishtirokchisiga aylandi.

Barqaror rivojlanish sohasidagi xalqaro huquq normalariga amal qilingan holda, shuningdek Konstitutsiyaning nizom va asosiy prinsiplaridan kelib chiqib, ekologiya va atrof-muhit muhofazasi sohasida qonunchilik reformasi o‘tkazildi. Unda jahon standartlariga mos keluvchi yangi qonunchilik aktlari qabul qilindi, mavjudlari esa takomillashtirildi.

Jumladan, atrof-muhitni muhofaza qilish, bioxilma-xillikni asrab-avaylash, ozon qatlamini yemiruvchi moddalardan voz kechish bo‘yicha, shuningdek iqlim o‘zgarishi sohasida ham ilk tashabbusga ega muhim ahamiyatga molik dasturlar qabul qilinib, amaliyotga tatbiq etilmoqda.

«Ekologik nazorat to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni atrof-muhitni muhofaza qilish tizimi va ekologik muammolarni hal etishda fuqarolik jamiyati institutlarining faol ishtiroki uchun huquqiy asos bo‘lib xizmat qilishiga, shuningdek tabiat muhofazasining tashkiliy tizimini takomillashtirishda muhim bosqich bo‘ldi.

Qabul qilingan chora-tadbirlar atmosfera havosi ifloslanishi darajasining pasayishiga, asosiy ochiq suv havzalari ishlash mehanizmining yaxshilanishi, muhofaza qilinadigan hududlar tarmoqlarini kengaytirish, ya’ni atrof-muhit muhofazasi va tabiatdan foydalanish amaliyotida ma’lum bir yaxshilanishlarga ega bo‘lish imkonini berdi.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini qayta tashkil etish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi etib qayta tashkil qilindi (Davlat ekologiya qo‘mitasi). Davlat ekologiya qo‘mitasining asosiy vazifa va funksiyalari ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish ishlarini muvofiqlashtirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash sohasida davlat boshqaruvini amalga oshirish, resurslarni tejash borasida chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda idoralararo hamkorlikni ta’minlashdan iborat.

Spikerlar tomonidan ta’kidlandiki, 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ko‘zda tutilgan ekologik xavfsizlikni ta’minlash, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, aholining turmush sharoitini yanada yaxshilash va boshqa masalalarni hal etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida»gi Farmoni, «O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi faoliyatini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida» va «2017-2021 yillarda maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorlari qabul qilindi.

Shuni ham alohida qayd etish lozimki, Davlat ekologiya qo‘mitasining asosiy vazifalaridan yana biri, bu – qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash, tashish, qayta ishlash, utilizatsiya qilish va ko‘mish tizimini tashkil qilishdan iborat.

Shuningdek spikerlar tadbir davomida yana bir muhim masalaga jiddiy e’tibor qaratdilar. Afsuski, bugungi kunda tez-tez uchrayotgan ekologik huquqbuzarliklar ekologik qonunchilikka jiddiy tahrirlar kiritishni talab etmoqda. Bu, o‘z navbatida, javobgarlikni yanada kuchaytirish, huquqbuzarliklar uchun jarima miqdorini ko‘paytirish imkonini beradi.

2016 yilda Qo‘mita tomonidan tabiat muhofazasi sohasida 18269 ta ma’muriy huquqbuzarliklar aniqlangan bo‘lib, shulardan 7187 ta (yoki 40 foiz) holat bevosita chiqindilar bilan bog‘liq. Mazkur holat ekologiya, sanitariya normalari va chiqindilarni boshqarish sohasidagi talablarning qo‘pol buzilishiga nisbatan qo‘llanilayotgan ma’muriy chora-tadbirlarning samarasi past va yetarli emasligini ko‘rsatmoqda. Ana shu munosabat bilan, javobgarlikni yanada kuchaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy Javobgarlik Kodeksiga o‘zgartirishlar kiritish ko‘zda tutilmoqda.

Tadbir davomida ekspertlar tomonidan ta’kidlandiki, atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida jamoatchilikning ishtiroki, ayniqsa jamoatchilik ekologik nazoratini kuchaytirish maqsadga muvofiq. Ularning faoliyati birinchi navbatda brakonerlik, noqonuniy daraxtlarning kesilishi kabi profilaktik chora-tadbirlarga qaratilishi lozim.

Tadbir so‘nggida «Ekohaftalik–2017»ning asosiy vazifalaridan biri har bir fuqaroning ekologiya masalalariga e’tiborini qaratish, shuningdek ularning atrof-muhit muhofazasiga bo‘lgan qiziqishini oshirish, uni asrab-avaylashda faol ishtirok etishga da’vat qilishdan iborat ekanligiga alohida urg‘u berildi. Undan tashqari, tadbir ishtirokchilari tomonidan berilgan barcha savollarga soha mutaxassislari batafsil va atroflicha javob qaytarishdi.

2030-YILGACHA BOʻLGAN DAVRDA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISH KONSEPSIYASINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Mamlakatimizda atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, sanitariya va ekologik holatni yaxshilashni taʼminlash sohasida izchil ishlar olib borilmoqda.

Shu bilan birga, bu borada oʻtkazilgan tahlil natijalari atrof- muhitni muhofaza qilish sohasida davlat funksiyalarini amalga oshirishda kompleks yondashuv va strategik rejalashtirishning mavjud emasligi, shuningdek, qoʻyilgan vazifalarni samarali bajarish uchun tabiatni muhofaza qilish organining vakolatlari yetarli emasligidan dalolat beradi.

Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlarini belgilash, tabiatni muhofaza qilish sohasidagi qonun hujjatlari buzilishlari profilaktikasi, ularni aniqlash va oldini olishning samarali mexanizmlarini joriy etish, respublika aholi punktlarining sanitariya va ekologik holati uchun davlat organlari, xoʻjalik yurituvchi subyektlar rahbarlari va fuqarolarning shaxsiy javobgarligini kuchaytirish, shuningdek, 2030-yilgacha boʻlgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi Milliy maqsad va vazifalarga erishishni taʼminlash maqsadida:

1. Quyidagilar:

a) 2030-yilgacha boʻlgan davrda Oʻzbekiston Respublikasining Atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda – Konsepsiya) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va unda quyidagi chora-tadbirlar nazarda tutilsin:

atrof-muhit obyektlarini (atmosfera havosi, suv, yer, tuproq, yer qaʼri, bioxilma-xillik, qoʻriqlanadigan tabiiy hududlar) antropogen taʼsir hamda boshqa salbiy taʼsir qiluvchi omillardan saqlash va sifatini taʼminlash;

ekologik jihatdan eng kam xavf tugʻdiruvchi materiallardan, mahsulotlardan, ishlab chiqarish obyektlari va boshqa obyektlardan ustuvor darajada foydalanish;

qoʻriqlanadigan tabiiy hududlarni kengaytirish;

zaharli kimyoviy va radioaktiv moddalardan ekologik xavfsiz foydalanishni taʼminlash;

chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirishning ekologik xavfsiz tizimini takomillashtirish;

aholining ekologik madaniyatini shakllantirish, atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat organlari faoliyatining shaffoflik darajasini oshirish va fuqarolik jamiyatining rolini kuchaytirish;

b) 2030-yilgacha boʻlgan davrda Oʻzbekiston Respublikasining Atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini 2019-2021 yillarda amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” (keyingi oʻrinlarda – “Yoʻl xaritasi”) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Belgilab qoʻyilsinki, Konsepsiya erishilgan natijalar, maqsadli koʻrsatkichlar va atrof-muhitni muhofaza qilish boʻyicha tegishli davrga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlardan kelib chiqqan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan uch yil muddatga alohida-alohida tasdiqlanadigan “Yoʻl xaritalari” asosida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda – Davlat ekologiya qoʻmitasi):

2021-yil 1-dekabrgacha boʻlgan muddatda “Yoʻl xaritasi”ni amalga oshirish yakunlarini puxta oʻrganish asosida keyingi davrga moʻljallangan “Yoʻl xaritasi” loyihasining ishlab chiqilishi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritilishini taʼminlasin;

“Yoʻl xaritalari” amalga oshirilishi boʻyicha taʼsirchan monitoring yuritsin.

3. Quyidagilar:


Download 24,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish