“Bitiruv malakaviy amaliyoti”
hisoboti
Reja:
Kirish (O’zbekiston Respublikasida sud tizimi faoliyatining umumiy tavsifi).
Asosiy qism:
1.1.Sud tizimi faoliyatiga oid masalalar va sud tuzulishi va islohoti.
1.2.Sudlarning chinakam mustaqilligini ta’minlash hamda sud tizimida
korrupsiyaning oldini olish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari haqida yetarli
ma’lumotlarga ega bo’lish.
Kirish
Men Jinoyat sudida 2022-yilning 7-fevralidan 14-aprelga qadar “Bitiruv
malakaviy amaliyot”ni o’tab keldim.
Hamma joyda bo’lgani kabi amaliyotning birinchi haftasi sud aparati
xodimlari bilan yaqindan tanishdim. Sud haqida umumiy tasavvurga ega bo’ldim.
Shundan so’ng o’zimga biriktirilgan amaliyot rahbarim hamda Jinoyat sudidan
biriktirilgan rahbarim bilan kelgusida amaliyot puxta va oqilona o’tkazish sud
sohasida yetuk kadr bo’lib chiqishim uchun bitiruv malakaviy amaliyotni grafik
asosida tashkil etishni ta’kidlab o’tdi. Shundan so’ng jinoyat sudining asosiy
vazifalari nimalardan iborat ekanligini bilib oldim.
Keyinchalik jinoyat sudidagi amaliy qo’llanma kitobi bilan tanishib chiqdim.
Ushbu qo’llanmada jinoyat ishlari bo’yicha protsessual hujjatlar tushunchasi,
ularning ahamiyati, protsessual hujjatlarning turlari va huquqiy asoslari, sud
ajrimlari turlari, ularning mazmuni va chiqarish tartibi, sudga qadar ish yuritish
bosqichida chiqariladigan ajrimlar, jinoyat ishini sudda ko’rish uchun tayyorlash
bosqichida chiqariladigan sud hujjatlari, sud muhokamasi yakuni bo’yicha
chiqariladigan sud hujjatlari, sud qarorlarining ijrosi bilan bog’liq bo’lgan
holatlarda chiqariladigan sud hujjatlari, sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va
adolatliligini tekshirish yakunlari bo’yicha chiqariladigan sud hujjatlari hamda
xususiy ajrimlar, ularni chiqarish va rasmiylashtirish tartiblari alohida
rasmiylashtirilgan ekan. Bundan tashqari ushbu qo’llanmada jinoyat ishlari
bo’yicha sudlar sudyalariga metodologik va amaliy ko’nikmalarni hosil qilish, odil
sudlovni amalga oshirish hamda sud hujjatlarini tuzishda amaliy yordam
ko’rsatish, shuningdek, oliy o’quv yurtlari hamda bizga o’xshagan yuristlar hamda
bo’lajak yuristlarni malakasini oshirish maqsadida Jinoyat huquqi va Jinoyat
protsessi kurslarini o’rganish uchun juda kerakli qo’llanma ekan.
Unga ko’ra sudning vazifalari O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi
va boshqa qonunlarida, inson huquqlari to’g’risidagi xalqaro hujjatlarda e’lon
qilingan fuqarolarning huquq va erkinliklarini, korxonalar, muassasalar va
tashkilotlarning huquqlari hamda qonun bilan qo’riqlanadigan manfaatlarini
himoya qilishdan iboratdir.
Shuningdek, sud hokimiyatiga qanday vakolatlar berilganligini bilib oldim;
Oliy sudning vakolatlariga keladigan bo’lsak, O‘zbekiston Respublikasi
Oliy sudi fuqarolik, jinoiy, iqtisodiy va ma’muriy sud ishlarini yuritish sohasida
sud hokimiyatining oliy organidir.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi quyi sudlarning sudlov faoliyati
ustidan nazorat olib borish huquqiga ega.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi:
o‘z vakolatlari doirasida ishlarni birinchi, apellatsiya va kassatsiya
instansiyasi sudi sifatida, shu jumladan kassatsiya instansiyasi sudida takroran,
shuningdek yangi ochilgan holatlar bo‘yicha ko‘rib chiqadi;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumida sud amaliyotining dolzarb
masalalarini ko‘rib chiqadi va qonunchilikning qo‘llanilishi yuzasidan
tushuntirishlar beradi;
Harbiy sudlarning, Qoraqalpog’iston Respublikasi sudining, viloyatlar va
Toshkent shahar sudlarining, Qoraqalpog’iston Respublikasi ma’muriy sudining,
viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlarining, tumanlararo, tuman, shahar
sudlarining tashkiliy faoliaytini o’rganadi hamda tashkiliy jihatdan rahbarlikni
amalga oshirish vakolatiga ega.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining tushuntirishlari sudlar
tomonidan bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
sud amaliyoti va sud statistikasining tizimli tahlilini amalga oshiradi;
sudyalarning va sud apparati xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha
ishlarni tashkil etadi.
Amaliyotning ikkinchi haftasida esa sud protsesslarida ishtirok eta
boshladim. Sud majlisi bayonnomasi hamda qarorlarini yozishni asta sekinlik bilan
qunt bilan o’rgandim. Shu bilan birga ko’plab sayyor sud majlislarida qatnashib
keldim, hamda sayyor sud qay tartibda amalga oshirilishini o’rganib oldim. Sudga
kelgan fuqarolar bilan suhbat olib bordim ularni sudga kelish sababini aniqlab
qonun doirasida qo’ldan kelgancha yordam berdim. Sud raisi bilan birgalikda
fuqarolar qabulida ishtirok etdim. Jinoyat ishi va ma’muriy huquqbuzarlik sodir
etgan shaxslarning hujjatlarini ichki ro’yxat qilib reestr yuritish tartibini o’rganib
oldim.
Asosiy qism:
1.1. Sud tizimi faoliyatiga oid masalalar va sud tuzulmasi va islohoti.
Hozirgi
kunda
mamlakatimizda
izchil,
bosqichma-bosqich
olib
borilayotgan sud-huquq islohotlarining tub mohiyati, sud hokimiyatining
mustaqilligini ta’minlash, uning jamiyatdagi nufuzi va mavqeyini yuksaltirish,
inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish hamda qonuniyligini
ta’minlashdan iboratdir. Bundan tashqari, qo’llanma orqali umumiy yurisdikatsiya
sudlari tomonidan chiqariladigan protsessual hujjatlar xususida umumuiy
tushunchaga ega bo’ldim. Sudda amaliyot o’tash mobaynida barcha jinoyat ishlari
bo’yicha birinchi instansiya, apellyatsiya, va kassatsiya sud hujjatlari turlarini
o’rgandim. Yana quyidagi narsalarni o’zim uchun bilib oldim. Sud hujjatlari
umumiy belgilarga ega bo’lishiga qaramasdan, ular o’ziga xos xususiyatlari
bo’yicha bir-biridan farq qilar ekan. Misol uchun, qaror
Qaror.
O’zbekiston Respublikasining JPKsida sud hujjati qaror shaklida
faqat jinoyat ishini sudda ko’rish uchun tayinlash (JPKning 395, 397-moddalari)
nazarda tutilgan. Jinoyat ishini sudda ko’rish uchun tayinlash to’g’risidagi qaror
jinoyat ishini birinchi instansiya sudida ko’rish bilan bog’liq tashkiliy masalalar
yuzasidan chiqariladi va uning ijrosini ta’minlash qoida tariqasida sud tomonidan
hal qilinadi. JPK397-moddasining 5-bandida shunday yozilgan.
Ajrim.
Sud hujjatlaridan yana biri bu ajrim hisoblanadi. Sud tomonidan
aksariyat hollarda sud hujjati ajrim shaklida chiqariladi ekan. JPKning 423-
moddasiga muvofiq, sud muhokamasi vaqtida hjal qilinadigan barcha masalalar
yuzasidan sudlar ajrim chiqaradilar.
Sud tomonidan hal qilinishi lozim bo’lgan masalalardan kelib chiqqan
holda, ajrimlar sudya tomonidan yakka tartibda yoki hay’atida sud muhokamasisiz,
taraflarning ishtirokisiz yoxud sud muhokamasi vaqtida taraflar yoki muayyan
shaxslarning bevosita ishtirokida chiqarilishi mumkin ekan. Sud ajrimining ijrosi
barcha vakolatli va manfaatdor shaxslar uchun majburiy hisoblanadi.
Hukm.
Sud hukmi jinoyat ishi yurituvining asosiy vazifalarini hal etadigan
va sud muhokamasiga yakun yasaydigan odil sudlovning muhim hujjati
hisoblanadi. Amaliyotni o’tash davrida birgina sud hukmi o’qildi.
Bundan tashjari, hozirgi kunda jinoyat sudiga qo’shimcha yuklama sifatida
ma’muriy huquqbuzarlikka oid ishlar jinoyat sudiga berilgani boisi jinoyat sudida
ish hajmi keskin ravishda ortishni boshladi. Jamiyatda ma’muriy sudlarga bo‘lgan
ishonchni yanada oshirish maqsadida kodeksga o’zgartirish va qo’shimchalar
kiritilmoqda. Bunda tashqari davlat organlari tomonidan sud qarorlari ijro etilishi
ustidan nazoratning ta’sirchan mexanizmlarini joriy etish talab etiladi.sud
hokimiyatining mustaqilligi to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy normalarga va odil
sudlovni amalga oshirish faoliyatiga aralashganlik uchun javobgarlikning
muqarrarligi prinsipiga og‘ishmay amal qilinishini ta’minlash;
fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga tajovuz
qilish holatlari yuzasidan zudlik bilan zarur choralar ko‘rish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish,
murojaatlarni ko‘rib chiqishda sansalorlik va befarq munosabatda bo‘lish
holatlariga yo‘l qo‘yganlik uchun jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan javobgarlikning
muqarrarligini ta’minlash, shuningdek buzilgan huquqlarni tiklash bo‘yicha barcha
zarur choralarni ko‘rish;
faoliyatning ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, fuqarolik jamiyati
institutlari, ommaviy axborot vositalari va aholi bilan hamkorlik qilishning
samarali mexanizmlarini keng qo‘llash;
faoliyatni ish yakunlarining kompleks tahlili asosida rejalashtirish va
tashkil etish, bunda e’tiborni avvalo huquqni qo‘llash amaliyoti va amaldagi qonun
hujjatlarini takomillashtirish orqali tizimli qonunbuzarliklarning sabab va shart-
sharoitlarini aniqlash hamda bartaraf etishga qaratish;
xodimlar o‘rtasida suiiste’molchilik va boshqa huquqbuzarliklarning oldini
olish, profilaktika qilish va ularga chek qo‘yish bo‘yicha idoraviy nazoratni
kuchaytirish, odob-axloq qoidalariga og‘ishmay rioya etilishini ta’minlash. Yuksak
axloqiy-irodaviy va kasbiy fazilatlarga ega, yuklatilgan vazifalar va amalga
oshirilayotgan islohotlarning samarali bajarilishini ta’minlashga qodir bo‘lgan
kadrlarni shaffof tanlov asosida ishga qabul qilish tizimini takomillashtirish;
fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlariga so’zsiz rioya etilishini
ta’minlash, faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan ilg’or ilmiy-texnika
vositalari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, shuningdek sud ishini
tashkil etishning zamonaviy shakl va usullarini joriy etish nazarda tutilgan.
Axborot texnologiyalaridan foydalanish haqida gap ketganda shak-
shubhasiz “E-XSUD” axborot platformasini misol qilib aytsak bo’ladi. Ushbu
axborot portali sudlar o’rtasida axborot almashinuvining eng yorqin misoli. Ushbu
platformaga kirish uchun zamonaviy internet brauzerlaridan foydalanish kerak
bo’ladi.
1.2. Sudlarning chinakam mustaqilligini ta’minlash hamda sud tizimida
korrupsiyaning oldini olish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari haqida yetarli
ma’lumotlarga ega bo’lish.
Hozirgi kundda sudyalarning chinakam mustaqilligini ta’minlash, malakali
kadrlarni
tanlash,
sudyalik
kasbiga
tayyorlash
va
tayinlash
tizimini
takomillashtirish, shuningdek, fuqarolarning odil sudlovga bo‘lgan ishonchini
oshirish bo‘yicha izchil ishlar olib borilmoqda.
Shu bilan birga, sud tizimiga yetarli bilim va hayotiy tajribaga ega bo‘lgan
munosib kadrlarni tanlash va lavozimga tayinlash hamda sudyalar faoliyatini xolis
baholash jarayonlariga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy
etilmaganligi bu boradagi ishlar shaffofligining yetarlicha ta’minlanmay qolishiga
sabab bo‘lmoqda.
Shuningdek, sud hokimiyati tizimida korrupsiya holatlarini keltirib
chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni chuqur o‘rganish va tahlil qilish,
korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish tizimini samarali yo‘lga
qo‘yish talab etilmoqda.
Sud tizimini malakali va halol pok kadrlar bilan to‘ldirish, sud
organlarining faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, fuqarolar va
tadbirkorlik subyektlarining sud hokimiyatiga bo‘lgan ishonchini yanada oshirish,
shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-maydagi PF-
5729-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2019-2020-yillarda korrupsiyaga qarshi
kurashish davlat ijrosini ta’minlash maqsadida: ko’plabislohotlaramalgaoshirildi.
Amaliyot o`tashning keyingi haftasida fuqarolar bilan ishlash tartibi bilan
tanishdim. Ma’lumki, sudga murojaat qilib keluvchilarning ko’pchiligi jismoniy
shaxslar hisoblanadi. Ular turli xil masalada bu yerga tashrif buyurishadi.
Jumladan, ma’muriy javobgarlikka tortilgan shaxslar jarimani to’lash uchun
kvitansiya olish, shuningdek sudlanganlikning holatining olib tashlanganmi
yo’qligini bilish uchun tashrif buyuradilar. Ular bilan ishlashda sud aparati
xodimlari xushmuomala bo`lishga ularning yumushlarini iloji boricha oson
qilishga urunishadi.
Amaliyotning o’rtalariga kelib jinoyat ishi materiallarini axborot portal
orqali elektron tarzda qabul qilishni o’rganib oldim. Jinoyat ishlari bo’yicha qaysi
turdagi sudga oid ekspertiza va tergov harakatlari o’tkazilganligi haqida bilib
oldim.
Bundan tashqari sanksiya berish tartibini ham mukammal o’zlashtirib oldim.
Shuningdek sdu ajrimini yozish tartibini ham yaxshi o’rganib oldim.
Endi bevosita rejaga qaytadigan bo’lsak korrupsiyaga qarshi kurashish
sohasidda sud tizimidda jaddal o’zgarishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Kengashning sudlarda korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillarni tizimli ravishda
bartaraf qilish va unga qarshi kurashish samaradorligini oshirish borasidagi
quyidagi takliflari bir ovozdan maqullanganini ko’rishimiz mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadigan va
lavozimidan ozod etiladigan, faoliyatini doimiy asosda amalga oshiradigan
Kengash raisining o‘rinbosari lavozimini joriy qilish;
Sudyalar daxlsizligini ta’minlash bo‘yicha sud inspeksiyasi negizida
Sudyalar daxlsizligini ta’minlash va korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha sud
inspeksiyasini tuzish;
Sudyalar kasbiy tayyorgarligini tashkillashtirish sho‘basini tugatish;
Ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilish sho‘basi negizida
matbuot xizmati va birinchi bo‘lim, shuningdek ijro apparati negizida axborot-
tahlil, murojaatlar bilan ishlash, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy
etish va axborot xavfsizligini ta’minlash tuzilmalari hamda arxiv va devonxona
tashkil etish. Kengashga kelib tushayotgan shikoyatlarni umumlashma tahlil qilish,
aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish borasida sudyalar malaka hay’atlari bilan
birgalikda aniq choralar belgilash vazifasini yuklash;
sudyalarning
odil
sudlovni
amalga
oshirishdagi
faoliyatini
rag‘batlantirishni yo‘lga qo‘yish, “Ibratli sudya” mukofotini, odil sudlovni amalga
oshirishda uzoq yillar samarali mehnat qilib pensiyaga chiqqan sudyalar uchun
“Sud faxriysi” ko‘krak nishonini joriy etish;
Kengash huzurida amaldagi moddiy va protsessual huquq normalarini
to‘g‘ri qo‘llash bo‘yicha tavsiyaviy xarakterga ega bo‘lgan maslahatlar hamda
sudyalarning odob-axloq qoidalarini muayyan vaziyatlarda qo‘llanilishi yuzasidan
so‘rovlariga tushuntirishlar berish vakolatiga ega bo‘lgan jamoatchilik asosida
faoliyat yurituvchi Sudyalar klubini (keyingi o‘rinlarda — Klub) tashkil etish.
Klub o‘z faoliyatini Kengash tomonidan tasdiqlanadigan Nizom asosida amalga
oshiradi va uning doimiy mas’ul a’zolari tarkibi ko‘p yillik ish tajribasiga, chuqur
bilim va yuksak obro‘-e’tiborga ega bo‘lgan amaldagi va faxriy sudyalar orasidan
shakllantirilib kelinmoqda. Xulosa o’rnida shuni aytishimiz mumkinki hozirda sud
majlislari videokonfrens-aloqa rejimida ko’rish orqali fuqarolarning qimmatli vaqti
hamda moliyaviy jihatdan ancha yordam bo’lganini aytishimiz mumkin. Ammo,
bazi bir muammolar ham uchrab turibdi. Jumladan mahalliy aholini u suddan bu
sudga sarson qilish holatlari halihamon uchrab turibdi.
Amaliyotda yurgan vaqtimda eng ko’p ko’rilgan jinoyatlar toijasiga Jinoyat
kodeksi 104,105,109167,168,169, 227,228,266,277-moddalari bilan bog’liq juda
ko’plab sud jarayonlari bo’lib o’tdi. Yuqorida ko’rilgan barcha ishlar yuzasidan
sud majlisi bayonnomasi hamda sud hukmini o’zim yozib amaliy ko’nikmamni
yanada oshirib oldim. Bundan tashqari YPXXning noqonuniy qarorlari ustidan
berilgan shikoyatlar yuzasidan o’tkazilgan sud majlisi bayonnomasi bilan tanishib
chiqish hamda uning nusxalarini tayyorlashni o’rgandim. Shuningdek ishda
ishtirok etuvchi shaxslarga yuboriladigan sud chaqiruv qog’ozlari, xabarnomalar
telefonogramma, telegramma loyihalarini tayyorlashni o’rgandim.
Amaliyotni so’ngi kunlarida shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish
protsessual majburlov chorasini sud tomonidan qay tarzida qo’llanilishini o’rganib
oldim. Ushbu majburlov chorasi bo’yicha quyidagi bilimlarga ega bo’ldim.
Shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish majburlov chorasi ekanligini, va sud
tomonidan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, jabrlanuvchi yoki guvohga nisbatan
qo’llanilishini bilib oldim. O’zbekiston Respublikasi JPKning 265-moddasiga
muvofiq, agar sud-tibbiyot yoki sud psixiatriya ekspertizasini o’tkazishda
ayblanuvchini statsionar ko’rikdan o’tkazish zarurati vujudga kelsa, u tegishli
tibbiy muassasaga joylashtirilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |