Qonuniy kuchga kirmagan sud qarorlari ustidan advokat apellatsiya
tartibida shikoyat qilishi mumkin (O‘zbekiston Respublikasi JPKning
479-moddasi). Hukm ustidan apellatsiya shikoyati huquqini amalga
oshirish mumkin. ushbu huquq unga qonun tomonidan jinoiy jarayonda
himoya tomonining mustaqil subyekti sifatida berilgan.
Birinchi navbatda advokat hukm bilan yaxshilab tanishib chiqishi va
uning qonuniylik, asoslanganlik va adolatlilik talablariga muvofiq
kelishiga ishonch hosil qilishi kerak. Adolatli sudlov hujjatining qismlari
o‘rtasida, ayniqsa uning tavsifiy-asoslash va xulosa qismlari o‘rtasida
qarama-qarshiliklar borligi yoki yo‘qligiga ishonch hosil qilish kerak.
Tahlil uchun axborotni advokat shakli va mazmuni O‘zbekiston
Respublikasi JPKning 426-moddasida tartibga solingan sud majlisi
bayonnomasini sinchiklab o‘rganish orqali ham oladi.
Keyin advokat hukm ustidan to‘liq hamjda yoki bir qismi bo‘yicha
kassatsiya shikoyati berish to‘g‘risidagi masalani hal qiladi, bu
haqdagi
o‘z qarorini himoyasi ostidagi shaxs bilan kelishib oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |