O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
XALQ DEPUTATLARI VILOYaT, TUMAN VA ShAHAR KENGAShLARIGA SAYLOV TO‘G‘RISIDA
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994 y., 5-son, 125-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998 y., 3-son, 38-modda; 1999 y., 1-son, 20-modda; 9-son, 206-modda; 2000 y., 5-6-son, 153-modda; 2003 y., 9-10-son, 134-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004 y., 37-son, 408-modda; 51-son, 514-modda; 2008 y., 52-son, 510-modda; 2012 y., 51-son, 574-modda; 2014 y., 4-son, 45-modda)
I. UMUMIY QOIDALAR
1-modda. Saylov o‘tkazishning asosiy prinsiplari
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlariga saylov hududiy bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha ko‘p partiyalilik asosida besh yil muddatga o‘tkaziladi.
Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadilar.
2-modda. Umumiy saylov huquqi
Олдинги tahrirga qarang.
Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga deputatlar saylovi umumiydir. Saylov kuni o‘n sakkiz yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari saylash huquqiga egadirlar. Saylov kuni yigirma bir yoshga to‘lgan hamda kamida besh yil O‘zbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan O‘zbekiston fuqarolari saylanish huquqiga egadirlar.
(2-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 29 avgustdagi 520-II-sonli Қонуни tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 9-10-son, 134-modda)
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylanishi mumkin emas va saylovda qatnashmaydilar.
Олдинги tahrirga qarang.
(2-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 29 avgustdagi 520-II-sonli Қонунига muvofiq chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 9-10-son, 134-modda)
3-modda. Teng saylov huquqi
Har bir fuqaro — saylovchi bir ovozga ega.
Олдинги tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari jinsi, irqiy va milliy mansubligi, tili, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqei, ma’lumoti, mashg‘ulotining turi va xususiyatidan qat’i nazar, teng saylov huquqiga egadirlar.
(3-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 29 avgustdagi 520-II-sonli Қонуни tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 9-10-son, 134-modda)
4-modda. To‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi
Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarining deputatlari fuqarolar tomonidan bevosita saylanadilar.
5-modda. Yashirin ovoz berish
Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlarining saylovida erkin va yashirin ovoz beriladi. Ovoz beruvchilarning xohishi-irodasi nazorat qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Олдинги tahrirga qarang.
6-modda. Saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishdagi oshkoralik
Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishni saylov komissiyalari ochiq va oshkora amalga oshiradilar.
Saylov komissiyalari fuqarolarni o‘z ishlaridan, saylov okruglari, uchastkalari tuzilganligi, saylov komissiyalarining tarkibi, ularning joylashgan manzili va ish vaqtidan voqif etadilar, saylovchilarning ro‘yxatlari, saylovda ishtirok etayotgan siyosiy partiyalarning ro‘yxati bilan tanishtiradilar, deputatlikka nomzodlar xususidagi ma’lumotlar, ovoz berish va saylov yakunlaridan xabardor qiladilar.
O‘zbekiston Respublikasining ommaviy axborot vositalari saylovga tayyorgarlikning borishi va saylov qanday o‘tayotganligini yoritib boradilar.
Олдинги tahrirga qarang.
Saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir barcha tadbirlarda, shuningdek saylov kuni ovoz berish xonalarida va ovozlarni sanab chiqishda deputatlikka nomzodlar ko‘rsatgan siyosiy partiyalardan, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan bittadan kuzatuvchi, ommaviy axborot vositalarining vakillari, boshqa davlatlar, xalqaro tashkilotlar va harakatlardan kuzatuvchilar qatnashish huquqiga egadirlar. Ularning vakolatlari tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
(6-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008 yil 25 dekabrdagi O‘RQ-194-sonli Қонуни tahririda — O‘R QHT, 2008 y., 52-son, 510-modda)
Олдинги tahrirga qarang.
Manfaatdor tashkilotlar o‘z kuzatuvchilari to‘g‘risida okrug saylov komissiyalariga saylovga kechi bilan o‘n besh kun qolganida ma’lum qiladilar.
(6-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008 yil 25 dekabrdagi O‘RQ-194-sonli Қонуни tahririda — O‘R QHT, 2008 y., 52-son, 510-modda)
Олдинги tahrirga qarang.
Okrug saylov komissiyasi manfaatdor tashkilotdan ariza olinganidan keyin besh kun ichida tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi belgilaydigan namunadagi mandatni kuzatuvchi uchun beradi.
(6-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008 yil 25 dekabrdagi O‘RQ-194-sonli Қонуни tahririda — O‘R QHT, 2008 y., 52-son, 510-modda)
Kuzatuvchilar quyidagi huquqlarga ega:
deputatlikka nomzodlar ko‘rsatishga bag‘ishlangan yig‘ilishlarda, okrug va uchastka saylov komissiyalarining majlislarida hozir bo‘lish;
saylov uchastkasida hozir bo‘lish hamda tayyorgarlik ishlarining borishini, ovoz berish uchun saylov qutilarining joylashtirilishi va muhrlanishini, fuqarolarga saylov byulletenlarining berilishini kuzatish;
ovozlarni sanab chiqishda va uchastka saylov komissiyasining bayonlarini tuzishda hozir bo‘lish;
saylov natijalari to‘g‘risidagi hujjatlarning tegishli saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan nusxalarini so‘rash va ularni olish;
Олдинги tahrirga qarang.
basharti saylov uchastkasida ushbu Qonunning buzilishiga yo‘l qo‘yilgan deb hisoblash uchun asos bo‘lsa, o‘z kuzatuvlari to‘g‘risida yuqori saylov komissiyasiga ma’lum qilish.
(6-moddaning yettinchi qismi oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 29 avgustdagi 520-II-sonli Қонуни tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 9-10-son, 134-modda)
Kuzatuvchilarga quyidagilar man etiladi:
Олдинги tahrirga qarang.
saylovchi saylov byulleteniga o‘z belgisini qo‘yayotgan paytda yashirin ovoz berish kabinasida yoki xonasida bo‘lish;
(6-moddaning sakkizinchi qismi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 29 avgustdagi 520-II-sonli Қонуни tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 9-10-son, 134-modda)
saylovchilarga ta’sir o‘tkazish, biron-bir tashviqot materiali yoki adabiyoti tarqatish;
Олдинги tahrirga qarang.
saylovchilardan ularning kimni yoqlab ovoz berganliklarini surishtirish yoki saylovchilarga saylov byulleteniga belgi qo‘yishda biron-bir tarzda yordam ko‘rsatish;
(6-moddaning sakkizinchi qismi to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 29 avgustdagi 520-II-sonli Қонуни tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 9-10-son, 134-modda)
uchastka saylov komissiyasining faoliyatiga, shu jumladan saylov qutilarini muhrlashda, ularni ochishda, ovozlarni sanab chiqishda aralashish.
(6-modda O‘zbekiston Respublikasining 1997 yil 26 dekabrdagi 549-I-sonli Қонуни tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998 y., 3-son, 38-modda)
II. SAYLOV OKRUGLARI VA SAYLOV UChASTKALARI
7-modda. Saylov okruglari tuzish
Олдинги tahrirga qarang.
Deputatlar saylovini o‘tkazish uchun:
xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlariga deputatlar saylashda – oltmishtadan ko‘p bo‘lmagan;
xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlariga deputatlar saylashda — o‘ttiztadan ko‘p bo‘lmagan hududiy saylov okrugi tuziladi.
(7-moddaning birinchi qismi ikkinchi va uchinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 29 avgustdagi 520-II-sonli Қонуни tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 9-10-son, 134-modda)
Har bir saylov okrugidan tegishli xalq deputatlari Kengashiga bitta deputat saylanadi.
Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov o‘tkazuvchi saylov okruglari soni aholining, saylovchilarning sonini, hududni va boshqa mahalliy sharoitlarni inobatga olgan holda ushbu Qonunda belgilangan normalar doirasida tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur moddaning биринчи қисми.
Saylov okruglari tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyalari tomonidan, qoida tariqasida, saylovchilar soni teng holda tuziladi. Saylov okruglarining chegaralari viloyatlar, tumanlar va shaharlarning ma’muriy-hududiy tuzilishini inobatga olgan holda belgilanadi.
Олдинги tahrirga qarang.
Tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi saylov okruglari ro‘yxatini ularning chegaralari va saylovchilar sonini ko‘rsatgan holda saylovdan kamida yetmish besh kun oldin e’lon qiladi.
(7-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 29 avgustdagi 520-II-sonli Қонуни tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 9-10-son, 134-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 99-моддасига muvofiq tumanga bo‘ysunadigan shaharlarda, shuningdek shahar tarkibiga kiruvchi tumanlarda xalq deputatlari Kengashlari va tegishli Kengashlarga saylov o‘tkazuvchi saylov okruglari tuzilmaydi, deputatlar saylanmaydi.
8-modda. Saylov uchastkalari tuzish tartibi va normasi
Saylov uchastkalari saylovchilarga mumkin qadar ko‘proq qulaylik yaratish maqsadida tumanlar, shaharlar va shaharlardagi tumanlarning chegaralarini inobatga olgan holda tuziladi. Saylov uchastkalari harbiy qismlarda ham tuziladi.
Олдинги tahrirga qarang.
Sanatoriylar, dam olish uylari, kasalxonalar va boshqa stasionar davolanish muassasalarida, olis va borish qiyin bo‘lgan yerlardagi fuqarolar turgan joylarda, qamoqda saqlash joylarida saylov uchastkalari tuzilishi mumkin. Bu saylov uchastkalari o‘zlari joylashgan yerdagi saylov okruglari tarkibiga kiradi.
(8-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2012 yil 19 dekabrdagi O‘RQ-340-sonli Қонуни tahririda — O‘R QHT, 2012 y., 51-son, 574-modda)
Олдинги tahrirga qarang.
Saylov uchastkalari tuman, shahar hokimliklarining taqdimnomasiga binoan, harbiy qismlarda — harbiy qismlar yoki harbiy qo‘shilmalar komandirlarining taqdimnomasiga binoan tuman, shahar saylov komissiyalari tomonidan tuziladi.
Saylov uchastkalari saylovdan kamida oltmish kun oldin tuziladi. Harbiy qismlarda, olis va borish qiyin bo‘lgan yerlarda ham saylov uchastkalari ana shu muddatda, ayrim hollarda esa — istisno tariqasida saylovga kamida besh kun qolganida tuziladi.
Saylov uchastkalari, qoida tariqasida, kamida yigirma nafar va ko‘pi bilan uch ming nafar saylovchidan iborat etib tuziladi.
(8-moddaning uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 29 avgustdagi 520-II-sonli Қонуни tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 9-10-son, 134-modda)
Ovoz berishni tashkil etish uchun har bir saylov uchastkasiga tuman, shahar hokimligi bino ajratadi.
Tuman, shahar saylov komissiyasi saylov uchastkalarining tartib raqamini belgilaydi hamda uchastka saylov komissiyasining va ovoz berish binosining manzilini ko‘rsatgan holda har bir saylov uchastkasining chegaralari to‘g‘risida saylovchilarni xabardor etishni tashkil qiladi.
III. SAYLOV KOMISSIYaLARI
9-modda. Saylov komissiyalari tizimi
Saylovni tashkil etish va o‘tkazish uchun:
xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylov o‘tkazuvchi viloyat saylov komissiyasi;
xalq deputatlari tuman Kengashiga saylov o‘tkazuvchi tuman saylov komissiyasi;
xalq deputatlari shahar Kengashiga saylov o‘tkazuvchi shahar saylov komissiyasi;
okrug saylov komissiyalari;
uchastka saylov komissiyalari tuziladi.
10-modda. Viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasini tuzish
Олдинги tahrirga qarang.
Viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan saylovga kamida sakson kun qolganida komissiyaning raisi va olti — o‘n to‘rt nafar boshqa a’zosidan iborat tarkibda tuziladi hamda o‘z vakolatlarini tegishli xalq deputatlari Kengashlariga saylov yuzasidan navbatdagi saylov kampaniyasi boshlanganligi e’lon qilingunga qadar amalga oshiradi.
(10-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 29 avgustdagi 520-II-sonli Қонуни tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 9-10-son, 134-modda)
Komissiya raisining o‘rinbosari va komissiya kotibi komissiyaning birinchi majlisida uning a’zolari orasidan saylanadi. Viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi o‘z tarkibi, joylashgan manzili va telefon raqamlariga doir ma’lumotlarni rasmiy mahalliy matbuot organlarida e’lon qiladi.
11-modda. Viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasining vakolatlari
Viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi:
1) tegishli hududda ushbu Qonunning ijrosini nazorat qiladi, uning bir xil tarzda qo‘llanilishini ta’minlaydi va saylovni tashkil etishga doir masalalar yuzasidan izohlar berib boradi;
2) tegishincha xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashiga saylov o‘tkazuvchi saylov okruglarini tuzadi, ularga nom va tartib raqami beradi;
3) tegishli xalq deputatlari Kengashiga saylov o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalarini tuzadi va ularning joylashgan manzili to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qiladi;
4) tegishli saylov komissiyalarining faoliyatini yo‘naltirib boradi, ularning tarkibiga o‘zgartishlar kiritish tartibini belgilaydi, okrug va uchastka saylov komissiyalarining qarorlarini, basharti, bu qarorlar ushbu Qonunga zid bo‘lsa, mustaqil tarzda yoki viloyat, tuman, shahar prokurorining taqdimnomasiga binoan bekor qilishi mumkin;
Олдинги tahrirga qarang.
5) deputatlikka nomzodlar ko‘rsatgan siyosiy partiyalardan, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan tegishli hujjatlarni qabul qilib oladi;
(11-moddaning 5-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2008 yil 25 dekabrdagi O‘RQ-194-sonli Қонуни tahririda — O‘R QHT, 2008 y., 52-son, 510-modda)
6) tegishli xalq deputatlari Kengashi deputatligiga nomzodlarni ro‘yxatga oladi va ular to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qiladi;
7) deputatlikka nomzodlar saylov kampaniyasida ishtirok etishlari uchun teng sharoitlar ta’minlaydi;
8) pul mablag‘larini tegishli saylov komissiyalari o‘rtasida taqsimlaydi, saylov komissiyalari, binolar, transport va aloqa vositalari bilan ta’minlanishini nazorat qiladi, saylovni moddiy-texnika jihatidan ta’minlashga doir boshqa masalalarni ko‘rib chiqadi;
9) tegishli xalq deputatlari Kengashi sayloviga doir saylov byulletenlari, saylovchilar ro‘yxatlari, saylov komissiyalari bayonlari, saylov varaqalari, o‘z muhri, saylovga oid boshqa hujjatlarning shakllarini tasdiqlaydi va tayyorlanishini ta’minlaydi;
Олдинги tahrirga qarang.
10) siyosiy partiyalar, mahalliy davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va jamoat birlashmalari vakillarining hamda korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlarining saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan axborotlarini tinglaydi;
(11-moddaning 10-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 29 avgustdagi 520-II-sonli Қонуни tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 9-10-son, 134-modda)
11) tegishli xalq deputatlari Kengashiga o‘tkazilgan saylov yakunlarini chiqaradi, saylangan deputatlarni ro‘yxatga oladi, saylov yakunlariga doir ma’lumotlarni va saylangan deputatlarning ro‘yxatini matbuotda e’lon qiladi;
Олдинги tahrirga qarang.
12) deputatlarga tegishli xalq deputatlari Kengashi deputati guvohnomasini va ko‘krak nishonini beradi;
(11-moddaning 12-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2000 yil 26 maydagi 82-II-sonli Қонуни tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000 y., 5-6-son, 153-modda)
13) takroriy saylov o‘tkazish bilan bog‘liq masalalarni hal qiladi;
14) tegishli saylov komissiyalarining qarorlari va xatti-harakatlari ustidan tushgan ariza hamda shikoyatlarni ko‘rib chiqadi va ular yuzasidan qarorlar qabul qiladi;
15) ushbu Qonun jinoiy javobgarlikka tortishga sabab bo‘ladigan tarzda buzilganligiga doir materiallarni prokuratura organlariga oshiradi;
16) saylovni o‘tkazish va uni tashkil etish bilan bog‘liq hujjatlar arxivlarga o‘tkazilishini ta’minlaydi;
17) ushbu Qonun va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga muvofiq o‘zga vakolatlarni amalga oshiradi.
12-modda. Okrug saylov komissiyasini tuzish
Олдинги tahrirga qarang.
Okrug saylov komissiyasi tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi tomonidan saylovga kamida yetmish kun qolganida komissiyaning raisi, rais o‘rinbosari, kotibi va olti — sakkiz nafar boshqa a’zosidan iborat tarkibda tuziladi.
(12-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 29 avgustdagi 520-II-sonli Қонуни tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 9-10-son, 134-modda)
13-modda. Okrug saylov komissiyasining vakolatlari
Okrug saylov komissiyasi:
1) saylov okrugi hududida ushbu Qonun ijrosini nazorat qiladi:
Олдинги tahrirga qarang.
(13-moddaning 11 va 12-bandlari O‘zbekiston Respublikasining 2008 yil 25 dekabrdagi O‘RQ-194-sonli Қонунига asosan chiqarilgan— O‘R QHT, 2008 y., 52-son, 510-modda)
2) saylov uchastkalarining manzilini okrug saylovchilari e’tiboriga yetkazadi;
3) deputatlikka nomzodlarning saylov kompaniyasida ishtirok etishlari uchun teng sharoitlar ta’minlaydi;
4) tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi tomonidan ro‘yxatga olingan deputatlikka nomzodlarga guvohnomalar beradi;
5) deputatlikka nomzodlarning saylovchilar bilan uchrashuvlarini tashkil etishga ko‘maklashadi;
6) deputatlikka nomzodlarning ishonchli vakillarini ro‘yxatga oladi va ularga tegishli guvohnomalar beradi;
Олдинги tahrirga qarang.
7) siyosiy partiyalar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari vakillarining, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlarining saylovga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan axborotlarini eshitadi;
(13-moddaning yettinchi bandi O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 29 avgustdagi 520-II-sonli Қонуни tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 9-10-son, 134-modda)
8) saylovchilarning ro‘yxatlari tuzilishi va hamma tanishib chiqishi uchun taqdim etilishini kuzatib boradi;
9) saylov okrug bo‘yicha saylov byulleteni matnini tasdiqlaydi va uchastka saylov komissiyalarini saylov byulletenlari bilan ta’minlaydi;
10) saylov okrugi bo‘yicha saylov natijalarini aniqlaydi va tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasiga taqdim etadi;
11) takroriy ovoz berish va takroriy saylov, shuningdek bo‘shab qolgan o‘ringa deputat saylovi o‘tkazilishini tashkil etadi;
12) uchastka saylov komissiyalarining qarorlari va xatti-harakatlari ustidan tushgan ariza hamda shikoyatlarni ko‘rib chiqadi va ular yuzasidan qarorlar qabul qiladi;
13) ushbu Qonun va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga muvofiq o‘zga vakolatlarni amalga oshiradi.
14-modda. Uchastka saylov komissiyasini tuzish
Олдинги tahrirga qarang.
Uchastka saylov komissiyasi tuman, shahar saylov komissiyasi tomonidan saylovga kamida qirq kun qolganida besh — o‘n to‘qqiz nafar a’zodan, shu jumladan rais, rais o‘rinbosari va kotibdan iborat tarkibda tuziladi. Agar komissiya yetti nafargacha a’zodan iborat tarkibda tuzilsa, rais va kotib saylanadi.
(14-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 29 avgustdagi 520-II-sonli Қонуни tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 9-10-son, 134-modda)
Uchastka saylov komissiyasi tarkibining soni zarur hollarda ko‘paytirilishi yoki kamaytirilishi mumkin.
15-modda. Uchastka saylov komissiyasining vakolatlari
Uchastka saylov komissiyasi:
1) uchastka bo‘yicha saylovchilarning ro‘yxatini tuzadi;
2) saylovchilarni saylovchilar ro‘yxati bilan tanishtiradi, ro‘yxatda yo‘l qo‘yilgan xatolar va noaniqliklar to‘g‘risidagi arizalarni qabul qiladi va ko‘rib chiqadi hamda ro‘yxatga tegishli o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi masalani hal etadi;
3) saylov kuni o‘z turar joyida bo‘lish va ovoz berishda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lmagan saylovchilardan saylov varaqasi solingan yopiq holdagi konvertlarni qabul qilib oladi;
4) aholini saylov kuni va ovoz berish joyi to‘g‘risida xabardor etadi;
5) ovoz berish binosi va saylov qutilari hamda boshqa saylov ashyolari tayyorlab qo‘yilishini ta’minlaydi;
6) saylov kuni saylov uchastkasida ovoz berishni tashkil etadi;
7) saylov uchastkasida berilgan ovozlarni hisoblab chiqadi;
8) saylovga tayyorgarlik ko‘rish va ovoz berishni tashkil etish masalalari yuzasidan tushgan ariza va shikoyatlarni ko‘rib chiqadi hamda ular yuzasidan qarorlar qabul qiladi;
9) ushbu Qonun va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga muvofiq o‘zga vakolatlarni amalga oshiradi.
16-modda. Saylov komissiyalariga a’zolik
Олдинги tahrirga qarang.
Xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylov o‘tkazuvchi viloyat va okrug saylov komissiyalarining a’zolari xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari tavsiyasiga binoan tasdiqlanadi.
Xalq deputatlari tuman, shahar Kengashiga saylov o‘tkazuvchi tuman, shahar va okrug saylov komissiyalarining a’zolari, shuningdek uchastka saylov komissiyalarining a’zolari fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tavsiyasiga binoan tasdiqlanadi.
(16-modda O‘zbekiston Respublikasining 1997 yil 26 dekabrdagi 549-I-sonli Қонунига muvofiq birinchi va ikkinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998 y., 3-son, 38-modda)
Komissiyaning a’zosi shaxsan bergan arizasiga muvofiq, shuningdek vakolatlaridan mahrum etilgan taqdirda o‘z vazifasini bajarishdan ozod qilinishi mumkin.
Komissiya a’zosini vakolatlaridan mahrum etish huquqi komissiyani tuzgan organga tegishli bo‘lib, komissiya a’zosi ushbu Qonun talablarini buzgani yoki o‘z vazifalarini muntazam ravishda e’tiborsiz qoldirib kelgani taqdirda o‘z vakolatlaridan mahrum etiladi.
Zarurat bo‘lganida saylov komissiyasining yangi a’zosi ushbu Qonunda belgilangan tartibda tayinlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur moddaning биринчи va иккинчи qismlari.
Saylov komissiyasining raisi, rais o‘rinbosari, kotibi va boshqa a’zolari siyosiy partiyalarning a’zosi bo‘lishlari mumkin emas. Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatligiga nomzodlar saylov komissiyalariga a’zo bo‘lishlari mumkin emas.
Bir shaxs faqat bitta saylov komissiyasiga a’zo bo‘lishi mumkin.
17-modda. Saylov komissiyalarining ishini tashkil etish va ularning vakolat muddati
Basharti, saylov komissiyasining majlisda komissiyaning majlis o‘tkazilayotgan kundagi mavjud tarkibining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etsa, majlis vakolati hisoblanadi. Komissiya qarori ochiq ovoz berish orqali komissiya umumiy tarkibining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Qarorga rozi bo‘lmagan komissiya a’zolari o‘zlarining alohida fikrlarini bildirishga haqlidirlar, bu fikr yozma shaklda bayonga ilova qilinadi. Agar ovozlar teng bo‘linib qolsa, raislik qiluvchining ovozi hal qiluvchi kuchga ega bo‘ladi.
Saylov komissiyasining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarori quyi saylov komissiyalarining, shuningdek tegishli mahalliy davlat organlari, siyosiy partiyalar va boshqa jamoat birlashmalarining, mehnat jamoalari va harbiy qismlarning, korxona, muassasa va tashkilotlar rahbarlarining ijrosi uchun majburiydir.
Saylov komissiyasining raisi, rais o‘rinbosari, kotibi yoki a’zolaridan boshqa biri komissiyaning qaroriga binoan saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish davrida ishlab chiqarish yoki xizmat vazifalarini bajarishdan ozod qilinishi mumkin. Bunda saylovni o‘tkazish uchun ajratiladigan mablag‘lar hisobidan uning o‘rtacha oylik ish haqi saqlab qolinadi.
Davlat organlari va jamoat birlashmalarining organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar saylov komissiyalariga o‘z vakolatlarini amalga oshirishlari uchun yordam berishlari, ularning ishi uchun zarur ma’lumotlarni taqdim etishlari shart.
Олдинги tahrirga qarang.
Davlat organlari, korxona, muassasalar, tashkilotlar saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish uchun kerakli binolar va jihozlarni saylov komissiyalari ixtiyoriga bepul berib turishlari shart.
(17-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 29 avgustdagi 520-II-sonli Қонуни tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 9-10-son, 134-modda)
Saylov komissiyasi saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan tegishli mahalliy davlat organlari va jamoat birlashmalari organlariga, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning rahbarlariga, mansabdor shaxslarga murojaat qilish huquqiga ega. Ular ko‘pi bilan uch kun ichida komissiya o‘rtaga qo‘ygan masalani qarab chiqishlari va saylov komissiyasiga javob qaytarishlari shart.
Олдинги tahrirga qarang.
Okrug va uchastka saylov komissiyalari tegishli saylov okruglaridan saylangan deputatlar viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi tomonidan ro‘yxatga olinganidan keyin o‘z faoliyatlarini to‘xtatadilar.
(17-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2000 yil 26 maydagi 82-II-sonli Қонуни tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000 y., 5-6-son, 153-modda)
Олдинги tahrirga qarang.
(17-moddaning sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2000 yil 26 maydagi 82-II-sonli Қонунига muvofiq chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000 y., 5-6-son, 153-modda)
Олдинги tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |