Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq


O‘zini - o‘zi nazorat qilish savollari



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ

 
O‘zini - o‘zi nazorat qilish savollari 
1. Fuqarolarning qonun oldida tengligining mazmun - mohiyati. 
2. Fuqarolarning qonun oldida tengligi konstitutsiyaviy tamoyilining 
tarixiy ildizlari. 
3. Fuqaroning davlat oldidagi huquq va majburiyatlari. 
4. Davlatning o‘z fuqarosi oldidagi huquq va majburiyatlari. 
5. Davlat hokimiyatining qonunchilik, ijro qilish va sud hokimiyatiga 
bo‘linishi haqidagi g‘oyalar. 
6. «Xabeas Korpus Akt» va uning ahamiyati. 
7. Fuqarolar o‘z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda o‘zgalar 
huquqiga va manfaatiga putur yetkazmasligi.
 
 
 


138 
IX BOB. O‘ZBEKISTONDA FUQAROLIK VA UNING 
KONSTITUTSIYAVIY ASOSLARI 
1-§. Fuqarolik tushunchasi. 
2-§. O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligining konstitutsiyaviy-
huquqiy asoslari. 
3-§. Fuqarolikni qabul qilish, o‘zgartirish va yo‘qotishning umumiy 
qoidalari. 
4-§. O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga ega bo‘lish va fuqarolikni 
yo‘qotish asoslari. 
5-§. O‘zbekiston Respublikasida fuqarolikni to‘xtatilishi. 
6-§. Fuqarolik masalalari bilan shug‘ullanuvchi davlat idoralari. 
7-§. Fuqarolikka oid arizalar va taqdimnomalarni ko‘rib chiqish 
tartibi. 
1-§. Fuqarolik tushunchasi 
O‘zbekiston Respublikasi demokratik qadriyatlar va xalqaro 
huquqning umume’tirof etilgan printsiplariga sodiqligini namoyon etib, 
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi g‘oyalari asnosida har bir 
insonning fuqarolikka bo‘lgan huquqlari amalga oshirilishini kafolatlaydi. 
Zero, mamlakatimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan keng 
ko‘lamli islohotlar, avvalo, demokratik huquqiy davlat barpo etish, 
fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, inson manfaatlarining to‘laqonli 
himoyasi hamda qonun ustuvorligini ta’minlashga qaratilgan.
Fuqarolik
– ma’lum bir jismoniy shaxsning muayyan davlat bilan 
mustahkam, barqaror va uzviy huquqiy munosabatlari mohiyatini 
anglatuvchi tushunchadir. Ushbu bog‘lanish Konstitutsiya va qonunlar 
asosida huquqiy jihatdan mustahkamlangan bo‘lib, unga ko‘ra davlat va 
shaxs o‘zaro ma’lum miqdordagi huquq hamda majburiyatlarni o‘z 
zimmalariga oladi. Bunda fuqaroning tegishlidavlatga nisbatan barcha 
huquq va burchlari hamda uning suveren davlat tomonidan himoya 
qilinishida ifodalanadi. Davlat va shaxsning o‘zaro manfaatlaridan kelib 
chiquvchi ushbu munosabat bir tomondan kelishuv asosida tuzilgano‘ziga 
xos ittifoq xarakteriga ega, ikkinchidan obyektiv zaruratshaklidagi 
ijtimoiy hodisa sifatida namoyon bo‘lib, har ikki tomonning ham 
manfaatlarini qamrab oladi. 
Fuqarolik bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy 
normalar yig‘indisi yuqorida ta’kidlanganidek, shaxs huquqiy maqomi 
asosini belgilovchi konstitutsiyaviy-huquqiy institutning muhim tarkibiy 


139 
qismi hisoblanadi. Fuqarolikning mavjud bo‘lishi qonun bilan tan olingan 
barcha huquq va erkinliklarning ushbu shaxsga nisbatan to‘liq tatbiq 
etilishi hamda shaxsning nafaqat mamlakat ichkarisida, balki tashqarisida 
ham davlat himoyasida bo‘lishining omilidir. 
Mazkur siyosiy-huquqiy aloqa insonning tug‘ilganida yuzaga 
kelib, uning butun umri davomida saqlanib qoladi. Ushbu bog‘liqlik 
insonning tug‘ilgan va yashayotgan hudud bilan cheklanmay, davlat 
tashqarisida ham o‘z kuchini yo‘qotmaydi. Fuqarolarning huquq va 
burchlarini davlatning o‘zi belgilab beradi. Barcha mamlakatlarda 
fuqarolarning huquq va burchlari ko‘lami bir xil emas. Ular miqyosi ko‘p 
jihatdan ushbu mamlakatning siyosiy, ijtimoiy iqtisodiy va madaniy 
darajasiga bog‘liqdir. 
Davlat va jismoniy shaxs o‘rtasidagi munosabatlarda eng ko‘p 
namoyon bo‘ladigan holat fuqarolik maqomi bilan izohlanadi. Muayyan 
davlatning o‘z fuqaroligiga ega bo‘lgan shaxsga nisbatan bo‘lgan 
munosabati, o‘zga davlat fuqarosi yoki umuman fuqaroligi bo‘lmagan 
shaxslarga nisbatan bo‘lgan munosabatlardan tubdan farq qiladi. Ya’ni har 
bir davlat faqat o‘z fuqaroligiga ega bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy sohaning 
barcha tarmoqlarida muayyan huquq va erkinliklarning mavjudligini 
e’tirof etadi. Shu bilan birga, davlat o‘zining shakllanishi va faoliyatini 
amalga oshirish borasidagi barcha harakatlarida o‘z fuqarolarini 
bevosita yoki bilvosita ishtirok etishini yoqlab chiqadi. Bu holatda chet el 
fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning ishtiroki maqsadga 
muvofiq, deb topilmaydi. Ya’ni davlat hokimiyati faqat o‘z fuqaroligiga 
tegishli shaxslardan iborat tarzda tashkil topadi. 
Odatda, davlatning yurisdiksiyasi
14
faqat o‘z fuqaroligiga mansub 
shaxslarga nisbatangina to‘liq joriy etiladi. Bir tomondan, fuqarolarning 
huquq va erkinliklari ushbu davlat tomonidan kafolatlanadi, ya’nidavlat 
o‘z fuqaroligiga mansub shaxslarning homiysi sifatida maydonga chiqadi. 
Ikkinchi tomondan esa, fuqarolar ham o‘z navbatida ushbu mamlakatning 
davlat hokimiyati tomonidan belgilangan tartib-qoidalarga bo‘ysunadi, 
uning faoliyatida faol ishtirok etishga, shu davlat mustaqilligi, hududiy 
yaxlitligi hamda milliy manfaatlarini himoya qilish, konstitutsiyaviy 
tuzumni hurmat qilishga, uning qonuniy talablarini bajarishga mas’uldir. 
14
Лотинча

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish