138
IX BOB. O‘ZBEKISTONDA FUQAROLIK VA UNING
KONSTITUTSIYAVIY ASOSLARI
1-§. Fuqarolik tushunchasi.
2-§. O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligining konstitutsiyaviy-
huquqiy asoslari.
3-§.
Fuqarolikni qabul qilish, o‘zgartirish va yo‘qotishning umumiy
qoidalari.
4-§. O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga ega bo‘lish va fuqarolikni
yo‘qotish asoslari.
5-§. O‘zbekiston Respublikasida fuqarolikni to‘xtatilishi.
6-§. Fuqarolik masalalari bilan shug‘ullanuvchi davlat idoralari.
7-§. Fuqarolikka oid arizalar va taqdimnomalarni ko‘rib chiqish
tartibi.
1-§. Fuqarolik tushunchasi
O‘zbekiston Respublikasi demokratik qadriyatlar va xalqaro
huquqning umume’tirof etilgan printsiplariga sodiqligini namoyon etib,
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi g‘oyalari
asnosida har bir
insonning fuqarolikka bo‘lgan huquqlari amalga oshirilishini kafolatlaydi.
Zero, mamlakatimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan keng
ko‘lamli islohotlar, avvalo, demokratik huquqiy davlat barpo etish,
fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, inson manfaatlarining to‘laqonli
himoyasi hamda qonun ustuvorligini ta’minlashga qaratilgan.
Fuqarolik
– ma’lum bir jismoniy shaxsning muayyan davlat bilan
mustahkam, barqaror va uzviy huquqiy munosabatlari mohiyatini
anglatuvchi tushunchadir. Ushbu bog‘lanish
Konstitutsiya va qonunlar
asosida huquqiy jihatdan mustahkamlangan bo‘lib, unga ko‘ra davlat va
shaxs o‘zaro ma’lum miqdordagi huquq hamda majburiyatlarni o‘z
zimmalariga oladi. Bunda fuqaroning tegishlidavlatga nisbatan barcha
huquq va burchlari hamda uning suveren davlat tomonidan himoya
qilinishida ifodalanadi. Davlat va shaxsning o‘zaro manfaatlaridan kelib
chiquvchi ushbu munosabat bir tomondan kelishuv asosida tuzilgano‘ziga
xos ittifoq xarakteriga ega, ikkinchidan obyektiv zaruratshaklidagi
ijtimoiy hodisa sifatida namoyon bo‘lib,
har ikki tomonning ham
manfaatlarini qamrab oladi.
Fuqarolik bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy
normalar yig‘indisi yuqorida ta’kidlanganidek, shaxs huquqiy maqomi
asosini belgilovchi konstitutsiyaviy-huquqiy institutning muhim tarkibiy
139
qismi hisoblanadi. Fuqarolikning mavjud bo‘lishi qonun bilan tan olingan
barcha huquq va erkinliklarning ushbu shaxsga nisbatan to‘liq tatbiq
etilishi hamda shaxsning nafaqat mamlakat ichkarisida,
balki tashqarisida
ham davlat himoyasida bo‘lishining omilidir.
Mazkur siyosiy-huquqiy aloqa insonning tug‘ilganida yuzaga
kelib, uning butun umri davomida saqlanib qoladi. Ushbu bog‘liqlik
insonning tug‘ilgan va yashayotgan hudud bilan cheklanmay, davlat
tashqarisida ham o‘z kuchini yo‘qotmaydi. Fuqarolarning huquq va
burchlarini davlatning o‘zi belgilab beradi. Barcha mamlakatlarda
fuqarolarning huquq va burchlari ko‘lami bir xil emas. Ular miqyosi ko‘p
jihatdan ushbu mamlakatning siyosiy, ijtimoiy
iqtisodiy va madaniy
darajasiga bog‘liqdir.
Davlat va jismoniy shaxs o‘rtasidagi munosabatlarda eng ko‘p
namoyon bo‘ladigan holat fuqarolik maqomi bilan izohlanadi. Muayyan
davlatning o‘z fuqaroligiga ega bo‘lgan shaxsga nisbatan bo‘lgan
munosabati, o‘zga davlat fuqarosi yoki umuman fuqaroligi bo‘lmagan
shaxslarga nisbatan bo‘lgan munosabatlardan tubdan farq qiladi. Ya’ni har
bir davlat faqat o‘z fuqaroligiga ega bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy sohaning
barcha tarmoqlarida muayyan huquq va erkinliklarning mavjudligini
e’tirof etadi. Shu bilan birga, davlat o‘zining shakllanishi va faoliyatini
amalga oshirish borasidagi barcha harakatlarida o‘z fuqarolarini
bevosita yoki bilvosita ishtirok etishini yoqlab chiqadi.
Bu holatda chet el
fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning ishtiroki maqsadga
muvofiq, deb topilmaydi. Ya’ni davlat hokimiyati faqat o‘z fuqaroligiga
tegishli shaxslardan iborat tarzda tashkil topadi.
Odatda, davlatning yurisdiksiyasi
14
faqat o‘z fuqaroligiga mansub
shaxslarga nisbatangina to‘liq joriy etiladi. Bir tomondan, fuqarolarning
huquq va erkinliklari ushbu
davlat tomonidan kafolatlanadi, ya’nidavlat
o‘z fuqaroligiga mansub shaxslarning homiysi sifatida maydonga chiqadi.
Ikkinchi tomondan esa, fuqarolar ham o‘z navbatida ushbu mamlakatning
davlat hokimiyati tomonidan belgilangan tartib-qoidalarga bo‘ysunadi,
uning faoliyatida faol ishtirok etishga, shu davlat mustaqilligi, hududiy
yaxlitligi hamda milliy manfaatlarini himoya qilish, konstitutsiyaviy
tuzumni
hurmat qilishga, uning qonuniy talablarini bajarishga mas’uldir.
14
Лотинча
Do'stlaringiz bilan baham: