11-mavzu: O’zbekistonda sovet davlatining amalga oshirgan ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy siyosati va uning oqibatlari (1946-1991 yy.).
Reja:
Urushdan keyingi yillarda O‘zbekistonning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayoti.
Paxta yakkahokimligining kuchayishi va ekologik muammolarning kelib chiqishi.
Qayta qurish siyosati va uning cheklanganligi.
O`zbekistoning mustaqillik yo`lidagi harakatlari.
Urushdan kеyingi yillarda O`zbеkistonning iqtisodiy hayoti. Urushdan keyingi yillarda O‘zbekiston xalq xo‘jaligining tinch qurilishga o‘tishi murakkab xalqaro vaziyatda kechdi. Urush davrida umumiy dushman fashizmga qarshi kurash antifashist davlatlar va xalqlarni birlashtirgan bo‘lsa, urush tugagandan keyin bu ittifoqdagi davlatlar orasida ajralish yuz berdi va ikki o‘rtada sovuq urushlar munosabati boshlanib ketdi.
Urushdan so‘ng fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga katta hissa qo‘shgan O‘zbekiston xalqlari oldida harbiylashgan xalq xo‘jaligini tinch qurilish yo‘liga solish, uni urushdan oldingi darajaga yetkazish va rivojlantirish kabi murakkab vazifalar turardi.
Urush davridagi harbiy-iqtisodiy hamkorlik tajribasi urushdan keyingi vayron bo‘lgan iqtisodiyotni tiklash va rivojlantirishda ham g‘arb davlatlari bilan hamkorlik qilish zarurligini ko‘rsatdi. Lekin haddan tashqari mafkuralashgan sovet tizimi Respublikalarni xorijiy mamlakatlardan “temir qo‘rg‘on” bilan ajratib, mamlakatni ortiqcha qiyinchiliklar va qurbonga mahkum etdi. Sobiq Ittifoq boshqa mamlakatlardagi tiklanishning ilg‘or tajribalaridan, chet el sarmoyalaridan foydalanishni istamadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov II jahon urushida vayron bo‘lgan Yevropa, Yaponiya, Janubiy Koreya mamlakatlari birinchi navbatda, albatta, “o‘z kuchiga tayanib, o‘z imkoniyatlariga suyanib yuksak taraqqiyot darajasiga ko‘tarildi”,-deydi. Lekin, ularning bu yutuqlarida chetdan kelgan sarmoyalar ham katta o‘rin egallagan. Amerika Qo‘shma Shtatlarida qabul qilingan “Marshall plani” asosida ajratilgan taxminan 50 mlrd. dollar Yevropa mamlakatlarining iqtisodini o‘nglab, hayot darajasini ko‘tarishga, ilg‘or texnologiyalarni joriy etishda hal qiluvchi kuch bo‘ldi. Sovet davlatining g‘oyat mafkuralashgan iqtisodiy siyosati esa yakkalanib qoldi va bu xalqimizning boshiga ortiqcha kulfat olib keldi.
O‘zbekiston urushdan keyingi yillarda o‘z xalqining arzon kuchidan, boy xom-ashyo manbalaridan cheksiz ravishda foydalanishiga asoslangan, kompartiya chizib bergan besh yillik rejalarni bajarishga kirishdi. Bir tomonlama, Markaz manfaatiga bo‘ysundirilgan Respublika iqtisodiyotini urushdan oldingi darajaga yetkazish va yanada rivojlantirishga qaratilgan vazifani bajarishda o‘zbek xalqining mehnatsevarligi, sabr-toqatli va tinchliksevarligi kabi fazilatlardan foydalanildi.
Iqtisodiyot oldiga qo‘yilgan eng muhim vazifalar O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining 1946 yil avgustida chaqirilgan 8-sessiyasida qabul qilingan 1946-1950 yillarga mo‘ljallangan rejada belgilandi. Bunga ko‘ra, xalq xo‘jaligining barcha sohalariga 3 mlrd. 900 mln. so‘m kapital mablag‘ ajratildi.
Sanoat va transport. Angrеn, Olmaliq, Guliston, Yangiyеr, Navoiy, Quvasoy, Taxiatosh va boshqa yangi sanoat shaharlarining vujudga kеlishi. Rеspublikamizning agrar xo`jaligi. Qo`riq va bo`z yerlarning o`zlashtirilishi.Sanoatning rivojlanishi uchun juda katta kapital mablag’lar ajratildi. Urushdan kyeyingi har byesh yillikda 100 taga yaqin sanoat korxonalari ishga tushirildi. 1985 yilga kelib O’zbekistonda 1500 dan ortiq yirik korxonalar bor edi. Bu davrga kelib sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 1940 yilga nisbatan 20 baravardan ziyodroq oshdi. Ushbu yillarda O’zbekiston respublikasida ko’p sohali mashinasozlik industriyasi, kimyo, neft’, toshko’mir, gaz, tog’-kon va enyergyetika sanoati yanada yuksaldi. Busiz iqtisodiyotni tiklash va uning yanada yuksalishini ta’minlash mumkin emas edi. Biroq sanoat quvvatlarini oshirish ekstensiv usullari bilan, ya’ni asosan yangi sanoat korxonalari qurilish, eskilarini kengaytirish hisobiga amalga oshirildi. Ajratilgan kapital mablag’larning katta qismi og’ir industriyaga sarflandi. Bu esa sanoat turli tarmoqlarining nomutanosibligiga olib kelar edi. Yengil va oziq-ovqat sanoatlari rejalarining bajarilmay, turg’unlik holatiga tushib qolishi ana shu siyosatning natijasi edi.METROPOLIYA tomonidan O’zbekiston sanoati oldiga qo’yilgan katta talablar zamonaviy texnologiya, fan va texnika yutuqlarini joriy qilish, asbob-uskunalarni yangilash, ular uchun kapital mablag’lar ajratish miqdori bilan hamohang emas edi. Bunday munosabat mahalliy korxonalarda istye’mol mollari ishlab chiqarishni tobora kamaytirib ularning chyetdan keltirilishini oshirdi sanoatida yengil va oziq-ovqat sanoatlarining salmog’i 25 %nigina tashkil qilar edi.O’zbekistonda o’sha davrda yengil va oziq-ovqat sanoatiga nisbatan og’ir industriya, ayniqsa uning kimyo, nyeft’, ko’mir, gaz, rangli myetall qazib olish va enyergyetika tarmoqlari tyez sur’atlar bilan rivojlantirildi.
Respublikada 60-80 yillarda Angren, Navoiy, Chorvoq, Toshkent, Sirdaryo va boshqa yirik elektr stansiyalarining barpo etilishi natijasida elektr energiyasi ishlab chiqarish 1985 yilda 1940 yilga nisbatan 180 baravar ko’paydi. Energetika tarmog’iga e’tiborning kuchayishiga sabab Markazning Respublika xom ashyosiga bo’lgan talabining oshib borishi va uni qazib olish va qayta ishlash uchun katta miqdorda elektr quvvati kerak bo’lganligida edi.
O’zbekiston qazib olingan boyliklarning xo’jayini emas edi va uning ne’matlaridan mustaqil foydalanolmasdi. Chunki Respublika mustamlakachilik iskanjasiga siqib qo’yilgan edi.
Mashinasozlik va metallga ishlov berish O’zbyekiston sanoatining eng muhim tarmoqlariga aylandi. Respublika yalpi sanoat mahsulotining 57,7%i ularning hissiga to’g’ri kelar edi. Lekin O’zbekistondagi mashinasozlik markaz ehtiyojlariga bo’ysundirilgan va metropoliyadagi korxonalarga chambarchas bog’langan mashinasozlik edi. Barcha ehtiyot qismlar metropoliyada tayyorlanib Respublikadagi mashinasozlik korxonalariga faqat yig’ish uchun olib kelinar edi. O’zbekistonda ishlov beriladigan metall ham Rossiyadan keltirilar edi. Respublika mashinasozlik zavodlarining aksariyati paxtachilik bilan bog’langan edi. Bu korxonalar asosan paxta yetishtirish, terish va dastlabki ishlov berishni bajaradigan uskunalarni ishlab chiqarar edi xolos.
O’zbekistondagi paxta tozalash korxonalari ham paxtani birlamchi ishlov berish bilan chegaralanar edi. Paxtani ishlab uni oxirgi mahsulotga aylantirish huquqi Rossiya to’qimachilik korxonalariga berilgan edi. O’zbekiston qishloq xo’jaligiga bog’dorchilik, pillachilik, chorvachilik, g’allachilik kabi sohalar anchagina o’rinni egallasa bu sohani mexanizasiyalash uchun mashinalar ishlab chiqarilmas edi.
O’zbekiston sanoatida kimyo industriyasi yetakchi o’rinlardan birini egallar edi. 1985 yilda O’zbekistonda 20 ta kimyo korxonasi ishlab ular umuman Sovet Ittifoqida mavjud bo’lgan kimyo industriyasining 10%ini tashkil qilar edi.
Kimyo sanoatining yaratilishi va rivojlantirilishi ijobiy natijalar qatori vatanimiz uchun juda og’ir salbiy holatlarni keltirib chiqardi. 80 yillarda faqat Chirchiq «Elektrokimyosanoat» ishlab chiqarish birlashmasi suv xavzalariga bir yil davomida o’rtacha 230 mln kubometr ifloslangan suv tashlab yuborar edi. Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining faqat bitta trubasi yil davomida 150 ming tonna oltingugurt gazini havoga chiqarar edi. Kimyo sanoatining zararli chiqindilaridan o’simliklar, hayvonot dunyosi shikast topdi, atrof muhit zaharlandi, ekologik vaziyat g’oyat murakkablashdi. Bu esa odamlar sog’ligiga salbiy ta’sir ko’rsatib, o’lim darajasi ortishiga, ayniqsa, bolalar o’limi ko’payishiga olib keldi. Respublikadagi iqtisodiy o’sish shahar aholisining ko’payishiga olib keldi. 1986 yilda shahar aholisi Respublika aholisining 40,5%ini tashkil qildi. Shu vaqtga kelib shaharlar soni 123 taga yetdi. Ularning uchdan ikki qismi Respublika boyliklarini ishga solish tufayli vujudga keldi. Ularning aksariyatiga mahalliy bo’lmagan millatlar kelib joylashdilar. Navoiy, Zarafshon, Uchquduq, CHirchiq, Olmaliq, Angryen va boshqa shaharlar shular jumlasiga kiradi.
O’zbekiston chor Rossiya davrida bo’lganidek umumittifoq mehnat taqsimoti bo’yicha asosan xom ashyo yetkazib beruvchi hududligicha qolaveradi. Farqi shundaki, Sovet davriga kelib, qishloq xo’jaligi xom ashyosiga kon qazish sanoati xom ashyosi ham qo’shildi. Bu aslida SSSRning xalq xo’jalik majmuidagi O’zbekistonning mustamlakachilik ahvolini ko’rsatdi.
Mehnatdan manfaatdorlikning juda ozligi, markazlashgan rejalashtirish, ishlab chiqarish va taqsimot Markazning qat’iy nazorati ostida bo’lishi, sanoat ishlab chiqarishi rivoji, uning hajmi va mehnat unumdorligi oshishi sur’atlarining pasayishiga, mahsulotlar sifati va boshqa muhim iqtisodiy ko’rsatkichlar yomonlashishiga olib keldi. Bu siyosat iqtisodiy muammolardan tashqari yangi ijtimoiy, milliy, demografik va iqtisodiy muammolarni ham vujudga keltirdiki, bu omillar vaziyatni yanada murakkablashtirdi. Natijada O’zbekiston sanoatida va butun iqtisodiyotida turg’unlik tamoyillari muqarrar ravishda ortib borib, 80-yillarning o’rtalarida tanglik holatining keskin kuchayishiga olib keldi.
Markazning iqtisodiy qonuniyatlarini inkor qilib yuritgan agrar siyosati qishloq xo’jaligiga ham salbiy ta’sir ko’rsatgan edi. Kommunistik rahbariyat «kommunizm» deb atalgan xayoliy jamiyat qurish rejalarini amalga oshirish maqsadida zo’r berib qishloqqa ma’muriy tayziqlar o’tkazishga intildi. Xo’jaliklar imkoniyatini, mavjud sharoitni e’tiborga olmasdan, ulardan davlatga mahsulot sotishni keskin oshirish talab qilindi. Qishloq xo’jaligini rivojlantirish uchun katta kapital mablag’lar talab qilinar edi. Biroq ular yetarlicha berilmas edi. Bundan tashqari qishloq xo’jaligi mahsulotlarining davlat tomonidan qo’yilgan past narxlari va sanoat mahsulotlarining sun’iy ravishda oshirilgan narxlari o’rtasida tafovut natijasida to’plagan mablag’lar to’lasincha Markaz nazorati ostida edi.
Bunday munosabatda bo’lish qishloq xo’jaligi halokatli tarzda inqirozga uchrashini, qishloq aholisining qashshoqlashuvini, mehnat unumdorligining keskin pasayishini muqarrarlashtirardi. Bu holat Stalin vafotidan kyeyin hokimiyatni egallagan yangi siyosiy rahbariyatni qishloqdagi ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni jiddiy ravishda yangilashga majbur qildi.
50-60 yillarda qo‘riq va bo‘z yerlarni o‘zlashtirishga va shu asosda paxta va g‘alla yetishtirishni ko‘paytirish choralari ko‘rildi. O‘zbekistonda uch yil ichida (1953-1955 yy.) 130 ming gektar yangi yerlar ochildi. 1956 yili Mirzacho‘lning o‘zida sug‘oriladigan maydon 205.000 gektarga yetdi.
Shu yillarda Markaziy Farg‘onani o‘zlashtirish munosabati bilan Katta Farg‘ona kanali qayta ta’mirlandi. Toshkent viloyatida Ohangaron suv omborining 2-navbati, Yuqori Chirchiq suv tarmog‘i, Buxoro viloyatida Quyimozor suv ombori, Sirdaryo viloyatidagi Janubiy Mirzacho‘l magistral kanali qurilib foydalanishga topshirildi. 1960 yili respublikada sug‘oriladigan yer maydoni 2.571 ming gektarga yetdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |