Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq


-§. O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligining konstitutsiyaviy-huquqi



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ

2-§. O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligining konstitutsiyaviy-huquqi 
asoslari 
O‘zbekiston Respublikasida mustaqillikka erishilganidan 
so‘ngfuqarolik institutining demokratik talablarga javob bera oladigan 
qonunchilik bazasi yaratildi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasida (VI bob. Fuqarolik: 21, 22, 23-moddalar) alohida bobda 
fuqarolik masalalari tartibga solindi, uning asosiy prinsiplari belgilab 
berildi, 1992-yil 2-iyulda “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi 
to‘g‘risida”gi 632-XII-sonmaxsus qonuni qabul qilindi; O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 2-iyuldagi “O‘zbekiston 
Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi 
Qonunini amalga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi Qarori; O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 1992-yil 20-noyabrdagi PF-500-sonfarmoni 
bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi bilan 
bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizom”va boshqa 
15
Ўзбекистон
Республикасининг
Конституцияси
. – 
Т
.: “
Ўзбекистон
”, 2017. – 76 . 


143 
normativ hujjatlar qabul qilindi hamda O‘zbekiston Respublikasining 
xalqaro bitim va shartnomalari tuzildi.
Jumladan, Konstitutsiyamizning21-moddasida “
O‘zbekiston 
Respublikasining butun hududida yagona fuqarolik 
o‘rnatiladi.O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi, unga qanday 
asoslarda ega bo‘lganlikdan qat’iy nazar, hamma uchun 
tengdir.Qoraqalpog‘iston Respublikasining fuqarosi ayni vaqtda 
O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi hisoblanadi.Fuqarolikka ega 
bo‘lish va uni yo‘qotish asoslari hamda tartibi qonun bilan belgilanadi
”, 
degan normalar mustahkamlangan. 
Birinchidan,
Konstitutsiyaning ushbu moddasi orqali O‘zbekiston 
Respublikasining barcha hududida o‘rnatilgan – yagona fuqarolik 
prinsipining mazmuni shundaki, O‘zbekiston fuqaroligiga ega 
shaxslarning boshqa davlatlar fuqaroligiga egaligi yoki ularning ikki 
fuqaroligi yoki ko‘p fuqaroligi davlatimiz hokimiyati tamonidan tan 
olinmaydi va shu ma’nodagi huquqiy oqibat keltirib chiqarmaydi. 
O‘zbekiston fuqaroligiga ega shaxs, faqat O‘zbekiston fuqarosi, deb 
hisoblanadi, uning mabodo boshqa davlat fuqaroligini olganligi ma’lum 
bo‘lib qolsa, bu holat unga nisbatan O‘zbekiston fuqaroligining 
to‘xtatilishiga asos bo‘lishi mumkin.
Yagona fuqarolik prinsipining o‘rnatilishi milliy davlatchilikni 
mustahkamlashga xizmat qilib, O‘zbekistonning milliy manfaatlarini 
himoya qilishga qaratilgan harakat, deb tan olinadi. Chunki ikki fuqarolik 
hamda ko‘p fuqarolikka oid munosabatlar davlatlararo munosabatlarga 
salbiy ta’sir etishi mumkin, bundan tashqari, davlat va jamiyat oldidagi 
mas’ullik, majburiyat masalalari, masalan, soliq masalasi, harbiy 
majburiyat, vatanga sodiqlik kabi ko‘plab holatlar bo‘yicha 
tushunmovchiliklar kelib chiqishi mumkin. 
Ikkinchidan,
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi unga qanday 
asoslarda ega bo‘lganligidan qat’iy nazar, hamma fuqarolar uchun tengligi 
prinsipidunyo hamjamiyati tamonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan g‘oya 
asosida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida e’tirof etilgan. 
Demak, O‘zbekiston fuqaroligini olgan har bir fuqaro, fuqarolarga tegishli 
barcha siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy huquq va erkinlikdan foydalanishda teng 
huquqlidir. Masalan, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining
21-moddasida “har bir inson o‘z mamlakatida davlat xizmatiga kirishda 
teng huquqqa ega”mazmunidagi qoida mustahkamlangan. Ammo eng 
demokratik mamlakatlardan biri hisoblangan Amerika Qo‘shma 
Shtatlarida mamlakat prezidentligiga nomzodlik huquqi, faqat tug‘ilishiga 


144 
ko‘ra, Amerika Qo‘shma Shtatlari fuqarorligiga ega shaxslarga berilishi, 
AQSh Konstitutsiyasida belgilab qo‘yilgan
16

Ushbu prinsipning milliy huquqimizdan o‘rin olishi, 
Konstitutsiyamizda xalqaro huquq normalarining to‘liq aks etishidan 
dalolat beradi. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini olish asoslari 
qonunda mustahkamlanib, ushbu asoslarning qaysi biridan qat’iy 
nazar O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini qabul qilgan shaxs 
Konstitutsiya va qonundae’tirof etilgan barcha huquq va erkinliklardan 
foydalanishda hamda majburiyatlarni bajarishda teng huquqlidir. Ushbu 
qoida Konstitutsiyamizning 18-moddasida belgilangan asosiy prinsipning 
uzviy davomi hisoblanadi
17
.

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish