Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq


-§. Fuqarolarning qonun oldida tengligi konstitutsiyaviy



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ

2-§. Fuqarolarning qonun oldida tengligi konstitutsiyaviy 
tamoyilining mohiyati 
Kishilik jamiyati vujudga kelgan vaqtdan boshlab, insonlar tenglik 
haqida, davlatchilik munosabatlari kelib chiqqan vaqtdan boshlab esa, 
hurlik va ozodlik haqida fikrlay boshlaganlar. Tarixiy manbalarning 
ma’lumot berishicha, insonlar o‘rtasida lozim bo‘lgan tenglik gohida 
to‘liq, gohida faqat rasman, gohida ayrim tabaqa vakillari o‘rtasida, 
gohida barcha insonlarga tegishli bo‘lishi g‘oyalari ilgari surilgan. O‘rta 
Osiyoga islom dini kirib kelguniga qadar asosiy ko‘pchilik insonlar 
e’tiqodiga aylangan zardushtiylik, manixeizm va mazdakiylik kabi din 
va g‘oyaviy oqimlar bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Masalan, qadimgi 
mutafakkirlar: yunon faylasuflari Protogor va Alkidamant barcha 
insonlarning teng bo‘lib tug‘ilganligi haqida fikr bildirgan. 
Bundan farqli ravishda ma’lum bir aholi qatlamining boshqalardan 
ustun bo‘lishi lozimligi va boshqalarning ularga xizmat qilishi kerakligi 
to‘g‘risidagi turli qoidalarni asoslashga urinishlar ham bo‘lgan. Hattoki, 
diniy g‘oyalar va qarashlarda ham buni asoslashga harakatlar qilingan. 
Xususan, Cherkov inkvizitsiyasi g‘oyalarida, Avreliy Avgustin 
ta’limotida, nemis huquqshunosi Eyke fon Repkov qarashlarida ham 
odamlarni ijtimoiy jihatdan keskin farqlanadigan tabaqalashishning 
qonuniyligini isbotlab berishga harakat qilingan. «Falsafa otasi», deb 
e’tirof etilgan Aflotun ham insonlar o‘rtasida notenglik ularning tabiati 
bilan bog‘liqligini, ya’ni qul va varvarlarning kuchli jismoniy holati va 
kuchsiz aqli ularning boshqalar bilan teng emasligini ta’kidlagan. 
Ijtimoiy tenglik, jamiyatda insonlar imkoniyatlarining tengligini 
ta’minlash maqsadida qo‘zg‘olonlar va boshqa faol harakatlar amalga 
oshirilgan. Masalan, bunga Qadimgi Rimdagi Spartak qo‘zg‘oloni, 
Muqanna qo‘zg‘oloni, Angliyadagi 1381-yilgi Uot Tayler qo‘zg‘oloni, 
Chexiyadagi Yan Gus harakati va boshqa ko‘plab misollarni keltirish 
mumkin.
XVII asrda G‘arbiy Yevropadagi inqilobiy harakatlar tenglik 
g‘oyasini yoqlovchilarning chinakam g‘alabasi, deyish mumkin. Shu 
paytdan boshlab, siyosiy huquqiy ta’limotlar sohasidagi g‘oyalar 


126 
dastlabki demokratiya qonunchiligining shakllantirishga asos bo‘ladigan 
individualizm va tenglikning aniq ideologiyasi vujudga kelishiga olib 
kelgan. Bu jarayonda albatta asosiy rolni huquq o‘ynagan. 
Shundan keyingi yirik nazariyotchilar Gugo Grotsiy tabiiy huquq 
tushunchasi orqali tenglikni ta’minlash haqida fikrlar bildirgan bo‘lsa, 
Tomas Gobbs huquqiy tenglik atamasini keng qo‘llagan. Fransuz 
mutafakkiri Monteske erkinlik barchaga beriladigan huquq, degan 
g‘oyani ilgari surgan va boshqa ko‘plab o‘sha zamon olimlari tomonidan 
insonlar o‘rtasida tenglik, birodarlik va erkinlik g‘oyalarining nazariy 
asoslari ko‘rsatib berilgan.
Nihoyat, fransuzlarning 1789-yil 26-avgustdagi “Inson va 
fuqarolarning huquqlari deklaratsiyasi”da “insonlar huquqda teng va 
erkin bo‘lib tug‘iladilar va shunday bo‘lib qoladilar”, – degan qoida o‘z 
ifodasini topishi tufayli tenglik g‘oyasi yozma qonunchilik shakliga 
ko‘chgan. 
Huquq manbalari tarixidagi keyingi hujjatlarda ham tenglik 
qoidalari bayon qilina boshlangan. Biroq insoniyat tenglikni ta’minlash 
asnosida ko‘plab inqirozlarni ham boshdan kechirgan. Barcha 
odamlarning bir-biridan farqli ravishda dunyoga kelishi va rivojlanishi, 
aql va tafakkurda, iste’dodda ham teng emasligini inobatga olish taqozo 
etilgan. XVIII asr Fransiya inqilobidan keyin vujudga kelgan 
Babuvistlar va sotsializm utopiyasi tarafdorlari yo‘qlikka olib borsa-da, 
tenglikka erishmoq kerak, insonlar mulkida ham teng bo‘lishlari 
lozimligini, hattoki ularning aqliy darajasini ham tenglashtirishga 
erishish maqsadga muvofiqligini anglatadigan mafkurani 
shakllantirishga harakat qilganlar. 
Keyinchalik birin-ketin o‘z siyosatini o‘zgartirib, sotsializm 
mafkurasidan voz kechib borayotgan davlatlar va xalqlar tajribasi 
insonlarni moddiyatda va o‘y-fikrda teng qilib bo‘lmasligini ko‘rsatdi. 
Insonlarning tengligi ularga bir xil huquqiy sharoit va imkoniyat, bir xil 
majburiyatning rasman belgilanganligini anglatishi umume’tirof etildi. 
Shuning uchun Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 
7-moddasida: “Barcha odamlar qonun oldida tengdir va hech bir 
tafovutsiz qonun bilan teng himoya qilinish huquqiga egadir. Barcha 
odamlar ushbu Deklaratsiyaga zid bo‘lgan har qanday kamsitishdan va 
shunday kamsitishga undaydigan har qanday gij-gijlashdan teng himoya 
qilinish huquqiga egadir”, – deyilgan. O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasining 18-moddasida ham “...qonun oldida tengdirlar” 
degan mantiqan to‘g‘ri qoida mustahkamlangan. Ushbu hujjatlardagi 


127 
umumiy ma’nodaqo‘llanilgan “qonun” so‘zi bilan qamrab olingan 
huquq oldidagi tenglikni ta’minlash qonunchilikda mustahkamlab 
qo‘yilgan qoidalarni barcha shaxslarga birdek qo‘llashni talab etadi. 
Tarixda insonlarning fuqaroviy mansubligi jinsi, irqi, millati, tili, 
dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeyi ularni 
tabaqalashtirishga, birining ikkinchisidan ustun qilib ko‘rsatishga asos 
qilinganlik hollari yuz berganligi uchun Konstitutsiyamizning 
18-moddasida “O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil 
huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy 
kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeiydan qat’iy nazar, 
qonun oldida tengdirlar”, mazmunidagi qoida o‘rnatilib, u insonlarning 
tengligini e’tirof etishda bu va shunga o‘xshash holatlarga e’tibor 
berilmasligini anglatadi. 
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining qonun oldida tengligi 
qoidasi odatda, quyidagilarni qamrab oladi: 
1) u nafaqat fuqarolarning, balki ular faoliyati natijasi bo‘lgan 
huquq subyektlari – yuridik shaxslarning (jamiyatlar, xo‘jalik shirkatlari, 
unitar korxonalar va b.) huquq oldida tengligi; 
2) qonun oldida tenglik garchand konstitutsiyaviy g‘oya bo‘lsa-da, 
fuqarolarning nafaqat konstitutsiyaviy huquq va majburiyatda tenglikni, 
balki boshqa subyektiv huquqlarda ham tengligini anglatadi; 
3) qonun oldidagi tenglik mas’uliyat va huquq buzilganda bir xil 
javobgarlikni nazarda tutadi. 
Konstitutsiyaning fuqarolarning qonun oldida tengligi qoidasi 
boshqa huquq sohalarida tamoyil darajasida e’tirof etiladi va ushbu 
qoidani turli huquq sohalarida yanada takomillashtirilgan holda bayon 
qilinganligini kuzatish mumkin. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi 
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 272-moddasida 
“Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish barcha fuqarolarning jinsi, 
ijtimoiy kelib chiqishi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyi, irqi, millati, tili, 
dini va e’tiqodidan qat’iy nazar, qonun oldida va shu ishni ko‘rib 
chiquvchi organ (mansabdor shaxs) oldida tengligi asosida ko‘rib 
chiqiladi”, deb belgilangan. Bu bilan qonun ishlarni ko‘ruvchi 
mansabdor shaxslarga hammaga bir xilda munosabatda bo‘lish, 
noxolislikka yoki bir shaxs manfaati yo‘lida og‘ish holatlariga yo‘l 
qo‘ymaslikka chaqiradi. Yoki shunday holatni O‘zbekiston 
Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksida ham kuzatish mumkin. 
Mazkur kodeksning 16-moddasida ko‘rsatilishicha, jinoyat ishlari 
bo‘yicha odil sudlov fuqarolarning, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy 


128 
kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’iy nazar, 
qonun va sud oldida tengligi asosida amalga oshiriladi.
Bu kabi qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik prosessual 
kodeksining 8-moddasida, Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi 
kodeksining 9-moddasida, Iqtisodiy protsessual kodeksining 
7-moddasida ham belgilangan. 
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 5-moddasida ham 
fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsipi belgilangan bo‘lib, unga 
ko‘ra, jinoyat sodir etgan shaxslar jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy 
kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qat’iy nazar, bir 
xil huquq va majburiyatlarga ega bo‘lib, qonun oldida tengdirlar. 
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksida yer 
munosabatlari ishtirokchilarining teng huquqliligi, fuqarolik va 
tadbirkorlik sohasi qonunchiligida ham insonlarga teng huquq va 
erkinliklar berilganligi xususida qoidalar belgilangan.
Qonun huquqlardan foydalanish imkoniyatini to‘liq yaratish 
maqsadida, turli sabablarga ko‘ra, o‘z manfaati va huquqlarini lozim 
darajada himoya qila olmaydigan ba’zi shaxslarga yoki xizmat 
vazifalarini bajarish bilan bog‘liq ba’zi kasb egalariga qo‘shimcha 
imtiyozlarni nazarda tutadi. Buni huquqning ko‘plab sohalarida 
uchratish mumkin. Misol uchun, umrbod ozodlikdan mahrum qilish 
jazosi ayollarga, voyaga etmaganlarga va oltmish yoshdan oshgan 
insonlarga nisbatan tayinlanmaydi. Ishga qabul qilinayotganda 
homilador ayollarga nisbatan dastlabki sinov belgilanmaydi va hokazo. 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida va xalqaro hujjatlarda 
belgilangan fuqarolarning qonun oldida tengligi qoidasini buzish 
huquqiy javobgarlikka tortishga sabab bo‘ladi, hattoki fuqarolarning 
qonun oldida tengligiga daxl qilish jinoyat sifatida ta’qib qilinadi. 
Chunonchi, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 141-moddasi 
«Fuqarolarning teng huquqliligini buzish» deb nomlangan bo‘lib, unga 
ko‘ra, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, 
shaxsiy yoki ijtimoiy mavqeyidan qat’iy nazar, fuqarolarning 
huquqlarini bevosita yoki bilvosita buzish yoki cheklash yoxud 
fuqarolarga bevosita yoki bilvosita afzalliklar berish jinoiy 
javobgarlikka tortishga sabab bo‘lishi belgilangan.

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish