Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq


-§. O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy tamoyillari



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ

2-§. O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy tamoyillari 
Xalqaro huquqning asosiy prinsiplari deganda, xalqaro munosabatlar 
subyektlarining xalqaro hayotdagi to‘plangan eng muhim masalalarga
oid ifodalangan hamda umumlashtirilgan, umume’tirof etilgan 
yurish-turish normalaridir. 
Xalqaro huquqning asosiy prinsiplari ilk bor BMT Ustavida 
mustahkamlab qo‘yilgan. Ularning mazmuni 1970-yiliBosh 
Assambleyada qabul qilingan BMT Ustaviga muvofiq,do‘stona 
munosabatlar va hamkorlikka taalluqli muhim hujjat – Xalqaro huquq 
prinsiplari to‘g‘risidagi deklaratsiyada, shuningdek, 1975-yildagi 
Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Kengashining yakunlovchi aktida 
belgilangan. 
Xalqaro huquqning asosiy prinsiplari jus cogens (qat’iy) normalari 
hisoblanadi, ularga rioya qilish majburiydir va bir tomonlama 
o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Ular xalqaro munobatlarning barcha 
sohalarida xalqaro huquq subektlarining xatti-harakatlarini tartibga soladi, 
xalqaro huquqning mazmunini belgilab beradi.
1970-yilgi Xalqaro huquq prinsiplari to‘g‘risidagi deklaratsiya 
quyidagi yettita asosiy prinsipni qamrab olgan: 1) kuch ishlatmaslik;
10
Ўзбекистон
Республикаси
Президентининг
2018 
йил

майдаги

Инсон
ҳуқуқлари
умумжаҳон
декларацияси
қабул
қилинганининг
70 
йиллигига
бағишланган
тадбирлар
дастури
тўғрисида

ги
ПФ
-5434-
сон
Фармони
. http://uza.uz/oz/documents/inson-u-u-lari-umumzha-on-deklaratsiyasi-abul-
ilinganining-7-08-05-2018 
11
http://xs.uz/uzkr/post/ozbekiston-prezidentining-fransiyaga-rasmij-tashrifi-yakunlandi. 


111 
2) nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish; 3) aralashmaslik; 4) hamkorlik;
5) xalqlarning teng huquqliligi va o‘z taqdirini o‘zi belgilashi; 6) suveren 
tenglik; 7) xalqaro huquqqa oid majburiyatlarni vijdonan bajarish.
1975-yildagi EXHT Yakunlovchi akti bular qatoriga yana uchta 1) 
chegaralarning buzilmasligi; 2) hududiy yaxlitlik; 3) inson huquqlarini 
hurmat qilish prinsiplarini qo‘shdi, ular endilikda universal tus olgan. 
Xalqaro huquq prinsiplari to‘g‘risidagi hujjatlarda ta’kidlanganidek, 
ular o‘zaro uzviy bog‘liq, birining mazmun-mohiyati boshqasining 
mazmuni bilan uyg‘unlashib ketaveradi. Shu bois, xalqaro huquq 
prinsiplarining mazmunini boshqalari bilan bog‘lab o‘rganish lozim. 
Xalqaro huquqning asosiy prinsiplari O‘zbekiston Respublikasi 
tomonidan tan olingan va uning milliy qonun hujjatlarida o‘z 
ifodasini topgan. 
O‘zbekiston Respublikasi Konsitutsiyasining muqaddima qismida 
belgilanganidek, O‘zbekiston xalqixalqaro huquqning umume’tirof 
etilgan prinsiplari va qoidalari ustunligini tan olgan. 
Shuningdek, Konstitutsiyaning 17-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston 
tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki
kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch
yo‘l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik 
qoidalariga va xalqaro huquqning umume’tirof etilgan boshqa qoidalari
va normalariga asoslanadi. Bu esa, O‘zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasida mamlakatimiz o‘zini jahon hamjamiyati oldida xalqaro 
huquqning umume’tirof etilgan prinsiplari va normalariga sodiqligini 
konstitutsiyaviy darajada e’lon qilganligini anglatadi. 
O‘zbekistonning eng nufuzli xalqaro tashkilotlarga to‘laqonli a’zo 
sifatida kirishiga, suveren davlatimizning dunyo miqyosida umumiy 
diplomatik tan olinishiga, ikki tomonlama va ko‘p tomonlama siyosiy, 
iqtisodiy, madaniy va huquqiy aloqalar o‘rnatishiga hamda mustaqil
tashqi siyosatini amalga oshirishiga imkon berdi. 
Har bir davlat xalqaro munosabatlarning boshqa ishtirokchilari 
suverenitetini, ya’ni ularning o‘z an’analari doirasida boshqa davlatlarning 
har qanday aralashuvidan xoli ravishda qonun chiqarish, ijro etish va
sud hokimiyatini amalga oshirish, shuningdek, o‘z tashqi siyosatini 
mustaqil yuritish huquqini hurmat qilishga majburdir. 
Kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik prinsipi bilan 
quyidagi harakatlar man qilinadi: 
– boshqa davlat hududini xalqaro huquqqa xilof ravishda bosib olish; 
– kuch ishlatish bilan bog‘liq repressaliya aktini sodir etish; 


112 
– fuqarolik urushini tashkil etish, bunday urushlarga yordam berish 
yoki ishtirok etish;
– shaharlarni yoki davlatlarning qirg‘oqlarini qamal qilish; 
– boshqa davlat hududiga bostirib kirish uchun qurolli guruhlarga 
yordam berish, yollanma kuchlarni tashkillashtirishni rag‘batlantirish; 
– bir davlatga qarshi agressiya sodir etish uchun uchinchi davlatga 
o‘z hududan joy berish. 
BMT Ustavida ikkita holatdagina kuch ishlatish yoki kuch 
ishlatish bilan tahdid qilishga ruxsat etilgan. Bular: o‘zini-o‘zi mudofaa qi-
lish va BMT Xavfsizlik Kengashi qaroriga asosan tinchlikka tahdid solin-
gan, tinchlik buzilgan yoki agressiya akti sodir etilganda. 
Davlatlar bir-birlarining chegaralarini daxlsiz deb bilishi va chega-
ralarga nisbatan har qanday tajovuzlardan o‘zlarini tiyishlari lozim. 
Har bir davlat o‘zining boshqa davlatlar bilan munosabatda yuzaga 
kelgan xalqaro nizolarini tinch yo‘l bilan shunday tartibda hal etsinki,
toki xalqaro tinchlik va xavfsizlik hamda adolat xavf-hatar ostida 
qolmasligi lozim (1970-yildagi Xalqaro huquq prinsiplari to‘g‘risidagi 
deklaratsiya). Xalqaro nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish tinchlik va xa-
vfsizlikni ta’minlashda, xalqaro hamjamiyatda barqarorlik hukm surishida, 
davlatlararo hamkorlik rivojlanishida katta o‘rin tutadi. 
Har bir davlat o‘z hududida xalqi maqsad-muddaolari, sharoiti, 
an’ana, urf-odatlaridan kelib chiqib, o‘z rivojlanish yo‘lini belgilaydi. 
Davlatlar xalqaro munosabatlarda teng huquqliligi sababli bir-birining ish-
iga aralashishi, tashqi siyosatiga to‘sqinlik qilishi mumkin emas. 
Ichki ishlarga aralashmaslik prinsipi nafaqat davlat ichida bo‘layotgan 
voqea-hodisalarga, davlatning tashqi faoliyati (xalqaro shartnomalar 
tuzish, xalqaro tashkilotlar ishida qatnashish)ga aralashmaslikni ham naz-
arda tutadi. 
Konstitutsiyamizning 17-moddasidagi “O‘zbekistonning tashqi 
siyosati xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan boshqa qoidalari va
normalariga asoslanadi”, degan jumlaning tarkibida xalqaro huquqning 
boshqa prinsiplari (xalqlarning teng huquqliligi va o‘z taqdirini o‘zi
belgilash, xalqaro huquqqa oid majburiyatlarni vijdonan bajarish, 
hududiy yaxlitlik, inson huquqlarini hurmat qilish) mavjudligini 
ta’kidlab o‘tishimiz o‘rinlidir. Inson huquqlarini hurmat qilish prinsipining 
mazmuni Konstitutsiyamizning ikkinchi bo‘limida keng yoritilgan 
bo‘lib, insonning barcha huquqlari, ya’ni, shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy,
siyosiy, madaniy huquqlari to‘g‘risidagi qoidalar batafsil keltirib o‘tilgan. 


113 
Xalqaro huquqning asosiy prinsiplari Konstitutsiyamizdan tashqari
boshqa qonunlarimizda ham mustahkamlangan. Shu kungacha 
O‘zbekiston tomonidan bu prinsiplar xalqaro konferensiyalarda, 
xalqaro tashkilotlarning yig‘ilishlarida, chet davlatlar bilan diplomatik 
munosabatlarda va boshqa xalqaro aloqalarda keng tadbiq qilinib 
kelinmoqda. 
Respublika davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va 
xavfsizligini ta’minlash maqsadida ittifoqlar tuzishi, hamdo‘stliklarga
va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirishi va ulardan ajralib 
chiqishi mumkin. 
O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosati jahon hamjamiyati teng 
huquqli a’zosining, boshqa davlatlar bilan hamkorlikda XXI asr huquqiy 
tartibotini yaratayotgan suveren davlatning mustaqil siyosatidir. 
O‘zbekiston umumbashariy, Yevropa va Markaziy Osiyo miqyosidagi 
yangi xalqaro-huquqiy tartibotni qurishda faol ishtirok etmoqda. 

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish