Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq


O‘zini-o‘zi nazorat qilish savollari



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ

O‘zini-o‘zi nazorat qilish savollari 
1.O‘zbekistonda Konstitutsiya va qonunning ustunligi nimalarda 
namoyon bo‘ladi? 
2. Barchaning Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko‘rishi
zarurligi deganda nimani tushunasiz? 
 3. Konstitutsiya va qonun ustunligini ta’minlash mexanizmini amaliy 
misollar bilan yoritib bering?
4. Konstitutsiya va qonun ustunligini ta’minlash borasida xorijiy 
mamlakatlar konstitutsiyaviy tajribasiga to‘xtaling? 
 
 


108 
VII BOB. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TASHQI 
SIYOSATINING KONSTITUTSIYAVIY ASOSLARI 
1-§. O‘zbekiston – xalqaro huquq subyekti. 
2-§. O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy tamoyillari. 
3-§. O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining huquqiy asoslari. 
4-§. O‘zbekistonning xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar bilan 
hamkorligi. 
1-§. O‘zbekiston – xalqaro huquq subyekti 
O‘zbekiston 1990-yil 20-iyundagi Mustaqillik deklaratsiyasida 
“xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan prinsiplariga sodiqligini” 
e’lon qilgan edi. Deklaratsiyada suverenitet va inson huquqlari 
munosabatlarining quyidagi muhim jihati aks ettirilgan: davlat oliy 
maqsad – inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash yo‘lida xizmat
qiladi. Shuningdek, 1992-yilgi Konstitutsiya Muqaddimasida O‘zbekiston 
xalqi: “xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan qoidalari ustunligini
tan olgan holda” mazkur Konstitutsiyani qabul qilishi qayd etilgan.
Konstitutsiyaning 17-moddasi quyidagicha bayon qilingan: 
“O‘zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to‘la huquqli 
subyektidir.” 
Ushbu normalarda mustaqil O‘zbekiston Respublikasi tashqi 
siyosatining konstitutsiyaviy asoslari mustahkamlab qo‘yilgan. 
Xalqaro huquq subyekti – o‘zining imkoniyatlari va yuridik 
xususiyatlari evaziga xalqaro huquq bo‘yicha huquq va majburiyatlarga 
ega bo‘lishga, ushbu normalarni yaratish va amalga oshirish jarayonida 
ishtirok etishga qodir mustaqil tuzilma. Davlatlar xalqaro huquqning 
birlamchi subyektlaridir. Ularning xalqaro-huquqiy layoqati tashkil 
topganlik fakti bilan birga paydo bo‘ladi. Xalqaro huquqning boshqa 
subyektlari esa, bunday maqomga davlatlar tufayligina erishadilar. 
Davlatlar xalqaro huquqning universal subyektlari hisoblanadi. Ular har 
qanday xalqaro-huquqiy munosabatlarda ishtirok etish huquqiga egadir. 
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro munosabatlarda to‘la huquqli 
subektligi quyidagilarda namoyon bo‘ladi: 
– xalqaro huquqning boshqa subyektlari (chet davlatlar, xalqaro 
tashkilotlar, davlatga o‘xshash tuzilmalar) bilan bevosita aloqa 
o‘rnatish va hamkorlik qilish;
– xalqaro tashkilotlarga a’zo bo‘lish va ularning faoliyatida ishtirok 
etish; 


109 
– xalqaro konferensiyalarda faol qatnashish
– chet davlatlar bilan diplomatik aloqalarni yo‘lga qo‘yish va 
diplomatik vakolatxonalar ochish; 
– boshqa davlatlar bilan turli sohalarda xalqaro shartnomalar tuzish; 
– xalqaro huquqiy majburiyatlarni vijdonan bajarish; 
– xalqaro huquqda ruxsat etilgan boshqa harakatlarni amalga 
oshirish.
Konstitutsiyaning 78-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining birgalikdagi 
vakolatlari qatoriga xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya va denonsatsiya 
qilish kiradi. Konstitutsiyaning93-moddasida esa O‘zbekiston 
Respublikasining Prezidentimamlakat ichkarisida va xalqaro 
munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasi nomidan ish ko‘rishi, 
muzokaralar olib borishi hamda O‘zbekiston Respublikasining shartnoma 
va bitimlarini imzolashi, respublika tomonidan tuzilgan shartnomalarga, 
bitimlarga va uning qabul qilingan majburiyatlariga rioya etilishini 
ta’minlashi lozimligi keltirilgan. 
O‘zbekiston Respublika xalqaro huquqning subyekti ekanligi 
xalqaro shartnomalarni tuzishda ham namoyon bo‘ladi. 1969-yildagi 
Xalqaro shartnomalar huquqi to‘g‘risidagi Vena konvensiyasi hamda 
1986-yildagi Davlatlar va xalqaro tashkilotlar o‘rtasidagi shartnomalar 
huquqi to‘g‘risidagiVenakonvensiyasining 2-moddasiga muvofiq, xalqaro 
shartnoma – xalqaro huquq tomonidan tartibga solinadigan davlatlar va 
xalqaro huquqning boshqa subyektlari o‘rtasidagi bitimdir. 
Xalqaro huquq nazariyasida xalqaro shartnoma xalqaro huquqning 
asosiy va muhim manbalaridan biri hisoblanadi. Bu BMT Ustavida
hamda BMT Xalqaro sudi statutida ham o‘z aksini topgan. 
Xalqaro shartnoma xalqaro huquq subyektlari uchun majburiy 
bo‘lgan qoidalarni belgilash, o‘zgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan 
bitimdir. Xalqaro huquq normalarining ko‘pchiligi shartnomaviy 
xususiyatga egadir.
Hozirgi zamon xalqaro huquqiga xos eng muhim jihat ikki va
ko‘p tomonlama shartnomalar soni va mavqeyining ortib borayotganidir. 
Bu jarayon istiqbolda yanada rivojlanib borishini taxmin etish uchun aso-
slar yetarlidir. 
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar bilan bog‘liq 
amaliyoti yildan-yilga kengaymoqda va O‘zbekiston ishtirok etayotgan 
universal, mintaqaviy va ikki tomonlama xalqaro shartnomalar soni ortib 
bormoqda. Masalan, bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi inson 


110 
huquqlari bo‘yicha 70 ta asosiy hujjatga qo‘shildi, BMT tomonidan ushbu 
sohada qabul qilingan 10 ta asosiy xalqaro shartnoma ishtirokchisiga 
aylandi
10

Shuningdek, ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga 
qaratilgan shartnomalar soni ham ko‘paymoqda. Davlatimiz rahbarining 
horijiy davlatlardagi har bir rasmiy tashrifi davomida bir qator ikki 
tomonlama shartnomalar tuzilmoqda. Masalan, Prezidentimiz Shavkat
Mirziyoyevning 2018-yil 8-9-oktabr kunlari Fransiya Respublikasiga 
rasmiy tashrifi mobaynida ikki mamlakat uchun manfaatli va uzoq 
muddatli kelishuvlarga erishildi, hukumatlararo va idoralararo 10 ta hujjat 
imzolandi
11


Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish