Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq


-§. O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining huquqiy asoslari



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ

3
-§. O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining huquqiy asoslari 
Mamlakatimizda jamiyat va davlatni rivojlantirishning o‘ziga 
xos modeli hamda xalqaro huquqning umum’tirof etilgan 
prinsiplarini inobatga olgan holda milliy qonunchilikni takomillashtirish 
bo‘yicha ko‘plab ishlar amalga oshirildi. Tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy 
aloqalar bilan shug‘ullanuvchi davlat organlari shakllantirildi. 
Bugungi kunga kelib, har tomonlama puxta o‘ylangan, milliy manfaatlarga 
mos va xalqaro munosabatlarda mamlakatning obro‘-e’tiborini 
mustahkamlagan tashqi siyosat yo‘li vujudga keldi. 1995-yil 22-dekabrda 
qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari 
to‘g‘risida”gi Qonun boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan 
hamkorlikni rivojlantirishning huquqiy asosi bo‘lib xizmat qilgan bo‘lsa, 
2012-yil 10-sentyabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining 
Tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasi davlat tashqi siyosatining 
fundamental prinsiplari va strategik ustuvor yo‘nalishlarini, xalqaro 
maydondagi maqsad va vazifalarini, o‘rta va uzoq istiqbolda O‘zbekiston 
milliy manfaatlarini ilgari surish mexanizmlarini belgilab berdi. 
O‘zbekiston Respublikasining dunyo hamjamiyatiga integratsiyalashuv 
jarayoni kuchaymoqda hamda mintaqaviy va global miqyosda davlatlar va 
xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalari rivojlanmoqda. Konsepsiya 
qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “O‘zbekiston 
Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi Qonunga hamda 
davlatning boshqa normativ-huquqiy hujjatlariga, 


114 
shuningdek,Mamlakatimizda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va 
fuqarolik jamiyatini rivojlantrishi konsepsiyasiga asoslanadi hamda 
xalqaro huquqning umume’tirof etilgan norma va prinsiplariga, shu 
jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Ustaviga, Inson huquqlari 
umumjahon deklaratsiyasiga, Xalqaro huquq prinsiplari to‘g‘risidagi 
deklaratsiyaga, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik kengashining Xelsinki 
Yakunlovchi aktiga va boshqa hujjatlarga mosdir, deyiladi. Birlashgan 
Millatlar Tashkiloti Ustavi va Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi 
xalqaro huquqning eng asosiy manbalari hisoblansa, Xalqaro huquq 
prinsiplari to‘g‘risidagi deklaratsiya va Yevropada xavfsizlik va hamkorlik 
kengashining Xelsinki Yakunlovchi akti xalqaro huquqning imperativ 
normalari hisobalanadigan eng asosiy prinsiplarni o‘z ichiga olgan. Bu 
yerda xalqaro va milliy huquqiy normalarni bir-biriga bog‘lab, 
uyg‘unlashtirib tushuntirish imkoniyati mavjud, shuningdek, 
Konsepsiya qoidalarini amalga tadbiq qilishda aynan qaysi xalqaro
va milliy hujjatlardan foydalanish mumkinligi ko‘rsatilgan. 
 
Konsepsiyada bevosita keltirilgan shartnomalar sifatida, 
O‘zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi Strategik 
sherikchilik to‘g‘risidagi shartnoma (2004), Ittifoqchilik munosabatlari 
to‘g‘risidagi shartnoma (2005), Strategik sheriklikni chuqurlashtirish 
to‘g‘risidagi deklaratsiya (2012), O‘zbekiston Respublikasi bilan AQSH 
O‘rtasida strategik sherikchilik va hamkorlik asoslari to‘g‘risidagi 
deklaratsiya (2002),O‘zbekiston Respublikasi bilan Xitoy Xalq 
Respublikasi o‘rtasida strategik hamkorlik munosabatlarini o‘rnatish 
to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiyani (2012) ta’kidlashimiz mumkin. 
Bundan tashqari, Yevropa, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi, MDHga
a’zo davlatlar, Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlari, Lotin Amerikasi va 
Karib dengizi davlatlari bilan tuzilgan ikki tomonlama shartnomalar 
mazmun-mohiyatini O‘rganish hamkorlikning yo‘nalishlarini bilishga 
xizmat qiladi. 
 
Konsepsiyada keltirilgan O‘zbekistonning xalqaro tashkilotlar 
bilan hamkorligi masalasiga e’tibor qaratilsa, talabalarda xalqaro 
tashkilotlar to‘g‘risidagi bilimlar yanada mustahkamlanadi. O‘zbekiston 
barqaror rivojlanish, Ming yillik taraqqiyot maqsadlariga erishish, 
Markaziy Osiyo Mintaqasida ekologik muammolarni hal etish sohalarida 
BMT va uning ixtisoslashgan tuzilmalari bilan hamkorlik qiladi. Hozirda 
O‘zbekiston Shanxay hamkorlik tashkiloti, Mustaqil Davlatlar 
Hamdo‘stligi, Islom Hamkorlik Tashkiloti, Yevropada xavfsizlik va 
hamkorlik tashkiloti kabi bir qator xalqaro tashkilotlar bilan turli sohalarda 


115 
va mintaqalarda hamkorlik qiladi. O‘zbekiston mintaqaviy tashkilotlar 
doirasida qarorlar qabul qilinayotganda konsensus prinsiplari va 
qoidalariga qat’iy rioya etilishiga alohida ahamiyat beradi. Konsepsiya 
davlat tashqi siyosatining fundamental prinsiplari va strategik ustuvor 
yo‘nalishlarini belgilab beradi.
 
O‘zbekiston o‘zining 33 millionlik aholisi bilan Markaziy Osiyo 
mintaqasida xavfsizlikni ta’minlashda muhim rol o‘ynab kelmoqda.
BMTning Narkotik va jinoyatchilikka qarshi kurash tashkilotining 
mintaqaviy vakolatxonasi noqonuniy giyohvand moddalar aylanishi, 
jinoyatchilik, giyohvand moddalar savdosi, terrorizm va ekstremizmga 
qarshi kurashga yo‘naltirilgan loyihalarni amalga oshirish yo‘li bilan
aholi, ayniqsa yoshlar salomatligini saqlash va xavfsizlikni ta’minlash 
bo‘yicha masalalarni hal etishda O‘zbekistonda 1993-yildan buyon
faoliyat yuritib kelmoqda. 

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish